Kolorado
| |||||
|---|---|---|---|---|---|
| Shtat | |||||
| |||||
|
Shtat laqabi: | |||||
| Mamlakat | |||||
| Poytaxt | Denver | ||||
| Eng yirik shaharlar | Denver Colorado Springs Aurora | ||||
| Maydon • Butun |
AQSh: 8-oʻrinda 269,601 km² | ||||
| Aholi • Butun (2021) |
AQSh: 22-oʻrinda 4,665,177 | ||||
| YIM |
AQSh: 21-oʻrinda $199,969 million | ||||
| Ittifoqqa kirish • Sana |
38-boʻlib 1-avgust 1876 | ||||
| Vaqt | UTC-7 (MST) | ||||
| Qisqartma | CO [8] | ||||
| Shtat guli | Rocky Mountain Columbine | ||||
| Shtat daraxti | Colorado Spruce | ||||
Kolorado — AQShning gʻarbiy qismidagi shtat. Maydoni 270 ming km². Aholisi 4,4 mln. kishi (2001). Maʼmuriy markazi — Denver shahri. Shtatning oʻrta qismidan shim.dan janubga tomon Qoyali togʻlar kesib oʻtgan. Sharqida Buyuk tekisliklar, gʻarbida Kolorado platosi joylashgan. Iqlimi mo'tadil, kontinental iqlim. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi tekislik va platolarda 0—4°, iyulniki 20—22°. Yillik yogʻin 300–400 mm atrofida. Asosiy daryolari: Sautt-Platt, Arkanzas, Rio-Grande va Kolorado. Oʻsimlik dunyosi sharqida dasht, gʻarbida chala choʻl oʻsimliklaridan iborat. Togʻ yonbagʻirlari igna bargli oʻrmonlar bilan qoplangan.
Kolorado — industrial-agrar shtat. Nodir va rangli metallar, uran, oltin, neft, toshkoʻmir konlari bor. Molibden olish boʻyicha mamlakatda yetakchi oʻrinda. Oziq-ovqat, qora va rangli metallurgiya, metallsozlik, kimyo va rezina sanoati korxonalari mavjud. Mashinasozlikning turli sohalari (kon va yoʻl qurilish jihozlari ishlab chiqarish, radioelektronika, raqsta-kosmik sanoati) rivojlangan.
Koloradoning yetakchi tarmogʻi — goʻsht chorvachiligi. Daryo vodiylaridagi sugʻoriladigan yerlarda qand lavlagi, kartoshka, yem-xashak ekinlari ekiladi. Buyuk tekisliklarda, asosan, bugʻdoy yetishtiriladi.[1]
Kolorado - Amerika Qoʻshma Shtatlardan biri. Poytaxti - Denver shahri. AQSh Ittifogʻiga 1-avgust 1876-yilda kirgan, undan oldin - Colorado Territory.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |