Avstriya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Avstriya Ittifoqi
Republik Österreich
Avstria davlat bayrogʻi   Avstria davlat gerbi
Bayroq Gerb
Shior: Austriae est imperare orbi universo
(Lotincha: It is Austria's destiny to rule the world)
Madhiya: Land der Berge, Land am Strome
(Land of Mountains, Land on the River)
Avstria Xaritasi
Poytaxt Vena
Rasmiy til(lar) nemis
Hukumat Parlamentlik Respublika
 •  Prezident   Heinz Fischer
 •  Kansler   Werner Faymann
Mustaqillik  
Maydon  
 • Butun 83,871 km² (112-)
 • Suv (%) 1,7
Aholi  
 • 2012 roʻyxat 8 460 390 [1] (92- oʻrin)
 • Zichlik 100,2/km²
YaIM (XQT) 2010- yil roʻyxati
 • Butun AQSh$330,5 mil. (35-)
 • Jon boshiga AQSh$49,082
Pul birligi Yevro (EUR)
Vaqt Mintaqasi (UTC+1)
 • Yoz (DST)
Qisqartma AU
Internet domen .at
Telefon prefiksi +43

Avstriya, Avstriya Respublikasi (olm. Österreich, MFA(olm.): Andoza:Audio-IPA) — Markaziy Yevropadagi davlat, Dunayning o‘rta oqimi havzasida joylashgan. Maydoni 83 ming 858 km2. Aholisi 8 460 390 [1] kishi (2012). Poytaxti — Vena shahri.

Davlat tuzumi[tahrir]

Avstriya — federativ respublika. Amaldagi konstitutsiya 1920-yilda qabul qilingan (1929-yilda o‘zgarishlar kiritilgan). Davlat tuzilishi shakli jihatdan Avstriya — federatsiya (ittifoq davlat). Davlat boshlig‘i — federal prezident, uni axrli 6 yil muddatga saylaydi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni ikki palatali parlament: milliy kengash (quyi palata) va federal kengash (yuqori palata) amalga oshiradi. Milliy kengashni aholi 4 yil muddatga saylaydi. Federal kengash aʼzolarini o‘lkalar parlamentlari (landtaglar) oʻz vakolatlari muddatiga (4 — 6 yilga) saylaydilar. Ijroiya hokimiyatni federal prezident va u tayinlaydigan federal kansler boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi. Har bir o‘lkaning o‘z konstitutsiyasi va qonun chiqaruvchi organi bor. O‘lkalarning huquqlari cheklangan.

Hududiy boʻlinishi[tahrir]

Avstriya hududi 9 federal yerlarga boʻlinadi: (Burgenland, Karintiya, Quyi Avstriya, Yuqori Avstriya, Zalsburg, Shtiriya, Tirol, Forarlberg, Vena).

Avstriya yerlari


Tabiati[tahrir]

Avstriya — asosan tog‘li mamlakat. Uning janubiy qismi Sharqiy Alp togʻlari — Yuqori Tauern (balandligi 3797 m, Grosglokner cho‘qqisi) va Quyi Tauern; shimoliy qismi — past-baland tekisliklardan iborat bo‘lib, chekka shimoli-sharqda u O‘rta Dunay payettekisligiga tutashib ketadi. Foydali qazilmalari: neft, gaz, magnezit, qo‘ng‘ir kumir, temir va qo‘rg‘oshin-rux rudalari, grafit, osh tuzi; binokorlik materiallarining anchagina zaxiralari mavjud.

Iqlimi[tahrir]

Iqlimi moʻtadil. Yanvarning o‘rtacha harorati — 1, — 4 °C, iyulda 15 °C dan 18 °C gacha. Yiliga 500—900 mm, tog‘larda 2000 mm gacha yog‘in yog‘adi. Asosiy daryosi — Dunay va uning irmoklari (Inn, Traun, Ens, Drava va boshqalar).

Ichki suvlari[tahrir]

Daryolar anchagina gidroenergiya zaxiralariga ega. Ko‘llar ko‘p, ularning aksariyati muzliklardan paydo bo‘lgan. Chimli-podzol va qo‘ng‘ir o‘rmon tuproqlar, janubi-sharqda ishqorsiz podzollashgan qora tuproqlar, tog‘larda tog‘-qo‘ng‘ir, tog‘-o‘tloq, tog‘-podzollashgan tuproqlar. Avstriya maydonining 40 % ga yaqini o‘rmonzor (dub, buk, archa, pixta, yaproq bargli daraxtlar). 2000 m balandlikda tog‘ o‘tloqlari boshlanadi.

Aholisi[tahrir]

Avstriya aholisining 99 % — avstriyaliklar. Slovenlar, xorvatlar, vengerlar, chexlar, olmonlar, italyanlar ham yashaydi. Rasmiy tili — nemis tili. Aholisining o‘rtacha zichligi — 1 km2 ga 90 kishi. Aholining 52 % shaharlarda yashaydi. Eng yirik shaharlari: Vena, Grats, Zalsburg.

Tarixi[tahrir]

Hozirgi Avstriya hududidagi dastlabki inson izlari paleolit zamonlariga borib taqaladi. Mil. av. 1-asrdan boshlab bu yerda turli qabilalar, asosan keltlarning avlodlari yashagan. Milodning 6-asr oxirlarida Avstriya g‘arbiga bavariyaliklarning german qabilasi, markaziy va sharqiy qismlariga slavyan qabilalari (asosan slovenlar) ko‘chib kelib o‘rnashdi. 8-asr oxirlarida Avstriya Frank davlati tarkibiga, bu davlat bo‘lingandan keyin (843-yil), Sharqiy Frank qirolligi (Germaniya) tarkibiga kirdi. 10-asrning 2-yarmida barpo etilgan Bavariya Sharqiy markasi Avstriya davlatiga asos soldi. 1156-yildan boshlab Avstriya „Muqaddas Rim imperiyasi“ tarkibidagi gersoglik. 12-asr oxiridan 14-asrgacha Avstriya gersoglari Shtiriya, Karintiya, Kraynya, Tirolni qo‘shib oldilar. Ayniqsa 1282-yilda Gabsburglar sulolasi qaror topgach, Avstriya gersoglari Janubiy Germaniyaning eng qudratli hukmdorlariga aylandilar. 16-asrda Gab-sburglar Chexiya, Sileziya, G‘arbiy Vengriyani va janubiy slavyan yerlarining bir qismini qo‘lga kiritdilar. 18-asrda butun Vengriya, Transilvaniya, Xorvatiya, Janubiy Niderlandiya, qisman Italiya yerlari, Banat, Sloveniyaning bir qismi, Shimoliy Bosniya, polyak, rumin va ukrain yerlarining bir qismi Avstriya hokimiyati ostiga o‘tdi. Buyuk fransuz inqilobi yillarida Avstriya inqilobiy Fransiyaga qarshi yurish tashabbuskorlaridan biri, Napoleon urushlari davrida Fransiyaga qarshi koalitsiyalar qatnashchisi bo‘ldi. 1804-yildan Avstriya — imperiya. Avstriya — Muqaddas ittifoq tashkilotchilaridan biri. 1848-yil martda Avstriya imperiyasi o‘lkalarida burjuademokratik inqilobi sodir bo‘ldi[2]. 1859-yilgi Avstriya-Italiya-Fransiya urushi va 1866-yilgi Avstriya-Prussiya urushidagi magʻlubiyat uning Germaniya davlatiga taʼsiri yo‘qolishiga olib keldi. 1867-yilda Avstriya imperiyasi dualistik (qo‘sh) monarxiya — Avstriya-Vengriyaga aylandi. birinchi jahon urushida u Germaniya ittifoqchisi bo‘lib qatnashdi. 1918-yili noyabrda burjua-demokratik inqilobining g‘alabasi tufayli Avstriya-Vengriya bir necha mustaqil davlatga bo‘linib ketdi, jumladan Avstriya ham respublika deb eʼlon qilindi. 1919-yilgi San-Jermen sulh shartnomasida Avstriyaning chegaralari belgilab berildi. 1929—33 yillar jahon iqtisodiy inqirozi davrida Avstriyada reaksiyaning xuruji kuchaydi. 1933-yilda parlament tarqatib yuborildi, matbuot va yigʻilishlar erkinligi bekor qilindi. 1934-yilda qo‘zg‘olon ko‘targan xalq (Vena, Lins va boshqa shaharlar) uch kun mobaynida fashist to‘dalarga va hukumat qo‘shinlariga qurolli qarshilik ko‘rsatdi. 1938-yilda fashistlar Germaniyasi Avstriyani qo‘shib oldi. 1945-yil bahorida Avstriya gitlerchilar zulmidan xalos etildi. 1945—55 yillarda Avstriya hududida sobiq, SSSR, AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya qo‘shinlari turdi. 1955-yilda mustaqil va dsmokratik Avstriyani qayta tiklash to‘g‘risida Davlat shartnomasi tuzildi. O‘sha yili Avstriya parlamenta doimiy betaraflik to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi. 1955-yildan Avstriya — BMT aʼzosi. 1992-yilda Avstriya bilan Oʻzbekiston Respublikasi o‘rtasida diplomatiya munosabatlari o‘rnatildi. Milliy bayrami: 26 oktyabr — betaraflik kuni (1955).

Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari[tahrir]

Venadagi Avstriya parlamenti

Avstriya sotsial-demokratik partiyasi, 1889-yilda tuzilgan; Avstriya xalq partiyasi, 1915-yilda tuzilgan; Avstriya ozodlik partiyasi, 1955-yilda tuzilgan; „Yashil muqobil“ partiyasi, 1987-yilda tuzilgan; „Liberal forum“ partiyasi, 1993-yilda tuzilgan. Avstriya kasaba uyushmalari birlashmasi, 1945-yilda tuzilgan; Xalqaro arkin kasaba uyushmalari konfederatsiyasiga kiradi[3].

Xoʻjaligi[tahrir]

Avstriya — yuksak darajada rivojlangan industrial-agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotning 36,3 % sanoatda va 2,8 % qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xo‘jaligida hosil qilinadi. Avstriya iqtisodiyotida yirik chet el korporatsiyalari muhim rol o‘ynaydi. 113 Oʻgir sanoatning bir qancha tarmoqlari mamlakat ixtiyoriga olingan. Chetga ko‘p mahsulot chiqariladi.

Sanoati[tahrir]

Avstriya energetikasi gidroresurslar va asosan chetdan keltiriladigan ko‘mir negiziga qurilgan. Konchilik sanoati tarmoqlari orasida magnezit (Shtiriya, Karintiya), temir rudasi (Ayzeners), polimetall rudalar, neft va gaz qazib olish katta ahamiyatga ega. Sanoatning asosiy tarmoqlari — mashinasozlik va metallsozlik (konchilik, metallurgiya va xoʻjalikning boshqa tarmoqlari, transport vositalari va sh.k.lar uchun asbob-uskunalar ishlab chiqaradi). Metallurgiya, kimyo, neft kimyosi, yog‘ochsozlik, qog‘oz, yengil (to‘qimachilik, poyabzal, tikuvchilik) va oziq-sanoat markazlari — Vena, Lins, Grats.

Qishloq xo‘jaligi[tahrir]

Qishloq xoʻjaligida intensiv chorvachilik yetakchi o‘rinda turadi. Fermalar ko‘p, taʼminot-sotish va matlubot kooperatsiyasi shoxobchasi rivojlangan. Avstriya asosan tog‘li o‘lka bo‘lishiga qaramay, uning 20 % haydaladigan yerlar, 28,8 % yaylov va pichanzorlardir. Qora-mol, cho‘chqa, qo‘y, echki boqiladi. Asosiy ekinlari: g‘alla—bug‘doy, arpa; texnika ekinlari — qand lavlagi. Xashaki ekinlar, meva, uzum yetishtiriladi. Asosiy qishloq xoʻjaligi o‘lkalari — Quyi Avstriya, Yuqori Avstriya, Burgenland va Shtiriya.

Transporti[tahrir]

Temir yoʻllarning uzunligi — 6,4 ming km. Magistral gaz quvurlari — 1,8 ming km. Avtomobil va havo transporti ham rivojlangan. Dunayda kemalar qatnaydi. Asosiy porti va muhim xalqaro aeroporti — Vena.

Tashqi savdosi[tahrir]

Donau-Wien-UNOcity.jpg

Avstriya mashinalar, asbob-uskuna, yog‘och materiallar, grafit, azotli o‘g‘itlar, metall buyumlar, elektr energiya va xalq isteʼmol mollarini chetga chiqaradi. Xom ashyo[4] and the acquisition of Banca Comercială Română by Erste Group for 3.7 bil. EUR in 2005.[5], yoqilg‘i, oziq-ovqat mahsulotlarini chetdan oladi. G‘arbiy Yevropa mamlakatlari orasida tashqi savdo muomalasining ko‘p qismi Germaniyaga to‘g‘ri keladi[6]. Xorijiy sayyoxlik ko‘pgina daromad keltiradi. Pul birligi — Avstriya shillingi[7].

Tibbiy xizmat[tahrir]

Avstriyada 77600 dan ziyod o‘rinli kasalxonalar bor; barcha ixtisosliklardagi 28565 shifokor tibbiy yordam ko‘rsatadi. Shifokorlarni Vena, Grats va Insbruk unstitutlarining tibbiyot fakultetlari yetishtirib beradi. Xushman-zara Badenbay-Vin, Bad-Ishl, Bad-Shallerbax, Badgashtaynda turli kurortlar joylashgan[8] .

Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari[tahrir]

Avstriyada 1966-yildan umumiy 9 yillik taʼlimni joriy etish boshlangan. Avstriya maktablari va boshqa turdagi o‘rta o‘quv yurtlarida 1 mln. dan ortiq o‘quvchi, oliy o‘quv yurtlarida 205600 talaba o‘qiydi, 14 ming o‘qituvchi ishlaydi. Eng yirik oliy o‘quv yurtlari: Vena, Grats, Zalsburg , Insbrukdagi unstitutlar, Vena, Gratsdagi texnika unstitutlari. Avstriya Fanlar akademiyasi mavjud. Kutubxonalari: Venadagi Milliy kutubxona, FA va Vena unstituti kutubxonalari; muzeylari: Tasviriy sanʼat akademiyasining bisoti, Avstriya galereyasi, Badiiy-tarix muzeyi, Betxoven, Gaydn, Motsart, Shubert muzeylari va boshqalar.

Matbuoti, radioeshittirishi, telekoʻrsatuvi[tahrir]

Avstriyada bir qancha kundalik gazeta va boshqa davriy axborot nashrlari chiqadi. Eng mashhur nashrlari: „Viner saytung“ („Vena gazetasi“, 1703-yildan), „Virtshaft“ („Iqtisodiyot“, 1945-yildan), „Kurir“ („Dastyor“, 1954-yildan); asosiy jurnallari: „Esterrayhishe monatsxefte“ („Avstriya oynomasi“, 1945-yildan), „Zolidaritet“ („Birdamlik“). Axborot agentligi — Austriya presse agentur — aksiyadorlik jamiyati, 1946-yil tashkil etilgan. Radio va teleko‘rsatuv „Esterrayhisher Rundfunk“ („Avstriya radiosi va televideniyesi“) davlat tashkiloti tomonidan nazorat qilinadi. 399 radiostansiyasidan eshittirishlar olib boriladi. Teleko‘rsatuv 1956-yildan buyon ishlaydi.

Adabiyoti[tahrir]

Avstriya adabiyoti 9—11-asrlarda vujudga kela boshlagan. Unda lotin tilidagi liniy sheʼriyat ustun edi. Shoira Ava va hajvchi shoir Genrix fon Melk nemis tilida yoza boshlashgan. 12-asr oxirlarida qahramonlikni madh etuvchi eposlar („Nibelunglar to‘g‘risida qo‘shiq“) yaratildi. Bu davrga kelib Vena minnezang deb atalgan saroy ritsarlik sheʼriyati markazita aylandi. V. fon der Fogalneyde eng atoqli minnezinger edi. Byurgerlik vujudga kelgan davrda Avstriya adabiyotida muxoliflik ruhidagi hajvchilik kuchaydi. 13— 14-asrlardagi taniqli hajvchilar: „Pop Amis“ shvank (janr turi)lar to‘plamining muallifi Shtrikker, shoirlardan Verner-Sadovnik va G. Teyxner. 14 — 16 asrlarda gumanistlar I. Fon Noymarkt, I.fon Zaats, K.Seltis faoliyati diqqatga sazovor. Gabsburglar monarxiyasi va katolik cherkovni madh etuvchi 17-asr adabiyoti va teatri xalqqa begona va tushunarsiz edi. Hajvchi Abraham a Santa Klara va Vena xalq dramasi namoyandalari (Y. Stra-nitskiy va boshqalar)ning asarlari xalq orasida mashhur edi. Avstriya adabiyoti 18-asr oxiri va 19-asrda g‘oyat gullab-yashnadi. Eng yaxshi asarlarda Yevropa maʼrifatparvarligi oliy g‘oyalari aks ettirildi. Vena xalqdramasi va hajvchilik yo‘li anʼa-nalarini F. Raymund, I. Nestroy, A. Blumauer davom ettirishdi. Ayni vaqtda klassitsizm va romantizm rivojlanib bordi. K. Pixler, I. N. Fogl, N. Lenau ijodida romantik ohanglar va milliy-vatanparvarlik g‘oyalari ustunlik qildi. 19-asr oxiri — 20-asrboshlari adabiyotida bir qancha naturachilik va sub’ektivchilik ruhidagi impressionizm, neoromantizm, simvolizm, ekspressionizm kabi oqimlar yuzaga keldi. Shu oqimlar ayrim namoyandalarining asarlarida ijtimo-iy tanqidiy ohanglar yangradi. G.fon Gofmanstal, A. Shnitsler, A.Roda-Roda, R. M. Rilke, G. Trakl, F. Verfel, P. Altenberg , G. Bar, F. Kafka o‘z davrining nuqsonlarini qoralaganlar. B. fon Zutner va K. Kraus asarlarida militarizmga qarshi oshkora norozilik bildirilgan. Birinchi jahon urushi yillarida va undan keyin adabiyot maydoniga kelgan shoirlar: A. Vildgans, A. Petsoldtub xalqchillik g‘oyalarini ko‘tarib chiqishdi. K. E. Fransoz, S. Sveyg , R. Muzil, Y. Rot, G. Surmyulen, G. Brox, F. Brukner urushga qarshi ruxda asarlar yaratishdi. A. Germaniya tomonidan qo‘shib olingach (anshlyuz), ayrim taraqqiyparvar yozuvchilar (Y. Rot, R. Muzil, S. Sveyg va b.) mamlakatdan bosh olib ketishga majbur bo‘ldilar, baʼzilari (Yu. Zoyfer, A. Kyonig) fashizm zindonlarida halok bo‘ldilar. Mamlakat fashizmdan ozod bo‘lgach, Avstriya adabiyotining asl namoyandalari milliy madaniyatni yanada rivojlantirishga hissa qo‘shdilar. E. Prister. G. Lebert, F. T. Chokor, X. Guppert, X.fon Doderer, I. Baxman, M. Vid, F. Kain, A. Lernet-Xoleniya singari shoir va yozuvchilar shular jumlasidandir.

Meʼmorligi[tahrir]

11-asrdan 13-asr boshlarigacha Avstriya meʼmorligida romantik uslub hukmron bo‘ldi (Gurke va Zekkaudagi bazilika, Venadagi avliyo Stefan sobori-ning g‘arbiy tarzi). 13 — 15 asrlarda gotika rasm bo‘ldi (Xeyligenkreys va Svetldagi cherkovlarning xorlari, Venadagi Stefan sobori). Avstriyadagi Uygonish davri (15—16-asr)da erkerli (oynavand), peshayvonli uylar, qasr toifasidagi saroylar qurildi. 17—18 asrlarda Vena, Zalsburg, Linsda barokko uslubida shahar tashqarisidagi qarorgohlar, monastirlar, saroy va cherkovlar qurildi (Shenbrunn saroylari majmuasi, 1695, meʼmor I. B. Fisher fon Erlax; Belveder, 1714 — 23, meʼmor L. Xildebrandt). 19-asr 1-yarmi meʼmorligi uchun klassitsizm, 19-asr 2-yarmi meʼmorligi uchun eklektika va modern xos bo‘ldi. Zamonaviy inshootlar orasida Venadagi Shtadtxalle shahar zali (1955—58, meʼmor R. Rayner) va boshqalar bor.

Tasviriy sanʼati[tahrir]

Avstriya hududida „Villendorf Venerasi“ deb atalgan paleolitik haykal (qadimgi tosh davri), neolit kulolchiligi va bronza buyumlar (yangi tosh davri) topilgan; mahalliy haykaltaroshlik va rassomlik namunalari (mil. av. 1-asr milodning 5-asri) saqlanib qolgan. Gurke va Zekkaudagi sobor devorlariga solingan rasmlar, shuningdek vitrajlar, 115 releflar, miniatyuralarda romantik uslub ko‘rinib turadi (11 —13-asrlar). 15-asrdan boshlab Avstriya sanʼatida uyg‘onish davrining insonparvarlik belgilari paydo bo‘ldi (haykaltarosh Ya. Kashauer, rassom M. Paxer). 17 — 18-asrlarda barokko uslubining rivojlanishi bilan Avstriya sanʼati katta ahamiyat kasb etadi (B. Permozer, G. R. Donner, F. K. Messershmidtning manzara haykallari, F. A. Maulberch rang-tasviri, Vena chinnisi). Portret rang-tasvirida klassitsizm taʼsiri seziladi (I. B. Lampi, I. Grassi). 19-asrda romantizm (M. Shvind) va bidermayer (F. Valdmyuller, M. Daffinger) yoyildi. X. Makkart ijodiga dabdabali salon uslubi xosdir. 1898-yildan Vena Sesessioni jamiyati modernchi rassomlar (G. Klimt, A. Kubin)ni birlashtirdi. 20-asr boshlarida ekspressionizm (O. Kokoshka) yuzaga keldi. Hozirgi zamon sanʼatida abstraksionizm (F. Votruba) va syurrealizm (E.Fuks, Y. Dobrovskiy va boshqalar) bilan bir qatorda realistik anʼanalar davom etmoqda.

Musiqasi[tahrir]

O‘rta asrlardan boshlab sayyoh musiqachilar, shpilmanlar, vagantlar (qochoq talabalar, ishqiy, hazil qo‘shiq ijrochilari) xalq musiqa mada-niyatining namoyandalari bo‘lgan. 17-asrda xalq musiqa teatri (zingshpil), kamer musiqasi va simfoniya vujudga keldi. 18-asrning 2-yarmida Vena klassik maktabi shakllandi (Y. Gaydn, V. A. Motsart va L. Betxoven). K. V. Glyuk uning eng yaqin o‘tmishdoshi edi. 19-asrning 1-yarmida F. Shubert A. musiqasida romantik oqimga asos soldi, bal musiqasi g‘oyat mashhur bo‘ldi (Y. Lanver, Shtrauslar oilasi), Vena operettasi qaror topdi |Y. Shtra-us (o‘g‘il), F. Zuppe, K. Seller]. I. Brams va A. Brukner ijodida simfonik musiqa yuksak darajaga ko‘tarildi. 20-asr boshlarida atoqli simfoniyachi G. Maler ijod etdi. F. Shreker opera janrida ishladi. 19-asr oxirida Yangi Vena maktabi yuzaga keldi (A. Shyonberg , A. Berg , A. Vebern). Hozirgi zamon Avstriya musiqasida yangi klassisizmdan tortib modernizmgacha bo‘lgan turli oqimlar mavjud. Kompozitor Y. Marks romantik realizm deb atalgan o‘z maktabini yaratdi, uning shogirdlari — A. Kaufman, F. Vildxans, ijrochilar orasida — dirijyorlar G. Karayan, K. Byom, yakkaxonlar orasida E. Shvarskopf, G. Tepper, I. Metternix va boshqa Musiqa jamoalari: Venada — Vena davlat operasi, Xalq operasi („Folksoper“), Kamer teatri, uchta simfonik orkestr, Vena o‘g‘il bolalar xori, Gratsda — opera; Zalsburgda 1841-yildan Motsarteum — xalqaro motsartshunoslik markazi ishlab turibdi. Mazkur uchchala shaharda musiqa va drama sanʼati akademiyalari bor.

Teatri[tahrir]

Avstriyada teatr 16-asrda vujudga kela boshladi (havaskor aktyorlarning sayyor truppalari). 17—18-asrlarda saroy va maktab teatrlari bo‘lgan. 1712-yilda Venada dastlabki doimiy teatr, 1741-yilda Burgteatr, 1788-yilda „Yozefshtadt-teatr“ga asos solindi. So‘nggi teatr 20-asrning 20—30-yillarida sanʼatda ilgʻor rol o‘ynadi (1924—38 yillarda unga M. Reynhardt rahbarlik qildi). 1945-yildan „Burgteatr“ Avstriyaning yetakchi teatri bo‘lib qoldi[9].

Kinosi[tahrir]

Avstriyaning birinchi badiiy filmi — „Bosqichdan bosqichga“ (1908, rej. X. Xanus). 1920—24 yillar Avstriya kinosining oʻnglanish davri bo‘ldi (xususan, rej. A. Kord filmlari). Avstriya kinematografiyasining yangi ravnaqi 1946-yildan boshlandi („Olis yo‘l“ filmi, rej. E. Xesh).Vena shahridagi Opera teatri binosi. 50—60-yillarda musiqali biografik filmlar, revyu-filmlar („Qahramonlik simfoniyasi“, „Dunay farzandlari“, „So‘nggi harakat“) chiqarildi. Taniqli rejessorlar V. Forst, A. Kvendler; aktyorlar P. Vesseli, M. Andergast, R. Shnayder, Maksimilian va Mariya Shellar A.kino arboblaridir.[10]

Manbalar[tahrir]

  1. 1,0 1,1 Total population - At 1 January. STATISTIK AUSTRIA (2012-01-01). Asl nusxadan arxivlandi (2013-03-11).
  2. Primera Cronica General. Estoria de España. Tomo I. — Madrid, Bailly-Bailliere e hijos, 1906, стр. 6
  3. A. Yu. Vatlin „Avstriya v XX veke“
  4. Ramsey, Jonathon. Volkswagen takes 49.9 percent stake in Porsche AG. Autoblog.com. 2011-07-24.
  5. [1][sayt ishlamaydi]
  6. Mark (2010-11-16). Mark's Market Analysis. Marksmarketanalysis.com. Asl nusxadan arxivlandi (14 July 2011). 2011-07-24.
  7. Austria. International Monetary Fund. 17 April 2012.
  8. Schweinegrippe: 493 Erkrankte in Österreich Wiener Zeitung (olm.)
  9. Театральная энциклопедия. Гл. ред. С. С. Мокульский. Т. 1 — М.: Советская энциклопедия, 1961, 1214 стб. с илл., 12 л. илл.
  10. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Adabiyot[tahrir]

  • Ватлин А. Ю. Австрия в XX веке: учеб. Пособие для вузов. М., 2006
  • Воцелка К. История Австрии. Культура, общество, политика. М. 2007
  • Жиряков И. Г. Советская оккупация Австрии: некоторые политико-правовые выводы и обобщения. // «Право и жизнь», № 112 (7), 2007
  • Кружков В. А. Как Австрия стала нейтральной // Международная жизнь, № 8-9, 2008
  • «Австрия. Вокруг Света. Путеводитель» И. К. Антонова, А. Г. Хропов — М., Вокруг Света — 2011 год, ISBN 978-5-98652-345-3

Havolalar[tahrir]