Ilhomjon Suyunov
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Tavallud sanasi | 17-may 1983-yil | ||
Tavallud joyi | Oʻzbekiston | ||
Boʻyi | 183 sm | ||
Ampluasi | himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Paxtakor FK | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2001 2002—2003 2004— |
Yangiyer Mashʼal Paxtakor |
( 44 (1) ) | |
Milliy terma jamoa | |||
2006— |
![]() | (11 (1)) | |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Ilhom Anvarovich Suyunov (1983-yil 17-may, Oʻzbekiston SSR) — sobiq oʻzbek futbolchisi va himoyachisi. Oʻzbekiston terma jamoasida oʻynagan.
Professional faoliyatini 2001-yilda „Yangiyer“da boshlagan. 2002—2003-yillarda Muborakning „Mash’al“ klubida oʻynagan. 2004-yildan 2013-yilgacha Toshkentning „Paxtakor“ jamoasida oʻynagan.
Klub faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
2004-2013 yillarda Suyunov Toshkentning „Paxtakor“ klubida oʻynagan. 2013-yilning 12-iyulida u „Paxtakor“ da 10 mavsum toʻp surganidan soʻng Toshkentning „Lokomotiv“ klubi bilan shartnoma imzoladi.
Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
2006-yildan buyon Oʻzbekiston milliy terma jamoasida oʻynab kelmoqda. 2007-yilda u milliy terma jamoa safida sakkizta oʻyin oʻtkazdi.[1]
Suyunov futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safida 21 ta oʻyinda maydonga tushib, 1 ta gol urgan.
Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
- „Paxtakor“
- Oʻzbekiston ligasi (5): 2004, 2005, 2006, 2007, 2012
- Oʻzbekiston kubogi (6): 2004, 2005, 2006, 2007, 2009, 2011
- MDH kubogi : 2007
- Osiyo Chempionlar Ligasi yarim finali (1): 2004 yil
- Lokomotiv
- Oʻzbekiston Ligasi ikkinchi oʻrinchisi (1): 2013-yil
Karyera statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Miliiy terma jamoada gollar[tahrir | manbasini tahrirlash]
# | Sana | Joy | Raqib | Hisob | Natija | Musobaqa |
---|---|---|---|---|---|---|
1 | 2007-yil 28-oktyabr | Taypey, Tayvan | Xitoy Taypeyi | 2-0 | Yutuq | 2010 FIFA Jahon chempionati saralashi |
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ „Всё или почти всё о сборной Узбекистана“. 2-aprel 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 29-mart 2015-yil.