Sharqiy Osiyo futbol federatsiyasi (inglizcha: East Asian Football Federation, EAFF) — Osiyo Futbol KonfederatsiyasiningSharqiy Osiyodafutbolni rivojlanishini nazorat qiluvchi asosiy boʻlinma. Boʻlinmaga 2002-yil 28-mayda asos solingan. 2003-yildan beri federatsiya futbol jamoalari uchun turnirlar, xususan, Sharqiy Osiyo futbol chempionatini oʻtkazishda mas’uldir. Shuningdek, ayollar, bolalar, oʻsmirlar futbol jamoalari oʻrtasida ham musobaqalar va mini-futbol chempionatlarini tashkil etadi.
Sharqiy Osiyo futbol federatsiyasi tarkibi 10 ta uyushma aʼzolaridan iborat[1]. Ularning barchasi Osiyo Futbol Konfederatsiyasining aʼzolari, Shimoliy Mariana orollari futbol assotsiatsiyasi bundan mustasno, hozirda OFKning vaqtinchalik aʼzosi (sobiq Okeaniya Futbol Konfederatsiyasi aʼzosi).