Kontent qismiga oʻtish

Igor Taran

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Igor Taran
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Igor Taran
Tavallud sanasi 29-dekabr 1983-yil (1983-12-29) (40 yosh)
Tavallud joyi Toshkent, SSSR
Ampluasi Hujumchi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2003—2006 Shoʻrtan 48 (22)
2007—2008 Andijon 55 (6)
2009—2012 Shoʻrtan 102 (33)
2013 Bunyodkor 18 (4)
2014 Nasaf 16 (3)
2015—2017 Shoʻrtan 72 (26)
2018 Qoʻqon 1912 6 (0)
2018—2019 Neftchi 9 (1)
Milliy terma jamoa
2010—2013 Oʻzbekiston 4 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Igor Taran (ruscha: Таран, Игорь; 1983-yil 29-dekabr, Toshentda tavallud topgan) – oʻzbekistonlik sobiq futbolchi, hujumchi pozitsiyasida oʻynagan. Hozirda futbol murabbiy[1].

Jamoalardagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Faoliyatini 2003-yil Gʻuzorning „Shoʻrtan“ klubida boshlagan. Bu vaqt ichida u „Shoʻrtan“ jamoasi safida 48 ta oʻyinda maydonga tushib, 22 ta gol urgan. 2007-2008-yilda „Andijon“ jamoasiga oʻtib, ikki mavsum oʻynagan. Andijonliklar safida 55 ta oʻyin oʻtkazib, 6 ta gol urgan[2]. 2009-yilda u sobiq jamoasi „Shoʻrtan“ga qaytdi va 2013-yilgacha Gʻuzorliklar safini himoy qildi. Bu vaqt ichida u 102 ta uchrashuvda maydonga tushib, 33 ta gol urishga erishgan. Bu koʻrsatkichlar evaziga Igor Taran „Shoʻrtan“ning eng yaxshi posbonlari va toʻpurarlaridan biriga aylangan. 2013-yil 4-yanvar kuni „Bunyodkor“ Igor Taran bilan shartnoma imzolaganini rasman eʼlon qildi. Taran qaldirgʻochlar safida Oʻzbekiston chempioni va kubogi sohibiga aylangan. 2014-yili Qarshining „Nasaf“ jamoasida bir mavsum oʻynab, 2015-yilda „Shoʻrtan Gʻuzor“ ga qaytdi va 2018-yilgacha Gʻuzorliklar safini himoy qilgan. 2018-yil Mavsumni Fargʻonaning Qoʻqon-1912 jamoasida boshladi[3], ikkinchi davrada viloyatning boshqa jamoasi Neftchi klubida oʻtkazgan[4]. 2019-yilda futbolchilik faoliyatini yakunlagan. Hozirda futbol murabbiyi.

Futbolchilik karyerasi statistikasi
Yillar Jamoa (klub) Oʻyin (Gol)
2003—2006 Shoʻrtan 48 (22)
2007—2008 Andijon 55 (6)
2009—2012 Shoʻrtan 102 (33)
2013 Bunyodkor 18 (4)
2014 Nasaf 16 (3)
2015—2017 Shoʻrtan 72 (26)
2018 Qoʻqon-1912 6 (0)
2018—2019 Neftchi 9 (1)

Milliy terma jamoa

[tahrir | manbasini tahrirlash]

U 2010-yil 11-avgust kuni Albaniyaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safida debyut qilgan va u Albaniyani 1:0 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlangan.

Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibida Igor Taran toʻrtta uchrashuv oʻtkazdi. U milliy terma jamoadagi debyut uchrashuvini 2010-yilning 11-avgustida Albaniya terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida oʻtkazgan[5].

Bunyodkor
  • Oʻzbekiston Superligasi Chempioni (1): 2013-yil
  • Oʻzbekiston kubogi sohibi (1): 2013-yil
  1. „Игорь Таран: Мухлисларнинг "Таран ғузорлик" дейишлари менга ёқарди“ (3 ноябрь, 2019). 2022-yil 3-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-sentyabr.
  2. „I. Taran“. soccerway.com. Qaraldi: 2012-yil 27-dekabr.
  3. „Игорь Таран "Қўқон-1912"да ФОТО“ (04 янв 2018). 2022-yil 3-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-sentyabr.
  4. „«Нефтчи» Игорь Таран билан шартнома имзолади“ (2018-yil 2-iyul). 2019-yil 11-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-sentyabr.
  5. „Taran, Igor“. national-football-teams.com. Qaraldi: 2012-yil 27-dekabr.