Solomon Orollari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Solomon Orollari
Solomon Orollari davlat bayrogʻi   [[Image:|110px|Solomon Orollari davlat gerbi]]
Bayroq Gerb
Shior: To lead is to serve
Madhiya: {{{davlat_madhiyasi}}}
Solomon Orollari Xaritasi
Poytaxt Goniara
Rasmiy til(lar)
Hukumat Hamdo`stlig
 •  Rohib   Qirolicha Elizabet II
 •  Gubernator-General   Ser Nathaniel Waena
 •  Bosh Vazir   Manasseh Sogavare
Mustaqillik   Birlashgan Qirolligidan
 •  Sana   7 iyul 1978
Maydon  
 • Butun 28,450 km² (144-)
 • Suv (%)
Aholi  
 • 2002 roʻyxat 538,032 (165- oʻrin)
 • Zichlik 18/km²
YaIM (XQT) 2005- yil roʻyxati
 • Butun AQSh$800 mil. (198-)
 • Jon boshiga AQSh$1,487
Pul birligi Solomon Islands Dollar (SBD)
Vaqt Mintaqasi (UTC)
 • Yoz (DST)
Qisqartma BP
Internet domen .sb
Telefon prefiksi +677


Solomon orollari (Solomon Islands) — Tinch okeanning jan.gʻarbiy qismida joylashgan davlat. Solomon o.larining jan.sharqiy qismini va yaqin atrofdagi SantaKrus va b. orollarni oʻz ichiga oladi. Mayd. 28,45 ming km2. Aholisi 495 ming kishi (2002). Poytaxti — Xoniara sh. Maʼmuriy jihatdan 4 okrugga bulinadi.


Davlat tuzumi[tahrir]

S. O. — Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlik tarkibiga kiruvchi mustaqil davlat. Amaldagi konstitutsiyasi 1978 y. 7 iyulda qabul qilingan. Davlat boshligʻi Buyuk Britaniya qirolichasi boʻlib, uning nomidan general-gubernator ish yuritadi, u mamlakat parlamentining tavsiyasi bilan 5 y. muddatga SO. fukarolari orasidan tayinlanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Milliy parlament, ijrochi hokimiyatni bosh vazir boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi.


Tabiati[tahrir]

S. O. ning aksari qismi vulkan otilishi natijasida hosil boʻlgan. Eng baland joyi 2743 m (Bugenvil o.da). Soʻnmagan vulkanlar, issiq buloqlar bor. Boksit, nikel, fosforit, oltin, mis konlari topilgan. Iklimi subekvatorial, juda sernam. Oʻrtacha oylik tra 26—28°. Yillik yogʻin 2300—7500 mm. Daryolari kiska va sersuv. Orollarning koʻp qismi doim yashil oʻrmon bilan qoplangan (palma, fikus va b.). Qurgʻoqchil joylarda savannalar, soxillarda manfolar oʻsadi. Hayvonlardan kalamush, koʻrshapalak, timsoh, kaltakesak, ilon, bahaybat qurbaqalar, qushlardan kabutar, toʻtiqush va b. yashaydi.

Aholisining koʻpchiligi (93%) melaneziya irqiga mansub boʻlgan, avstronez va papuas tillarida soʻzlashuvchi xalqlardan iborat, qolganlari polineziyaliklar. Ular yirik orollar sohili boʻyidagi kichik qishloqlarda yashaydi. Shahar aholisi 18%. Rasmiy til — ingliz tili. Dindorlarning aksariyati xristianlar.


Tarixi[tahrir]

S.O.ga kariyb 6 ming yil avval Papua-Yangi Gvineyadan qabilalar koʻchib borib oʻrnashgan. 1568 y. ispan dengiz sayyohi A. Mendanya de Neyra mahalliy aholidan oltinni almashtirib olganida orollarni "Solomonning oltin mamlakati"ga qiyos qilgan va orollarni shu nom bilan atash odat boʻlib qolgan. 1885 y. orollar Germaniyaga tobe boʻlib qoldi, 1893 y. orollarning deyarli hammasi Buyuk Britaniyaga topshirildi. 1-jahon urushidan keyin Bugenvil va Buka o.larini boshqarish uchun Avstraliyaga mandat berildi, jan. orollar ingliz protektorata boʻlib qolaverdi. 2-jahon urushi vaqtida orollarda Yaponiya va Amerika qoʻshinlari oʻrtasida janglar boʻlib oʻtdi. Urushdan keyin milliy mustaqillik uchun harakat kuchaydi. 1976 y. mamlakatga ichki oʻzini oʻzi boshqarish huquqi berildi, 1978 y. orollar mustaqillikka erishdi. SO. 1978 y.dan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 7 iyul — MustaqilliX kuni (1978).


Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari[tahrir]

SO. leyboristlar partiyasi, 1988 y. tuzilgan; SO. liberal partiyasi, 1976 y. asos solingan; Xalq ittifoqchi partiyasi, 1979 y. tashkil etilgan; SO. milliy harakati partiyasi, 1993 y. tuzilgan; Taraqqiyparvar xalq partiyasi. SO. kasaba uyushmalari kengashi, 1986 y. tuzilgan.


Xoʻjaligi[tahrir]

Iqtisodiyotining asosini qishloq xoʻjaligi. tashkil etadi, aholining aksariyati shu sohada band. Tropik dehqonchilik ustun. Koʻp mikdorda kokos palmasi oʻstiriladi, uning mevasidan kopra (magʻiz) va kokos moyi olinadi. Kakao, ziravorlar, banan, ananas, sholi, yams, taro, yer yongʻoq, tamaki va b. yetishtiriladi. Choʻchqa, kramol, parranda boqiladi. Oʻrmonlarda qimmatbaho nav yogʻoch tayyorlanadi. Baliq ovlash rivojlangan. Sanoati kichikroq yogʻochsozlik, mebel, oziqovqat (yogʻ, konserva, tamaki), jut, koʻnchilik korxonalaridan iborat. Asbest, sovun, sintetik gazlama ishlab chiqariladi. Yogʻoch oʻymakorligi, boʻyra, savat toʻqish, qayiq, sadaf buyumlar yasash hunarmandchiligi mavjud. Keyingi yillarda sayyoxdik rivojlanmoqda. Yuklarning koʻp qismi dengiz orqali tashiladi. Avtomobil yoʻllari uz. 1330 km. Asosiy dengiz porti va xalqaro aerogyurti — Xoniara. Chetga kokos magʻizi, palma moyi, yogʻoch, kakao, muzlatilgan baliq chiqaradi. Chetdan oziqovqat, yoqilgʻi, mashina, kimyoviy mol va b. oladi. Avstraliya, Yaponiya, Koreya Respublikasi, Buyuk Britaniya bilan savdo qiladi. Pul birligi — SO. dollari.

7 yoshdan 15 yoshgacha boʻlgan bolalarning taʼlim olishi majburiy. Boshlangʻich maktabda oʻqish muddati 7 yil, oʻrta maktabda 5 yil. Darslar ingliz tilida olib boriladi. Davlat maktablari bilan bir qatorda xususiy diniy maktablar ham bor. Xoniara sh.da universitet markazi (1970), ped. kolleji (1958), texnika instituti (1969) mavjud. Xoniara sh.da Milliy kutubxona (1974), Milliy muzey, Botanika bogʻi va Madaniy markaz faoliyat koʻrsatadi.

Mahalliy tilda "Agrikalsa nius", "Solomon nius" jurnalilari, ingliz tilida "Solomon voys", "Solomon star" haftanomalari nashr etiladi. 1976 y.da S.O. radioeshittirish xizmati tashkil etilgan. 1996 y.dan telekoʻrsatuvlar berib boriladi.


Solomon OrollariTinch okeanida joylashgan mingga yaqin oroldan iborat davlat. Poytaxti — Xoniara. Hududi — 28370 km². Aholisi — 567438 kishi. Rasmiy tili — Ingliz. Pul birligi — solomon orollari dollari.

Geografik joylashuvi va tabiati[tahrir]

Tinch okeanining janubiy qismida Solomon orollarida (Gvadalkanal, Nyu-Jorjiya, Malayta, Santa-Izabel, Santa-Krus orollari va boshqa) joylashgan davlat. Ko’pchilik orollarning reylefi tog’li: Marjon atolllarida tekisliklar bor. Asosiy tabiiy resurslari: baliq, yog’och, oltin, qo’rg’oshin, sink, nikel, fosforitlar.

Iqlimi – uzoq davomli namlik mavsumi va issiq. Orollarning katta qismi noyob daraxt turlari mavjud bo’lgan o’rmonlar bilan qoplangan. Nisbatan quruq yerlarda savannalar, qirg’oq bo’ylarida mangro o’simliklari bor. Orollarning hayvonat dunyosi ancha kambag’al: xaltalilar, ko’rshapalaklar va kemiruvchilar uchraydi.

Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari[tahrir]

Davlat tuzilishi — konstitusion monarxiya. Mamlakat 7 ta okrugga boʻlingan. Solomon Orollari 1978-yil 7-iyulda mustaqil davlat boʻlgan (ilgari — Buyuk Britaniyaning protektorati edi). Davlat boshligʻi — Britaniya monarxi (hozida qirolicha Yelizavet II), ijroiya hokimiyati premyer-ministrga tegishli. Qonunchilik Milliy parlament tomonidan amalgam oshiriladi. Siyosiy partiyalari: Solomon Orollari birlashgan partiyasi, Solomon Orollari liberal partiyasi, Solomon Orollari leyboristlar partiya si, Solomon Orollari milliy harakati partiyasi.

Tinch okeanining janubiy gʻarbiy qismidagi Melaneziyada joylashgan shu nomli arxipelagida 992 orollarni band etgan bu davlat xam oʻzini ximoya qila olmaydi. Shuningdek lozim boʻlganda qaysi davlat ximoyasiga tayanishini xam eʼlon qilmagan.[1]

Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari[tahrir]

Iqtisodiyotining asosini qishloq xo’jaligi, baliqchilik va o’rmonchilik (YIMning 70%i) tashkil etadi. Asosiy eksport qilinadigan mahsulotlari – baliq, yog’och, kopra, palma yog’i. Sanoat mahsulotlarining katta qismi va neft mahsulotlarini chetdan keltiradi. 2006-yil YIM miqdori 835 mln [[dollar]ni (aholi jon boshiga – 1471 dollar ) tashkil etgan. Asosiy savdo hamkorlariYaponiya, Buyuk Britaniya, AQSh, Tailand. Temiryo’llari yo’q, avtomobil yo’llarining umumiy uzunligi – 1300 km. PortI – Xoniara.

Tarixi[tahrir]

Solomon Orollari 1658-yili ispan dengizchisi Mendonya de Neyra tomonidan kashf qilingan. Orollarning shimoliy qismi 1885-yili Germaniya protektorati deb e’lon qilingan. 1889-yili Germaniya Buvangil va Buka orollaridan boshqa hamma orollarni Buyuk Britaniyaga berdi. Buning evaziga inglizlar Germaniyaning G’arbiy Samoani bosib olish huquqini tan olishdi. 1914-yili Buvangil va Buka Avstraliya qo’shinlari tomonidan bosib olindi va 1920-yili Avstraliya boshqaruvi ostiga o’tdi. Ikkinchi jahon urushida orollarning bir qismi yapon qo’shinlari tomonidan bosib olindi, Ikkinchi jahon urushidan keyin Solomon Orollari yana Buyuk Britaniya protektoratiga aylandi. 1978-yili Solomon Orollarining mustaqilligi e’lon qilindi va Britan hamdo’stligi davlatlari safiga kirdi.

Manbalar[tahrir]

  1. Abdulatif Atxamov. ARMIYASIZ DAVLATLAR