Hayit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Hayit (arab. iyd — bayram) — musulmonlarning diniy bayrami. Islom anʼanasida ikkita H. rasman diniy bayram sifatida nishonlanadi: katta H. yoki qurbon H.i (arab. iyd al-kabir, iyd al-adho) va kichik H. yoki roʻza H.i (arab. iyd as-sagʻir, iyd al-fitr). Qur-bon H.i haj marosimi va qurbonlik qilish bilan, roʻza H.i esa ramazon oyi nihoyasida ogʻiz ochish bilan bogʻliq. Qur-bon H.i hijriy zu-l-hijja oyining 10-kunida, roʻza H.i esa shavvol oyining 1-kunida bayram qilinadi. H.da masjidda ertalab H. namozi oʻqish, roʻza H.ida fitr-sadaqa berish (H. namozidan oldin), qurbon H.ida esa qurbonlik qilish va shahrik. islom bilan bogʻliq marosimlar yuzaga kelgan. H.dagi bu marosimlarga koʻp joylarda xalqlarning mahalliy odatlari — arafa kuni osh ulashish, yangi kiyim kiyish, "hayitlik" berish, sayil qilish, yaqin odamlarini koʻrish va h.k. ham qoʻshilib ketgan.

Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, qurbon H.i ham, roʻza H.i ham umumxalq bayrami sifatida nishonlanadigan boʻldi.