Ildar Magdeev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ildar Magdeev
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 11-aprel 1984-yil (1984-04-11) (38 yosh)
Tavallud joyi BUxoro, SSSR, Oʻzbekiston.SSR
Boʻyi 174 sm
Ampluasi Yarim himoyachi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1999-2001 Oʻzbekiston Buxoro 26 (1)
2002-2010 Oʻzbekiston Paxtakor 127 (5)
2011 Xitoy Tsindao Chjunnen 11 (0)
2011 Oʻzbekiston Paxtakor 1 (0)
2012 Oʻzbekiston Lokomotiv 8 (0)
2013 Oʻzbekiston Oqtepa - (0)
2013 Oʻzbekiston Dinamo 10 (-)
2014 Oʻzbekiston Oqtepa - (-)
Milliy terma jamoa
2002-2012 Oʻzbekiston 23 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Ildar Magdeev (1984-yil 11-aprelda tugʻilgan) — oʻzbek futbolchisi, Samarqandning „Dinamo“ klubi yarim himoyachisi, sobiq futbolchi.

Futbolchilik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

U 15 yoshida „Buxoro“ klubi tarkibida kattalar futbolida debyut qilgan. Bu klubdagi dastlabki ikki mavsumda u Oʻzbekiston chempionatida bor yoʻgʻi 2 ta oʻyinda maydonga tushgan boʻlsa, 2001-yilda 22 ta oʻyinda qatnashgan.

2002-yilda Magdeev oʻsha paytda mamlakatning soʻzsiz eng kuchli klubi boʻlgan „Paxtakor“ ga oʻtdi. 2002-2007 yillarda „Paxtakor“ Magdeev bilan ketma-ket olti marta „oltin dubl“ga erishdi — Oʻzbekiston chempionati va kubogini qoʻlga kiritdi, 2008—2010-yillarda uch marta kumush medal sohibi boʻldi, 2009-yilda esa navbatdagi kubokni qoʻlga kiritdi. Magdeev „Paxtakor“ning asosiy tarkibida mustahkam oʻyinchi emas edi, har mavsumda jamoasi oʻyinlarining yarmini oʻtkazardi.

2009 va 2010-yillarda u Rossiyaning „Rubin“[1] va „Ural“[2] jamoalarini qishki koʻrigiga bordi. 2011-yilda u Xitoyning „Qingdao Zhongneng“ klubida oʻynagan. Vataniga qaytgach, „Paxtakor“da oʻyin amaliyotiga ega boʻlmadi va 2012-yilning yozida Toshkentning „Lokomotiv“ jamoasiga koʻchib oʻtdi[3] va u bilan chempionatda bronza medallarini qoʻlga kiritdi. Keyingi mavsumda u Toshkentning boshqa bir klubi — „Oqtepa“da birinchi ligada toʻp surdi, yozda esa Samarqandning „Dinamo“ klubiga oʻtdi. 2014-yilda yana „Oqtepa“ safida oʻynab, Oʻzbekiston kubogi-2014 chorak finalchisiga aylandi.[4]

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2002-yilning 21-avgustida Ozarbayjonga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safida debyut qilgan.

U 2004-yilgi Osiyo Kubogida qatnashgan, ikki oʻyinda maydonga tushgan — Turkmanistonga qarshi guruh bosqichida va Bahrayn bilan chorak finalda. 2007-yilda u 200- yilgi Osiyo Kubogi final turnirida ham terma jamoaga kiritilgan, biroq birorta ham oʻyinda maydonga tushmagan.

Terma jamoa uchun soʻnggi oʻyin 2012-yilning 29-fevralida Yaponiyaga qarshi oʻtkazilgan. Magdeevda terma jamoada jami 23 ta oʻyin bor. Rasmiy oʻyinlarda terma jamoa safida gol ura olmagan, ammo 2009-yilning yanvarida Sankt-Peterburgning „Zenit“ klubi bilan sinov oʻyinida gol urgan.[5]

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Oʻzbekiston chempioni (6): 2002, 2003, 2004, 2005, 2006, 2007
  • Oʻzbekiston kubogi sohibi (7): 2002, 2003, 2004, 2005, 2006, 2007, 2009

Xalqaro musobaqalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • MDH chempionlar kubogi: 1
Paxtakor: 2007-yil

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]