Surma
| Surma(Sb) | |
|---|---|
| Atom raqami | 51 |
| Koʻrinishi | Oq-kumush rangli qattiq, moʻrt nimmetall |
| Atom xossasi | |
| Atom massasi (molyar massasi) |
121.760 m. a. b. (g/mol) |
| Atom radiusi | 159 pm |
| Ionlashish energiyasi (birinchi elektron) |
833.3(8.64) kJ/mol (eV) |
| Elektron konfiguratsiyasi | [Kr] 4d10 5s2 5p3 |
| Kimyoviy xossalari | |
| Kovalentlik radiusi | 140 pm |
| Ion radiusi | (+6e)62 (-3e)245 pm |
| Elektrmanfiylik (Poling boʻyicha) |
2.05 |
| Elektrod potensiali | 0 |
| Oksidlanish darajasi | 5, 3, −2 |
| Termodinamik xossalari | |
| Zichlik | 6.691 g/sm³ |
| Solishtirma issiqlik sigʻimi | 0.205 J/(K·mol) |
| Issiqlik oʻtkazuvchanlik | 24.43 Vt/(m·K) |
| Erish harorati | 903.9 K |
| Erish issiqligi | 20.08 kJ/mol |
| Qaynash harorati | 1908 K |
| Qaynash issiqligi | 195.2 kJ/mol |
| Molar hajm | 18.4 sm³/mol |
| Kristall panjarasi | |
| Panjara tuzilishi | trigonal |
| Panjara davri | 4.510 Å |
| Panjara/atom nisbati | n/a |
| Debye harorati | 200.00 K |
Surma (turkcha vggpe, lot. Stibium), Sb — Mendeleyev davriy sistemasining V guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib rakami 51, at.m. 121,25. Tabiiy S. 2 ta barkaror izotopdan iborat. 121Sb (57,25%) va 124Sb(42,75%). S. ning sunʼiy izotoplaridan muhimlari 122Sb(T1/2q 2,8 kun), l23Sb(T]Gʻ2q 60,2 kun) va 125Sb(T|Gʻ2q 2 y.).
S. juda qadimdan maʼlum. Sharq mamlakatlarida miloddan 3000 y. avval Sdan turli idishlar yasashgan. Qad. Misrda mil. av. 19-a.da surma yaltirogʻi (tabiiy) mesten yoki stem nomi bilan qoshni boʻyashda qoʻllangan. S. Yer poʻstining massa jihatidan 410~5% ini tashkil qiladi. S. kristall va amorf shakllarda boʻladi. Kristall holdagi S. oddiy sharoitda barqaror boʻlib, kumush kabi oq, yaltiroq, moʻrt metall. Suyuklanish t-rasi 630,5°, qaynash t-rasi 1640Q5°, zichligi 6,69 g/sm3. Birikmalarda Q5, Q3 va —3 valentli. S. havoda qizdirilsa, amfoter S.(III)oksid Sb2O3 ga aylanadi. S.ning kislotali xossalarini namoyon qiladigan oksidi — Sb2O5 (antimonat angidrid) ham maʼlum.
S. texnikada qotishma va birikmalar (200 dan ortiq qotishma tarkibiga qoʻshiladi) holida koʻp ishlatiladi, chunki S. qoʻshilgan metallning qattiqligi ortadi, qiyin oksidlanadi. S qotishmalaridan muhimlari — qattiq qoʻrgʻoshin "gartbley", bosmaxona qotishmalari, babbitlar. S.ning alyuminiy, galliy, indiy bilan hosil qilgan qotishmalari yarimoʻtkazgichlar ishlab chiqarish.da qoʻllanadi. Oʻsimliklarda (100 g quruq modda hisobida) 0,06 mg , dengiz hayvonlarida 0,02 mg , quruqlikda yashaydigan hayvonlarda 0,0006 mg S boʻladi. S. odam va hayvon organizmiga nafas yoʻllari yoki meʼdaichak orqali kiradi. S.ning biologik ahamiyati toʻliq oʻrganilgan emas. Tibbiyotda S. leyshmanioz va baʼzi gelmintoz (mas, shistosomatoz)ni davolashda qoʻllanadi. S. va uning qotishmalari zaharli. Sdan kuchli zaharlanganda yuqori nafas yoʻllarining shilliq pardalari, koʻz va teri zararlanadi. Sdan zaharlanishdan saqlanish uchun S ishlab chiqarish. jarayonlari mexanizatsiyalashtirilishi, bino yaxshi shamollatilishi lozim.
Surma birikmalari. S. vodorod bilan rangsiz, badboʻy, oʻta zaharli gaz — S. gidrid SbH2 (stibin) hosil qiladi. Suyuqlanish t-rasi — 88,5°, qaynash t-rasi 17°, zichligi 2,2 g/sm3 (— 17° da, sutok, holatda). S. qotishmalariga (ruxli yoki magniyli) suyultirilgan kislotalar taʼsir ettirib yoki Sb2O5 ni yuqori bosim ostida atomar vodorod bilan kaytarib olinadi. gacha qizdirilsa oʻzidan oltingugurt chiqarib, Sb2S, ga aylanadi. Rezina sanoatida kauchukni vulkanizatsiya qilishda ishlatiladi.
Adabiyot [tahrir]
- Parpiyev N. A., Muftaxov A. G., Rahimov H.R., Anorganik kimyo, T., 2003; Axmerov Q., Jalilov A., Sayfutdinov R., Umumiy va anorganik kimyo, T., 2003.
Qudrat Axmerov.
Surma - unsurlar davriy jadvalining 51 unsuri, nimmetall.
| H | He | ||||||||||||||||||||||
| Li | Be | B | C | N | O | F | Ne | ||||||||||||||||
| Na | Mg | Al | Si | P | S | Cl | Ar | ||||||||||||||||
| K | Ca | Sc | Ti | V | Cr | Mn | Fe | Co | Ni | Cu | Zn | Ga | Ge | As | Se | Br | Kr | ||||||
| Rb | Sr | Y | Zr | Nb | Mo | Tc | Ru | Rh | Pd | Ag | Cd | In | Sn | Sb | Te | I | Xe | ||||||
| Cs | Ba | * | Hf | Ta | W | Re | Os | Ir | Pt | Au | Hg | Tl | Pb | Bi | Po | At | Rn | ||||||
| Fr | Ra | ** | Rf | Db | Sg | Bh | Hs | Mt | Ds | Rg | Uub | Uut | Uuq | Uup | Uuh | Uus | Uuo | ||||||
| * | La | Ce | Pr | Nd | Pm | Sm | Eu | Gd | Tb | Dy | Ho | Er | Tm | Yb | Lu | ||||||||
| ** | Ac | Th | Pa | U | Np | Pu | Am | Cm | Bk | Cf | Es | Fm | Md | No | Lr | ||||||||
| Ushbu maqolani yozishda Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |