Oʻlcham

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Oʻlcham — narsaning kattakichikligi va hajmini ifodalaydigan raqam. Chiziqli, hajmiy, burchakli, ichki, tashqi va boshqalar turlarga boʻlinadi. Narsalarning vazni (massasi) ga doir raqamlar oʻlchovlar (mas, ogʻirlik oʻlchovi) deb ataladi. Chiziqli Oʻ. narsaning uzunligi, eni, qalinligini bildiradi. Asosan, mm, sm va m bilan oʻlchanadi. H ajmiy Oʻ. narsaning hajmini bildiradi. Asosan, mm3, sm3, dm3, m³va l (litr) bilan oʻlchanadi. Burchakli Oʻ. (toʻgʻri, oʻtkir va oʻtmas) burchaklarning kattakichikligini bildiradi. Gradus bilan oʻlchanadi (G = 60’ = 3600"; bu yerda ‘ — burchak minutlari, " — burchak sekundlari). Ichki va tashqi Oʻ.lar narsa (mas, quvur) ning ichki diametrini (kattakichikligini) bildiradi. Asosan, mm, sm va m bilan oʻlchanadi.