Xalqaro migratsiya tashkiloti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Xalqaro migratsiya tashkiloti
Qisqartma IOM
Turi BMTga tegishli tashkilot
Ishga tushgan sanasi 6-dekabr, 1951-yil (72 yil avval) (1951-12-06)
Bosh direktor Amy Pope
Bosh mahkamasi Jeneva, Shveysariya
Daromad 2,5 mlrd AQSh dollari (2021)
Ishchilar soni 17 761 (2021)
Aʼzolari 175 ta aʼzo va 8 ta kuzatuvchi davlat
Vebsayti iom.int
Til(lar)i Ingliz tili, Fransuz tili va Ispan tili

Xalqaro Migratsiya Tashkiloti (XMT)-Birlashgan Millatlar Tashkilotining migratsiya sohasida faoliyat yurituvchi asosiy tashkilotidir. Tashkilot muhojirlar, jumladan, qochqinlar va mehnat muhojirlari uchun tezkor yordam dasturlarini amalga oshiradi.

Xalqaro migratsiya tashkiloti Jenevada joylashgan. Uning bosh direktori Amy Pope hisoblanadi[1].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

XMTning tashkil etilishi (1951-yildan 1989-yilgacha)[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xalqaro Migratsiya Tashkiloti (XMT) 1951-yilda Ikkinchi jahon urushidan keyin Yevropada koʻp sonli ichki koʻchirilganlar va urush qochqinlariga javoban tashkil etilgan. XMT dastlab logistika agentligi boʻlib, 1950-yillarda bir millionga yaqin muhojirlarni tashishni tashkil qilgan va tashkil topganidan beri bir necha marotaba nomi oʻzgartirilgan.

  • 1951-yilda Yevropadan migrantlar harakati boʻyicha Muvaqqat hukumatlararo qoʻmitasi(PICMME)
  • 1952-yil Yevropa migratsiya boʻyicha hukumatlararo qoʻmitasi (ICEM);
  • 1980-yilda Hukumatlararo Migratsiya Qoʻmitasi(ICM);
  • 1989-yilda Xalqaro Migratsiya Tashkiloti (XMT)[2].

Birlashgan Millatlar Tashkilotiga integratsiya va hozirgi kun (1990-yildan hozirgacha)[tahrir | manbasini tahrirlash]

1992-yilda unga Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasida kuzatuvchi maqomi berildi (GA rezolyutsiyasi A/RES/47/4)[2]. 2016-yil sentyabr oyida Birlashgan Millatlar Tashkilotiga (BMT) aʼzo davlatlar Bosh Assambleya orqali XMTni BMTning shoʻba tashkilotiga aylantirish toʻgʻrisidagi kelishuvni maʼqullagan rezolyutsiyani bir ovozdan qabul qildilar. Bu kelishuv XMT va BMT oʻrtasidagi munosabatlarni mustahkamladi va uning muhojirlar va aʼzo davlatlar manfaatlari yoʻlida oʻz vakolatlarini bajarish qobiliyatini oshirdi[3].

XMT 2018-yil dekabr oyida Marrakech (Marokash)da qabul qilingan xalqaro migratsiya boʻyicha birinchi hukumatlararo bitim boʻlgan Migratsiya boʻyicha Global kelishuvni yaratishni qoʻllab-quvvatladi[4]. Migratsiya boʻyicha Global shartnomani amalga oshirish, kuzatib borish va koʻrib chiqishni qoʻllab-quvvatlash maqsadida BMT Bosh kotibi António Guterres 2019-yilda BMTning Migratsiya boʻyicha tarmogʻini tuzdi. XMT Birlashgan Millatlar Tashkilotining Migratsiya boʻyicha tarmogʻini muvofiqlashtirib boradi, unga UNHCR, WFP va BMTTD va boshqalar kiradi[5].

Tuzilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tashkilot[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tashkilotning shtab-kvartirasi Jenevada joylashgan boʻlib, aloqa idoralari Nyu-York va Addis-Abebada joylashgan. Global migratsiya maʼlumotlarini tahlil qilish markazi (GMDAC) Berlinda joylashgan[6]. 2020-yilda tashkilot 168 ta davlat vakillaridan iborat 15 311 nafardan ortiq xodimga ega ekanligini maʼlum qildi[6]. XMTning qaror qabul qiluvchi oliy organi kengash boʻlib, unda barcha aʼzo davlatlar vakillari ishtirok etadi. Kengash tartib qoidalariga ega va yillik byudjetni qabul qilish va tashkilotning dasturiy maqsadlarini aniqlash uchun muntazam ravishda yigʻiladi. XMTning rasmiy tillari – ingliz, frantsuz va ispan tillari hisoblanadi. XMTning maʼlumotlariga koʻra, tashkilotning 2020-yilgi byudjeti ikki milliard AQSh dollari atrofida boʻlgan[6].

Bosh direktor[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tashkilot bosh direktori XMTga aʼzo davlatlar delegatlari tomonidan besh yil muddatga saylanadi[7]. Hozirgi Bosh direktor Amerika Qoʻshma Shtatlaridan Amy Pope, bosh direktor oʻrinbosar esa Nigeriyalik Ugochi Daniels hisoblanadi[7].

Faoliyat[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tashkilotning global mandati muhojirlarga, jumladan, mehnat muhojirlari, qochqinlar va ichki koʻchirilganlarga yordam berishni oʻz ichiga oladi. Tashkilotning bunday keng vakolati inqirozli vaziyatlarda moslashuvchanligi uchun maqtovga sazovor boʻldi[3], ammo, himoya masalalarida huquqiy javobgarlik uchun tanqid qilindi[8]. Bir-birini toʻldiruvchi mandatlar tufayli XMT tez-tez BMT QOQK bilan hamkorlik qiladi[9].

Aʼzo davlatlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

XMTga aʼzo davlatlar:
  Aʼzo davlatlar

  Kuzatuvchi davlatlar

  Aʼzo boʻlmagan davlatlar

2023-yil holatiga koʻra, Xalqaro Migratsiya Tashkilotiga 175 ta aʼzo davlat va 8 ta kuzatuvchi davlat kiradi[10].

Aʼzo davlatlar:

 Vanuatu

Kuzatuvchi davlatlar:

Aʼzo boʻlmagan davlatlar:

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Andrijasevic, Rutvica; Walters, William (2010): The International Organization for Migration and the international government of borders. In Environment and Planning D: Society and Space 28 (6), pp. 977–999.
  • Georgi, Fabian; Schatral, Susanne (2017): Towards a Critical Theory of Migration Control. The Case of the International Organization for Migration (IOM). In Martin Geiger, Antoine Pécoud (Eds.): International organisations and the politics of migration: Routledge, pp. 193–221.
  • Koch, Anne (2014): The Politics and Discourse of Migrant Return: The Role of UNHCR and IOM in the Governance of Return. In Journal of Ethnic and Migration Studies 40 (6), pp. 905–923.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. https://www.iom.int/biography-iom-director-general
  2. 2,0 2,1 Megan Bradley (2017). "The International Organization for Migration (IOM): Gaining Power in the Forced Migration Regime". Refuge: Canada's Journal on Refugees 33 (1): 97. doi:10.25071/1920-7336.40452. https://refuge.journals.yorku.ca/index.php/refuge/article/view/40452. 
  3. 3,0 3,1 Bradley, Megan. The International Organization for Migration: Challenges, Commitments, Complexities. London: Routledge, 2020-02-07. DOI:10.4324/9781315744896. ISBN 978-1-315-74489-6. 
  4. „GCM Development Process“. www.iom.int. International Organization for Migration (2018-yil 9-aprel). Qaraldi: 2019-yil 13-may.
  5. „Amy Pope Makes History as First Woman Director General of IOM“. iom.int. Qaraldi: 2023-yil 2-oktyabr.
  6. 6,0 6,1 6,2 „IOM Organizational Structure“ (en). International Organization for Migration. Qaraldi: 2023-yil 1-dekabr.
  7. 7,0 7,1 „Directors General and Deputy Directors General“ (en). International Organization for Migration. Qaraldi: 2023-yil 1-dekabr.
  8. Bast, Jürgen (2019). "Der Global Compact for Migration und das internationale Migrationsregime". Zeitschrift für Ausländerrecht und Ausländerpolitik (3): 96–99. 
  9. Moretti, Sebastien (2021). "Between refugee protection and migration management: the quest for coordination between UNHCR and IOM in the Asia-Pacific region.". Third World Quarterly 42 (1): 34–51. doi:10.1080/01436597.2020.1780910. 
  10. „Members and Observers“. International Organization for Migration. 2022-yil 9-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 3-yanvar.