Pianino
Qiyofa

Pianino (italyancha: pianino — kichik fortepiano) — torli urma-klavishli musiqa cholgʻusi, fortepiano turi. Royaldan torlari, dekasi (rezonans tax-tasi) va mexanikasining vertikal joylashganligi, tovushi uncha kuchli va rang-barang boʻlmaganligi bilan farqlanadi. Pianinoning zamonaviy turi Amerikada J.I.Xokins (1800), Avstriyada M.Myuller (1801), Angliyada T.Laud (1802) yaratgan namunalari asosida yuzaga kelgan. XIX asr oʻrtalarida pianino hozirgi shakli va konstruksiyasi (choʻyan rama, ustma-ust kesishib tortilgan torlar, pastki va yuqorigi dempferli mexanika, 7 oktavali diapazon)ga ega boʻldi. Bunday pianinolar, asosan, xona (kabinet) ijrosiga moʻljallangan. Baʼzan konsert (7’/4 oktavali) pianinolari ham uchraydi[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |