Nuklein kislotalar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Nuklein kislotalar, polinukleotidlar — nukleotidlar qoldigʻidan hosil boʻlgan yuqori molekulali organik birikmalar. Nuklein kislotalar tarkibiga qanday uglevod — dezoksiri-boza yoki riboza kirishiga qarab dezoksiribonuklein kislota (DNK) va ribonuklein kislota (RNK)larga boʻlinadi. Nukleotidlarning Nuklein kislotalardagi ket-ma-ketligi ularning birlamchi strukturasini belgilaydi. Nuklein kislotalar barcha tirik organizmlarning hujayralarida mav-jud boʻlib, irsiy (genetik) informa-siyani saklash va nasldannaslga oʻtka-zishdek eng muhim funksiyani baja-radi, hujayra oqsillarining bu in-formatsiyani voqe qiluvchi sintezi jarayoniga taʼsir koʻrsatadi. Organizmda erkin holda boʻladi, oqsillar bilan bir kompleks (nukleproteidlar)ni tashkil etadi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil