Michigan universiteti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Michigan universiteti — AQShdagi yetakchi oʻquv va ilmiy markazlardan biri. 1817-yil Detroyt shahrida tashkil etilgan. Dastlab oliy oʻquv yurti makrmiga ega boʻlmagan. Oliy oʻquv yurti sifatida 1837-yil Ann-Arbor shahrida taʼsis etilgan. Meʼmorlik, muhandislik, adabiyot, sanʼat, farmatsevtika, stomatologiya, pedagogika, huquq, kutubxonashunoslik, tibbiyot, musiqa, jamiyatshunoslik hamda ijtimoiy munosabatlar va boshqa sohalar boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. 37 mingga yaqin talaba taʼlim oladi. Kutubxonasida 4 mln. dan ortiq asar saqlanadi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil