Yechim

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Yechim — badiiy asar kahramonlari oʻrtasidagi qarama-qarshilikning hal etilishi. Ye. badiiy asarning muqaddimasida ham, oʻrtasida ham, xotimasida ham kelishi mumkin. Lekin xotima yoki muqaddimadan keskin farq qiladi, yaʼni asar voqealarining tarkibiy qismini tashkil etadi — asosiy voqealar bilan bevosita bogʻliq boʻladi. Bundan tashqari, asarning "tuguni", albatta, muayyan Ye.ni talab qiladi. Ye. voqealarning eng yuqori nuqtasidan soʻng boshlanadi. Mac, "Oʻtgan kunlar" (Abdulla Qodiriy) romanida Kumushbibining oʻlimi — asar yechimidir. Otabekning oʻlimi esa romanning xotimasi, xolos. Chunki, Otabekning oʻlimi asardagi asosiy voqealarga uzviy bogʻliq boʻlmay, oʻquvchiga shunchaki axborot berish uchun xizmat qiladi. Detektiv yoʻnalishidagi asarlarda Ye. hatto muqaddima oʻrnida kelishi mumkin (mas, Oʻlmas Umarbekovning "Yoz yomgʻiri" asari). Ye. baʼzan asarda bevosita aks ettirilmasdan, kitobxon hukmiga havola etiladi. Ye. muallifning badiiy maqsadini roʻyobga chiqaradigan samarali vositalardan biri hisoblanadi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil