Hikmat Hoshimov
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Hikmat Hoshimov | ||
Tavallud sanasi | 12-may 1979-yil | ||
Tavallud joyi | Toshkent shahri, Oʻzbekiston | ||
Boʻyi | 182 m (597 ft 1 1⁄2 in) | ||
Ampluasi | Yarim himoyachi | ||
Vazni | 79 | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Faoliyatini yakunlagan | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1998 | MHSK | 4 | (0) |
1999—2001 | Doʻstlik | - | (0) |
2001—2002 | Soʻgʻdiyona | 43 | (4) |
2003—2004 | Metallurg | 54 | (12) |
2005 | Lokomotiv | 20 | (0) |
2006 | Andijon | 30 | (2) |
2007 | Nasaf | 29 | (3) |
2008—2010 | Metallurg | 72 | (13) |
2010 | Bunyodkor | 12 | (0) |
2011—2017 | Metallurg | 202 | (7) |
Milliy terma jamoa | |||
2006—2008 | Oʻzbekiston | 13 | (1) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2020 uchun) |
Hikmatjon Husanovich Hoshimov[1] (Ҳикматжон Ҳусанович Ҳошимов; 1979-yil 12-noyabr[2]) — oʻzbekistonlik sobiq professional futbolchi, faoliyati davomida yarim himoyachi va himoyachi pozitsiyalarida ishtirok etgan. Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibida 2007-yilgi Osiyo Kubogi final turniri ishtirokchisi.
Futbolchilik faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hikmat Hoshimov 18 yoshida Toshkentning MHSK klubi asosiy jamoasi tarkibida futbol oʻynashni boshlagan. 1999-yilgi mavsum boshida „Doʻstlik“ klubi tarkibiga oʻtgan va ikki mavsum davomida klubning oʻrinbosarlar jamoasi tarkibida oʻynagan. 2001-yilda Jizzaxning „Soʻgʻdiyona“ klubiga oʻtgan va klubning asosiy tarkib futbolchilaridan biriga aylangan. Hikmat keyinchalik faoliyati davomida „Lokomotiv“ (Toshkent), „Andijon“, „Nasaf“ va „Bunyodkor“ klublarida oʻynagan.
Hoshimov faoliyatining turli yillarida, uzoq muddat Bekobodning „Metallurg Bekobod“ jamoasi tarkibida oʻynagan[3][4][5][6] va Oʻzbekiston chempionatlarida ushbu klub safida 300 ga yaqin oʻyin oʻtkazgan[7].
Milliy terma jamoa
[tahrir | manbasini tahrirlash]2007—2008-yillarda Oʻzbekiston terma jamoasining oʻsha davrdagi bosh murabbiyi Rauf Inileyev Hoshimovni terma jamoaga jalb etgan. Futbolchi terma jamoadagi debyut oʻyinini 2007-yil 7-fevralda Ozarbayjon jamoasiga qarshi oʻtkazgan[8]. 2007-yil 23-martda Tayvan terma jamoasiga qarshi terma jamoadagi oʻzining birinchi golini urgan[9].
2007-yilning iyul oyida Hoshimov Osiyo Kubogi final turnirida ishtirok etgan. Turnirda davomida bitta oʻyinda maydonga tushgan[10].
Milliy terma jamoa safida jami 13 ta oʻyin oʻtkazib, 1 ta gol urgan, shuningdek, ikkita norasmiy oʻyinda ham ishtirok etgan[2].
Yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻzbekiston Oliy ligasi Chempioni: (3) 1999, 2000, 2010[2]
Oʻzbekiston Kubogi sohibi: (2) 2000, 2010[2]
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Angliya Premier Ligasida oʻynaydigan birinchi oʻzbek futbolchisi — Abduqodir Husanov Hikmat Hoshimovning oʻgʻli hisoblanadi[11][12].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Xoshimov imlosi ham uchraydi
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 „Ҳикмат Ҳошимовни табриклаймиз!“. 2024-yil 8-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-oktyabr.
- ↑ „Олий лига-2015. Барча 30та ўйинда қатнашган футболчилар“. 2024-yil 8-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-oktyabr.
- ↑ „ФАКТ! Ҳикмат Ҳошимов олий лигада 98та учрашувдан буён узлуксиз ўйнаб келмоқда“. 2024-yil 8-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-oktyabr.
- ↑ „Олий Лига-2017. Мавсумнинг "қария" футболчилари (ТОП10)“. 2024-yil 8-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-oktyabr.
- ↑ „Олий лига-2016. Ҳикмат Ҳошимов - барча ўйинларда тўлиқ ўйнаган ягона футболчи“. 2024-yil 8-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-oktyabr.
- ↑ „“Металлург” гвардиячилари“. 2024-yil 8-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-oktyabr.
- ↑ Uzbekistan vs. Azerbaijan
- ↑ Taiwan vs. Uzbekistan
- ↑ Iran vs. Uzbekistan
- ↑ „Ҳикмат Ҳошимовнинг ўғли Абдуқодир Ҳусанов: "Юлдузлик касалига учрашимга дадам йўл қўймайдилар"“. 2024-yil 8-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-oktyabr.
- ↑ „Ҳикмат Ҳошимовнинг 18 ёшли ўғли Беларусь чемпионатини "ёндирмоқда"“. 2023-yil 12-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-oktyabr.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Hikmat Hoshimov Footballfactsru saytida
- Hikmat Hoshimov National-Football-Teams.com saytida
- Hikmat Hoshimov Soccerway saytida
- 12-mayda tugʻilganlar
- 1979-yilda tugʻilganlar
- Toshkent shahrida tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari
- Andijon klubi futbolchilari
- MHSK klubi futbolchilari
- Metallurg Bekobod klubi futbolchilari
- Bunyodkor klubi futbolchilari
- Lokomotiv Toshkent futbol klubi futbolchilari
- Nasaf klubi futbolchilari
- Soʻgʻdiyona Jizzax futbolchilari
- Doʻstlik Toshkent futbolchilari
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari
- Osiyo Kubogi 2007 futbolchilari
- Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari
- Erkak futbol yarim himoyachilari
- Oʻzbekistonlik futbol murabbiylari
- Alifbo boʻyicha sportchilar