Botir Qorayev
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Tavallud sanasi | 8-aprel 1980-yil | ||
Tavallud joyi |
Qashqadaryo Viloyati, Oʻz SSR, USSR | ||
Boʻyi | 1,76 m | ||
Ampluasi | Himoyachi | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1999-2005 | Nasaf | 159 | (9) |
2006-2008 | Mashʼal | 54 | (1) |
2008-2015 | Nasaf | 187 | (1) |
2015-2017 | Shoʻrtan | 29 | (1) |
2017 | Mashʼal | 25 | (1) |
Milliy terma jamoa | |||
2007-2010 | Oʻzbekiston | 7 | (1) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Botir (Botir) Qoraev (1980-yil 8-aprel) — oʻzbek futbolchisi. Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibida 2007 -yilgi Osiyo kubogi ishtirokchisi.
Hozirda Nasaf jamoasining Sport direktori.
Futbolchilik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
U 1999-yilda Qarshining „Nasaf“ jamoasida oʻynab, Oʻzbekiston oliy ligasida debyut qilgan. U bu jamoada yetti yil to‘p surdi va uch marta mamlakat chempionatining bronza medali sovrindoriga aylandi.
2006-yilda qo‘shni Muborak shahridan „Mashʼal“ ga ko‘chib o‘tgan va bu jamoada ikki mavsum to‘p surgan, 2007-yilda bronza medallarini qo‘lga kiritgan.
2008 yilgi mavsum boshlanishidan oldin u „Nasaf“ga qaytdi, klubning asosiy himoyachisiga aylandi. Keyingi yillarda u yana to‘rt marta O‘zbekiston chempionatining bronza medalini qo‘lga kiritdi, bir marta kumush medalni qo‘lga kiritdi, 2011-yilda esa Osiyoda ikkinchi muhim klub turniri hisoblangan OFK kubogida g‘olib chiqdi. Umumiy hisobda „Nasaf“ safida milliy chempionatlarda 300 dan ortiq o‘yin o‘tkazgan.
2015-yilgi mavsum oldidan Nasaf bilan xayrlashgan Botir Gʻzuorning „Shoʻrtan“ jamoasi safiga borib qoʻshildi. U Gʻuzorliklar safida 2 mavsum davomida toʻp surdi.[1] 2017 yilgi mavsum oldidan sobiq jamoasi Muborakning „Mashʼal“ Jamoasi katta qiziqish bildirdi va mavsum Muborakliklar safida oʻtkazdi. Mavsum yakunida faoliyatini yakunladi.[2]
Milliy jamoadagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
U 2007-yilda Oʻzbekiston terma jamoasida debyut qilgan. U murabbiy Rauf Inileyev tomonidan 2007-yilgi Osiyo Kubogida ishtirok etgan, bir marta ham turnirda maydonga tushmagan. U xalqaro maydondagi debyutini 2007-yil 24 — mart kuni Xitoy Taypeyi — O‘zbekiston (0:1) o‘yinida o‘tkazdi. U milliy terma jamoadagi ilk golini 2007-yilning 27-mart kuni Xitoy — Oʻzbekiston oʻrtoqlik uchrashuvida (3:1) kiritgan. U milliy terma jamoa bilan 2007-yilgi Osiyo Kubogida ishtirok etgan. U terma jamoa libosida jami 7 ta oʻyinda maydonga tushdi va 1 ta gol kiritdi.
Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Uch yillik tanaffusdan soʻng 2010-yilda terma jamoaga chaqirildi, 2010-yil 25 may kuni Armanistonga qarshi oʻyinda ishtirok etdi, bu oʻyin Qoraev uchun terma jamoadagi oxirgisi boʻldi. U terma jamoa safida jami 5 ta o‘yin o‘tkazgan.[3]
Murabbiylik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
2017-yilgi mavsum soʻnggida Muborakliklar safida faoliyatiga yakun yasagan Botir Qoraev, aynan „Mashʼal“ jamoasi safida Oʻz murabbiylik faoliyatini boshladi.[4] 2018-2020 mavsumlar davomida Bosh murabbiy yordachisi vazifasini bajardi. 2021-yilgi mavsum sobiq jamoasi Qarshining „Nasaf“ jamoasi sport direktoriga aylandi.[5]
Yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- OFK kubogi sohibi: 2011-yil
- O‘zbekiston chempionati kumush medali sovrindori: 2011-yil
- O‘zbekiston chempionati bronza medali sovrindori (8): 2000, 2001, 2005, 2007, 2009, 2010, 2013, 2014
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ „Ботир Қораев "Шўртан"га қайтди“. 20-sentabr 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 20-sentabr 2022-yil.
- ↑ „Бутсаларини михга илганлар“. 20-sentabr 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 20-sentabr 2022-yil.
- ↑ „Протокол матча Армения-Узбекистан“. 12-avgust 2014-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 11-avgust 2014-yil.
- ↑ „Ботир Қораев "Машъал" мураббийлар штабида иш бошлади“. 20-sentabr 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 20-sentabr 2022-yil.
- ↑ „"Насаф" клубига янги спорт директори тайинланди“. 20-sentabr 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 20-sentabr 2022-yil.
Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- https://www.national-football-teams.com/player/22952.html
- https://www.transfermarkt.com/transfermarkt/profil/spieler/201627
- http://footballfacts.ru/players/485931
- http://it.soccerway.com/players/botir-karaev/10714/