Kamoliddin Tojiyev
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Kamolidiin Fahriddinovich Tojiyev | ||
| Tavallud sanasi | 1983-yil 3-may | ||
| Tavallud joyi | Jizzax, Oʻzbekiston SSR, Soviet Union | ||
| Boʻyi | 1.91 m | ||
| Ampluasi | Bosh murabbiy | ||
| Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Paxtakor | ||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
| 2001—2002 | Akademiya | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 2002—2011 | Paxtakor | 66 | (3) |
| 2006 | → Soʻgʻdiyona | 18 | (1) |
| 2011—2013 | Jiangsu Sainty | 70 | (2) |
| 2014—2019 | Paxtakor | 78 | (6) |
| 2019—2021 | Metallurg | 62 | (2) |
| Milliy terma jamoa | |||
| 2007—2016 | Oʻzbekiston | 11 | (0) |
| Boshqargan klublari | |||
| 2022—2025 | Paxtakor U21 | ||
| 2025— | Paxtakor | ||
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) | |||
Kamolidiin Fahriddinovich Tojiyev (1983-yil 3-may, Jizzax viloyati) — oʻzbekistonlik professional futbolchi va futbol murabbiyi. Oʻzbekiston milliy terma jamoasi va Paxtakor klubi sobiq aʼzosi. Himoyachi va tayanch yarim himoyachisi pozitsiyasida oʻynagan. Hozirda „Paxtakor“ jamoasida murabbiy[1].
Futbolchilik faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kamoliddin Tojiev 2002-yilgi Oʻzbekiston Ligasi mavsumida Toshkentning „Paxtakor“ klubiga kelib qoʻshildi[2] Klubdagi bir necha mavsumdan soʻng „Soʻgʻdiyona Jizzax“ klubiga ijaraga berildi[3]. „Paxtakor“ga qaytganidan soʻng jamoada muntazam oʻynay boshladi va jamoa safida 2011-yilgacha toʻp surdi. 2000-2011-yillarda koʻplab chempionlik unvonlari va medallarni qoʻlga kiritgan, ammo asosiy tarkibda mustahkam oʻyinchi boʻlmagan. Jamoa bilan Osiyo chempionlar ligasi oʻyinlarida ishtirok etgan. 2011-yilda Xitoy Superligasida oʻz faoliyatini davom ettirishga qaror qildi va „Jiangsu Sainty“ klubi bilan 2 yarim yilga shartnoma tuzdi[4]. Himoyachi shartnoma muddatini toʻliq oʻtkazib, Xitoy chempionatida 70 ta oʻyin oʻtkazib, 2ta gol urdi, 2012-yilda vitse-chempion, 2013-yilda esa Xitoy Superkubogi sohibiga aylandi[5]. 2014-yilda sobiq jamoasi — „Paxtakor“ga qaytdi va 2019-yilgacha jamoa sharafini himoya qildi. 2019-yildan Bekobodning „Metallurg“ klubi bilan shartnoma imzoladi. 2021-yil mavsum soʻnggida futbolchilik faoliyatiga yakun yasadi.
Milliy terma jamoa
[tahrir | manbasini tahrirlash]2007-yildan buyon Oʻzbekiston terma jamoasi oʻyinlarida ishtirok etib kelmoqda. Birinchi oʻyin 2007-yilning 7-fevralida Ozarbayjon terma jamoasiga qarshi oʻtkazilgan. 2007-yildan 2012-yilgacha milliy terma jamoa safida 9 ta oʻyin oʻtkazgan, shundan bor-yoʻgʻi ikkitasi Osiyo Kubogi saralashida, qolganlari oʻrtoqlik oʻyinlarida boʻlgan. 2016-yilning fevral oyida yana terma jamoaga chaqirildi va Livanga qarshi oʻyinda ishtirok etdi.
Murabbiylik faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]2022—2025-yillarda Paxtakor klubining U21 jamoasiga murabbiylik qilgan.
2025-yil 9-maydan buyon Paxtakor klubini boshqarib kelmoqda. Uning murabbiylik uslubi asosan 4-2-3-1 taktik sxemasiga asoslanadi. 2025-yil yakunlariga koʻra, Superliganing „Eng yaxshi murabbiyi“ sovrini uchun nomzodlar roʻyxatiga kiritilgan[6]. 2025-yilning may oyida va 2026-yilning mart oyida Oʻzbekiston Superligasining eng yaxshi murabbiyi deb topilgan.
Yutuqlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Futbolchi sifatida
[tahrir | manbasini tahrirlash]Paxtakor Toshkent
- Oʻzbekiston Superligasi chempioni: (7) 2002, 2003, 2004, 2005, 2007, 2014, 2015
- Oʻzbekiston Kubogi sohibi: (6) 2002, 2003, 2004, 2005, 2007, 2009
Jiangsu Sainty
- Xitoy Superkubogi sohibi: 2013
Murabbiy sifatida
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Paxtakor
- Oʻzbekiston Kubogi sohibi: 2025
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Kamoliddin Tojiyev National-Football-Teams.com saytida
- ↑ Uzbekistan 2002 at rsssf.org. 23 Mar 2003. Retrieved 08-04-2013
- ↑ Uzbekistan 2006 at rsssf.org. 31 Jan 2007. Retrieved 08-04-2013
- ↑ „Камолиддин Таджиев перешел в «Жиангсу Сейнти»“ (ru). pakhtakor.uz (2011-yil 8-iyul). 2012-yil 27-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 31-avgust.
- ↑ Kamoliddin Tajiev at footballtop.com. Retrieved 08-04-2013
- ↑ „Superliganing “eng yaxshi murabbiyi” hamda “eng yaxshi futbolchisi” uchun da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi“.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Kamoliddin Tojiyev Transfermarkt saytida
- Kamoliddin Tojiyev (Wayback Machine saytida 2023-04-06 sanasida arxivlangan) Playmakerstats saytida
- Kamoliddin Tojiyev Soccerway saytida
- Kamoliddin Tojiyev Footballfacts
- Kamoliddin Tojiyev NFT saytida
- 3-mayda tugʻilganlar
- 1983-yilda tugʻilganlar
- Jizzaxda tugʻilganlar
- Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari
- Yashayotgan insonlar
- Erkak futbol himoyachilari
- Akademiya klubi futbolchilari
- Paxtakor jamoasi futbolchilari
- Soʻgʻdiyona Jizzax futbolchilari
- Metallurg Bekobod klubi futbolchilari
- Jiangsu F.C. futbolchilari
- Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari
- Xitoy Superligasi futbolchilari
- Oʻzbekiston 21 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi futbolchilari
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari
- Osiyo oʻyinlari 2006 futbolchilari
- Oʻzbekistonning Osiyo oʻyinlaridagi sportchilari
- Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari
- Xitoydagi muhojir erkak futbolchilar
- Alifbo boʻyicha sportchilar