Mehnatobod tumani

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mehnatobod tumani
Mamlakat Oʻzbekiston
Maqomi tuman
Tarkibida Sirdaryo viloyati
Maʼmuriy markazi Qahramon (qishloq)
Rasmiy tillar Oʻzbek
Soat mintaqasi UTC+5

Mehnatobod tumani - Sirdaryo viloyatishti tuman. 1979 yil 6 dek.da tashkil etilgan (1988 yil avg .da yangi tashkil etilgan Yangiyer tumaniga qoʻshib yuborilgan, 1990 yil 5 martda yana alo-hida tuman sifatida tiklandi). Mehnatobod tumani viloyatning jan.dan Xovos, sharkdan Boyovut, gʻarbdan Sharof Rashidov tumanlari, shim.dan Mirzaobod tumani bilan chegaradosh. Maydoni 0,42 ming km². Aholisi 23,1 ming kishi (2000). Mehnatobod tumanida 8 qishloq fuqarolari yigʻini (Bahoriston, Binokor, Zafarobod, Yoʻldo-shobod, Turkiston, Chamanzor, Qahramon, Husnobod) bor. Markazi Qahramon qishlogʻi.

Tabiati. Tuman Mirzachoʻlning jan.da joylashgan. Hududi asosan, tekislikdan iborat. Iqyaimi quruq, kontinental. Yanv.ning oʻrtacha temperaturasi —G, —5°. Qish oylarida baʼzan —30°, —35° gacha sovuq boʻladi, iyulda oʻrtacha temperatura 26°—28°, eng yuqori temperatura 44°, 45° ga yetadi. Yiliga oʻrtacha 200 mm dan 350 mm gacha yogʻin tushadi. Bugʻlanish yogʻinga nisbatan 4—5 barobar koʻp. Yoginning koʻp qismi qish va bahrr oylariga toʻgʻri keladi. Vegetatsiya davri 210 kundan 220 kungacha. Tuman xududi Mirzachoʻlga xos boʻlgan mahalliy Bekobod shamoli esadigan yoʻnalishda joylashgan. Shamol tuproq tarkibidagi namni koʻplab bugʻlanishiga, chang-toʻzon koʻtarilishiga, qishda esa qorlarni uchirib tuproqning muzlashiga sabab boʻladi. Mehnatobod tumani hududining janubidan Janubiy Mirzachoʻl kanalining 27 km qismi oqib oʻtadi. Tuman ekin maydonlari shu kanaldan sugʻoriladi.

Tuman hududida yer osti suvlari yer yuziga yaqin boʻlganligi sababli shoʻr tuproklar vujudga kelgan. Grunt suvlari zovurlar orqali chetga chiqarib yuboriladi. Yovvoyi oʻsimliklardan shuvoq, shoʻra, shoʻruzak, qorabosh, yul-gʻun, yantoq, lolaqizgʻaldoq, burgan usadi. Yovvoyi hayvonlardan, asosan, boʻri, tulki, boʻrsiq; kemiruvchilardan koʻshoyoq, yumronqoziq, quyon; sudraluvchilardan kaltakesak, ilon; qushlardan toʻrgʻay, soʻfitoʻrgʻay, boyoʻgʻli; hasharotlardan chayon, qoraqurt, biy uchraydi.

Aholisining koʻpchilik qismi oʻzbeklar, shuningdek, tojik, rus, qozoq, qirgʻiz va boshqa millat vakillari ham yashaydi. 1 km² ga oʻrtacha 55 kishi toʻgʻri keladi.

Xoʻjaligi. Tuman xoʻjaliklari, asosan, paxta, gʻalla, sabzavot va poliz ekinlarini yetishtirishga ixtisoslashgan, chorvachilik va parrandachilik bilan ham shugʻullaniladi. Mehnatobod tumanida jami 28590 ga ekin maydoni boʻlib, shundan 17 ming ga paxta, 10,8 ming ga gʻalla, 150 ga sabzavot, 91 ga poliz va boshqa ekinlari bilan band. Tumanda xoʻjaliklararo sugʻorish tarmoqlarining uz. 20.5 km, ichki sugʻorish tarmoqlari — 36.6 km. 8 shirkat, 7 chorvachilik fermer xoʻjaliklari bor. Tuman shaxsiy va jamoa xoʻjaliklarida 10 mingdan ortiq qoramol, 6 ming ga yaqin qoʻy va echki, 5600 parranda, qariyb 200 ot mavjud. Tumanda respublika ahamiyatiga ega boʻlgan avtomobil yoʻlining uz. 62 km, viloyat ahamiyatiga ega yoʻl — 60 km.

9 umumiy taʼlim maktabida 5,1 ming dan ziyod oʻquvchi, kasb-hunar litseyida 150 dan ortiq oʻquvchi taʼlim oldi. 9 kutubxona, tuman xalq ijodiyoti va madaniy-maʼrifiy ishlar markazi, madaniyat uylari faoliyat kursatadi. 60 oʻrinli kasalxona va boshqa tibbiy muassasalarda 23 vrach ishlaydi. 1997 yildan "Sharafli mehnat" tuman gaz. chiqadi (adadi 600).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil