Peru

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Peru Respublikasi
República del Perú
Peru davlat bayrogʻi   Peru davlat gerbi
Bayroq Gerb
Shior: Firme y feliz por la Unión
(Ispancha: Steady and happy for the union)
Madhiya: Somos libres, seámoslo siempre
(We Are Free, Let Us Remain So Forever)
Peru Xaritasi
Poytaxt Lima
Rasmiy til(lar)
Hukumat Prezidentlik Respublika
 •  Prezident   Ollanta Humala
 •  Bosh Vazir   Juan Jiménez Mayor
Mustaqillik   Ispaniyadan
 •  Sana   28 iyul 1821
Maydon  
 • Butun 1,285,220 km² (20-)
 • Suv (%)
Aholi  
 • 2002 roʻyxat 27,925,628 (39- oʻrin)
 • Zichlik 21/km²
YaIM (XQT) 2005- yil roʻyxati
 • Butun AQSh$169,500 mil. (47-)
 • Jon boshiga AQSh$6,070
Pul birligi Nuevo Sol (PEN)
Vaqt Mintaqasi (UTC)
 • Yoz (DST)
Qisqartma PE
Internet domen .pe
Telefon prefiksi +51

Peru (Peru Respublikasi) poytaxti — Lima shahri. BMT aʼzosi

Peru (Peru), Peru Respublikasi (Republika del Peru) — Jan. Amerikaning gʻarbiy qismida joylashgan davlat. Mayd. 1 mln. 285,2 ming km2. Axoliyey 27,9 mln. kishi (2002). Poytaxti — Lima sh. Maʼmuriy jiqatdan 25 departament (departamento) ga bulinadi.


Davlat tuzumi[tahrir]

P. — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1993 y. 29 dek.

da qabul qilingan, unga 2000 y.da tuzatishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi — prezident (2001 y.dan Alexandro Toledo Manrike), u toʻgʻri va yashirin ovoz berish nuli bilan 5 y. muddatga sailanadi. Prezident ketma-ket ikkinchi muddatga kayta saylanishi mumkin emas. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Milliy kongress (bir palatali parlament), ijrochi hokimiyatni prezident va Vazirlar kengashi amalga oshiradi. Prezident Vazirlar kengashining raisi va uning tavsiyasiga binoan vazirlarni tayinlaydi.


Tabiati[tahrir]

Sohil qismi eni 80—180 km li tekislik (Kosta), markazi togʻlik (Syerra) va sharqi sernam oʻrmonli togʻ oldi (Selva). P. maydonining 1/3 kismiga yaqini togʻ. Peru And togʻlari boʻylama vodiylar orqali Gʻarbiy, Markaziy va Sharqiy Kordilyera tizmalariga boʻlinadi. Eng baland joyi 6768 m (Uaskaran togʻi). Jan.da Puna yassitogʻligi bor. Neft, mis, polimetall, uran rudalari, kumir, tabiiy gaz konlari topilgan. P. hududining katta qismi iqlimi — ekvatorga xos va tropik. Yil davomida oʻrtacha t-ra sohilda 15—25°, shim.

dagi yassitogʻliklarda 12—16°, jan.da 5—9°, tekislikda 24— 29°. Yillik yogʻin togʻlarda 1000 mm, Selvada 3000 mm gacha. Koʻp daryolari (Maranon, Ukayali) Amazonka havza-siga mansub. Yirik koʻli — Titikaka. Sohili va togʻ yon bagʻirlari butazor va kaktuszor. Togʻlarning sharqiy yon bagʻri va tekisliklar doim yashil tropik oʻrmonzor.

Hayvonot dunyosi xilma-xil: yaguar, tulki, puma, turli qushlar, sudralib yuruvchilar, guanako, vikunya, maymun, chumolixoʻr, yalqov, tapir va h.k. Daryo va koʻllarida baliq koʻp. Milliy bogʻlari — Manu, Serros-de-Amotane va b.

Aholisining yarmiga yaqini kechua, aymara indeyslari, qolganlari peru-anlar (ispan-indeys metislari). Rasmiy tillar — ispan, kechua, aymara tillari. Dindorlarning aksariyati — katolik. Shahar aholisi 72%. Yirik shaharlari: Lima, Kalyao, Arekipa, Truxilo, Chiklayo, Kusko.


Tarixi[tahrir]

P. hududi qad. zamonlarda inklarning Tauantinsuyu davlati tarkibiga kirgan. 1532—36 y.larda ispan konkistadorlari bu davlatni bosib oldi. 1543 y. P. Ispaniyaning vitse-qirolligi deb eʼlon qilindi va yerlar ispan mustamlakachilari oʻrtasida boʻlina boshladi. 1780—83 y.larda in-deyslar Tupak Amaru rahbarligida qoʻzgʻolon koʻtardi. Amerikadagi ispan mustamlakalarining mustaqillik yoʻlidagi urushlari (1810—26) davomida 1821 y. P. mustaqilligi eʼlon qilindi. 1822 y. P. respublikasi tuzildi va birinchi konstitutsiya qabul etildi. 1825 y. mamlakatning jan.-sharqiy qis-mi — Yuqori P. mustaqil Boliviya respublikasi deb atala boshladi. 19-a.ning 30-y.lari oxiri —40-y.lari boshida konservatorlar bilan liberallar oʻrta-sida hokimiyat uchun kurash avj oldi. P.ning Chili bilan urushi (1879—83) oqibatida mamlakat oʻz hududining bir qismidan mahrum boʻldi. l-jahon urushi vaqtida P. betaraf turdi. 1933 y. qabul etilgan konstitutsiyada prezident — parlament idora usuli belgilandi. 2-jahon urushi vaqtida P. hukumati 1945 y. Germaniya va Yaponiyaga urush eʼlon qildi.

1948—56 y.larda hukmronlik qilgan diktatorlik rejimi mamlakatdagi fuqarolar erkinligini tugatdi. Mehnatkashlarning noroziligi kuchayib, hukumatga qarshi keng koʻlamli harakatga aylandi (1950 y. Arekipa sh.dagi qurolli qoʻzgʻolon, 1954—55 y.lardagi ish tashlashlar va b.). 1956—62 y.da mamlakatni idora qilgan hukumat demok-ratik erkinliklarni tikladi. 1963 y. hokimiyat tepasiga chiqqan hukumat islohot dasturini eʼlon qilgan boʻlsada, aslida xalq manfaatlariga zid yoʻl tutdi. 1968 y.dagi harbiy toʻntarish natijasida hokimiyatni qoʻlga olgan harbiylar iqtisodiy va siyosiy mustaqillik uchun kurash boshladi, tashqi siyosatda mustaqil yoʻldan bordi. 1980 y. oʻtkazilgan umumiy saylov yakunida hokimiyat fuqaro hukumatiga topshirildi, mamlakatda konstitutsiyaviy idora usuli tiklandi. 1992 y. apr.da 1980 y.gi konstitutsiya bekor qilin-di, parlament tarqatib yuborildi. 1993 y. yangi konstitutsiya qabul etildi. 2001 y. 3 iyunda boʻlib oʻtgan ovoz berishning ikkinchi davrasi yakunida "Peruning kelajagi uchun" partiyasining rahbari Alexandro Toledo Manrike prezident etib saylandi. P. — 1945 y.dan BMT aʼzosi. OʻzR suverenitetini 1991 y. 19 dek.da tan olgan va 1999 y. dek.da diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayrami — 28 iyul — Mustaqillik kuni (1821).


Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari[tahrir]

"Peruning kelajagi uchun", siyosiy partiya; Xalq harakati partiyasi, 1956 y. asos solingan; Xalqxristian partiyasi, 1966 y. tuzilgan; P. Aprist partiyasi, 1924 i. tashkil etilgan; P. kommunistik partiyasi, 1928 y. asos solingan; P. uchun ittifoq partiyasi, 1994 y. tuzilgan; Xristian-demokratik partiya, 1956 y. tashkil etilgan. P. mehnatkashlari umumiy konfederatsiyasi, 1929 y. tuzilgan; P. mehnatkashlari birlashgan kasaba uyushma markazi, 1992 y. tashkil etilgan.


Xoʻjaligi[tahrir]

P. — konchilik va kayta ishlash sanoati nisbatan rivojlangan agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda konchilik sanoatining ulushi 10,7%, qayta ishlash sanoatining ulushi 21,5%, qishloq va oʻrmon xoʻjaligining ulushi 13,2%.

Qishloq xoʻjaligida faol aqolining 40% band; dehqonchilik — yetakchi tarmoq. Mamlakat hududining 3% ga ekin ekiladi, 91% oʻtloq va yaylov. Eksport uchun shakarqamish, paxta, kofe, sitrus mevalar, kakao, choy, tamaki, koka bargi yetishtiriladi, ichki isteʼmol uchun sholi, makkajoʻ-xori, bugʻdoy, arpa, maniok, oq joʻxo-ri, kartoshka, loviya va b. ekiladi. Goʻsht va jun beradigan chorvachilik rivojlangan: qoramol, choʻchqa, qoʻy, ot, shuningdek, lama, alpaka boqiladi, baliqchilik rivojlangan. Ovlangan baliqning koʻp qismidan un va baliq yogʻi ishlab chiqariladi.

Sanoati da turli foydali qazilmalarni qazib olish katta ahamiyatga ega. Jahon bozorida P. vismut, surma, molibden, volfram, simob, selen, tellur yetkazib berishda salmokli urin oladi. Shu metallarning asosiy qismi Oroya sh.dagi polimetall k-ti va Chim-bote sh.dagi metallurgiya k-tida eri-tiladi. Talara, La-Pampilyadagi va Lima yaqinidagi z-dlar yiliga 8,5 mln. tonna neftni qayta ishlaydi. Oziqovqat va toʻqimachilik tarmoklari rivojlangan. Mashinasozlik (shu jumladan, kemasozlik va avtoyigʻuv), kimyo, rezina, sellyuloza-qogʻoz, koʻn, poyab-zal, tikuvchilik sanoati korxonalari bor. Yiliga oʻrtacha 14,8 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi.


Transporti[tahrir]

Temir yoʻllar uz. — 3,5 ming km, avtomobil yoʻllari uz. — 70 ming km. Dengiz savdo flotining tonnaji 616 ming t dedveyt. Asosiy dengiz portlari — San-Nikolas, Kalyao, Talara, Chimbote.


Tashqi savdosi[tahrir]

P.dan chetga mis, kumush, qoʻrgʻoshin, rux, temir ruda, neft va neft mahsulotlari, kofe, qandshakar, baliq mahsulotlari, paxta tolasi, jun va b. chiqariladi. Chetdan mashina va asbob-uskuna, chala tayyor mahsulotlar, qurilish materiallari, keng isteʼmol mollari kel-tiriladi. AQSH, Yaponiya, Germaniya, Lotin Amerikasi mamlakatlari bilan savdo qiladi. Pul birligi — yangi sol.

Maorifi, ilmiy va madaniymaʼrifiy muassasalari. Bolalar 6 yoshgacha bogʻchada tarbiyalanadi. 9 y.lik yagona va bepul umumiy taʼlim joriy etilgan. Davlat maktabi bilan birga xususiy va cherkov maktablari ham bor. 9 y.lik maktab umumiy taʼlimdan tashqari meqnat taʼlimi ham beradi. Kechua in-deyslari ona tilida oʻqitiladi. Tijo-rat, hunartexnika, ped. va b. oʻrta oʻquv yurtlari mavjud. 33 universitet bor; yiriklari: Limada "Sanmarkoye" Milliy universiteti (1551 y. asos solingan), Milliy muxandislik universiteti (1955), Arekipada "San-Agustin" Milliy universiteti (1828) va b. Ilmiy muassasalari: Milliy tib-biyot akademiyasi (1884), P. til akade-miyasi (1887), Lima geogr. jamiyati (1888), P. atom energiyasi instituti (1945), Boshlangʻich taʼlim tajriba instituti (1940), P. dengiz instituti (1964) va b. Limada Milliy kutubxona (1821), "Sanmarkoye" universiteti va Milliy muhan-dislik universitetining kutubxonalari, Milliy tarix muzeyi (1921), P. mada-niyati milliy muzeyi (1946), Antropologiya va arxeologiya muzeyi (1938), "Xavyer Prado" muzeyi va b. bor.

Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. Yirik gaz. va jur.lari: "Komersio" ("Savdosotiq", kundalik gaz., 1839 y.dan), "Oxo" ("Diyda", kundalik gaz., 1968 y.dan), "Peruano" ("Perulik", hukumatning kundalik gaz., 1825 y.dan), "Republika" ("Respublika", kundalik gaz., 1982 y.dan), "Unidad" ("Birlik", kundalik gaz., 1956 y.dan), "Ekspreso" ("Tezkor", kundalik gaz., 1961 y.dan), "Ekstra" (kundalik kechki gaz., 1964 y.dan); "Alerta agraria", (q.x. masalalarini yorituvchi oylikjur., 1987 y.dan) , "Oyga" ("Tin-glang", haftalik jur., 1963 y.dan). Axen-sia de Notisias Andina milliy axborot agentligi 1981 y.da tuzilgan. Bosh aloqa boshqarmasi radio va televide-niyeni nazorat qiladi. "Radio nasional del Peru" hukumat mahkamasiga 1937 y. asos solingan. Telekoʻrsatuvlar 1958 y.dan olib boriladi.

Adabiyoti ispan, kechua va aymara tillarida. Azaliy xalq ogʻzaki ijodiyo-ti boy. Kechua tilidagi "Olyantay" xalq dramasi mustamlaka davridan avvalgi eng muhim adabiy yodgorlikdir (bu asar matni 18-a.da qayta ishlanib, 1853 y.da nashr etiddi). Mustamlaka davrida yara-tilgan tarixiy voqealar bayoni ispan tilidagi adabiyotga asos soldi. Ink Garsilaso de la Veganing "Inklarning shohona sharhlari" kad. tarix va madaniyatga oid asosiy manbadir. 17—18-a.

larda ritsarlikni tarannum etadigan, shuningdek, diniy-falsafiy, maʼrifiy sheʼriyat va nasr rivojlandi. Xalq ijodiyotida esa ispanlarga karshi kayfiyat ifodalandi. 19-a. oxiri —20-a. boshlarida M. Melgar ijo-dida ispan kitobiy sheʼriyati bilan in-deys folklori anʼanalari birlashib ketdi. "Peru rivoyatlari" degan 12kismli salmokdi asar yaratgan R. Palma P. adabiyotini yanada rivojlantirdi. Mus-taqillik eʼlon qilingandan soʻng adabiy hayot jonlandi, milliy teatr uchun satirik asar va komediyalar (F. Par-do-ialyago va M. Asensio Segura) yozildi. 20-a. boshi adabiyotida modernizm, simvolizm, 1-jahon urushidan keyin avangardizm oqimlari rasm boʻldi. 2-jahon urushi davrida va undan keyin S. Alegriya, X. M. Argedasning tanqidiy romanlarida, X. R. Ri-beyro, E. Kongrayns Martinning shahar qashshoqlari hayotini tasvirlovchi hikoyalarida oʻtkir ijtimoiy muammolar koʻtarildi. 70— 90-y.larda shoirlardan V. Delgado, A. Romualdo, X.G. Rose, dramaturglardan X. Rios, E. Solari Sueyn, shoir M. Vargas Losa xalq turmushi va orzu-is-taklarini haqqoniy yoritdilar.


Meʼmorligi va tasviriy sanʼati[tahrir]

P. madaniyati — Lotin Amerikasidagi eng qad.laridan biri. Mil. av. 10—8-a.larda madaniy markazlar mavjud boʻlgan. Badiiy hunarmandchilik buyumlari (jun va ipdan toʻqilgan kashtali gilamlar, oltin, kumush haykalchalar, metall, sopol, zarang idishlar va b.) bizning davrimizgacha saqlangan. Mus-tamlakachilik tartiblari qad. sanʼat rivojiga xalaqit berdi.

P.da saqlanib qolgan qad. shaharlarda toʻgʻri burchakli kvartallar, tor koʻchalar, qoʻrgʻonlar (Machu-Pikchu, Saksauaman), qabristonlar, saroylar, ibodatxonalar, diniy marosimlar oʻtkaziladigan amfiteatrlar, pogʻonali ehromlar boʻlgan. 16a. 2yarmi va 17-a. 1yarmidan toʻgʻri koʻchali yangi shaharlar, yirik shaharlarda yevropacha uslubda cherkovlar bunyod etildi (17-a. 2yarmi va 18-a.da barokko, 19-a.

da klassitsizm uslublarida), uylarning ichki tomonini bezashga eʼtibor berildi. 19—20-a.larda turli uslubda imoratlar qurildi. M. Pikeras Kotoli, E. Seoane Ros, L. Miro Kesada Garland singari meʼmorlar "Yangi perucha uslub" yaratdilar. Lima sh., Ankon kurorti va b. qayta qurildi.

19-a.da zamonaviy rassomchilik rivojlanib, I. Merino, F. Laso, K. Baka Flor, D. Ernandes kabi rangtasvirchilar yetishdi. 20-a. rassomlaridan X. Sabogal, X. Kodesido, xaykaltaroshlaridan K. Sako, I. Poso va b.lar oʻz asarlarida xalq hayotini, indeyslar turmushini aks ettirdilar, qad. sanʼat anʼanalarini rivojlantirdilar. P. tasviriy sanʼatida kubizm, ekspressionizm, abstrakt sanʼat keng tarqaldi. Xalk, sanʼatida geometrik shakllar hosil qilib gul toʻqiladigan yomgʻir poʻshlar, sopol idish, haykalchalar, qadama naqsh tushirilgan idish va bu-yumlar yasash rivoj topgan.


Musiqasi[tahrir]

Qad. inklar musiqasi pentatonikaga asoslangan boʻlib, diniy, harbiy, saroy va xalq musiqasidan iborat. Diniy madhiyalar (xayl), tarixiy rivoyat qoʻshiklari (taki), marsiya (uan-ka) va lirik qoʻshiqlar (aravi) kabi musiqiy janrlar, raqslar (uayno, kaiua, karuyo) rivojlangan. Cholgʻu as-boblari: uankar, tinya kabi barabanlar, anata, kena, tarka kabi puflab chalinadigan sozlar, erke, aykori kabi karnay va b. keng tarqalgan. Bular kechua va aymara indeyslarining madaniy merosiga xos boʻlsa, kreol xalq musiqasida ispan musiqiy madaniyatining taʼsiri seziladi. Kreollarning asosiy musiqa asboblari gitara va arfadir; 19—20-a. kompozitorlaridan X. B. Al-sedo, X. M. Valye Riyestra, O. Polar, M. Agirre, P. Chaves Agilarni koʻrsatish mumkin. Zamonaviy kompozitorlar orasida A. Gevara Ochoa alohida ajralib turadi. Limada milliy konservatoriya, Filarmoniya jamiyati, Munitsipal teatr, Milliy simfonik orkestr bor.


Teatri[tahrir]

Inklar davlati tashkil topishi bilan P. teatr sanʼati rivojlana boshladi. Qad. teatr tomoshalarining bir necha turi mavjud boʻlib, ular musiqa joʻrligida, xor boʻlib ashula ay-tib ijro etilgan. Kechua tilidagi "Olyantay" xalq dramasi mashhur boʻlgan. 1548 y. birinchi dunyoviy tomosha koʻrsatilgan. 17-a.da J. Lelio, G. del Rio truppalari shuhrat qozongan. 1680 y. Limada "Prinsipal" teatri qurildi. "Koliseo de komediya", "Komediya nasonal" va b. teatrlarda P.lik taniqli aktyorlar T. Miranda, E. Peres va b. yetishib chikdi. 20-a.ning 60-y.laridan turli shaharlarda teatr festivallari oʻtkazila boshladi. Limadagi M. A. Se-gura teatri, havaskor aktyorlarning "La Kabanya" truppasi P. dramaturglarining pyesalarini sahnalashtiradi. Aktyorlari: L. Arrista, E. Samorano, D. Paredes va b. mashhur. Teatrlar uchun kadrlar Limadagi Milliy drama sanʼati institutida tayyorlanadi.

Kinosi tarixi 1913 y.dan boshlangan. Shu yili birinchi film suratga olingan. 20-a.ning 30-y.larida milliy ki-nematofafiya shakllandi, Limada birinchi kinofirma vujudga keddi. Keyingi yillarda A. Robles Godoy "Selvada yulduzlar yoʻq", "Koʻk devor", "Sarob", "Uayanaydagi voqea" filmlarini yaratdi. "Yerning kuchi" (rej. B. Arias), "Ton-gdagi ajal" (rej. F. Xose Lombardi) filmlari ham dunyo yuzini koʻrdi. X. Uako, S. Vilyanueva, E. Nisimai, E. Chambining hujjatli filmlarida indeyslar turmushining oʻtkir shktimoiy muammolari koʻtarilgan.[1]




Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil