Addis-Abeba

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Addis-abeba (amhara tilida — yangi gul) — Efiopiya (Habashiston)ning poytaxti va A.-A. viloyatining ma’mu-riy markazi. A.-A. Efiopiya (Habashi-ston) tog‘ligida, dengiz sathidan 2400 190m balandlikda. Aholisi 1,5 mln. kishi (1995). Shaharga 1887 y. imperator Me-nelik II asos solgan va dastlab Finfin-na deb atalgan. 1889 y.dan Efiopiya poy-taxti. 1936—41 y.larda A.-A.ni Italiya qo‘shinlari okkupatsiya qilib. turgan. A.-A. mamlakatning yirik sanoat va savdo markazi (asosan, yengil va oziq-ovqat sa-noati korxonalari), transport yo‘llari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Avtomobil yig‘uv zavodi, yog‘ochsozlik, sement korxonalari bor. Kustar usu-lida gazlama to‘qiladi, charm, metall va yog‘ochdan buyumlar ishlab chiqariladi. A.-A. da kollejlar, universitet, bir qancha ilmiy tadqiqot in-tlari (jumladan, Efiopiya-shunoslik in-ti), Milliy teatr, Tarix-etnografiya muzeyi, tibbiyot muassasala-ri bor. Radio va televizion st-yalar (i960 y.dan) mavjud. BMT ning Afrika bo‘yicha Iqtisodiy komissiyasi (1958 y.dan) va Afrika birligi tashkiloti (1963 y.dan) qarorgohi. Shaharning tashqi qiyofasida milliy va zamonaviy me’morchilik ob’-yektlari uyg‘unlashgan. Me’moriy ansam-bllardan Menelik II saroyi (19-a. oxi-ri), Yubiley qasri (1955), Afrika Uyi (1963) vab. bor.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil