Finlandiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Finlandiya Respublikasi
Finlandiya davlat bayrogʻi   Finlandiya davlat gerbi
Bayroq Gerb
Shior: Y'o`q
Madhiya: Maamme/Vårt land
(Our Land)
Finlandiya Xaritasi
Poytaxt Helsinki
Rasmiy til(lar) Fin tili
Hukumat Parlamentlik Respublika
 •  Prezident   Sauli Niinistö
 •  Bosh Vazir   Jyrki Katainen
Mustaqillik   Rossiyadan
 •  Sana   6 dekabr 1917
Maydon  
 • Butun 338,145 km² (64-)
 • Suv (%)
Aholi  
 • 2002 roʻyxat 5,223,442 (111- oʻrin)
 • Zichlik 15/km²
YaIM (XQT) 2005- yil roʻyxati
 • Butun AQSh$159,700 mil. (50-)
 • Jon boshiga AQSh$30,574
Pul birligi Yevro (EUR)
Vaqt Mintaqasi (UTC)
 • Yoz (DST)
Qisqartma FI
Internet domen .fi
Telefon prefiksi +358


Finlandiya (fincha Suomi, shvedcha Finland), Finlandiya Respublikasi (fincha Suomen Tasavalta, shvedcha Republiken Finland) — Shim. Yevropada joylashgan davlat. Mayd. 337 ming km2. Aholisi 5,414 mln. kishi (2012). Poytaxti — Helsinki sh. Maʼmuriy jihatdan 5 lyani (guberniya) ga boʻlinadi. 1991 y.dan oʻzini oʻzi boshqarish maqomini olgan Aland o.lari bu hisobga kirmaydi.

Davlat tuzumi. F. — suveren respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 2000 y. 1 martda kuchga kirgan. Davlat boshligʻi — prezident (2000 y.dan Tarya Halonen xonim), u toʻgʻri va yashirin ovoz berish yoʻli bilan mamlakat fuqarolari tomonidan 6 y. muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni 1 palatali parlament, ijrochi hokimiyatni prezident bilan hukumat birgalikda amalga oshiradi.

Tabiati. Botniya, Fin qoʻltiqlari va Boltik, dengizi sohillari koʻpgina buxta va shxerlar (suv ostidagi va suvdan chiqib turadigan qoyalar) bilan parchalangan. Hududining aksar qismi dengiz sathidan 100—200 m pastda yotuvchi tekislik. Markaziy qismidagi koʻllar atrofi hamda shim. va sharqida tepalik va qirlar bor. Shim.gʻarbida Skandinaviya togʻlarining tarmoqlari joylashgan (eng baland joyi 1365 m — Xaltiatunturi choʻqqisi). Foydali qazilmalardan xromit, temir, mis kolchedani, misnikel, polimetall rudalar, apatit, grafit, magnezit, asbest, talk, marmar, muskovit konlari bor, torf qazib olinadi. Iqlimi moʻʼtadil, shim.da kontinental iklim. Boltiq dengizi va Golfstrim oqimining yaqinligi iqlimga yumshatuvchi taʼsir qiladi. Oʻrtacha t-ra fev.da —3° dan — 14° gacha, iyulda 14° dan 17° gacha. Yillik yogʻin 600— 700 mm. Dare koʻp, qisqa, sersuv, serostona. Yiriklari — KemiYoki, KyumiYoki, KokemyaenYoki, TornioYoki. 60 mingga yaqin koʻl bor (mamlakat hududining 8%), yirik koʻli — Sayma. Botqoq koʻp. Hududning 61% oʻrmon, asosan, igna bargli daraxtlar, jan.dagi podzol, gleypodzol, torfli botqoq tuproklarda aralash oʻrmonlar, shim.da togʻ tundrasi. Yirik milliy bogʻlari — Lemmenyoki, PallasOunastunturi, Oulanka va b. F.da 18 qoʻriqxona bor.

Aholisining 93%dan koʻprogʻi finlar. Jan. va gʻarbiy rnlarda shvedlar, shim.da saamlar yashaydi. Rasmiy tillar — fin va shved tillari. Dindorlarning aksariyati lyuterchilar, pravoslavlar ham bor. Shahar aholisi 65,1%. Yirik shaharlari: Helsinki, Tampere, Turku, Espo.

Tarixi. Mil. av. 3—2ming yilliklarda F. hududida hoz. saam (lopar)larning ajdodlari yashagan. 1ming yillik boshlarida bu yerga Boltik, boʻyidagi fin qabilalari koʻchib kelib, mahalliy aholi bilan qoʻshilib ketgan va natijada fin elati shakllangan. 12— 13-a.larda F. hududini shvedlar istilo qila boshladi. 19-a. boshlariga kelib u butunlay Shvetsiya qoʻl ostiga oʻtdi. Ammo fin dehqonlari shaxsiy ozodlikni qoʻldan bermadilar. 1808— 09 y.lardagi RossiyaShvetsiya urushidan soʻng F. hududi Buyuk Finlyandiya knyazligi tarzida Rossiya tarkibiga qoʻshib olindi. F.ni Rossiya podshosi tayinlagan generalgubernator (1816 y.dan senat raisi) boshqardi. Un ga ichki maʼmuriy muxtoriyat bilan birga iqtisodiy muxtoriyat ham berildi. 19-a.ning 20-y.laridan F.da iqtisodiy yuksalish tezlashdi. Yogʻoch tilish sanoati, q.x.da sut chorvachiligi rivojlandi. Rossiya va Gʻarbiy Yevropa mamlakatlari bilan savdo-sotiq jonlandi, 1860 y.dan uz puli joriy etildi. 19-a.ning 2yarmida pultovar munosabatlari qaror topdi. Fin millati shakllana bordi. 80-y.larning oʻrtalarida podsho hukumatining F. muxtoriyati huquklariga tajovuzi kuchaydi. Fin xalqi oʻz milliy va ijtimoiy manfaatlarini himoya qilish uchun kurash boshladi. Dastlabki siyosiy tashkilot va partiyalar tuzildi. 1916 i. parlament saylovida F. sotsialdemokratik partiyasi gʻalaba qozondi. 1917 y. 6 (19) dek.da F. seymi mustaqillik haqida deklaratsiya qabul qildi. 1919 y. F. respublika deb eʼlon qilindi. 1939 i. F.ga SSSR qoʻshinlari hujum qildi. 1939— 40 y. "qishki urush"da finlar qattiq qarshilik koʻrsatishiga qaramay, F. oʻz hududining bir qismidan maqrum boʻldi. 2-jahon urushi yillarida fashistlar Olmoniyasi tomonida boʻldi. 1944 y. urushdan chiqdi. Urushdan keyin mamlakat oʻzini betaraf deb eʼlon qildi. F. — 1955 y.dan BMT aʼzosi. OʻzR suverenitetini 1991 y. 30 dek.da tan olgan va 1992 y. 26 fev.da diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayrami — 6 dek. — Mustaqillik kuni (1917).

Asosiy siyosiy partiyalari va birlashmalari, kasaba uyushmalari. F. soʻl ittifoqi, F. kompartiyasi (1918 y. tuzilgan) bilan F. xalqi demokratik ittifoqi (1944 y. tuzilgan) ning qoʻshilishi natijasida 1989 y. tashkil etilgan; Liberal xalq partiyasi, 1965 y. tuzilgan; Milliy koalitsion partiya, 1918 y. asos solingan; F. qishloq partiyasi, 1959 y. tashkil etilgan; F. sotsialdemokratik partiyasi, 1899 y. tuzilgan; Koʻkatparvarlar ittifoqi, 1987 y. asos solingan; F. Markazi, 1906 y. tashkil etilgan; F. Xristiandemokratik partiyasi (1958 y. F. Xristian ittifoqi nomi bilan tashkil etilgan, 2001 y.dan hoz. nomda); Shved xalq partiyasi, 1906 y. tuzilgan. F. kasaba uyushmalari markaziy tashkiloti, 1907 y.da tashkil etilib, turli nomlar bilan yuritilgan, 1969 y.dan qoz. nomda.

Xoʻjaligi. F. —yuksak darajada rivojlangan industrialagrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 32%, q.x., oʻrmon va baliq xoʻjaliginiki 5%, xizmat koʻrsatish sohasiniki 63%.

Sanoati, asosan, eksportga moslangan boʻlib, oʻrmon, metallurgiya, mashinasozlik (yogʻochsozlik, sellyulozaqogʻoz sanoati va kemasozlik uchun asbobuskunalar i.ch., elektrotexnika va radioelektronika), yogʻochsozlik va sellyulozaqogoz (tilingan yogʻoch, qogʻoz, karton, faner i.ch.), qora va rangli metallurgiya, elektr energetikasi, neftni qayta ishlash, kimyo, toʻqimachilik, tikuvchilik, oziq-ovqat sanoatning yetakchi tarmoklaridir. F.ning yoqilgʻienergetika resurslari yetarli emas, qattiq va suyuq yoqilgʻining aksar qismi chet ellardan keltiriladi. Elektr energiyaning 1/6 GESlarda, 1/3 AESlarda hosil qilinadi. Yiliga oʻrtacha 66,8 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. Temir, mis, qoʻrgʻoshinrux, nikel, xrom rudalari, kobalt, vanadiy, grafit, pirit va b. qazib olinadi. Pax va Xyamenlinna sh.laridagi metallurgiya z-dlarida choʻyan va poʻlat, Xaryavalta va Pori sh.larida mis va nikel, Kokkolada rux eritiladi. Torniodagi z-dda xrom rudasi qayta ishlanib, konsentrat hosil qilinadi. Tampere, Rauma, Laxti, Vasa, Karxulada mashinasozlik, Xelsinki, Turku, Porvo, Saloda yoʻl qurilishi va qurilish ishlari uchun mexanizmlar, koʻtarmatransport uskunalari, elektron va telefon apparatlari ishlab chiqariladi. Oʻrmon, ayniqsa, yogochsozlik va sellyulozaqogʻoz sanoatining eksportdagi ulushi katta. Oʻrmon sanoatining asosiy markazlari — Kotka, Kemi va Pori. Chetdan keltiriladigan xom ashyo negizida neftni qayta ishlash sanoati rivojlangan (Nantali, Porvo). Kimyo va neft kimyosi sanoatida plastmassa, mineral oʻgʻit, sintetik materiallar, boʻyoq, xlor, oltingugurt kislotasi va b. ishlab chiqariladi. Oyna, chinni, koʻnpoyabzal, toʻqimachilik, tikuvchilik sanoati rivojlangan. Oziq-ovqat sanoati, ayniqsa sut sanoati mahsulotining bir qismi eksport qilinadi.

Qishloq xoʻjaligida fermerlik tipidagi mayda va oʻrta yer egaligi ustun. Q.x.ga yaroqli yerlar mamlakat hududining 8%ni tashkil qiladi. Sutgoʻsht chorvachiligi — q.x.ning yetakchi tarmogʻi. Qoramol, choʻchqa, qoʻy, ot, parranda boqiladi. Dehqonchilikda bugʻdoy, yem uchun javdar, arpa, suli, texnika ekinlaridan qand lavlagi, shuningdek, kartoshka, pichanbop oʻt ekiladi. Darrandachilik (norka, kulrang tulki, shim. tulkisi), bugʻuchilik, baliq ovlash rivojlangan. Oʻrmon xoʻjaligi — mamlakat iqtisodiyotining qad. tarmogʻi. F.da 18 mln. gektardan ortiq oʻrmon bor, yiliga 50—55 mln. m3 yogʻoch kesiladi.

Transportida t.y. uzunligi 5,9 ming km, avtomobil yoʻllari uz. 77,7 ming km. Asosiy dengiz portlari: Helsinki, Turku, Kotka. Shvetsiya, Estoniya, Polsha, Olmoniya bilan parom orqali qatnov yoʻlga qoʻyilgan. Chetga sellyulozaqogʻoz, yogʻochsozlik, mashinasozlik, kemasozlik, kimyo, oziq-ovqat, yengil sanoat mahsulotlari va b. chiqaradi. Chetdan xom ashyo va chala tayyor mahsulotlar, yoqilgi va moylash ashyolari, keng isteʼmol mollari va b. oladi. Rossiya, Olmoniya, Shvetsiya, Buyuk Britaniya, AQSH bilan savdo qiladi. Pul birligi — fin markasi.

Tibbiy xizmati. Vrachlar Helsinki, Turku va Oulu un-tlarining tibbiyot ftlarida, tibbiy hamshiralar tibbiyot maktablarida tayyorlanadi. Helsinkida veterinariya kolleji bor.

Maorifi, ilmiy va madaniymaʼrifiy muassasalari. Maktab darslari fin yoki shved tillarida oʻtiladi. Davlat maktablari bilan birga xususiy maktablar ham bor. 1968 y. qonuniga binoan, yagona umumiy taʼlim tizimiga oʻtish 1980 y.da nihoyasiga yetkazildi. Majburiy taʼlim — 9 y.lik. Majburiy maktab negizida 3 y.lik katta oʻrta maktab tashkil etilgan. Davlat, munitsipal va xususiy hunar bilim yurtlari va maktablarida quyi xunartexnika taʼlimi, texnika, ped., tijorat intlarida oʻrta maxsus taʼlim beriladi. 22 oliy oʻquv yurti, shu jumladan, 11 un-t bor. Yiriklari: Helsinki un-ti (1640), Tamperedagi un-t, Turkudagi Shved un-ti (Abo Akademiya), Tampere, Xelsinki va Lappenranta sh.laridagi texnika un-tlari. Oliy tijorat maktablari va b. mavjud. Bundan tashqari, bir qancha maxsus oliy oʻkuv yurtlari: Ya. Sibelius nomidagi musika akademiyasi, 4 ta chet tillar in-ti va b. bor. F.da jami 400 i.t. muassasasi va jamiyat boʻlib, shundan 40 tasi, jumladan, texnika tadqiqotlari markazi (1942), q.x. ilmiy tadqiqot markazi (1898), sellyulozaqogʻoz sanoati markaziy lab., oʻrmon genetikasi (1968) va oʻrmon muhofazasi (1972) i.t. institutlari davlatga qarashli. Oliy oʻquv yurtlari huzurida 50 dan ortiq i.t. instituta va lab. bor.

Yirik kutubxonalari: Helsinki untining kutubxonasi (1640), Helsinki shahar kutubxonasi (1860), Parlament kutubxonasi. Milliy muzey, shahar muzeyi, Helsinki un-tining zool. muzeyi, Botanika bogʻi, Turkuda tarix muzeyi, Tasviriy sanʼat muzeyi, Ya. Sibelius muzeyi, Marianxaminda Kema qatnovi muzeyi va b. mavjud.

Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. F.da bir qancha gaz. va jur. nashr etiladi. Yiriklari: "Aamulexti" ("Tonggi gazeta", kundalik mustaqil gaz., 1881 y.dan); "Iltasanomat" ("Oqshom gazetasi", kundalik kechki gaz., 1932 y.dan); "Suomenmaa" ("Suomi eli", kundalik gaz., 1908 y.dan); "Turun pyayvyalexti" ("Turku kunduzgi gazetasi", kundalik gaz., 1898 y.dan); "Helsingin sanomat" ("Helsinki yangiliklari", kundalik gaz., 1889 y.dan); "Xyuvyudstadsbladet" ("Poytaxt gazetasi", shved tilida chiqadigan kundalik gaz., 1864 y.dan); "Kansan lexti" ("Xalq gazetasi", kundalik gaz., 1899 y.dan); "Maaseudun tulevaysuus" ("Qishloq istiqboli", haftasiga 3 marta chiqadigan gaz., 1971 y.dan); "Me nayset" ("Biz — ayollar", xotinqizlar uchun haftalik jur., 1952 y.dan); "Finlandiya segodnya" ("Bugungi Finlyandiya", rus tilida chiqadigan jur., 1982 y.dan); "Yuxteysxyuvya" ("Mushtarak manfaat", haftalik jur., 1905 y.dan). Fin telegraf byurosi — FTB, 1887 y. tuzilgan, fin gaz.lari, radio va televideniyesining aksiyadorlik jamiyati. Radioeshittirishlar 1926 y.dan, telekoʻrsatuvlar 1956 y.dan olib boriladi. "Fleysradio", fin radiosi va televideniyesi davlat mahkamasi 1926 i. tashkil etilgan. 1934 y.dan davlat nazoratida.

Adabiyoti. Fin yozuvi 1521 y. F.da boshlangan Reformatsiya harakati taʼsirida vujudga keldi. Reformatsiya namoyandasi M. Agrikola 16-a. oʻrtalarida bosma kitoblar nashr eta boshladi va 3 asr davomida aksar diniy kitoblar bosildi. 19-a. adabiyoti fin xalqining shvedlar zulmidan ozod boʻlib, millat sifatida shakllanishi, maʼrifatparvarlik gʻoyalarini targʻib qilish bilan bogʻliq ravishda rivojlandi. 1830 y. Helsinkida "Shanbalik suhbati" adabiyfalsafiy toʻgaragi vujudga keldi. Tugarak aʼzolari bir yil oʻtib "Fin adabiyoti jamiyati"ni tuzdilar (hozir xam mavjud). Folklorshunos E.Lyonrot (1802—84) xalq eposi "Kalevala"ni nashr ettirdi. Shoir Y.L.Runeberg , faylasuf, publitsist va tanqidchi Y.V.Snelman adabiyot rivojiga katta hissa qoʻshdilar. Yangi fin adabiyotining asoschisi, ilk milliy drama va romanlar muallifi A. Kivi adabiyotda yangi realistik anʼanalarni boshlab berdi. S.Topelius tarixiy romanlar, Yu.Veksell sheʼr va pyesalar, K.R.Kramsu ijtimoiy mavzuda sheʼrlar yezdi. Minna Kant, Yu.Axo, A.Yarnefelt, K.A.Leyno va b. yozuvchilar xalq hayoti va, ayniqsa, ayollarning ayanchli taqdirini haqqoniy tasvirlab berdilar. 20-a. boshlarida turli adabiy oqimlar yuzaga keldi. A.E. Leyno, L.Onerva, V.Kilpi yangi realizm yoʻlidan bordi, M.Lassila hajviy qissa va komediyalar yaratdi, I.Kianto, M.Yotuni, Y.Lextonen umidsizlik kafiyatiga berildi. 2-jahon urushidan keyin A.Eykiy, M.Larni, V.Linna, P.Rintal, V. Meri romanlarida ijtimoy muammolar asosiy oʻrinda turdi. Hella Vuoliyokining haqqoniy pyesalari fin dramaturgiyasining muhim yutugʻi boʻldi. 1897 y.dan F. yozuvchilar uyushmasi mavjud. Meʼmorligi va tasviriy sanʼati qad. anʼanalarga boy. Neolit davriga mansub qoyatosh rasmlari, tosh pichoq, suyakdan yasalgan asboblar, sopol idishlar saklangan. Mil. 13—15a.lardatoshdan saroy va arklar qurilgan (Savonlinna yaqinidagi Olavinlinna qalʼasi, Turkudagi qasrlar va b.). 14—16-a.larda toshdan, 17—18-a.larda xalq meʼmorligi uslubida yogʻochdan cherkovlar barpo etilgan (Tornio va Keurudagi cherkovlar). 19-a. oʻrtalarida meʼmorlikda milliy romantizm oqimi hukmron boʻldi (Xelsinkidagi vokzal binosi, meʼmor E.Saarinen), 19 a. oxiri — 20-a. boshlarida "modern" uslubi rayem boʻldi. 2-jahon urushidan keyin binolar zamonaviy qurilish konstruksiyalaridan foydalanib tiklana boshladi, ayniqsa, jamoat binolari zoʻr mahorat bilan barpo etildi. A.Aalto, R.Piyetilya, A.Ervi kabi meʼmorlar sodda meʼmoriy shakllar asosida jozibador kompozitsiyalar yaratdilar (Seynyatsalo sh.ning maʼmuriy markazi, Xelsinkidagi ishchilar madaniyat uyi, "Finlandiya" saroyi, "Prezident" mehmonxonasi b.).

14—15-a.lardagi oʻrta asrlar mahobatli rangtasvirida xalq naqqoshligi rivojlangan (Xattula, Tayvassiladagi cherkov devorlariga ishlangan rasmlar). 18-a.da M.Toppelius mahobatli rangtasvir sohasida shuhrat qozondi. Shu davrda F.da dunyoviy dastgoh rassomligi janrlari ommalashdi (I.Vaklin portretlari, N.Shilmark manzara va natyurmortlari). 19—20-a.

larda fin tasviriy sanʼat maktabi shakllandi, xalq hunarmandchiligi, yogʻoch oʻymakorligi, oʻrta asr mahobatli rangtasvir anʼanalari qayta tiklandi. 20-a. oʻrtalarida V. Aaltonen haykaltaroshlikda shuhrat qozondi. Zamonaviy rassomlardan M.Kollin, A.Kanerva, V.Vionoyya, S. Gryonvall; grafiklardan V.Askola, I.Kolliander, T.Tapiovara; haykaltaroshlardan A.Tukiaynen, R.Utriaynen, L.Pullinen, E.Xiltunen; plakat va dizayn ustalaridan I.Tapiovara, M.Kuyasalolar mashhur. Xalq sanʼatida mato va gilam toʻqish, metall idishlar yasash rivoj topgan.

Musiqasi xalq musiqiy anʼanalari asosida rivojlanib keldi. Xalq qoʻshiqlari (run, yoyku va b.) hozirgacha milliy musiqa folklorida ijro etiladi. Mehnat, marosim, hazil, sevgi qoʻshiqlari, raqs bilan birga ijro etiladigan laparlar keng yoyilgan. Cholgʻu asboblari: kantele (torlichertma), yo Uxikko (torlika monli), tuoxitorvi (puflama); 19-a.dan klarnet va skripka, 20-a.

dan garmon ommalashdi. Professional musiqa sanʼati oʻrta asrlarda shakllana boshladi (grigorian, 16-a.dan protestant xoralch).

Birinchi fin operasi ("Qirol Karl ovga chiqdi", 1852) va milliy madhiya muallifi — F. Pasius, birinchi simfoniya (1847) muallifi — A.G.Ingelius. Fin musiqasida F.Shans birinchi marta "Kalevala"dagi milliy ohanglardan foydalanib, "Kullervo" simfonik uvertyurasini yaratdi. 19-a. oxiri — 20-a. boshlarida M.Vegelius (1882 y. Xelsinkida Musiqa intini tashkil etgan; 1939 y.dan Ya.Sibelius nomidagi Musiqa akademiyasi) va R.Kayanus (professional simfonik orkestr tuzgan) milliy kompozitorlik maktabi asoschilaridir. Ya. Sibelius ijodida milliy musiqa anʼanalari kamol topdi. Zamonaviy kompozitorlar orasida E.Englund, E.Bergman, Y.Kokkonen, E.Rautavara, dirijyorlar orasida G.Shnefoxt, A.Yarnefelt, L.Segerstam, pianinochilar orasida K.Ekman, A.Valeta, yakkaxonlar orasida I.Ekman, A.Rautavara va b. mashxur. Xelsinkida opera teatri (1911; 1956 y.dan F. Milliy teatri), shahar simfonik va kamer orkestrlari, F. radiosining simfonik orkestri, Xalq konservatoriyasi, F. musikachilar uyushmasi va b. ishlaydi. F.da bir nechta Xalqaro musiqa festivali va tanlovlari muntazam ravishda oʻtkaziladi.

Teatri. 1827 y. Helsinkida dastlabki teatr binosi — Teatr uyi qurildi. Unda rus, nemis, shved drama va opera truppalari tomosha koʻrsatdi. 1860 y. bu yerda shved aktyorlaridan iborat birinchi professional teatr faoliyat boshladi. 1872 y. fin tilidagi professional teatr (drama va opera truppalari) tashkil etildi. 1902 y. drama truppasi opera truppasidan ajralib chiqib, Fin Milliy teatri nomini oldi. I.Aalberg , K.Avellan, A.Lindfors, K.Halme, R.Snelman, U.Somersalmi (19-a. oxiri — 20-a. boshi), T.Palo, E.Eronen, E.Volanen, A.Ikonen, X.Salin, E.Yurkka (20-a.ning 50—80-y.lari) teatrning yetakchi aktyorlaridir. Turli yillarda ishlagan mashhur rej.lar: K.Bergbum, Ya.Xal, Ya.Laxdensuo, E.Kalima, K.Kivima, D.Vitikka, V.Ilmari. Helsinkida Xalqishchi teatri (1914), Milliy shved teatri, Intim teatri, loʻlilarning "Drom" teatri (1982) ham ishlaydi. Tampere, Turku, Laxti, Kuopio va b. shaharlarda ham teatrlar bor.

Ularda jahon mumtoz dramaturgiyasi asarlari bilan bir qatorda mahalliy mualliflarning pyesalari ham sahnalashtiriladi. Teatr xodimlari Xelsinkidagi Oliy teatr maktabi (1943)da tayyorlanadi.

Kinosi. 1904 y. F.da xronika filmlari suratga olina boshladi. 1906 y. "Apollo" kinofirmasi tuzildi. 1907 y. "Pinhona haydovchilar" (rej. T.Sparre va T. Puro) qisqa metrajli badiiy filmi chiqarildi. 20-y.larda koʻproq milliy adabiyot asarlari: M.Kant komediyasi asosida "Anna Liysa" (rej. T.Puro va Yu.Snelman), S.Topelius novellasi asosida "Rautakyullik keksa baron" (rej. Fager), A.Kiv komediyasi asosida "Nummi etikdoʻzlari" (rej. E.Karu) ekranlashtirildi. "Komediyafilm", "Fennikafilm" va "AkilaSuomikompaniya" firmalari tashkil etildi. 1933 y. E.Karu F.dagi eng yirik "Suomenfilmiteolisus" firmasini tuzdi. Uning eng yaxshi filmlari: "Yuxa" (1937), "Insonning yoʻli" (1940; ikkalasining rej. N.Tapiovara), "Oq kiyik" (1953, rej. E.Blomberg), "Sutchi Xilya" (1953, rej. T.Syarkkya), "Nomaʼlum askar" (1955, rej. E.Layne), "Qizil chiziq" (1959, rej. M. Kassila). 60—70-y.larda ijtimoiytanqidiy yoʻnalishdagi "Ishchining kundaligi" (rej. R.Yarva), "Kalamushlar jangi" (rej. M.Kurkvara), "Zavoddagi otishma" (rej. E.Kivikoski) filmlari yaratildi. 20-a.ning oxirgi oʻn yilliklaridagi yaxshi filmlar: "Yovvoyi hayvon belgisi" (rej. Ya.Pakkasvirt) va "Dengiz boʻyidagi tun" (rej. E.Kivikoski).

Finland (Finland Respublikasi) poytaxti — Helsinki shahri. BMT aʼzosi