Yod

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Yod / Iodum (I)
Atom raqami 53
Koʻrinishi 150px
Atom xossasi
Atom massasi
(molyar massasi)
126,90447 m. a. b. (g/mol)
Atom radiusi n/a pm
Ionlashish energiyasi
(birinchi elektron)
1 008,3 (10,45) kJ/mol (eV)
Elektron konfiguratsiyasi [Kr] 4d10 5s2 5p5
Kimyoviy xossalari
Kovalentlik radiusi 133 pm
Ion radiusi (+7e) 50 (-1e) 220 pm
Elektrmanfiylik
(Poling boʻyicha)
2,66
Elektrod potensiali 0
Oksidlanish darajasi 7, 5, 1, ?1
Termodinamik xossalari
Zichlik 4,93 g/sm³
Solishtirma issiqlik sigʻimi 0,427 (I-I) J/(K·mol)
Issiqlik oʻtkazuvchanlik (0,45) Vt/(m·K)
Erish harorati 386,7 K
Erish issiqligi 15,52 (I-I) kJ/mol
Qaynash harorati 457,5 K
Qaynash issiqligi 41,95 (I-I) kJ/mol
Molar hajm 25,7 sm³/mol
Kristall panjarasi
Panjara tuzilishi ortorombik
Panjara davri 7,720 Å
Panjara/atom nisbati n/a
Debye harorati n/a K

Yod, iod (lot. Iodum, yun. iodis — binafsha rangli), I — Mendeleyev davriy sistemasining VII guruhiga mansub kimyoviy element, galogenlarga kiradi. Tartib raqami —53, at.m. 126,9045. 1811 y. da fransuz kimyogari B. Kurtua tomonidan kashf etilgan. Tabiiy Y. at.m. 127 ga teng boʻlgan bitta barqaror izotopdan iborat. Oksidlanish darajasi — — 1, +1, +3, +5 va +7; elektronga moyilligi —3,08 eV. Poling boʻyicha elektromanfiyligi 2,5; at. radiusi 0,136 nm, ion radiusi (qavslarda koordinatsion soni keltirilgan) I-—0,206 nm (6), 15+—0,058 nm (3), 0,109 nm (6), G+-0,056 nm (4), 0,067 nm (6).

Y.tarqoq element, minerallaridan — yodargarit Agl, lautarit Sa(YU3)2 lar tarkibida, magma va choʻkma togʻ jinsida uchraydi. Y. togʻ jinslaridan suv taʼsirida yuvilib ajraladi va organizmlarda yigʻiladi. Mac, suv oʻtlarida (ularning kulida) Y. miqdori 0,5% gacha boʻladi. Y. ning asosiy manbai okean suvlaridir (1l suvda oʻrtacha 5-10~5 g). Y. organik moddalarda oson yigʻiladi. Sanoat miqyosida Y. neft va gaz konlaridan ular b-n birga chiqadigan yoʻlakay suvlar va yer osti issiq shoʻr suvlari (0,01—0,1 kg/m3), selitra qat-lamlaridan (1% gacha) olinadi. Suyuqlanish t-rasi 113,5°, qaynash t-rasi 184,35°; qattiq Y. ning zichligi 4,94 g/sm3, suyuq Y.niki 3,96 g/sm3.

Ammiakning suvdagi eritmasi b-n portlovchi modda — azot yodid Nl3 hosil qiladi.

Y. olishda neft va gaz konlari (quduqlari)dan chiqqan yoʻlakay suvlar, yer osti issiq shoʻr suvlari, dengiz suvoʻtlari hamda natriyli selitra olishda ajralgan natriy yodatga boy eritma xom ashyo sifatida xizmat qiladi. Y., asosan, 3 usulda olinadi: 1) sorbent va ionitlarni boyitib; 2) yodli suv oʻtlarini kuydirib; 3) havo yordamida ajratish va yutilish (Mas, NaOH eritmasi va sorbentlarda) usullari.

Oʻzbekistonda Y. tarkibida 15—40"’/l Y. boʻlgan neft quduklari va yer osti shoʻr suvlaridan havo yordamida ajratish va yutilish usullarini qoʻllab olinadi. Bu suvlarda Y., asosan, yodid, yodat va organik birikmalar holida uchraydi. Y. li suvlarni kislotali (H2SO4 yoki NS1) sharoitda (rN=2,5+3,5) oksidlovchilar (Cl2, NaNO2 yoki kalsiy gipoxlorit, natriy gipoxlorit) eritmasi va b. ishtirokida Y. birikmalarining suv tomchilariga (60—75°da) bosim ostida xavo yuborib, Y. havoga erkin holda oʻtkaziladi. Bunday sharoitda havoga qisman vodorod yodid kis-lotasi ham oʻtadi.

Havoga ajralgan 12 suvli sharoitda sorbentlar yordamida (Mas, 20—25 g/l gacha natriy ishqori eritmasida) boyitiladi.

Y. ga boyitilgan ishqor eritmasini neytrallab, kislotali (H2SO4) sharoitda oksidlovchilar (Mas, Cl2, NaNO2, K2Crj07 va h.k.) ishtirokida elemen-tar I. (Y. pastasi) ajratib olinadi.

Neft b-n birga chiqadigan oqova suvlar, yer osti issiq shoʻr suvlaridan olingan Y. tarkibida qisman organik birikmalar ham boʻlganligi uchun uni sublimatsiya yoki sanoat sharoitida (125—140° da) konsentrlangan H2SO4 b-n tozalanadi.

Selitra sanoatidan chiqqan NaIO3 eritmasidan elementar Y.’ olish uchun eritmaga SO2 b-n ishlov beriladi.

Suv oʻtlarida Y. juda oz miqdorda boʻlganligi sababli, ularni avval yoqiladi, boyitilgan kulni suvli eritmaga oʻtkazib, eritmaga oksidlovchilar taʼsir ettiriladi.

Y. va uning birikmalari, asosan, tibbiyotda qoʻllaniladi. Y. eritmasi bakteriya va mikroblarga karshi kurashish xossasiga ega boʻlib, uni shi-kastlangan terini davolashda, Y. ning kaliy va natriyli tuzlari Y. yetishmasligi natijasida kelib chiqadigan kasalliklarda, Mas, buqoq, asab kasalliklari, semirish, aql zaifligi, turli yukumli kasalliklarda qoʻllaniladi. Bu kasalliklarning oldini olish uchun yodlangan osh tuzini isteʼmol qilish zarur. Hozirgi kunda respublikamizda yodni yer osti issiq suvlaridan ajratib olish texnologiyasi Surxondaryo viloyatida va Fargʻona vodiysida yoʻlga qoʻyilgan. Kristall holdagi Y. dan kaliy yodid olinadi. Xoʻjaikon tuz zavodi (Surxondaryo)da osh tuzini sanoat miqyosida yodlanadi.

Y. anorganik (K.I, KYU3 va h.k.) va organik sintezda, analitik kimyoda (yodometriya), radiatsion kimyoda, fotografiyada, sof holdagi metallar (Ti, Zn), oʻta nur sezgir moddalar, maxsus motor yoqilgʻilari olishda, antidetonator sifatida, qutblanish xossasiga ega boʻlgan maxsus shishalar olishda, kumush yodat esa bulutdagi suvning kristallizatsiya markazini hosil qilishda qoʻllaniladi. Vodorod va kislorod aralashmasiga atigi 0,002% Y. bugʻi qoʻshilsa, portlash xossasi yoʻqoladi.

Adabiyot[tahrir]

  • Potayenko K. D., Eshonxoʻjayev S., Oʻzbekiston Respublikasi fan va texnika komiteti byulleteni, 1999 y., №1.; Ksenzenko V. I., Stasinevich D. S, Ximiya i texnologiya broma, yoda i ix soyedineniy, M., 1979.

Said Eshonxoʻjayev.[1]

Yod - unsurlar davriy jadvalining 53 unsuri, galogen.

Unsurlarning davriy jadvali
H He
Li Be B C N O F Ne
Na Mg Al Si P S Cl Ar
K Ca Sc Ti V Cr Mn Fe Co Ni Cu Zn Ga Ge As Se Br Kr
Rb Sr Y Zr Nb Mo Tc Ru Rh Pd Ag Cd In Sn Sb Te I Xe
Cs Ba * Hf Ta W Re Os Ir Pt Au Hg Tl Pb Bi Po At Rn
Fr Ra ** Rf Db Sg Bh Hs Mt Ds Rg Uub Uut Uuq Uup Uuh Uus Uuo
* La Ce Pr Nd Pm Sm Eu Gd Tb Dy Ho Er Tm Yb Lu
** Ac Th Pa U Np Pu Am Cm Bk Cf Es Fm Md No Lr

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil