Asror Aliqulov
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Asror Choriyevich Aliqulov | ||
| Tavallud sanasi | 1978-yil 12-sentyabr | ||
| Tavallud joyi | Muborak tumani Oʻzbekiston SSR | ||
| Boʻyi | 182 cm (5 ft 11 1⁄2 in) | ||
| Ampluasi | Himoyachi | ||
| Vazni | 85 kg | ||
| Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Shoʻrtan | ||
| Raqami | Bosh murabbiy | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 1995—1997 | Mashʼal | 35 | (0) |
| 1997—2002 | Nasaf | 160 | (5) |
| 2003—2009 | Paxtakor | 197 | (1) |
| 2009—2010 | Shoʻrtan | 13 | (0) |
| 2010 | Nasaf | 5 | (0) |
| 2011—2013 | Shoʻrtan | 58 | (1) |
| 2014 | Dinamo Samarqand | 21 | (0) |
| 2015—2016 | Shoʻrtan | 19 | (0) |
| Milliy terma jamoa | |||
| 1999—2008 | Oʻzbekiston | 61 | (0) |
| Boshqargan klublari | |||
| 2017—2018 | Shoʻrtan | ||
| 2018—2019 | Mashʼal | ||
| 2020—2023 | Shoʻrtan | ||
| 2023 | Qizilqum | ||
| 2023—2025 | Mashʼal | ||
| 2025— | Shoʻrtan | ||
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) | |||
Asror Aliqulov (1978-yilning 12-sentyabrida[1], Muborak, Oʻzbekiston SSRda tugʻilgan) — oʻzbekistonlik futbol murabbiyi va sobiq futbolchi. Himoyachi pozitsiyasida oynagan. Gʻuzorning „Shoʻrtan“ klubi bosh murabbiyi.
Futbolchilik faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Professional faoliyatini 1995-yilda Muborakning „Mashʼal“ jamoasida boshlagan. U yerdan Qarshining „Nasaf“ jamoasiga viloyat bosh klubiga taklif qilindi va bu jamoada Asror ikki marta mamlakat chempionati bronza medallarini qoʻlga kiritdi. 2001-yilda Oʻzbekiston klublari terma jamoasi tarkibida Malayziyada oʻtkazilgan Merdeka Kubogi xalqaro turniri gʻolibi boʻldi.
Aliqulov 2003-yilgi mavsum oldidan Toshkentning „Paxtakor“ jamoasiga taklif qilingandi. Bu klub tarkibida u ketma-ket besh marta mamlakat chempioni va shuncha marta qatorasiga mamlakat kubogi sohibiga aylandi[2]. 2014-yilgi mavsumni Samarqandning „Dinamo“ jamoasi tarkibida oʻtkazdi[3][4]. 2015-yilgi mavsumda „Shoʻrtan“ jamoasi tarkibida toʻp surgan vaqtida Oʻzbekiston Superligasida eng koʻp oʻtkazgan futbolchi sifatida rekord oʻrnatdi[5][6][7]. 2016-yilgi mavsum Gʻuzorning „Shoʻrtan“ jamoasi tarkibida faoliyatini yakunladi[8]
Milliy terma jamoa
[tahrir | manbasini tahrirlash]2007-yilgi Osiyo Kubogi final turniriga tayyorgarlik jarayonida jiddiy jarohat oldi, ammo iroda va chidamlilik koʻrsatib, katta futbolga qaytdi.
1999—2008-yillarda Oʻzbekiston terma jamoasida oʻynagan. 2007-yilda u milliy terma jamoa safida toʻrtta oʻyin oʻtkazgan.
U 1999-yildan 2008-yilgacha milliy terma jamoa aʼzosi boʻlgan va 63 marta oʻynagan[9][10].
Murabbiylik faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]2017-yilgi mavsumda „Shoʻrtan“ jamoasining yoshlar jamoasining murabbiy va asosiy jamoada murabbiylar shatabida murabbiy sifatida faoliyatini boshladi[11][12][13][14]. 2019-yilgi mavsumda Muborakning „Mash’al“ klubida bosh murabbiy sifatida faoliyat olib bordi[15]. 2020-yilgi mavsumda „Shoʻrtan“ jamoasiga bosh murabbiy sifatida qaytdi[16]. 2023-yilgi mavsumda Navoiyning „Qizilqum“ jamoasida yarim mavsum davomida bosh murabbiy lavozimida faoliyat olib bordi[17][18]. 2023-yilgi mavsum ikkinchi davrasida Muborakka qaytgan va 8-avgustda „Mash’al“ klubi bilan shartnoma imzolagan[19][20]. 2025-yil 3-oktyabrda Gʻuzorning Shoʻrtan klubi bilan shartnoma imzolagan[21][22].
Yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub
[tahrir | manbasini tahrirlash]Paxtakor
- Oʻzbekiston ligasi (5): 2003, 2004, 2005, 2006, 2007
- Oʻzbekiston Kubogi (5): 2003, 2004, 2005, 2006, 2007
- Osiyo Chempionlar Ligasi yarim finali (2): 2002/2003, 2004
- MDH kubogi : 2007
Milliy terma jamoa
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Merdeka turniri gʻolibi: 2001
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Aliqulov oliy maʼlumotli. Qarshi davlat universitetini tamomlagan. U sertifikatlangan futbol murabbiyi. Uylangan. Uch farzandning otasi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Asror Aliqulovni tabriklaymiz“. 2023-yil 7-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-iyul.
- ↑ „O'zbekiston kubogi. Barcha finallarning ramziy terma jamoasi“. 2022-yil 21-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-iyul.
- ↑ „Asror Aliqulov "Dinamo"da“. 2023-yil 7-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-iyul.
- ↑ „Asror Aliqulov “Dinamo”dan ketadimi?“. 2023-yil 7-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-iyul.
- ↑ „Asror Aliqulov "SHo'rtan"ga qaytmoqchi“. 2023-yil 7-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-iyul.
- ↑ „Asror Aliqulov mutloq rekord sohibi!“. 2023-yil 7-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-iyul.
- ↑ „Oliy liga-2015. 41 yoshli Bugalo va qolgan faxriy futbolchilar“. 2023-yil 7-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-iyul.
- ↑ „Asror Aliqulov faoliyatini yakunladi“. 2023-yil 7-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-iyul.
- ↑ Uzbekistan – Record International Players (Wayback Machine saytida 22 September 2008 sanasida arxivlangan)
- ↑ VIIIasror-aliqulov „Terma jamoa gvardiyachilari #8. Asror Aliqulov“. 2023-yil 7-iyulda asl nusxadan VIIIasror-aliqulov arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-iyul.
- ↑ „Asror Aliqulov “SHo'rtan” yoshlari jamoasini boshqaradi“. 2023-yil 7-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-iyul.
- ↑ „Asror Aliqulov – “SHo'rtan” klubi murabbiylar shtabida“. 2023-yil 7-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-iyul.
- ↑ „Asror Aliqulov - "SHo'rtan" bosh murabbiyi“. 2023-yil 7-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-iyul.
- ↑ „PRO-ligada kimlar bosh murabbiylik qilmoqda?“. 2023-yil 7-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-iyul.
- ↑ „Rasmiy xabar: Asror Aliqulov - "Mashal" bosh murabbiyi“. 2023-yil 30-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-iyul.
- ↑ „“SHo'rtan”ga yangi bosh murabbiy tayinlandi“. 2023-yil 7-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-iyul.
- ↑ „Rasman: Asror Aliqulov - "Qizilqum" bosh murabbiyi“. 2023-yil 7-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-iyul.
- ↑ „Rasman: Asror Aliqulov o'z arizasiga ko'ra "Qizilqum"ni tark etdi. Uning o'rnini Tachmurad Agamuradov egalladi“. 2023-yil 7-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-iyul.
- ↑ „Расман: Асрор Алиқулов "Машъал" устозига айланди.“ (2023-yil 8-avgust).
- ↑ „Расман: Асрор Алиқулов "Машъал"даги фаолиятини давом эттиради.“ (2024-yil 6-yanvar).
- ↑ „"Шўртан"ни янги мураббий бошқаради“ (2025-yil 3-oktyabr).
- ↑ „Расман: Асрор Алиқулов "Шўртан" билан уч ойлик шарнома имзолади“ (2025-yil 5-oktyabr).
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Quruvchi PSK saytidagi profillar (Wayback Machine saytida 2-iyul 2008-yil sanasida arxivlangan)
- Asror Aliqulov Transfermarkt saytida
- Asror Aliqulov Soccerway saytida
- Asror Aliqulov FootballFacts.ru saytida (ruscha)
- 12-sentyabrda tugʻilganlar
- 1978-yilda tugʻilganlar
- Muborak tumanida tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Alifbo boʻyicha futbolchilar
- Alifbo boʻyicha sportchilar
- Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari
- Erkak futbol himoyachilari
- Dinamo Samarqand futbolchilari
- Shoʻrtan klubi futbolchilari
- Nasaf klubi futbolchilari
- Paxtakor jamoasi futbolchilari
- Mashʼal klubi futbolchilari
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari
- Oʻzbekistonlik futbol murabbiylari
- Shoʻrtan klubi murabbiylari
- Mashʼal klubi murabbiylari
- Qizilqum futbol klubi bosh murabbiylari
- Sportchilar