Chinor

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Vikipediya:TaksonomiyaHow to read a taxobox
Chinor
Plataan bladeren.jpg
PlatanusAcerifoliaTrunk.jpg
Biologik klassifikatsiya
Olam: Oʻsimlik

Chinor (Platanus) — chinordoshlar oilasiga mansub barg toʻkuvchi oʻsimliklar turkumi; 10 turi maʼlum. Shim. Amerika (Kanadadan Meksikagacha), Jan. Sharqiy Yevropa va Oʻrta dengizboʻyi mamlakatlaridan Hindixitoygacha boʻlgan hududda tarqalgan. Kavkaz, Qrim, Oʻrta Osiyoda sharq chinori (P.orientalis), Jan. Ukraina, Qora dengiz sohillari, shuningdek, Oʻrta Osiyoda Shim. Amerikadan keltirilgan gʻarb chinori (P.occudentalis) turlari oʻstiriladi. Sharq Ch.i yovvoyi holda oʻsadi. Shoxshabbasi qalin, boʻyi baland (50 m gacha), tanasi baquvvat (aylanasi 18 m gacha), silindrsimon, poʻstlogʻi sargʻishoq. Oʻzbekistonda manzarali Ch.ning har ikki turi oʻsadi. Novdalari va barglari yoshligida tukli, keyinchalik tuklari toʻkilib ketadi. Barglari yirik, asosan, 3 (baʼzan 7) boʻlmali. Mevasi dumaloq, dagʻal tukli yongʻoqcha, diametri 1,5 sm, meva bandida 2—5 tadan oʻrnashgan, uzoq vaqt toʻkilmaydi. Apr.da gullab, mevasi may—sentabr da yetiladi. Ch., ayniqsa, yoshligida tez oʻsadi. Qulay sharoitda 2000 yil va undan ham koʻproq yashaydi. Egey dengizidagi Krit o.da tanasi aylanasi 18 m boʻlgan 2300 yillik Ch.lar bor. Surxondaryo, Namangan va Samarqand viloyatlarida 600—800 yoshli Ch.lar uchraydi.

CH. urugini ekib, qalamchasidan va ildiz bachkilaridan koʻpaytiriladi. Ch.ning yogʻochi yengil, pishiq, mebel sanoatida qadrlanadi. Uning yogʻochidan oʻzbek meʼmorligida qadimdan foydalanib kelingan.