Bristol
Qiyofa

Bristol — Buyuk Britaniyaning jan.gʻarbidagi shahar, Angliyada; Eyvon daryosi Bristol qoʻltigʻiga quyiladigan joy yaqinida. Aholisi 378 ming kishi (1988). Yirik port va temir yoʻl tuguni. Mashinasozlik (aviatsiya, aviaraketa, motorsozlik) taraqqiy etgan. Oziq-ovqat, koʻn poyabzal, rangli metallurgiya, neftni qayta ishlash, kimyo, poligrafiya sanoati korxonalari, universitet bor. Meʼmoriy yodgorliklardan SentPiter gospitali (XII asr), SentMeriRedkliff gotika sobori (XIII asr—1475) va boshqa saqlangan. Shaharga VI asrda asos solingan.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |