Togo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Togo Respublikasi
République Togolaise
ShiorTravail, Liberté, Patrie
(Fransuzcha: Mehnat, ozodlik, vatan)
Madhiya: Salut à toi, pays de nos aïeux
(Hail to thee, land of our forefathers)
Location of Togo
Poytaxt Lome
Rasmiy til(lar) Fransuzcha
Hukumat Prezidentlik Respublika
• Prezident
Faure Gnassingbe
Komi Sélom Klassou
Mustaqillik (BMT vasiylikdagi Fransiya ma'muriyatidan)
• Sana
27-aprel 1960
Maydon
• Butun
56,785 km2 (126-oʻrin)
• Suv (%)
4.2
Aholi
• 2002-yilgi roʻyxat
5,681,519 (106-oʻrin)
• Zichlik 100/km2
YIM (XQT) 2005-yil roʻyxati
• Butun
AQSh$8,948 mil. (142-oʻrin)
• Jon boshiga
AQSh$1,575
Pul birligi CFA Franc (XOF)
Vaqt mintaqasi UTC+0
• Yoz (DST)
UTC+0
Qisqartma TO
Telefon prefiksi 228
Internet domeni .tg

Togo (Togo Respublikasi, Repudlique Togolaise) – Gʻarbiy Afrikadagi davlat. BMT aʼzosi. Maydoni 56,8 ming km². Aholisi 5,3 mln. kishi (2002). Poytaxti – Lomé shahri. Maʼmuriy jihatdan 5 viloyat (reqion)ra boʻlinadi.

Davlat tuzumi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Togo – respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1992-yil 27 sentabrdagi referendumda maʼqullangan. Davlat boshligʻi–prezident (1967-yildan Gnasingbe Eyadema). Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Milliy majlis (parlament), ijrochi hokimiyatni prezident bilan hukumat amalga oshiradi.

Tabiati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Togo Gvineya qoʻltigʻining shimoliy sohilida joylashgan va dengiz boʻyi akkumulyativ pasttekisligidan, markaziy qismi tekislik va 200–400 m balandlikdagi platodan iborat. Eng baland joyi Togo togidagi Bauman choʻqqisi (986 m). Shimoli-sharqda Atakoro tizmasi bor. Shimoli-gʻarbiy chekkasida Oti daryosi vodiysi joylashgan. Foydali qazilmalardan temir rudasi, oltin, marmar, osh tuzi, fosforit, xromit, boksit bor. Iklimi subekvatorial. Oʻrtacha oylik temperatura 20–25° dan 28–32° gacha, yillik yogʻin sohilda 600–800 mm dan tekislik va markaziy platoda 1200–1700 mm gacha. Yirik daryolari: Mono va Oti yogʻingarchilik mavsumida sersuv. Togo koʻli goyat xushmanzara. Baland oʻsadigan savannalar, dare vodiylarida doim yashil oʻrmonlar bor. Yirik hayvonlardan fil, arslon, qoplon, kiyik, chiyaboʻri, jirafa, begemot, timsoh va boshqa, oʻrmonda maymun, ilon koʻp. Hayvonot dunyosini mugʻofaza qilish uchun Kve, Keran milliy boglari, Fazao, Malfakasa va boshqa qoʻriqxonalar tashkil etilgan.

Aholisi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Togoda 45 ga yaqin xalq va etnik guruh bor; mamlakat janubiy va markaziy qismida kva tillarida soʻzlashuvchi xalk^ar (eve, yoruba, mina va boshqalar), qirlarda va ayniqsa Gana bilan chegaraga yaqin joylarda togo, shimolda chokossi xalklari, Togo shimoliy va markaziy qismida gur tillarida soʻzlashuvchi xalklar (kabre, gurma, tem, somba, kotokoli, basari va boshqalar), shuningdek fransuz va livanliklar ham yashaydi. Rasmiy til – fransuz tili. Aholining yarmidan koʻprogʻi mahalliy anʼanaviy dinlarga, qrlganlari xristianlik va islomga eʼtiqod qiladi. Shahar aholisi 30,8%. Yirik shaharlari: Lome, Sokode, Vogan, Kpalime, Atakpame.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Arxeologiya topilmalari Togo hududida odam qadimdan yashaganligi va moddiy madaniyat darajasi yuqori boʻlganligidan darak beradi. 15-asr oʻrtalarida portugaliyaliklar bu yerga kelib, kora tanli qullarni Amerikaga sotish uchun olib keta boshlaganlar. 17– 18-asrlarda qul savdosi avj olishi natijasida Togoning janubda aholi kamayib, bu hol mamlakat tarixiy taraqqiyotiga salbiy taʼsir koʻrsatdi. 19-asrning 2yarmiga kelib, yirik davlat uyushmalari (jan.da Eve uyushmasi, shimolda kotokoli va chokossi musulmon qabilalari uyushmasi) paydo boʻldi. 19-asr oxirida Togo hududini mustamlakachilar bosib ola boshladi. 1884-yil Germaniya komissari Naxtigal Togo koʻli yonidagi Eve uyushmasining hukmdori Mpla 111 bilan protektorat haqida bitim imzoladi. Natijada Togo hududining katta qismida l hukmron boʻlib oldi. 1891–1901-yillarda mamlakat janubda mustamlakachilarga karshi qoʻzgʻolonlar boʻldi. Birinchi jahon urushida Germaniya magʻlubiyatga uchrashi natijasida Buyuk Britaniya Togoning gʻarbiy qismini, Fransiya sharqiy qismini idora qilishga mandat oldi. 1946-yil Sharqiy va Gʻarbiy Togo BMTning Buyuk Britaniya va Fransiya boshqaruvidagi vasiylik hududi deb eʼlon qilindi. Ikkinchi jahon urushidan keyin fransuz Togosida milliy mustaqillik harakati kuchaydya, unga Togo Birlik qoʻmitasi boshchilik qildi. 1956-yil fransuz Togosi Fransiya Hamjamiyati tarkibida oʻzini oʻzi boshqaruvchi respublika deb eʼlon qilindi. Britaniya Togosi 1956-yil referendum natijasida inglizlarning Oltin Qirgʻoq (1957-yildan mustakil Gana davlati)ga qoʻshildi. 1960-yil 27 aprelda Togo mustaqil respublika deb eʼlon qilindi. Togo – 1960-yildan BMT aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini 1993-yil 10 noyabrda tan olgan. Milliy bayrami – 27-aprel – Mustaqillik kuni (1960).

Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Togo xalqi birlashmasi partiyasi, 1969-yil tuzilgan; Yangilanish uchun harakat qoʻmitasi partiyasi, 1991-yil tashkil etilgan; Adolat va demokratiya yoʻlidagi ittifoq partiyasi, 1991-yil asos solingan; Demokratiya va taraqqiyotni qoʻllab quvvatlash birlashmasi partiyasi; Yangi kuchlarni muvofiklashtirish partiyasi, 1993-yil tuzilgan. Togo mehnatkashlari milliy konfederatsiyasi, 1973-yil asos solingan.

Xoʻjaligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Togo – agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda qishloq xoʻjaligining ulushi 32%, sanoatniki 23%, xizmat koʻrsatish sohasiniki 45%. Qishloq xoʻjaligida agʻolining 3/4 qismi band. Qishloq xoʻjaligiga yarokli yerlar 3,5 mln. gektar. Hududining 41% haydaladigan yer va koʻp yillik ekinzorlar, 36%ga yaqini oʻtloq va yaylov. Qishloq xoʻjaligining asosiy tarmogʻi – dehqonchilik. Ichki ehtiyoj uchun maniok, yams, makkajoʻxori, tariq, oq joʻxori, sholi, eksport uchun kofe, kakao, ham ichki ehtiyoj, ham chetga sotish uchun paxta, moyli ekinlar, kokos palmasi, yer yongʻoq, kanakunjut va boshqa yetishtiriladi. Chorvachilik sust rivojlangan. Oz miqdorda qoramol, qoʻy va echki, choʻchqa, uy parrandasi boqiladi. Dengiz, koʻl va daryolarda baliq ovlanadi. Yovvoyi mevalarni terish va ovchilikning ahamiyati katta. Sanoatining yangi tarmoqlari mustaqillik yillarida (konchilik, kimyo, toʻqimachilik, metallurgiya, sement) vujudga keldi, sanoat ishlab chiqarish. surʼatlari oshdi. Asosan, mayda korxonalar mavjud, hunarmandchilik rivojlangan. Lome poytaxt zonasi, shu jumladan dengiz porti zonasi asosiy ishlab chiqarish. markazidir. 70-yillarning oxiridan Togoning shimoli-sharqiy qismida ham sanoat rivojlana boshladi. Mamlakat janubdagi Xaxotoe, Akumape, Kpogame atroflarida fosforit, Gnaulu atrofida dolomit, marmar, dengiz sohilidagi Anexo shahri yaqinida osh tuzi qazib olinadi. Yiliga oʻrtacha 93 mln. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. Ishlab chiqarish. sanoati kimyo, oziq-ovqat, toʻqimachilik, koʻnpoyabzal, poʻlat quyish, metall ishlash va boshqa mayda korxonalardan iborat. Lome yaqinida yiliga 1 mln. tonna neftni qayta ishlaydigan zd bor. Bundan tashqari, sement, metallurgiya, plastmassa buyumlar, kislorod va atsetilen, gugurt, lokboʻyoq ishlab chiqarish. zavodlari qurilgan. Atakpame yaqinida yigiruvtoʻquv kombinati ishlaydi.

Transporti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Temir yoʻli uzunligi 395 km, avtomobil yoʻllari uzunligi 12 ming km, Lome shahridan 9 km uzoklikda yirik dengiz porti mavjud. Havo transportida xalqaro yoʻlovchilar va pochta tashiladi. Lome shahri yaqinida Tokuen xalqaro aeroporti bor. Togo chetga fosforit, sement, qishloq xoʻjaligi. mahsulotlari chiqaradi, chetdan mashina va uskuna, kandshakar, guruch, sut mahsulotlari oladi. Asosan, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari, jumladan, Fransiya hamda Kot d’ Ivuar, Nigeriya va boshqa mamlakatlar bilan savdo qiladi. Pul birligi KFA franki.

Maorifi va ilmiy muassasalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Togo mustaqilligi eʼlon qilingandan keyin 6 yoshdan 12 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun majburiy boshlangʻich taʼlim joriy qilindi. Boshlangʻich maktab 6 yillik, umumiy oʻrta taʼlim maktabida oʻqish muddati 7 yil: toʻliqsiz oʻrta maktab (kollej)da 4 yil va toʻliq oʻrta maktab (litsey)da 3 yil Hunartexnika taʼlimi boshlangʻich maktab negizida, oʻrta texnika taʼlimi toʻliqsiz oʻrta maktab negizida 3–6 yil davomida amalga oshiriladi. Boshlangʻich maktab oʻqituvchilari 2 ped. (normal) bilim yurtida 1–3 yil davomida, oʻrta maktab oʻqituvchilari esa pedagogika institutida tayyorlanadi. Oliy taʼlim Lomedagi Benin universiteti (1965-yildan kollej, 1970-yildan unt) da olinadi. Universitet tarkibida tibbiyotbiol. fakulteti, adabiyot maktabi, tibbiy fanlar maktabi, huquq va boshqaruv oliy maktabi, iqtisodiyot va biznes oliy maktabi, oliy muhandislik maktabi, oliy qishloq xoʻjaligi. maktabi, sogʻliqni saqlash va biol. fanlari instituti, tibbiyot maktabi, milliy pedagogika instituti, oliy jurnalistika instituti bor. Toʻliqsiz oliy maʼlumot beradigan bir qancha kollejlar: Kpalimeda agronomiya sohasida kasb taʼlimi maktabi (1901), Lomeda meʼmorlik maktabi (1975), Milliy maʼmuriy maktab (1958), Sokodeda Texnika kolleji ham bor. Togolar Benin universiteti, Demografiya muammolari tadqiqot instituti, Afrika xalqaro huquq institutida, Lomedagi Toʻqimachilik va paxta tadqiqot instituti (1948), Milliy ilmiy tadqiqot instituti (1965), Ilmiy texnika tadqiqot byurosi (1949), Tropik agronomiya tadqiqot institutida olib boriladi. Milliy kutubxona, universitet kutubxonasi, Milliy muzey ham bor.

Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Togoda nashr etiladigan gaz. va jurlar: "Jurnal ofisyel de la Repyublik Togolez" ("Togo Respublikasining rasmiy gazetasi", hukumatning fransuz tilidagi kundalik xabarnomasi), "Togopress" (fransuz, eve va kabre tillarida chiqadigan kundalik gazeta, 1962-yildan), "Togo dialog" (hukumatning oylik jurnali), "Evey dyu Travayer Togole" ("Togo meqnatkashlarining uygʻonishi" (1 oyda 2 marta chiqadigan gaz.,). Togo matbuot agentligi 1975-yil tashkil etilgan. Togo (Xalqaro) radioeshittirishi – Lome radiosiga 1953-yil, Togo (Milliy) radioeshittirishiga 1979-yil asos solingan.

Meʼmorchiligi va tasviriy sanʼati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Togo qishloqlari koʻpincha qir yon bagʻirlariga joylashgan boʻlib, muayyan rejasiz qurilgan. Oʻrmonlar orasida doyra shaklida loydan qurilgan konussimon poxol tomli uylar uchraydi. Togli va janubiy viloyatlarda uylar yogʻochdan toʻrt burchakli, tomi yassi yoki ikki tomonga nishab qilib, laguna sohillarida esa qoziq oyoklar ustiga quriladi. Shim,da atrofi devor bilan oʻralgan, bir necha 2–3 qavatli uylardan iborat qoʻrgʻonlar quriladi, Lome, Anexo, Kpalime, Sokode, SansanneMongo shaharlarida maʼmuriy markazlar va yangi turar joy mavzelarida yevropacha binolar zamonaviy material hamda konstruksiyalardan qurilgan. Togo janubda yashovchi xalklar yogoch oʻymakorligi sohasida goʻzal sanʼat asarlari yaratganlar. Ajdodlarning siymolari, "ibeji" deb atalgan juft haykalchalar shaklining mayinligi va nozikligi bilan ajralib turadi. Temir, yogoch, loydan yasalgan haykallar (urush xudosi Guning tasviri) va muqaddas hayvonlarning tasvirlari mashxur. 1960-yillardan milliy rassomlik maktabi vujudga kela boshladi. Yevropada va mahalliy rassomlik maktablarida taʼlim olgan rassom va haykaltaroshlar (P. Ayi, F. Sambiani, D. Gbenon, E. Dablya, R. Dalakena, L. F. Togbunu, D. Xunse va boshqalar) oʻz asarlarida xalklar turmushi va hayotiy muammolarni aks ettiradilar. Badiiy hunarmandlikda yogoch, metall va fil suyagi oʻymakorligi, badiiy kashtachilik, savat toʻqish keng tarqalgan.

Teatr sanʼati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Togo xalqlarining madaniy merosi, chunonchi anʼanaviy urfodat va marosimlar, xalq bayramlari asosida shakllangan. Griotlar – sayyor baxshilar, xonanda va sozandalar ijodi xalq teatrini vujudga keltirish va rivojlantirishda boy manba boʻlib xizmat qildi. Ularning koʻngilochar hajviy tomoshalarida xasislik, yolgʻonchilik, riyokorlik mazax qilinardi. 20-asrning 40-yillarida zamonaviy teatr rivojlandi. Maktablarda havaskorlik toʻgaraklari tashkil etildi. 60-yillarda havaskor teatr jamoalari paydo boʻldi. 1963-yil dramaturglar M. Aytnard va D. Ananu rahbarligida Togo yoshlarining teatr va folklor guruhi faoliyat boshladi. Lomedagi "Agokoli" yarim professional truppasi 70–80-yillarda ayniqsa mashhur boʻldi. 1974-yil davlat koʻmagi bilan teatr, balet va musiqa seksiyalaridan iborat professional Togo milliy truppasi tuzildi. 1970-yildan drama sanʼati va xalq qoʻshiqlari koʻrikfestivallari oʻtkaziladi.