Georg Cantor

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Georg Cantor (1845.3.3, Peterburg — 1918.6.1, Galle) — nemis matematigi. Berlin universitetini tugatgan (1867). Galle universiteti prof. (1872 — 1913). Toʻplamlar va transfinit sonlar nazariyasini (qarang Toʻplamlar nazariyasi) yaratgan. Haqiqiy sonlar toʻplamining sanoqsizligini isbotlagan (1874), toʻplamlar quvvatliligining umumiy tushunchasini ifodalagan (1878). Limit nuqta, hosilaviy toʻplamlar nazariyasini kiritgan, irratsional sonlar nazariyasini rivojlantirgan. Matematik analiz, haqiqiy oʻzgaruvchining funksiyalar nazariyasida K. nomi bilan boglik muhim tushunchalar bor.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil