Tellur

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Tellur / Tellurium (Te)
Atom raqami 52
Koʻrinishi Oq-kumush rangli moʻrt metall
Atom xossasi
Atom massasi
(molyar massasi)
127,6 m. a. b. (g/mol)
Atom radiusi 160 pm
Ionlashish energiyasi
(birinchi elektron)
869,0 (9,01) kJ/mol (eV)
Elektron konfiguratsiyasi [Kr] 4d10 5s2 5p4
Kimyoviy xossalari
Kovalentlik radiusi 136 pm
Ion radiusi (+6e) 56 211 (-2e) pm
Elektrmanfiylik
(Poling boʻyicha)
2,1
Elektrod potensiali 0
Oksidlanish darajasi 6, 4, 2
Termodinamik xossalari
Zichlik 6,24 g/sm³
Solishtirma issiqlik sigʻimi 0,201 J/(K·mol)
Issiqlik oʻtkazuvchanlik 14,3 Vt/(m·K)
Erish harorati 722,7 K
Erish issiqligi 17,91 kJ/mol
Qaynash harorati 1 263 K
Qaynash issiqligi 49,8 kJ/mol
Molar hajm 20,5 sm³/mol
Kristall panjarasi
Panjara tuzilishi geksagonal
Panjara davri 4,450 Å
Panjara/atom nisbati 1,330
Debye harorati n/a K

Tellur (Tellurium), Te — Mendeleyev davriy sistemasining VI guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib rakami 52; at. m. 127,60. T. 8 ta barkaror (massa sonlari 120, 122, 123, 124, 125, 126, 128, 130 boʻlgan) izotopdan iborat. Bulardan |28Te (31,79%) va 130Te (34,48%) keng tarkalgan. Uning bir necha sunʼiy radioaktiv izotopi olingan. Ulardan |27Te va |29Te nishonli atomlar holida ishlatiladi.

T. ni dastlab 1782 y.da vengriyalik kon muhandisi F. Myuller fon Reyxshteyn oltinli rudani tekshirish natijasida kashf etgan. Nemis olimi M. Klaprot 1798 y.da Myuller kashfiyotining toʻgʻriligini tasdiqladi va yangi elementga Yerni sharaflab "Tellur" (lot. tellus — Yer) nomini berdi. T. tarqoq element. Yer poʻstining massa jihatidan ~110~7% ini tashkil etadi. T. tabiatda ogʻir metallarning sulfidli rudalari tarkibida va mustaqil minerallari — kalaverit AiTe2, krennerit (Ai, Ag)Te2, geye sit Ag2Te, tetradimit Bi2Te2S, tellur vismutit Bi2Te3 va b. holida uchraydi.

T. oqishkulrang , metallday yaltiroq, moʻrt kristall modda; zichligi 6,25 g/sm3, suyuqlanish trasi 450°, qaynash trasi 990°. T. yarim oʻtkazgich xossasiga ega. Odatdagi sharoitda T.ga havo xam, kislorod ham taʼsir etmaydi; lekin T. kislorodsa qizdirilganda zangori tusda yonib, TeO2 ga aylanadi. T. —2, Q4 va Q6 valentli. T. bilan galogenlar orasida odatdagi sharoitda (yod bilan suv ishtirokida) birikish reaksiyasi boradi. T. qizdirilganida metallar bilan reaksiyaga kirishib, telluridlar hosil boʻladi. 100— 160° da suv bilan reaksiyaga kirishib, vodorod va TeO2 xreil qiladi. Vodorod bilan bevosita birikmaydi; uning gidridi N2Te rux telluridga kislota taʼsir etishidan hrsil boʻladi. Konsentrlangan sulfat kislota T. bilan TeSO3 tarkibli (90° da parchalanadigan) modda hosil qiladi. T. ishqorlarda sekin, zar suvida yaxshi eriydi. TeO2 — tellurit kislota angidridi, TeO3 esa tellurat kislota angidrididir. T.ning organik birikmalari ham maʼlum. T. va uning birikmalari (ayniqsa, N2Te) nihoyatda zaharli. T. metall sulfidlarni qayta ishlashda va elektroliz yoʻli bilan oltin, kumush, mis olishda "anod balchiq" tarkibida yonaki mahsulot sifatida xreil boʻladi. Tarkibida T. va selen boʻlgan rudalarni qayta ishlash yoʻli bilan T. va selenning eruvchan birikmalari xreil qilinadi. Eritma orqali sulfit angidrid SO2 oʻtkazilsa, selen va T. choʻkmaga tushadi. Hosil qilingan erkin T.dan qayta suyuqlantirish, vakuumda haydash yoki zonalar boʻylab suyukdantirish yoʻli bilan sof T. olinadi.

T. selenga nisbatan kam ishlatiladi. Sanoatda olinadigan T.ning asosiy qismi telluridlar sintez qilish va yarim oʻtkazgichlar uchun sarflanadi. T.li materiallardan mikroelektronika uchun kerakli yarim oʻtkazgich pardalar tayyorlanadi. Vismut va surma telluridlar termoelektr generatorlar uchun zaruriy materiallardir. Kadmiy tellurid (CdTe) quyosh batareyalari, lazerlari, radioaktiv nurlanish hisoblagichlari tayyorlashda qoʻllanadi. T.ning oʻzi rezina va shisha sanoatida ishlatiladi. Metallurgiyada mexanik xossalarni yaxshilovchi legirlovchi qoʻshimcha sifatida (asosan, qoʻrgʻoshinga) qoʻllanadi. Natriy va kaliy telluritlardan mikrobiologiyada va difteriya diagnostikasida boʻyoq modda sifatida foydalaniladi. T. oʻsimlik va hayvon toʻqimalarida doim boʻladi, lekin uning biologik roli toʻliq oʻrganilmagan. Odam bir kechakunduzda ovkat va suv orqali 0,6 mg ga yaqin T. oladi. Oʻsimliklar uchun oʻrtacha, sut emizuvchilar uchun juda zaharli. T. ishlab chiqarish. da undan zaharlanish mumkin. T.dan zaharlanganda titroq bosadi, bosh ogʻriydi, darmonsizlanadi, tomir urishi susayadi, ishtaha yoʻqoladi, koʻngil ayniydi, til qorayadi, nafas siqiladi, soch toʻkiladi. Kasbiy zaharlanishga qarshi kurashish tadbirlari — mehnat gigiyenasi qoidalariga rioya qilish, terini himoya qilish vositalaridan foydalanish.

Tellur - unsurlar davriy jadvalining 52 unsuri, metall.

Unsurlarning davriy jadvali
H He
Li Be B C N O F Ne
Na Mg Al Si P S Cl Ar
K Ca Sc Ti V Cr Mn Fe Co Ni Cu Zn Ga Ge As Se Br Kr
Rb Sr Y Zr Nb Mo Tc Ru Rh Pd Ag Cd In Sn Sb Te I Xe
Cs Ba * Hf Ta W Re Os Ir Pt Au Hg Tl Pb Bi Po At Rn
Fr Ra ** Rf Db Sg Bh Hs Mt Ds Rg Uub Uut Uuq Uup Uuh Uus Uuo
* La Ce Pr Nd Pm Sm Eu Gd Tb Dy Ho Er Tm Yb Lu
** Ac Th Pa U Np Pu Am Cm Bk Cf Es Fm Md No Lr