Madagaskar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Madagaskar Respublikasi
Repoblikan'i Madagasikara
République de Madagascar
Madagaskar davlat bayrogʻi   Madagaskar davlat gerbi
Bayroq Gerb
Shior: Tanindrazana, Fahafahana, Fandrosoana
(Malagacha: Ancestral-land, Liberty, Progress)
Madhiya: Ry Tanindraza nay malala ô
(Oh, Our Beloved Fatherland)
Madagaskar Xaritasi
Poytaxt Antananarivo
Rasmiy til(lar)
Hukumat Prezidentlik Respublika
 •  Prezident   Andry Rajoelina
 •  Bosh Vazir   Albert Camille Vital
Mustaqillik   Fransiyadan
 •  Sana   26 iyun 1960
Maydon  
 • Butun 587,040 km² (46-)
 • Suv (%)
Aholi  
 • 2002 roʻyxat 18,040,341 (56- oʻrin)
 • Zichlik 30/km²
YaIM (XQT) 2005- yil roʻyxati
 • Butun AQSh$15,850 mil. (123-)
 • Jon boshiga AQSh$879
Pul birligi Malagascy Ariary (MGA)
Vaqt Mintaqasi (UTC)
 • Yoz (DST)
Qisqartma MA
Internet domen .mg
Telefon prefiksi +261

Madagaskar (Madagaskar Respublikasi) poytaxti - Antananarivo shahri. BMT aʻzosi. Madagaskar (malagasicha Madagasikara, frans. Madagascar) Madagaskar Respublikasi (malagasicha Republika Malagasy, frans. Republique de Madagascar) — Hind okeanining gʻarbida, Afrikaning jan.-sharqiy qirgʻogʻidan 400 km sharqdagi Madagaskar o. va unga yondosh mayda orollarda joylashgan davlat. .Mayd. 595,8 ming km2. Aholisi 16 mln.

ga yaqin kishi (2001). Poytaxti—Antananarivu sh. Maʼmuriy jihatdan 6 muxtor regionga boʻlinadi.


Davlat tuzumi[tahrir]

M. — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1992 y. 12 sent.da qabul qilingan, 1998 y. 15 martda unga tuzatishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi — prezident (2002 y.dan Mark Ravalomana). U toʻgʻri umumiy ovoz berish yoʻli bilan 5 y. muddatga saylanadi va bir marta qayta saylanishi mumkin. Qonun chiqaruvchi hokimiyat —2 palatali parlament (Millat majlisi va Senat). Ijroiya hokimiyatni prezident tayinlaydigan bosh vazir va hukumat amalga oshiradi.


Tabiati[tahrir]

Qirgʻoqlari bir oz egri-bugri. Sharqiy sohilida qumtepalar bor, gʻarbiy qirgʻogʻini marjon riflari oʻrab olgan. Jan. va shim. qirgʻoqlari baland va tik. Orol shim.dan jan.ga tomon 800 km choʻzilgan. Baland plato deb atalgan yassitoglik paleozoy oxirida Afrika materigidan ajralgan. Aksar qismining bal. 800—1200 m, sharqiy chekkasi 1500 m. Orolning eng baland qismi uning shim.dagi Saratanana vulkanli massivida (2876 m). Soʻngan vulkan koʻp. Tez-tez zilzila boʻlib turadi, issiq buloklar bor. Grafit, xromit, kvars, slyuda, uran, oltin, qimmatbaho tosh va h.k.larning yirik konlari bor. Temir rudasi, toshkoʻmir, boksit zaxiralari mavjud.

Iqlimi tropik, shim.-gʻarbida ekvatorial mussonli, sharqiy soxilida issiq va sernam. Oʻrtacha oylik t-ra 13— 20° dan 27—33° gacha. Yillik yogʻin 500— 3000 mm va undan ortiq. Daryo koʻp, noyabr—apr.

da sersuv. Daryolarning quyi oqimida kema qatnaydi. Yirik daryolari: Sufia, Betsibuka, Maxavavi, Manguki, Unilaxi. Eng katta koʻli — Alautra. Baland platoning tuprogʻi qizil ferralit, kam unum. Vulkan jinslari ustida unumdor qora tuproqlar, sohillarda qizilsariq va qizil ferralit, jigarrang-qizil lateritlashgan, qizil-koʻngʻir tuproklar tarqalgan. Bu yerdagi oʻsimlik turlarining aksar qismi — mahalliy, jaydari oʻsimliklar (ravenala, angrekum orxideyasi). Sohilda palmazorlar, gʻarbida tikanli daraxt va butazorlar bor. Hududining 10% ga yaqini oʻrmon.

Hayvonlari: lemur va tenrek, yirtqichlardan viverralar (mangusta, fossa) bor. Qushlardan yashil toʻti, koʻk kaptar, sesarka, sultontovuq va h.k. yashaydi. Hameleon, gekkon, boʻgʻma ilon, timsoh kabi sudraluvchilar bor. Noyob va nodir hayvonlarni saqlash maqsadida Singi-dyu-Bemaraxa, Saratanana, Zahamena, Anduxaxelu, Andringitra qoʻriqxonalari, Ambr, Isalu milliy bogʻlari tashkil etilgan.

Aholisining 99% ga yaqini malagasilar. Fransuzlar, qamarliklar, arablar, hindlar, pokistonliklar ham yashaydi. Rasmiy tillari — malagasi va fransuz tillari. Aholining 45% mahalliy anʼanaviy dinlarga eʼtiqod qiladi; 50% xristian, qolgan qismi musulmon. Aholining 22% shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Antananarivu, Tuamasina, Maxadzanga, Anseranana, Fianaransua, Tuliara, Ansirabe.


Tarixi[tahrir]

Mil. av. 10—6-a.larda orolga indonezlar, polinezlar, melanezlar, keyinchalik arablar va Afrikaning sharqiy sohilidan bantu xalqlari kelgan. 14-a.da M. markazida Imerina davlati tashkil topdi. 16—17-a.larda M.ning gʻarbida sakalava, sharqida betsimisaraka va markazida betsileularning davlatlari boʻlgan. 19-a.da ular markazlashgan Malagasi (yoki Madagaskar) qirolligi tarkibiga kirgan. 19-a.ning 40—70-y.larida iqtisodiyot va madaniyat rivojlandi. 1883 i. fransuz qoʻshinlari bostirib kirdi. Qonli urushlardan soʻng M. hukumati Fransiya protektoratini tan olishga majbur boʻldi (1885). 1896 y.dan M. Fransiya mustamlakasiga aylangach, mamlakat Fransiyaning agrar xom ashyo bazasi boʻlib qoldi. Biroq malagasi xalqi mustaqillik uchun kurashni toʻxtatmadi, milliy ozodlik harakati, ayniqsa, 2-jahon urushidan soʻng keng avj oldi. 1947 y.gi qurolli qoʻzgʻolonni fransuz qoʻshinlari bostirdi, lekin vatanparvarlar bilan mustamlakachilar oʻrtasidagi toʻqnashuv 2 yilgacha davom etdi. 1958 y. M. Fransiya hamjamiyati tarkibidagi muxtor Respublika deb eʼlon qilindi. 1960 y. 26 iyunda M. mustaqillikka erishdi. 1975 y.dek.

dan mamlakat M. Demokratik Respublikasi deb atala boshladi. Hukumat siyosiy mustaqillikni mustahkamlash va iqtisodiy mustaqillikka erishish, mehnatkashlar ahvolini yaxshilash yoʻlini tutdi. 1992 y.dan M. Respublikasi deb ataldi. M. 1960 y.dan BMT aʼzosi. 1992 y. 4 aprelda OʻzR suverenitetini tan oldi. Milliy bayrami — 26 iyun — Mustaqillik kuni (1960).


Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari[tahrir]

M. mustaqilligi kongressi partiyasi, 1958 y. tuzilgan; M. mustaqilligi uchun milliy harakat partiyasi, 1958 y. asos solingan; M. taraqqiyoti uchun harakat partiyasi, 1972 y. tashkil topgan; Vundzi ("Milliy birlik xalq shijoati") partiyasi, 1973 y. tuzilgan; Hayotbaxsh kuchlar qoʻmitasi, 1991 y. asos solingan; M. yangilash avangardi, 1993 y. tuzilgan; Fixaonana partiyasi, 1993 y. tashkil topgan. Inqilobiy malagasi mehnatkashlari kasaba uyushmalari federatsiyasi, 1977 y. tuzilgan; M. mehnatkashlari kasaba uyushmalari federatsiyasi, 1956 y. asos solingan.


Xoʻjaligi[tahrir]

M. — agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda q.x.ning ulushi 28,3%, sanoatning ulushi 14,6%.

Qishloq xoʻjaligi M. iqtisodiyotining asosini tashkil qiladi. Ekin maydonining 60% dan ortiq shemila sholi yetishtiriladi. Shuningdek, maniok, makkajoʻxori, paxta, batat, yer yongʻoq, kartoshka va b. ekiladi. Eksport uchun kofe, vanil, qalampirmunchoq, shakarqamish, tamaki yetishtiriladi. Chorvachilikda, asosan, qoramol (zebu), qoʻy, echki, choʻchqa, tovuq boqiladi. Baliq ovlanadi.


Sanoati[tahrir]

Konchilik sanoati rivojlangan. Xromit, grafit, slyuda, kvars, temir, urantoriy rudalari, kam uchraydigan va suvda erimaydigan metallar qazib olinadi. Q.x. mahsulotlarini qayta ishlaydigan (un tortish, sholi oqlash, goʻshtkonserva, qand-shakar, tamaki) korxonalar koʻp. Bir necha mayda issiklik elektr st-yalari va GESlar, ip gazlama f-kalari, sement zavodi bor. Yiliga oʻrtacha 430 mln. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. Sanoat markazlari: Antananarivu, Tuamasina, Ansirabe, Maxadzanga.

Avtomobil — mamlakat transportining asosiy turi. Avtomobil yoʻllarininguz. —40 ming km, t.y. uz. —1 ming km. 18 dengiz porti bor; asosiylari Tuamasina va Maxadzanga. M. chetga kofe, qalampirmunchoq, vanil, sholi, qand, goʻsht va goʻsht-konserva, baliq, sizal, grafit, slyuda chikaradi. Chetdan mashina va qurilmalar, qurilish ashyolari, neft mahsulotlari, gazlama, oziq-ovqat oladi. Tashki savdoda Fransiya, Germaniya, AQSH, Yaponiya, Italiya, JAR bilan hamkorlik qiladi. Pul birligi — malagasi franki.


Tibbiy xizmati[tahrir]

M.da davlat tibbiy xizmati tizimi mavjud. Poytaxt unti huzuridagi milliy tibbiyot maktabi 5 y. da vrachlar tayyorlaydi. Maxsus maktablarda oʻrta malakali tibbiyot xodimlari taʼlim oladi.

Maorifi va ilmiy muassasalari. Mustaqillikka erishilgandan keyin 1975 y.dan boshlab xalq maorifini tubdan qayta qurishga kirishildi. 4 y.lik toʻliqsiz oʻrta maktab va toʻliq oʻrta maʼlumot beradigan litseyni oʻz ichiga oluvchi oʻrta taʼlim joriy etilgan. Davlat maktablarida oʻqish bepul. Xususiy maktablar ham bor. Quyi hunartexnika taʼlimi boshlangʻich maktab negizida, oʻrta texnika taʼlimi 7 y. davomida boshlangʻich yoki 3 y. davomida toʻliqsiz oʻrta maktab negizida amalga oshiriladi. Oliy oʻquv yurtlari: Antananarivuda universitet (1961), milliy aloqa va telekommunikatsiya instituti, Milliy elektrotexnika instituti, Ped. instituti, Qishloq joylarda ishlash uchun kadrlar tayyorlash instituti, Anserananada Oliy politexnika maktabi, Maxadzangada savdo dengizchiligi milliy maktabi. Antananarivuda Malagasi akademiyasi (1902), Geol. xizmati, Madagaskar geogr. milliy instituti (1945), Rasadxona, Agronomiya tadqiqoti instituti, Tropik veterinariya tadqiqot instituti va b. ilmiy muassasalar, Milliy kutubxona, universitet kutubxonasi, Munitsipal kutubxona, Milliy arxiv, Badiiy va arxeologiya muzeyi, Milliy tarix muzeyi bor.

Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. M. da bir qancha gaz. va jur.lar nashr etiladi. Yiriklari: "Jurnal ofisyel de la Repyublik de Madagaskar" ("Madagaskar Respublikasi rasmiy gazetasi", fransuz va malagasi tillarida chiqadigan xaftalik hukumat xabarnomasi, 1883 y.dan), "Imungu vauvau" ("Yangi Imungu", malagasi va fransuz tillarida chiqadigan kundalik gaz., 1955 y.dan), "Maresaka" ("Yangiliklar", malagasi tilida chiqadigan kundalik gaz., 1954 y.dan), "Saxi" ("Mardona", malagasi tilida chikadigan kundalik gaz., 1958 y.dan), "Sosialisma mpiasa" ("Sotsializm va ishchi", malagasi tilida chiqadigan oylik gaz., 1980 y.dan), "Revyu de l’O-sean Endyen" ("Hind okeani muammolari boʻyicha jurnal", fransuz tilida chikadigan oynoma, 1980 y.dan). "Taratra" milliy axborot agentligi, hukumat mahkamasi, 1977 y.da asos solingan. Malagasi milliy radioeshittirishi, hukumat mahkamasi, 1931 y. da tashkil etilgan. 1967 y.dan telekoʻrsatuvlar beriladi; Malagasi milliy televideniyesi mavjud.

Adabiyoti 19-a.ning 2-yarmidan malagasi va fransuz tillarida rivojlana boshladi. Malagasilarning qad. ogʻzaki ijodiyoti turli sheʼr va qoʻshiqlardan, afsona va ertaklardan iborat boʻlgan. Dastlabki yozma adabiy yodgorliklari 12-a.da malagasi tilida arab yozuvidagi tarixiy yilnomalardan iborat. Lotin alifbosi joriy etilganidan keyin (1823) adabiy til rivojlana boshladi. 1835 y.da Bibliya malagasi tiliga tarjima qilindi. 1870 va 1877 y.larda ertaklar toʻplamlari, 1870 y.da liniy madhiyalar toʻplami nashr etildi. 1860—80 y.larda paydo boʻlgan davriy matbuotda dastlabki nasr va nazm asarlari eʼlon qilindi. 1872—83-y.larda F. Kallening "Qirollar tarixi" nomli koʻp jildli tari-xiy asari, A. Ravuadzanahari va S. Radzaunaxning ilk romanlari bosilib chiqsi. 19-a. oxiri — 20-a. boshlarida anʼanaviy sheʼr shakllari takomillashtirildi va yangicha shakllar ishlab chiqildi. Koʻpgina shoir va yozuvchilar "Basivava" va "Lakulusi Vulamena" jur.lari tevaragida birlashib, "Vi, vatu, sakelika" jamiyatiga kirdilar. 20-y.lar oxirida J. J. Rabearivelu, Sh. Radzuelisulu va Ni Avana kabi yozuvchilar millim madaniyatni saqlab qolish harakatiga boshchilik qildilar. Adabiyotda oʻziga xos adabiy shakllar himoya qilindi, mamlakat tabiati, xalq urf-odatlari, oʻtmish qahramonlarining jasorati madh etildi. 40-y.lar atoqli malagasi adibi E. D. Andriamalalaning ijodiy faoliyati barq urgan davr boʻldi, uning "Daʼvat", "Suv parisi", "Gard", "Makr", "Mamnu neʼmat" romanlari paydo boʻldi.

Mustaqillik yillari adabiyoti, asosan, malagasi tilida rivojlandi, zamonaviy jamiyatdagi murakkab jarayonlarni tasvirlovchi asarlar yaratildi. 70—80-y.lar nasri va nazmida mustamlakachilik qoldiklari, turli millat vakillarining oʻzaro munosabatlari, xalqlarning teng huquqlilik, milliy mustaqillik yoʻlidagi kurashi aks etdi.


Meʼmorligi[tahrir]

M. xalq meʼmorligida umumiy tomonlar boʻlsa ham, lekin turli joylarda oʻziga xos xususiyatlarga ega: M. orolining shim.-gʻarbidagina doirasimon kulbalar unda-bunda uchrab turadi. Sernam tropik viloyatlarda qoziq oyokli yogʻoch uylar qurilib, tomi palma barglari bilan yopilgan, qurgʻoqchil joylarda kamish uylar, orolning shim.gʻarbiy qismida poxol tomli bambuk uylar quriladi. Mamlakatning moʻʼtadil iqlimli markaziy qismida 1—2 qavatli uylar oq yoki kizil tuproqdan barpo etiladi, tomiga poxol yoki cherepitsa yopiladi. Shamoldan asrash uchun eshik va derazalar faqat gʻarb va shim. tarafga oʻrnatiladi. 19-a. oxiri —20-a. boshlarida shahar qurilishi rivojlandi. 20- y.larda fransuz meʼmori G. Kasen Antananarivu, Tamatava, Ansirabe sh.larini qayta qurish loyihalarini tuzdi. Saroylar, cherkovlar, maqbaralar yevropacha eklektizm uslubida kurila boshladi. 60-y.lardan imoratlarni zamonaviy sodda shakllarda beton konstruksiyalardan foydalanib, oynavand qilib qurishga, ularga quyosh nurini toʻsuvchi moslamalar oʻrnatishga oʻtildi.


Tasviriy sanʼati[tahrir]

Hunarmandchilikda yogʻoch oʻymakorligi, badiiy toʻqimachilik keng tarqalgan. Tasviriy va bezak sanʼati uslub jihatdan koʻproq Jan.-Sharqiy Osiyo va Okeaniya uslubiga oʻxshaydi. Sakalava va maxafali xalqlari qabristonlarda marhumlarning yogʻochdan oʻyib ishlangan qiyofalarini, qush tasvirlari yoki 2—5 m balandlikdagi "alualu" ustunlarini oʻrnatadilar. Yogʻochdan yasalgan roʻzgʻor asboblariga oʻyma naqshlar solinadi, buqa, qush va afsonaviy jonivorlar tasviri tushirilib, rangbarang qilib boʻyaladi. Shakarqamish va oddiy qamishdan toʻqilgan boʻyra, qalpoq, savatlarning , rafiya palmasi tolasidan toʻqilgan ziynatli gazmollarning gullari ham uslub jihatdan oʻshalarga oʻxshab ketadi. Zamonaviy rangtasvir esa xalq sanʼati anʼanalari ruhida rivojlanib borayotir. V. Ravelunanushi - Razafimbelu, E. Rabeshaxala, L. Radzunush, Ranivushun kabi rassomlar yetishib chiqqan.


Musiqasi[tahrir]

M. musiqiy madaniyati ildizlari qad. malagasi-polinez madaniyati bilan bogʻliq. Zamonaviy musiqasi Hind okeani orollari, avvalo Indoneziya xalqlarining musiqiy anʼanalari, shuningdek, Afrika, Arabiston, Yevropa (asosan, Fransiya) madaniyatining oʻziga xos tarzdagi birikuvidan iborat. Cholgʻu asboblari juda xilma-xil. Koʻpgina qoʻshiqohanglari choʻziq va mayin. Bir necha asrlardan beri davom etib kelayotgan "xiragasi" deb atalgan raqs-qoʻshiq tomoshalari, ayniqsa, ommalashgan. Antananarivudagi M. drama va xalq sanʼati institutida boshqa fanlar qatori anʼanaviy qoʻshiq va raqs darsi ham joriy etilgan. P. Ralaiarimanana rahbarligidagi M. ashula va raqs ansambli mashhur. 20a. boshlarida kompozitorlik ijodiyoti shakllanib, J. D. Rambemanatara, B. Rabaridzauna kabi mahalliy mualliflar tanildi.


Kinosi[tahrir]

Birinchi malagasi filmi — "Gitram Balafotssi" 1957 y.da yaratilgan. Haqiqiy milliy kinematografiya 1972 y.dan keyin vujudga keldi. 1973 y.da "Gʻaroyib voqea" nomli badiiy film (rej. B. Ramanpi), 1975 y.da toʻla metrajli "Qaytish" (rej. S. Randrasina) filmi ekranga chiqdi. 1976 y.da Malagasi kino boshqarmasi tuzilib, uning huzurida oʻquv filmlari markazi tashkil etildi. Bu markaz sogʻliqni saklash va tabiatni asrash muammolari haqida kartinalar yarata boshladi. Keyingi yillarda M. kinochilari sakalava xalqining milliy bayramiga bagʻishlab "Fitampoa" (rej. J. K. Raaga), yoshlarning diniy aqidalarga qarshi kurashi haqida "Madagaskar yoshlari" (rej. Randrinarisun) toʻla metrajli filmlarini chiqarishdi. Mamlakatda 50 ta kinoteatr bor, chet ellardan yiliga 200 ta film sotib olinadi.[1]

Hududiy bo'linishi[tahrir]

Asosiy maqola: Madagaskar hududiy bo'linishi .

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil