Skandiy
| Skandiy / Scandium (Sc) | |
|---|---|
| Atom raqami | 21 |
| Koʻrinishi | Oqish-kumush rangli yumshoq metall |
| Atom xossasi | |
| Atom massasi (molyar massasi) |
44,95591 m. a. b. (g/mol) |
| Atom radiusi | 162 pm |
| Ionlashish energiyasi (birinchi elektron) |
630,8 (6,54) kJ/mol (eV) |
| Elektron konfiguratsiyasi | [Ar] 3d1 4s2 |
| Kimyoviy xossalari | |
| Kovalentlik radiusi | 144 pm |
| Ion radiusi | (+3e) 72,3 pm |
| Elektrmanfiylik (Poling boʻyicha) |
1,36 |
| Elektrod potensiali | 0 |
| Oksidlanish darajasi | 3 |
| Termodinamik xossalari | |
| Zichlik | 2,99 g/sm³ |
| Solishtirma issiqlik sigʻimi | 0,556 J/(K·mol) |
| Issiqlik oʻtkazuvchanlik | 15,8 Vt/(m·K) |
| Erish harorati | 1 814 K |
| Erish issiqligi | 15,8 kJ/mol |
| Qaynash harorati | 3 104 K |
| Qaynash issiqligi | 332,7 kJ/mol |
| Molar hajm | 15,0 sm³/mol |
| Kristall panjarasi | |
| Panjara tuzilishi | geksagonal |
| Panjara davri | 3,310 Å |
| Panjara/atom nisbati | 1,594 |
| Debye harorati | n/a K |
Skandiy (lot. Scandium), Sc — Mendeleyev davriy sistemasining III guruhiga mansub kimyoviy element; at. rakami 21, at. m. 44,9559. Tabiatda S.ning fakat bir izotop i 45Sc borligi maʼlum. S.ning 10 ta sunʼiy radioaktiv izotoplari ichida (5nurlanuvchi izotop 46Sc (T1/2=83,9 kun)ning ahamiyati muhim. U radioaktiv indikator sifatida va tibbiyotda ishlatiladi. S. nodir yer elementlar jumlasiga kiradi. S.ni 1879 y.da shved olimi L.Nilson Skandinaviyada (lot. scandia, elementning nomi ham shundan) gadolinit mineralidan olgan. Yer poʻstining massa jihatdan 610"4% ini tashkil qiladi.
S.ning asosiy minerallari tortveytit Sc2SiO7 vasterrettit — Sc(PO4)2H2O nihoyatda kam uchraydi. Ulardan S. olinmaydi.
S. och sariq tusda tovlanib turadigan yengil, yumshoq, bolgʻalanuvchan metall. Zichligi 3,020 g/sm3, suyuklanish t-rasi 1539±5°, qaynash t-rasi 2700° atrofida.
S. kimyoviy xossalari jihatidan faol metallar jumlasiga kiradi. Havoda oksidlanishi tufayli xiralashadi. Xlorid va sulfat kislota eritmalarida yaxshi eriydi, oʻz birikmalarida, asosan, 3 valentli, ammo alohida sharoitlarda S.ning 2 valentli birikmalarini ham olish mumkin. S. 450° da vodorod bilan gidrid (ScH2), 400—600° da galogen l ar bilan galogenidlar (maye., ScCl3) hosil qiladi. Azot bilan 600° dan yuqori trada reaksiyaga kirishadi. 800° da portlash natijasida S. nitrid ScN vujudga keladi. Oltingugurt, selen va tellur bilan faqat yuqori trada reaksiyaga kirishadi. S. tarqoq xrlda nodirer minerallaridan berill, volframitda va b. minerallarda ham uchraydi. Shuninguchun S. volfram, qalay, uran va choʻyan i.ch. korxonalarining chiqindilarini qayta ishlash yoʻli bilan olinadi. Sof S. metali olish uchun ScCl3 yoki ScF, ni kalsiy bilan qaytariladi; bu jarayon natijasida hosil boʻlgan mahsulot 1600— 1700° da vakuumda haydaladi. S.li ferritlar EHM uchun xotira elementlar tayyorlashda ishlatiladi. S.ning zichligi kichik, suyuklanish t-rasi yuqori boʻlganligi sababli undan raketa va samolyot yasash materiali sifatida foydalanish mumkin. S. va uning birikmalari radiotexnika va radioelektronikada, termoelektr generator, oksid katod va b. tayyorlashda, yadro texnikasida, metallurgiyada, shisha, keramika, kimyo sanoatida, tibbiyotda qoʻllanadi.
Skandiy - unsurlar davriy jadvalining 21 unsuri, metall.
| H | He | ||||||||||||||||||||||
| Li | Be | B | C | N | O | F | Ne | ||||||||||||||||
| Na | Mg | Al | Si | P | S | Cl | Ar | ||||||||||||||||
| K | Ca | Sc | Ti | V | Cr | Mn | Fe | Co | Ni | Cu | Zn | Ga | Ge | As | Se | Br | Kr | ||||||
| Rb | Sr | Y | Zr | Nb | Mo | Tc | Ru | Rh | Pd | Ag | Cd | In | Sn | Sb | Te | I | Xe | ||||||
| Cs | Ba | * | Hf | Ta | W | Re | Os | Ir | Pt | Au | Hg | Tl | Pb | Bi | Po | At | Rn | ||||||
| Fr | Ra | ** | Rf | Db | Sg | Bh | Hs | Mt | Ds | Rg | Uub | Uut | Uuq | Uup | Uuh | Uus | Uuo | ||||||
| * | La | Ce | Pr | Nd | Pm | Sm | Eu | Gd | Tb | Dy | Ho | Er | Tm | Yb | Lu | ||||||||
| ** | Ac | Th | Pa | U | Np | Pu | Am | Cm | Bk | Cf | Es | Fm | Md | No | Lr | ||||||||
| Ushbu maqolani yozishda Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |