Urugvay

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Urugvay Sharqiy Respublikasi
República Oriental del Uruguay
Urugvay davlat bayrogʻi   Urugvay davlat gerbi
Bayroq Gerb
Shior: Libertad o Muerte
(Ispancha: Liberty or Death)
Madhiya: Orientales, la Patria o la tumba
(Uruguayans, the Fatherland or Death!)
Urugvay Xaritasi
Poytaxt Montevideyo
Rasmiy til(lar) Ispan tili
Hukumat Prezidentlik Respublika
 •  Prezident   Xose Muxika
Mustaqillik   Braziliyadan
 •  Sana   25 avgust 1825
Maydon  
 • Butun 176,220 km² (90-)
 • Suv (%)
Aholi  
 • 2011 roʻyxat 3,318,535 (130- oʻrin)
 • Zichlik 18,65/km²
YaIM (XQT) 2011- yil roʻyxati
 • Butun AQSh$ 50,908 mil. (72-)
 • Jon boshiga AQSh$ 15,656
Pul birligi Peso Uruguayo (UYU)
Vaqt Mintaqasi (UTC)
 • Yoz (DST)
Qisqartma UY
Internet domen .uy
Telefon prefiksi +598

Urugvay (Urugvay Sharqiy Respublikasi) poytaxti — Montevideo shahri. BMT aʼzosi

Urugvay (Uruguay), Urugvay Sharq Respublikasi (Republica Orientar del Uruguay) — Jan. Amerikaning jan.

sharqiy qismida joylashgan davlat. Mayd. 176,2 ming km2. Axoliyey 3 mln. 387 ming kishi (2002). Poytaxti — Montevideo sh. Maʼmuriy jihatdan 19 departamentga boʻlinadi.


Davlat tuzumi[tahrir]

U. — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1967 y. kuchga kirgan va 1997 y. tuzatishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi — prezident, u toʻtri umumiy ovoz berish yoʻli bilan 5 y. muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni vakillar palatasi va senatdan iborat boʻlgan Kongress (yoki Bosh Assambleya), ijrochi hokimiyatni prezident amalga oshiradi. Prezident Vazirlar kengashini tayinlaydi.


Tabiati[tahrir]

Mamlakat jan. va jan.

sharkda Atlantika okeani bilan oʻralgan. U. qirgʻoqlari kam parchalangan, past, laguna tipli. Yer yuzasi, asosan, sertepa tekislik. Mamlakat chekka sharqining aksariyati (Atlantika okeani sohili) botqoqlashgan pasttekislik. U.ning eng baland nuqtasi — chekka jan.dagi PandeAsukar togʻi (501 m). Foydali qazilmalardan temir, marganets, oltin, kumush, qoʻrgʻoshin, mis, talk, qimmatbaho tosh, granit, marmar, qoʻngʻir kumir bor. Iqlimi subtropik, nam iklim. Oʻrtacha tra iyulda 10°—12°, yanvar

da 22°— 24°. Yiliga 1000—1200 mm yogʻin yogʻadi. Katta daryolari — Urugvay va RioNegro. Preriyalarnpnt qizilqora tuproqlarida oʻtli subtropik savanna, dare boʻylarida doim yashil oʻrmon; jan.

da butali savanna, sharkda palmazorlar bor. Hayvonlardan zirhlilar, nutriya, kalamush, puma, amerika tuyaqushi, tapir, bugʻu, yovvoyi mushuk, tulki, chumolixoʻr; parrandalardan oqqush, qarqara, turna, kolibri, sudralib yuruvchilardan shaqildoq ilon, qora ilon, alligator koʻp. KaboPolono, SantaTeresa va b. milliy bogʻlar tashkil etilgan.


Aholisi[tahrir]

U.ning aksariyat aholisi — urugvayliklar (kreollar, ispan kolonistlari va 19-a.da koʻchib kelgan italyanlarning avlodlari). 19-a.ning 2yarmida fransuzlar, nemislar, slavyanlar ham koʻchib kela boshlagan. Rasmiy til — ispan tili. Dindorlarning aksariyati xristiankatolik. Shahar aholisi 88,7%. Yirik shaharlari — Montevideo, Salto.


Tarixi[tahrir]

U. hududida qadimdan indeys qabilalari yashagan, ular dehqonchilik, ovchilik, baliq ovlash bilan shugullangan. 16-a.ning boshlarida bu yerda ispan mustamlakachilari paydo boʻldi. 1750 y. Ispaniya bu hududni butunlay egallab oldi va 1776 y. Sharqiy sohil (mustamlaka davrida U. shunday deb nomlangan) Ispaniyaga qarashli LaPlata vitseqirolligi tarkibiga kiritildi. Amerika qitʼasidagi Ispaniya mustamlakachilarining mustaqillik uchun olib borgan urushi yillarida (1810—26) Sharqiy sohil aholisi 1815 y. mustaqillik eʼlon qildi. 1816 y. Portugaliya qoʻshinlari Sharqiy sohilga bostirib kirib, 1817 y. uni batamom egallab oldi. 1821 y. Sharqiy sohil Braziliya tarkibiga qoʻshib olindi. 1825 y. U. vatanparvarlari X.A. Lavalyexi rahbarligida kurash boshladilar va Sharqiy sohil Portugaliya bilan Braziliyadan ozod qilinib, mustaqil deb eʼlon qilindi (1825 y. 25 avg .), ammo tez orada Argentinaga qaram boʻlib qoldi. Toʻla mustaqillik uchun ozodlik kurashi avj oldi. 1828 y. Braziliya bilan Argentina oʻrtasidagi sulh shartnomasida U. mustaqil davlatini tuzish nazarda tutildi. 1830 y. U. Sharq Respublikasi deb eʼlon qilindi. 19-a. oxirida urugvay millati shakllanib boʻldi.

1-jahon urushida U. betaraflik eʼlon qildi. 1933 y. oʻng kuchlar mamlakatda toʻntarish uyushtirib, diktatura rejimini oʻrnatdi. 2-jahon urushi (1939—45) y.lari U. "oʻq" pakti davlatlari (Germaniya, Yaponiya, Italiya) bilan aloqasini uzdi (1942). 1945 y. Germaniya bilan Yaponiyaga urush eʼlon qildi. 1951 y. konstitutsiyani isloh qilish yuzasidan oʻtkazilgan plebissit natijasida davlat idora usuli oʻzgardi: Milliy hukumat kengashi davlat boshligʻi vazifasini bajara boshladi. 1966 y. konstitutsiya islohoti yakunida yana prezident lavozimi tiklandi. 1973 y. qurolli kuchlarning oʻng qanoti davlat toʻntarishi oʻtkazib, parlamentni tarqatib yubordi, siyosiy partiya va kasaba uyushmalarining faoliyatini taqikladi. 1976 y. iyuldan harbiylar A. Mendesni prezident lavozimiga tayinladilar. 1981 y. sent,da hokimiyat tepasiga kelgan hukumat vazmin siyosat yuritdi. U. — 1945 y.dan BMT aʼzosi. OʻzR suverenitetini 1991 y. 26 dek. da tan olgan. Milliy bayrami — 25 avg . — Mustaqillik eʼlon qilingan kun (1825).


Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari[tahrir]

"Kolorado" partiyasi, 19-a.da tuzilgan; Milliy partiya ("Blanko"), 19-a.da tashkil etilgan; Fuqarolik ittifoqi, 1917 y. asos solingan; U. sotsialistik partiyasi, 1910 y. tuzilgan; Xristiandemokratik partiya, 1962 y. tashkil etilgan. Mehnatkashlarning kasaba uyushmalariaro plenumi, 1966 y. asos solingan.


Xoʻjaligi[tahrir]

U. — industrialagrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda sanoat ulushi 26%, q.x. va baliqchilik ulushi 8%, xizmat koʻrsatish sohasi ulushi 66%.

Sanoatida oz miqdorda grafit, granit, marmar, qurilish materiallari qazib olinadi. I.ch. sanoatining yetakchi tarmoqlari — oziq-ovqat (goʻsht, vino, konserva), toʻqimachilik (asosan, jun gazlama) sanoati. Metallurgiya, avtomobil yigʻuv, neftni qayta ishlash, kimyo, metallsozlik, elektrotexnika, sement, rezina, kunpoyabzal sanoati korxonalari bor. Yogoch tayyorlanadi. Yiliga oʻrtacha 7,8 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi (asosan, GESlarda).

Qishloq xoʻjaligining asosiy tarmogʻi goʻshtbop qoramol va jun olinadigan qoʻychilik. Q.x.ga yarokli yerlarning koʻp qismi oʻtloq va yaylovlardan iborat. Dehqonchilikda bugʻdoy, sholi, makkajoʻxori, tariq, oq joʻxori, yemxashak ekinlari, texnika ekinlaridan yer yongʻoq, shakarqamish, kungaboqar, sitrus mevalar, uzum yetishtiriladi. Baliq ovlanadi.


Transporti[tahrir]

Yuklarning 3/4 shemi avtomobil transportida tashiladi. Avtomobil yoʻlari uz. 51 ming km, t.y. uzunligi 2,1 ming km. Dengiz savdo flotining hajmi 172,5 ming t dedveyt. Asosiy dengiz porti — Montevideo. U. chetga chorva mol, goʻsht va goʻsht mahsulotlari, baliq, jun, teri va kunchilik xom ashyosi, sabzavot, toʻqimachilik mollari chiqaradi, chetdan mineral xom ashyo (jumladan, neft), kimyoviy mollar, qora metall, mashina va uskuna, transport vositalari oladi. Braziliya, Argentina, AQSH, XXR, Yaponiya, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan savdo qiladi. Pul birligi — urugvay pesosi.


Tibbiy xizmati[tahrir]

Aholiga, asosan, xususiy tibbiy muassasalar xizmat koʻrsatadi. Tibbiyot xodimlari Montevideodagi untning tibbiyot fti va 2 ta tibbiyot bilim yurtida tayyorlanadi.

Maorifi, ilmiy va madaniymaʼrifiy muassasalari. Barcha tipdagi oʻquv yurtlarida taʼlim bepul. Boshlangʻich maktab — 6 y.lik, oʻrta maktab ham 6 y. (3+3). Boshlangʻich va kichik oʻrta maktablarda oʻqish — majburiy. Davlat maktablari bilan bir katorda xususiy umumiy taʼlim oʻquv yurtlari ham bor. Oʻrta maktabning 1bosqichi negizida 3 y.lik xunartexnika va ped. bilim yurtlari ishlaydi. U.da diniy seminariya kuts. Oliy taʼlim, asosan, Montevideodagi Urugvay universitetida (1849 y.da tashkil etilgan) olinadi. Uning xuzurida konservatoriya, kutubxonachilik maktabi, ijtimoiy yordam maktabi, texnologiya va kimyo inti, nafis sanʼat maktabi bor. Montevideodagi Mehnat universiteti yuqori tipdagi maxsus oʻquv yurti hisoblanadi. Sanʼat va hunarmandchilik kolleji va b. oʻquv yurtilari bor. Ilmiy va texnika tadqiqotlari milliy kengashi mamlakatdagi i.t. faoliyatini muvofiqlashtirib boradi. Geogr. va tarix inti (1843), Kimyo farmatsevtika uyushmasi (1888), Meteorologiya bosh boshqarmasi (1912), Q.x. tadkiqotlari markazi (1914), astronomiya rasadxonasi (1928), biologiya inti (1923), kimyo sanoati inti (1935), Atom energiyasi milliy komissiyasi (1955), onkologiya inti (1960), Milliy muhandislik akademiyasi (1963) bor. Yirik kutubxonalari: Montevideodagi Milliy kutubxona (1816), Kongress milliy kutubxonasi (1929), Markaziy ped. kutubxonasi (1888). Muhim muzeylari: Montevideodagi Milliy nafis sanʼat muzeyi (1811), Milliy tarix muzeyi (1900), Tabiattarixi milliy muzeyi (1837), Ped. muzeyi (1888), Takuarembodagi indeyslar muzeyi, Zool. muzeyi.

Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. Asosiy gaz. va jur.lari: "Diario ofisyel" ("Rasmiy kundalik gazeta", 1905 y.dan), "Manyana" ("Tong", kundalik gaz., 1917 y.dan), "Ora popular" (kundalik gaz, 1989 y.dan), "Aki" ("Shu yerda", siyosiy haftanoma, 1983 y.dan), "Buskeda" ("Izlanish", ijtimoiysiyosiy haftanoma, 1972 y.dan), "Demokrasia" ("Demokratiya", haftanoma, 1981 y.dan), "Kronikas ekonomikas" ("Iqtisodiy yangiliklar", haftanoma, 1981 y.dan), "Estudios" ("Tadqiqotlar", oylik jur., 1956 y.dan). Milliy axborot agentligi yoʻq. Milliy aloqa boshqarmasi — ANTEL davlat mahkamasi 1974 y. tuzilgan boʻlib, mamlakatdagi radioeshittirish va tele kursatuvlarni nazorat qiladi. Telekursatuvlar 1956 y.dan ishlaydi.

Adabiyoti ispan tilida. Dastlabki qoʻlyozma yodgorliklari mustamlaka davrida yaratilgan. Peres Kastelyanoning "Memorial" asari (1779 y. yozilgan, 20-a. boshlarida nashr qilingan) maktub tarzidagi tarixiy nasr namunasidir. X. Prego de Oliver, K. Vilyademoros sheʼriyati va X. P. Martinesning "Begʻubor sadoqat" pyesasi (1808) badiiy adabiyotga asos soldi. Mustakdllik uchun kurash davrida gaucholar (dasht aholisi)ning xalq ogʻzaki ijodiyoti negizida gaucho adabiyoti vujudga keldi. Uning mashhur namoyandasi B. Idalgo (1788— 1822) sheʼrlari ispan mustamlakachilarini fosh etadi va ijtimoiy adolatsizlikni laʼnatlaydi. Yevropa klassitsizmi anʼanalariga tayanuvchi "akademik adabiyot"ning sheʼriy namunalari "Sharqiy Parnas" antologiyasiga jamlangan. Shu adabiyotning atoqli vakili F. Akunya de Figeroa U. milliy madhiyasining muallifidir. 19-a.ning 30—40-y.laridan U. adabiyotida romantizm oqimi hukmron boʻldi. Zamonaviy U. nasrining asoschisi E. Asevedo Dias (1851 — 1924) "Ismael", "Shuhrat nidosi" tarixiy romanlarida gaucholarning ayanchli hayotini tasvirladi. 19-a. oxiri — 20-a. boshlarida shoirlardan X. AlonsoiTrelyesa, F. Silva Valdes, Delmira Agustini, Xuana de Ibarburu, adib X. E. Rodo, dramaturg F. Sanches, qissanavis O. Kiroga ijod qildilar. 30-y.lar oxiri va, ayniqsa, 2-jahon urushidan keyin adabiyotda ijtimoiy illatlarni fosh qiluvchi asarlar koʻplab yaratildi. E. Amorim, A.D.Gravina, M. Benedettining shu ruxdagi romanlari nashr etildi. 70—80-y.larda falsafiy sheʼriyat rivoj topib, insonparvarlik va milliylik gʻoyalarini tarannum etdi. Ayniqsa, X. Kunya, A. Berenger, M. Bianchi, X. Medina Vidal va b. shoirlarning asarlari ilgʻor ijtimoiy joʻshqinligi bilan ajralib turadi.


Meʼmorligi va tasviriy sanʼati[tahrir]

U.da charrua indeyslari sanʼatidan odam, hayvon va qushlar qiyofasi tasvirlangan tosh va sopol buyumlar bizgacha yetib kelgan. Mustamlaka davridagi meʼmorlik turli istehkomlar, cherkovlar, barokko va klassitsizm uslubida barpo etilgan shahar binolaridan iborat (Montevideodagi Munitsipal nafis sanʼat muzeyi, 1804—08, meʼmori T. Toribo). 19-a. oʻrtalaridan shaharlar yevropacha eklektizm ruxida, 20-a. boshlaridan modern uslubida kurila boshladi. 20-a. oʻrtalarida Montevideo qayta qurildi, koʻpgina osmonoʻpar binolar (shahar ratushasi, banklar, mehmonxonalar), kurortlar va savdo majmualari qad koʻtardi. 20-a.ning 2yarmida jamoa turar joylari va savdojamoat markazlari (bozor, doʻkon, klub, restoran, pochta, poliklinika, maktab, bolalar bogʻchasi, kutubxona) boʻlgan shaharchalar qurishga kirishildi. U.ning mashhur meʼmori X. Vilamaxo binolarning tevarakatrofdagi tabiiy manzara bilan uygʻun boʻlishiga va ularni qurishda mahalliy materiallardan foydalanishga alohida eʼtibor berdi. U BMTning NyuYorkdagi bosh binosi qurilishida maslahatchi sifatida qatnashdi.

U. tasviriy sanʼatida 19-a.ning 2yarmida, asosan, ajnabiy rassomlar ijod qildilar. U. milliy rangtasvir maktabining shakllanishida X.M. Montevideo shahri.

Blanesning ijodi muhim urin oladi. Uning moʻyqalamiga mansub koʻpgina tarixiy kompozitsiyalar, urush manzaralari, portretlar, gaucho siymolari mamlakat tarixi va xalq hayotining yaxlit qiyofasini gavdalantiradi. Milliy haykaltaroshlik sanʼati rivojlandi (J. Livi, D. Mora va b.). 20-a.

ning 1yarmida D. Ekket, keyinroq K. M. Errera va K. A. Kastelyanos kabi rassomlar yetishib chikdi. Shaklning nozik jihatlarini idrok etuvchi haykaltarosh B. Michelena mehnat va madaniyat axlining siymolarini gavdalantiruvchi asarlar yaratdi. 1927 y. "Teseo" guruhiga birlashgan koʻpgina rassomlar ilgʻor ijtimoiy gʻoyalarni modernizm anʼanalari bilan bogʻlab tasvirladilar. R. Peres Barradas, X. Kuneo Perinetti, P. Figari va b. rassomlar birbiridan goʻzal sanʼat asarlarini yaratdilar, X. Torres Garsia esa abstrakt sanʼatning faol targʻibotchisi boʻldi. 20-a. oʻrtalaridan "Gravyura klubi" (L. Gonsales va b.) sanʼatda xalq hayoti va tashvishlarini keng aks ettirish yoʻlidan bordi. X.T. Garsia, I. Dyukas, K. Federiko Saes, P. Figari, R. Barrades, X. Koneo, V. Barkala, M. Espinola, 20-a.ning 2yarmidagi mashhur rassomlardir. 1970—80-y.larda K.Lara, X. Gamarra kabi rassomlar postmodernizm gʻoyalarini mahalliy anʼanalar bilan yuksaltirishga harakat qildilar. Zamonaviy rassomlar orasida A. Ernandes, K. Paes Vilaro, G. Lasarini, L. Massey, E. Dias Yepes, N. Berdiyalar bor. 1957 y. Nafis sanʼatlar milliy maktabiga asos solindi.


Musiqasi[tahrir]

Indeys musiqasining asosiy shakllari mehnat, urush va marosim qoʻshiqlari hamda raqslaridan iborat boʻlgan. Cholgʻu asboblari: yogʻoch baraban, hayvon shoxi va suyagidan yasalgan bugʻ, qamish nay (pinkilo), dengiz chigʻanogʻi, shaqildoq (maraka), ksilofon (marimba) va b. Ispan folklori namunalari (vilyansiko va b.) sayyor qoʻshiqchilar — payadoralar ijodi orqali 16-a.dan tarqalgan. Milliy (kreol) qoʻshiq janrlari — triste, vidala, estilo, milonga; raqs turlari — gato, sʼyelito, perikon, kuando, ranchera. 18-a.dan Yevropa professional musiqa turlari, jumladan, diniy musiqa shakllaridan — xoral, organ ijrochiligi va b., dunyoviy musiqa janrlaridan musiqali teatr (tonadilya, melodrama) va raqs musiqa (menuet, gavot, vals va b.) namunalari kirib keldi. 19-a.ning 20—50-y.larida 6 ta filarmoniya jamiyati, 1910 y. Montevideoda konservatoriya, kamer musiqasi uyushmasi tuzildi. 20-a. boshidan milliy kompozitorlik maktabi tashkil topdi (L. Sambuseti, E. Fabini, A. Brokua). Zamonaviy musiqa arboblari: kompozitorlar E. Tosar, L. Birioti, R. Shtorm, K. Estrada, S. Serveti; dirijyor X. Protasi; pianinochilar U. Baltso, N. Marino; gitarachi X. Oyanguren; xonanda V. Kastro. Musiqa taʼlimi sohasida shahar musiqa maktablari tizimi mavjud. Montevideodagi Respublika universiteti xuzurida Milliy konservatoriya ochilgan.


Teatri[tahrir]

Dastlabki teatr tomoshalari Montevideoda 18-a. oxirlarida koʻrsatildi. 1793 y. bu yerda ochilgan Komediya uyida vaqtivaqti bilan B. Idalgo, E. Faxardo, F. X.de Acha kabi dramaturglarning pyesalari sahnalashtirildi. 1856 y. "Solis" teatri qurildi. Milliy teatrning ravnaqtopishida dramaturglar F. Sanches va E. Errera ijodining ahamiyati katta boʻldi. 20-a.ning 30—40y.larida "mustaqil teatrlar" harakati boshlandi. "Komediya nasonal", "El Galpon", "Teatro uno", "Teatro universitario" kabilar tijorat teatrlaridan farkli oʻlaroq milliy va jahon dramaturgiyasining eng yaxshi namunalarini sahnaga olib chiqdilar. Tanikli teatr arboblari — S. Korriyeri, X. Savala Munis, A. del Chopo, X. Ortis, F. Volf, A. Lorreta. 1949 y.dan Drama sanʼati maktabi ishlaydi.


Kinosi[tahrir]

1898 y. dastlabki qisqa metrajli "Arrayo Seko velodrom i dagi velopoyga" filmi suratga olindi. "Mushtlar va oliyhimmatlik" (1919, rej. X. Borxes) — birinchi toʻla metrajli film boʻldi. 1936 y.dan, asosan, hajviy mazmundagi ovozli filmlar chiqarila boshladi. 1950 y. kinematografiya inti tashkil etildi. 60—70-y.larda "Urugvaydek mamlakatni topib boʻpsiz" (1960, rej. U. Olive), "Pragada" (1964), "Karlos" (1966), "Menga talabalar yoqadi" (1968, hammasining rej. M. Andler), "Saylovlar" (1967, rej. U. Olive va M. Andler) kabi siyosiy yoʻnalishdagi filmlar, turli rej. larning novellalaridan iborat "Oh, Urugvay" (1971) toʻla metrajli film yaratildi.


Urugvay Sharqiy Respublikasi Janubiy Amerika qitʼasining janubiy-sharqiy tarafidada joylashgan. Atlantika okeani qirgʻogʻi yoqasida. Shimol tarafidan Braziliya bilan, gʻarb tarafida Argentina, sharq tarafinida Atlantika okeani Qirgʻoqlik chegarasini hisoblaganda — 1564 km, suv bilan chegarasi — 660 km.

Siyosiy tuzulishi[tahrir]

Urugvay Respublika hisoblanadi. Davlat boshi — prezident, xalq tarafidan 5-yil muddatga saylanadi (ikkinchi marta saylanishga xaqqi yoʻq).

Parlament[tahrir]

Parlament — ikki palatali Bosh assambleyasi. Yuqori palata — Senat (30 oʻrin). Proportsional sistemasi boʻyicha deputatlar saylaydi. Quyi palata — Vakillar palatasi (99 oʻrin). Proportsional sistemasi boʻyicha deputatlar saylaydi, buning uchun Urugvayning har bir departamenti palataga kam deganda 2 aʼzosini taklif qilishi shart. Bosh assambleyaning yil muddati — 5 yil.

Iqlimi[tahrir]

Sputnik orqali tushurilgan Urugvayning maydoni

Iqlimi subtpopikalik, muxitli. Oʻrtacha harorati yanvar 22—24 °C, iyul 8-9 °C. janubiy shamollarning kirishi natijasida, tunda qisqa muddat sovuq boʻladi harorati boshlanishi −5 °C, bunday vaqtda qirov ham tushushi mumkin.

Iqtisodiyoti[tahrir]

Urugvay — iqtisodi rivojlangan davlatlarning biridir.(Lotin Amerikasi) YaIM jon boshiga hisoblaganda 2009 yili — 12,7 ming dollar. (6-oʻrinda Lotin Amerikasi boʻyicha, jahonda 88-oʻrinda).

Urugvay iqtisodi eksportga yoʻnaltirilgan asosiy eksport mahsulotlari: qishloq xoʻjaligi va baliq mahsulotlari. Qishloq xoʻjaligi bilan 9 % shugʻullanadi, ishlab chiqarish bilan 15 %, hizmat koʻrsatish sohalarida 76 %.

75 % ga yaqin korxonalar poytahti yani Montevideo shahariga qarashli.

Sirtqi savdo[tahrir]

Eksport — 7,1 mlrd doll. 2008 yilgi — goʻsht, guruch, teri mahsulotlari, junli, baliq, xalva, mevalar(apelsin). Asosiy haridorlari — Braziliya 18,7 %, Xitoy 8,5 %, Argentina 7,3 %, Olmoniya 6,5 %, Meksika 4,9 %, Niderlandlar 4,5 %, Rossiya 4,4 %.

Import — 8,8 mlrd doll. 2008 yilgi — neft mahsulotlari, korxona mahsulotlari, kimyo mahsulotlari, avtomabillar, qogʻozlar, plasmassalar. Asosiy sotuvchilar — Argentina 19,6 %, Braziliya 17,9 %, Xitoy 11,0 %, AQSh 9,7 %, Paragvay 6,5 %, Nigeriya 4,5 %.

Aholisi[tahrir]

Aholi soni — 3,5 mln (2010)

Yillik oʻshish — 0,4 %

Oʻrtacha umr koʻrish muddati — 73 yosh erkakalr , 80 yosh ayollar

Shahar aholisi — 92 % (2008)

Savodi — 98 % (2003)

Tillari — ispancha (rasmiy), Braziliya chegarasidagilarning — asosiy qismi ispan va portugal dialektida gapiradilar.

Etnik irqlar tarkibi:

  • oq tanlilar 88 %
  • metislar 8 %
  • mulatlar 4 %

Dini[tahrir]

  • katoliklar 47,1 %
  • boshqa xristianlar 11,1 %
  • noʻmalum dindagilar 23,2 %
  • iudaistlar 0,3 %
  • boshqa dindagilar 1,1 %
  • ateis va agnostiklar 17,2 %

Havolalar[tahrir]



Bu maqola vikilashtirilishi kerak.

nothumb

Iltimos, bu maqolani Vikipediya qoida va yoʻllanmalariga muvofiq tartibga keltiring.