Tailand

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Tailand Qirolligi
ราชอาณาจักรไทย
(Ratcha-anachak Thai)
Shioryoʻq
Madhiya: Civil: Phleng Chat
Location of Tailand
Poytaxt Bangkok
Eng katta shahar Bangkok
Rasmiy til(lar) taycha
Hukumat Konstitutsiyaviy monarxiya
• Qirol
Bhumibol Adulyadej
• Bosh vazir
Prayut Chan-Ocha[1]
Konstitutsiyaviy monarxiya (1932)
Maydon
• Butun
514 000 km2 (50-oʻrin)
• Suv (%)
0,4
Aholi
• 2013-yilgi roʻyxat
70 498 494 (20-oʻrin)
• Zichlik 130,5/km2
YIM (XQT) 2013-yil roʻyxati
• Butun
$964,5 mln.
• Jon boshiga
$14 340
Pul birligi Baht (THB)
Vaqt mintaqasi UTC+7
• Yoz (DST)
UTC+7
Qisqartma TH
Telefon prefiksi 66
Internet domeni .th
.ไทย

Tailand (Thai), Tailand Qirolligi (Ratcha Anachak Thai, tailar tilida Pratet-Tai) — Janub-Sharqiy Osiyoda, Hindixitoy yarim orolning markaziy qismi va Malakka yarim orolning shimoliy qismida joylashgan davlat. Maydoni 514 ming km². Aholisi 62,4 mln. kishi (2002). Poytaxti — Bangkok shahari. Maʼmuriy jihatdan 73 viloyat (changwad)ra boʻlinadi.

King : Rama X

Davlat tuzumi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tailand — konstitutsiyali monarxiya. Amaldagi konstitutsiyasi 2016-yil 27 sentabrda qabul qilingan. Davlat boshligʻi — qirol (1946-yildan Pumipon Adulyadet). Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Milliy assambleya (2 palatali parlament), ijrochi hokimiyatni bosh vazir boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi.

Tabiati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hududining yarmi payettekislik, qolgani deyarli togʻlik (Kxuntxan, Tanentaunji va boshqalar)dan iborat. T.ning sharqini Korat platosi egallaydi. Foydali qazilmalardan qalay, volfram, pyx, yonuvchi slanets, qoʻrgʻoshin, plavik shpat, temir, marganets rudalari, surma, barit, asil toshlar, qoʻngʻir kumir, kaliy va toshtuz, gaz, neft konlari bor. Ikdimi subekvatorial, mussonli. Oʻrtacha yillik temperatura tekislik va togʻoldi rnlarida 22— 29°, qishda shimoliy toglarda —10°, —15° gacha pasayadi. Yillik yogʻin 1000–2000 mm. Asosiy daryosi — MenamChaoPraya (Menam). T.ning sharqiy va qisman shimoli-sharqiy chegarasida Mekong, gʻarbiy chegarasida Saluin daryolari oqadi. Ping va Mun daryolari xdvzasida yirik suv ombori bor. Mamlakat hududining 60% ga yaqini oʻrmon bilan qoplangan. Malakka yarim orol va Korat platosining qizil va sariq laterit tuprok,li yerlarida qalin, koʻp yarusli (50–60 m balandlikdagi) subekvatorial nam oʻrmonlar, shimoldagi qizil tuprokli yerlarda tropik oʻrmonlar katta maydonni egallaydi. Janubida bambukzorlar, Korat platosida savanna va butazorlar, dare vodiylaridagi oʻtloqi tuproklarda ham oʻrmonlar bor. Hayvonot dunyosi xilmaxil: T. ramzi boʻlgan oq fil (aksariyati xonakilashtirilgan), odamsimon maymun (gibbon), lemur, malayya ayigʻi, qoplon, yoʻlbars, toʻngʻiz, olmaxon, shimoldagi togʻlarda kiyiklar bor. Qushlardan tustovuq, tovus, toʻtiqush, yovvoyi tovuq va boshqa, botqoqliklarda qarqara, siyom qiziltomoqturnasiuchraydi. Ilonning 100 ga yaqin, kaltakesakning 75 ga yaqin, kapalakning 500 ga yaqin turi bor. Daryolarida baliq, timsoh koʻp. Kxauyay, Txungsalengluay va boshqa milliy boglari, koʻpgina qoʻriqxonalar bor.

Aholisining 3/4 qismini tay guruqiga mansub xalqlar (siyom yoki kxontay va boshqalar), 1/5 qismini laolar tashkil etadi. Mamlakat janubda malayyalar, gʻarbi va janubi-gʻarbida karenlar, monlar, janubi-sharqda kxmerlar yashaydi. Rasmiy til — tay tili. Rasmiy din — buddaviylik. Malayyalar islomga, xitoylar budda va daosizmga eʼtiqod qiladi. Katolik va protestantlar ham bor. Shahar aholisi — 18,3%. Yirik shaharlari, Bangkok, Chiangmay, Chonburi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

T. hududida odam paleolit davridan yashaydi. Mil. 1—2-asrlarda monlarning dastlabki davlati vujudga kelgan. 13-asrda shimoldan kelgan tay qabilalari monlar bilan qoʻshilib ketgan; birinchi yirik tai davlati — Sukotai barpo etilgan (1238). 1350-yilda asos solingan Ayutiya (Siyom) qirolligi uning oʻrnini egallagan. 16 va 18-asrlarda Siyom Birma bilan urush olib borgan va biroz vaqt unga tobe boʻlib qolgan. Ozodlik kurashiga 16-asrda Naresuan, 18-asrda Taksin boshchilik qilgan. 19-asr oʻrtalarida Siyom Buyuk Britaniya, Fransiya, AQSH bilan teng huquqli boʻlmagan bitimlar tuzgan. 19-asr Oxiri — 20-asr boshlarida yer islohoti va boshqa islohotlar oʻtkazgan. 1932-yil davlat toʻntarishi natijasida konstitutsiyali monarxiya eʼlon qilingan. 1939-yil mamlakat T. deb yuritila boshladi. 1940-yil T. bilan Yaponiya oʻrtasida doʻstlik va oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisida bitim imzolandi. 1942-yil yanvarda T. AQSH va Buyuk Britaniyaga urush eʼlon qildi. 1943-yilga kelib mamlakat amalda Yaponiya tomonidan okkupatsiya qilindi. T.da ozodlik kurashi kuchaydi. "Ozod Tay" ommaviy yashirin harakati tashkil topdi. 1945-yil 19 avgustda T. Yaponiyaga karshi urushayotgan koalitsiya davlatlariga sulh taklif etdi. Urushdan keyingi yillarda mamlakatda bir necha marta harbiy toʻntarish boʻlib, notinchlik hukm surdi, hukumatlar almashinib turdi. 1991-yilgi harbiy toʻntarish (1932-yildan buyen 17toʻntarish)dan soʻng Jamoat tartibini saqlash milliy kengashi hokimiyat tepasiga chikdi. T. — 1946-yildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 5 dekabr — qirol tugʻilgan kun (1927). Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini 1991-yil 26 dekabrda tan olgan va 1992-yil 6 mayda diplomatiya munosabatlarini oʻrnatgan.

Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Demokratik partiya (Prachatipat), 1946-yil asos solingan; Xalq partiyasi (Ratsadon), 1986-yil tuzilgan; Maʼnaviy kuch partiyasi (Palang tam), 1988-yil tashkil etilgan; Milliy taraqqiyot partiyasi (Chat pattana), 1991-yil asos solingan; Yangi umid partiyasi (Vang may), 1990-yil tuzilgan; Birdamlik partiyasi (Yekkapap), 1989 tashkil etilgan; Adolat va ozodlik partiyasi (Seritxam), 1992-yil asos solingan; Tay milliy partiyasi (chat tay), 1974-yil sobiq hukmron Tailand xalqi birlashgan partiyasi asosida tashkil etilgan.

T. mehnat kongressi, 1975-yil tuzilgan; Tay kasaba uyushmalari kongressi, 1982-yil tashkil etilgan.

Xoʻjaligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

T. rivojlangan agrarindustrial mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda qishloq, oʻrmon xoʻjaligi va baliqchilikning ulushi 12%, sanoatning ulushi 39%, xizmat koʻrsatish sohasining ulushi — 49%.

Qishloq xoʻjaligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mamlakat hududining 38% ishlanadi, shundan 1/5 qismi (2,6 mln. gektar) sugʻoriladi. Asosiy dehqonchilik yerlari Menam vodiysi va Korat platosida joylashgan. Sholi, makkajoʻxori, tapioka, shakarqamish, dukkaklilar, tariq, batat, yer yongʻoq, kanakunjut, choy, kofe, kanop, kokos palmasi, paxta, tamaki, ziravorlar, sitrus mevalar, mango, ananas va boshqa yetishtiriladi. Kauchuk olinadigan daraxtzorlar bor, pillachilik va sabzavotchilik rivojlangan. Chorvachiligida qoramol, fil, choʻchqa, parranda boqiladi. Ichki suv havzalari va dengizlarda baliq ovlanadi. Oʻrmonlarda qimmatbaho tur daraxtlar (tik, yang, sal, eben, sandal va kizil daraxt) tayyorlanadi.

Sanoati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mineral xom ashyo zaxiralari negizida konchilik rivojlangan. Qalay, qoʻrgʻoshinrux, volfram va marganets rudalari, neft, plavik shpat, asbest, qimmatbaho toshlar qazib olinadi va qisman qayta ishlanadi. Ishlab chiqarish. sanoatining asosiy tarmoqlari: oziq-ovqat (sholi oklash, kokos moyi, kandshakar ishlab chiqarish. va boshqalar) va toʻqimachilik (jutdan kanop yigirish va toʻqish). Yogʻochsozlik sanoati va kauchukni dastlabki kayta ishlash korxonalari bor. Asosan import xom ashyo va chala tayyor mahsulotlar negizida neftni qayta ishlash, kimyo, sement, qogʻoz, metallurgiya, metallsozlik, avtomobil yigʻuv va boshqa korxonalar ishlaydi. Yiliga oʻrtacha 74 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. Hunarmandchilik rivojlangan. Asosiy sanoat markazlari: Bangkok, Chiangmay.

Transport yoʻli uzunligi — 4 ming km, avtomobil yoʻllari uzunligi — 62 ming km. Dare va dengiz transporti rivojlangan. Dengiz portlari: Bangkok, Pxuket, Sattaxin. Bangkokda xalkaro aeroport bor. T. guruch, tapioka, kauchuk, qandshakar, qalay va boshqa metall rudalari, asil toshlar, gazlama eksport qiladi. Chetdan neft va neft mahsulotlari, mashina va uskunalar, kimyoviy moddalar, kora metall va isteʼmol mollari sotib oladi. Yaponiya, AQSH, Singapur, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan savdo qiladi. T. bilan Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yilgi tovar aylanmasi 7,1 mln. AQSH dollarini tashkil qildi. Pul birligi — bat..

Tibbiy xizmati[tahrir | manbasini tahrirlash]

T.da davlat tibbiy muassasalari bilan bir qatorda xususiy shifoxonalar xam bor. Vrachlar 4 ta oliy tibbiyot maktabida tayyorlanadi.

Maorifi, ilmiy va madaniymaʼrifiy muassasalari. 7 yoshdan 15 yoshgacha boʻlgan bolalarga majburiy bepul taʼlim joriy qilingan. 1977-yildan umumiy taʼlim maktabining yangi tizimi qabul etilgan: boshlangʻich maktab 6 yil, oʻrta maktab 6 yil Darslar tay tilida olib boriladi. Xususiy maktablar ham bor. T.da 13 universitet, jumladan, Bangkokdagi Chulalongkorn (1917), Tammasart (1933), Kasetsart (1943) untlari, Chiangmay shahrida universitet, bir kancha institut va kollej bor. Ilmiy muassasalari: Bangkokda Siyom ilmiy jamiyati, universitetlarhuzuridagi ilmiy tadqiqot markazlari, qishloq xoʻjaligi., ekologiya va boshqa ilmiytadkikrt institutlari. Ayrim ilmiy ishlar xorijiy va xalqaro jam/armalar tomonidan pul bilan taʼminlanadi. Bangkokda Milliy kutubxona (1905), Tammasart va Chulalongkorn untlarining kutubxonalari, Milliy muzey bor.

Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. T.da tay, xitoy, ingliz tillarida oʻnlab gaz. va jurnalilar nashr etiladi, muhimlari: "Bangkok post" ("Bangkok pochtasi", ingliz tilida chiqadigan kundalik gazeta, 1946-yildan), "Deyli nyus" ("Kundalik yangiliklar", ingliz tilida chiqadigan kundalik gazeta, 1964-yildan), "Neyshn" ("Millat", ingliz tilida chikadigan kundalik gazeta, 1971-yildan), "Siam rat" ("Siyom mamlakati", tay tilida chiqadigan kundalik kechki gazeta, 1950-yildan), "Siamrat uikli revyu" ("Siyom mamlakatining xafta yangiliklari", tay tilida chiqadigan haftalik), "Sinsyan jibao" ("Yangiliklar", xitoy tilida chiqadigan kundalik gazeta, 1946-yildan), "Tai rat" ("Tay davlati", tay tilida chiqadigan kundalik gazeta, 1956-yildan). T. axborot agentligi (TNA) — milliy axborot mahkamasi, 1977-yil tuzilgan. Radioeshittirish 1938-yildan, telekoʻrsatuv 1955-yildan boshlangan. T. milliy radioeshittirish xizmati va T. televideniyesi hukumat nazoratida.

Adabiyoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tay ogʻzaki va yozma ijodiyotining dastlabki yodgorliklari 13-asr oxiriga oid. Ular toshlarga yozilgan yilnomalardan iborat. Mustaqil badiiy ijodiyot tarzidagi adabiyot oʻrta asrlarda yuzaga keldi. Bu davr adabiyoti hind adabiyotining taʼsirida rivojlandi. Buddaviylikning ijtimoiy hayotdagi hukmronligi adabiyotda ham oʻz aksini topdi. Hukmdorlarni taʼriflovchi madxiyalar va diniy rivoyatlar asosiy oʻrin oldi. 18-asr oxirida dunyoviy mavzuga burilish boshlandi. Dastlabki nasriy asarlar yaratildi ("Rachatirat", 1785 va "Uch qirollik hukmronligi", 1802). 19-asr oʻrtalarida adabiy asarlar tilini xalqqa yaqinlashtirish va taqdidgoʻylikdan voz kechib, milliy adabiyotni kamol toptirish harakati boshlandi. Sunton Pu ijodi bunga misol boʻladi. 20-asrning 20—30 yillarida realistik yoʻnalish yuzaga keldi, shu ruhdagi hikoya, qissa, romanlar paydo boʻldi. Ikkinchi jahon urushidan keyin adabiyotda oilaviy turmush mavzui ustunlik qila boshladi. Siburapning "Kelajakka tik boqib" (1955), Sena Sauvapongning "Iblis" (1957) romanlari, Suvat Varadilok va Lao Kxamxomning hikoyalarida oʻtkir ijtimoiy muammolar koʻtarildi. Akat Damkeng, Luang Vichit Vatakan, Malay Chupinit, Makat Tyanrayong, adiba Dokmaysot va boshqa insonning ahvolruhiyatidagi ziddiyatlarni ifodalovchi asarlar yozishdi.

Meʼmorligi va tasviriy sanʼati[tahrir | manbasini tahrirlash]

T. hududida milodning dastlabki asrlaridan monlarga, biroz keyingi davrdan kxmerlarga mansub ibodatxonalar (Lampxun va Chiangmayda) saqlangan. 13-asrdan buddaviylik ruhidagi milliy sanʼat shakllandi. Shu davrda diniy majmualarning taylarga xos tipi — "vata" vujudga keldi. Savankxalokdagi Chang Lom (13-asr), Sukotaidagi Maxatat (Sukxotxay, 1345) "vata" ibodatxonalari shu jumlaga kiradi. Siyom davlati ravnaq topgan davr (14—19-asrlar)da toʻgʻri burchakli rejalar asosida shaharlar barpo etildi, atrofi gʻisht devor bilan oʻraldi, Bangkok, Ayutiya va boshqa shaharlarda murakkab shaklli "vata" va saroylar qurilib, rangbarang koshin va rasmlar bilan oʻymakorlik usulida ziynatlandi. Shuningdek, Bangkokda qirol Chakri sulolasi katta saroyi (18-asr), Rajabopit ibodatxonasi (18-asr oʻrtalari), Bengamabopit marmar ibodatxonasi (1900) yaratildi. 19-asr oxiridan zamonaviy yevropacha va amerikacha uslubdagi bank, mehmonxona, maʼmuriy binolar kurila boshladi. 1950—70 yillarda mehmonxona, bank, zamonaviy maʼmuriy binolar qurish yanada avj oldi.

Neolit va jez davrlaridan Kvay daryosi vodiysida dahmalarga qoplangan sopollar, qoyalarga ishlangan rasmlar, milodning dastlabki asrlaridagi Buddaning mahobatli haykallari saqlangan. Milliy sanʼat 13-asrdan shakllana boshladi. 14—19-asrlarda haykaltaroshlik ravnaq topdi. 19-asr oxiridan Yevropa va Amerika sanʼatining taʼsiri sezildi. 20-asrning 2yarmida ilgʻor sanʼatkorlar (rassomlardan Fua Xarabitak, Tavi Nandakvan, haykaltarosh Xʼyen Yimsari, grafik Manita Pu Ari) zamonaviy anʼanalarga ergashgan holda milliy sanʼat anʼanalarini ham saqlab qolishga intildilar. Amaliy bezak sanʼatining har xil turlari: lokli rangtasvir, charmdoʻzlik, yogʻoch oʻymakorligi, kandakorlik, badiiy toʻquvchilik rivojlangan.

Musiqasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

T.da diniy marosim va bayramlar, toʻy, farzand tugʻilishi va boshqa qadimdan qoʻshiq va musiqa bilan nishonlanadi. Fong si deb atalgan tarixiy balladalar keng yoyilgan. Toʻy qoʻshiqlari xat lion janri tarkibiga kiradi. Musiqiy cholgʻu asboblari xilmaxil: 2 torli skripka (sau duong va sau o), 3 torli skripka (sau sam say), 3 torli ud (syoung), sitra (kxim), fleyta (kxliy), damli nay (pinay), barabanlar (txon, ramana, kxlong), gonglar, ksilofon (rapadek) va boshqa 19-asr oxirida yevropacha musiqa va cholgʻu asboblari kirib kela boshladi. 20-asrning 50 yillaridan milliy musiqiy madaniyatni yuksaltirish harakati boshlandi. Zamonaviy kompozitorlardan Montri Tramote, Naris, xonandalardan U. Sukantxamalai, T. Aylin, cholgʻuchilardan T. Konglaitong, N. Tayminlar mashhur.

Teatri va kinosi. T.ning mumtoz teatri hindlarning "Ramayana" eposidan boshlangan. 15-asrda taylar bu asarning "Ramakiyan" deb atalgan varianti asosida kon, nang, lakon tomoshalarini yaratdilar. Kon — niqobli pantomima teatri boʻlib, barcha rollarni erkaklar ijro etadi. Niqoblarda qahramonlarning qiyofasi tasvirlangan boʻladi (och koʻk rang — Rama, oq rang — Xonuman va t.k.). Aktyorlar gapirmaydi, matn sahna orqasidan oʻqib turiladi. Tomoshalar orkestr va qoʻshiqchilar joʻrligida olib boriladi. Nang — fonus teatri. Ishtirokchilarning gavdalari buyvol terisidan qora va rangdor qilib yasaladi. Tomosha paytida aktyorlar ishtirokchilarning harakatini qiroat bilan tushuntirib boradilar. Aksariyat hollarda turmushdan olingan sahnalar koʻrsatiladi. Lakon — taylarning mumtoz dramasi boʻlib, undagi matnni aktyorlarning oʻzi gapiradi. Kichik xor esa voqealarni izohlaydi, qahramonlarga taʼrif beradi. Bu teatrda raqs asosiy oʻrinda boʻladi. Lakonning like va nora turlari xoz. zamon tomoshalarida yashab kelmoqda. T.da doimiy teatr yoʻq. Nafis sanʼat departamenta huzurida havaskorlar truppasi tashkil etilgan. T.da har yili 50—70 badiiy film yaratiladi. "Sher naʼrasi" (rejissor S. Jaruchino) va "Qurollangan kishi" (rejissor Yu. Chatri) filmlari shu jumlaga kiradi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]