Paragvay

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Paragvay Respublikasi
Paragvay davlat bayrogʻi   Paragvay davlat gerbi
Bayroq Gerb
Shior: Paz y justicia
(Ispancha: Peace and justice)
Madhiya: Paraguayos, República o Muerte
(Paraguayans, the Republic or Death)
Paragvay Xaritasi
Poytaxt Asunsiyon
Rasmiy til(lar)
Hukumat Prezidentlik Respublika
 •  Prezident   Federico Franco
Mustaqillik   Ispaniyadan
 •  Sana   14 may 1811
Maydon  
 • Butun 406,750 km² (59-)
 • Suv (%)
Aholi  
 • 2002 roʻyxat 6,347,884 (101- oʻrin)
 • Zichlik 15/km²
YaIM (XQT) 2005- yil roʻyxati
 • Butun AQSh$31,790 mil. (92-)
 • Jon boshiga AQSh$5,008
Pul birligi Guarani (PYG)
Vaqt Mintaqasi (UTC)
 • Yoz (DST)
Qisqartma PA
Internet domen .py
Telefon prefiksi +595

Paragvay (Paragvay Respublikasi) poytaxti — Asunción shahri. BMT aʼzosi. Paragvay (Paraguay), Paragvay Respublikasi (Republika de Paraguay) — Jan. Amerikaning markaziy qismida joylashgan davlat. Mayd. 406,8 ming km2. Aholisi 5,8 mln. kishi (2002). Poytaxti — Asunson sh. Maʼmuriy jiqatdan 19 departament (departamento) va poytaxt okrugiga boʻlinadi.


Davlat tuzumi[tahrir]

P. — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1992 y. 21 iyunda qabul qilingan. Davlat va hukumat boshligʻi — prezident (1999 y.dan Luis Gonsales Makki), u umumiy toʻgʻri ovoz berish yoʻli bilan 5 y. muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Milliy kongress (2 palatali parlament — senat va deputatlar palatasi), ijrochi hokimiyatni prezident boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi.


Tabiati[tahrir]

P. relyefi, asosan, tekislik. Markaziy qismini Paragvay daryosi boʻyidagi botqokli pasttekislik, shim.-gʻarbini Granchako tekisligining bir qismi, jan.-sharqini Braziliya yassitogʻligining bir qismi egallaydi. Oz mikdorda temir, marganets, mis ruda konlari bor. Iqlimi — tropik, issiq iqlim. Oʻrtacha t-ra iyulda 17—19°, yanvar

da 27—29°. Yillik yogʻin gʻarbda 700 dan sharkda 2000 mm gacha. Yirik daryolari: Parana, Paragvay va ularning irmoklari. Tuprogi sharkda kizil ferralit, markazda oʻtloqi, gʻarbda jigarrang-qizil tuproq. Mamlakat hududining teng yarmi qimmatbaho da-raxtlar (kvebraxo, mate) oʻsadigan oʻrmon. P.da tapir, pekar, yaguar, suv choʻchqasi, botqoq bugʻusi, puma, zirxli, nosux, kapibar kabi hayvonlar, keng burunli maymunlar, turli-tuman qushlar yashaydi. Milliy bogʻlari — Defensores-delchako, Tinfunke va b.

Aholisi, asosan, paragvaylar (ispan kelgindilari bilan indeys ayollari ni-kohidan vujudga kelgan metislar). In-deyslar, nemislar, argentinlar ham yashaydi. Rasmiy tili — ispan tili, koʻpchilik guarani indeys tilida soʻzlashadi. Dindorlarning aksariyati — ka-toliklar. Aholining 50,5% shaharlarda istiqomat qiladi. Yirik shaharlari: Asunson, Vilyarrika, Konsepson.


Tarixi[tahrir]

Yevropaliklar 1527 y. mamlakatga kelishidan avval bu yerda guarani indeyslari yashagan. 1535 i. P. Ispaniya mustamlakasiga aylantirildi. Mahalliy aholi qirib tashlandi, qolganlar qul qilindi. 17—18-a.larda iyezuitlar davlati mavjud boʻldi. Ispaniya mustamlakalarining mustaqillik yoʻlidagi urushi natijasida P. 1811 y. mustaqillikka erishdi va respublika deb eʼlon qilindi, mamlakatda inqilobiy xunta hukmronlik qila boshladi. 1842 y.da qullik bekor qilindi. 1844 y.da birinchi konstitutsiya qabul etildi. 1864—70 y.larda P. hududining yarmini Argentina va Braziliya bosib oldi. Yirik latifundiya egalari bilan harbiylar Milliy respublikachilar uyushmasi ("Kolorado")ga birlashdi. P. 1-jahon urushida betaraf turdi. 2-jahon urushida ham betaraflik eʼlon qilsada, Germaniyaga koʻmaklashdi, urushdan keyin nemis har-biy jinoyatchilariga boshpana berdi. Urush davrida yangi sanoat tarmoqlari vujudga keldi, davlat savdo floti tashkil topdi. P. 1945 y. fevralda Germaniya va Yaponiyaga urush eʼlon qildi.Urushdan keyin mamlakatda ketmaket davlat toʻntarishi boʻlib turdi va 1954— 89 y.larda A. Stresner (1954—89 y.larda prezident) harbiy politsiyachilar dik-taturasi hukm surdi. 90-y.lardan fuqarolar hukumati qokimiyatni idora kila boshladi. P. — 1945 y.dan BMT aʼzosi. OʻzR bilan 2001 y. avg .da diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayrami — 14 may — Mustaqillik kuni (1811).


Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari[tahrir]

Liberal partiya, 1961 y. anʼanaviy liberal partiya parchalanganidan keyin tuzilgan; Liberal-radikal partiya, 1961 y. tashkil etilgan: Milliy respublikachilar uyushmasi — "Kolorado" partiyasi, 1887 y. asos solingan; P. kommunistik partiyasi, 1928 y. tuzilgan; Haqiqiy liberal-radikal partiya, 1977 y. tashkil etilgan; Inqilobiy febrero partiyasi, 1951 y. fevralda Febrero (fevralchilar) partiyasi nomi bilan tuzilgan; Xristian-demokratik partiya, 1965 y. asos solingan. Mehnatkashlar birlashgan kasaba uyushma markazi, 1980 y. tuzilgan; P. mehnatkashlar konfederatsiyasi, 1951 y. tashkil etilgan.


Xoʻjaligi[tahrir]

P. — iqtisodiy jiqatdan kam rivojlangan agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda qishloq va oʻrmon xoʻjaligining ulushi 26,6%, sanoatning ulushi 17,4%. Xoʻjalikning asosiy tarmoklari: chorvachilik va oʻrmonchilik.


Qishloq xoʻjaligi[tahrir]

Mamlakat hududining chorak qismidan q.x.da foydalaniladi, shundan salkam 90% oʻtloq va yaylov, 10% ekinzor. Yaylov chorvachiligi gusht yetishtirishga ixtisoslashgan. Qoramol, qoʻy va ot boqiladi. Asosiy oziq-ovqat ekinlari: makkajoʻxo-ri, maniok, sholi, bugʻdoy, batat, sha-karqamish, loviya, sitrus mevalar va b. Eksport uchun tamaki, choy, paxta, kofe, tung yongʻogʻi, soya yetishtiriladi. Tokzorlar bor. Tropik yogʻochlar tayyorlanadi.

Sanoati zaif. Yetakchi tarmoklari: q.x. xom ashyosini qayta ishlash, oziqovqat sanoati (kushxonalar), yogʻochsozlik, toʻqimachilik, koʻn-poyab-zal, oshlovchi kebracho ekstrakti, sement i.ch. va b. Neftni qayta ishlash, oʻsimlik moylari, kand-shakar i.ch. korxonalari bor. Yiliga oʻrtacha 2,4 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qili-nadi. Tuz va ohaktosh qazib olinadi. Xorijiy kompaniyalar yordamida neft va uran konlari oʻrganila boshladi. Mamlakat tashqi savdo yuklarining deyarli hammasi Parana va Paragvay daryolari orqali tashiladi. Eng katta porti — Asunson. T. y. uzunligi — 1,5 ming km ga yaqin, avtomobil yoʻllari uz. 25,7 ming km. P. chetga goʻsht va goʻsht mahsulotlari, paxta, neft va neft ekstrakti, yogʻoch, tung moyi va b. chiqa-radi, chetdan neft va neft mahsulotlari, mashina va uskunalar, transport vositalari, oziq-ovqat mahsulotlari va b. oladi. Braziliya, Argentina, Germaniya, AQSH bilan savdo qiladi. Pul birligi — guarani.

Maorifi, ilmiy va madaniymaʼrifiy muassasalari. Maorif tizimida boshlangʻich maktabning 3 y.lik, 5 y.lik, 6 y.lik turlari bor. Oʻrta mak-tab (oʻqish muddati 6 y.) ikkita 3 y.lik bosqichdan iborat. Hunar-texnika oʻquv yurtlari boshlangʻich maktab va 1-bos-qich oʻrta maktab negizida ishlaydi. P.da 21 oliy oʻquv yurti bor, yiriklari: Asunsondagi Milliy universitet (1890 y. asos solingan), "Nuestra Senora de la Asunson" katolik universiteti (1960). Davlat ilmiy muassasalari: Atom energiyasi milliy komissiyasi (1965), Botanika bogʻi (1914), Harbiy geografiya instituti (topografiya haritalari), Guarani tili madaniyati akademiyasi (1975); xususiy ilmiy muassasalari: P. ilmiy jamiyati (1921), P. pediatriya va bolalar gigiyenasi instituti (1928), P. tarixiy tadqiqot instituti (1937) va b. Asunsonda Milliy kutubxona, Nafis sanʼat va kad. yodgorliklar milliy mu-zeyi, Tabiiy tarix va etn. muzeyi bor.

Matbuoti, radioeshittirishi va te-lekoʻrsatuvi. P.da nashr etiladigan asosiy gaz. va jur.lar: "A Be Se kolor" (kundalik gaz., 1967 y.dan), "Adelan-te!" ("Olgʻa!", oylik gaz., 1942 y.dan), "Voye de trabaxo" ("Mehnat sasi", 2 qaftada 1 marta chikadigan jur.), "Dia" ("Kun", kundalik gaz.), "Notisias" ("Yangiliklar", 1844 y.dan), "Patria" ("Vatan", kundalik gaz., 1946 y.dan), "Perspektivas" ("Istiqbollar", jur., 1986 y.dan), "Popular" ("Xalq gazetasi", kundalik gaz.), "Progreso" ("Taraqqiyot"), "Pueblo" ("Xalq", haftanoma, 1964 y.dan), "Ultima ora"("Soʻnggi soat", kundalik kechki gaz., 1977 y.dan). Milliy axborot agentligi yoʻq. Radio va televideniye kanallari tijorat asosida ishlaydi.

Adabiyoti ispan va guarani tillarida. Mustamlaka davrida yozma adabiyot deyarli boʻlmagan, guarani indeyslarining boy ogʻzaki ijodi rivojlangan. Mamlakat mustaqillikka erishganidan keyingina P. adabiyoti sheʼriyatdan boshlandi. Birinchi romantik shoir N. M. Talaver (1839—67) vatanparvarlik ruhidagi sheʼrlari bilan adabiyot maydoniga chikdi, milliy madhiya ham uning qalamiga mansub. 20-a. boshlarida maʼrifatparvarlik gʻoyalari keng tarqaldi, bu sohada M. Dominges, S. Baes kabi yozuvchilar, X. E. O’Liri, M. Ortis Gerrero kabi shoirlarning asarlari diqqatga sazovor. Shoir X. Korrea milliy dramaturgiyaga asos soldi ("Baxtsizlarning zorligi" pyesasi). 20-a. 2yarmidan badiiy proza ravnaqtopa boshladi. A. Roa Bastosningoʻz xalqi taqsirini tasvirlovchi hikoyalar toʻplami va "Inson farzandi" romani (1960) P. adabiyotini yuqori po-gʻonaga koʻtardi. Ijtimoiy nizolarni mifologik motivlar orkali tasvirlovchi bu asar jahon adabiyoti xazina-siga munosib hissa boʻlib qoʻshildi. Mamlakatda harbiy-politsiya diktatu-rasi davrida koʻpgina yozuvchilar chet ellarda yashab, ijod qilishga majbur boʻldi. 90-y.lardan P. adabiyoti yanajonlana boshladi.


Meʼmorligi va tasviriy sanʼati[tahrir]

P. aholisi qadimdan somonli xom gʻisht, loy va qamishdan qurilgan kulbalarda yashab kelgan. Mustamlaka davrida barpo etilgan mustahkam manzilgoxlarda yogʻoch va xom gʻishtdan ibodatxona, ustaxona, bozor, lashkargoxlar qurilgan, ularning atrofida indeyslarning kulbalari joylashtirilgan. 17—18-a.larda hashamatli cherkovlar barpo etiddi. 1840—65 y.larda P. poytaxti — Asunson sh. qayta re-jalashtirilib, yevropacha uslubda qurildi. P. mustaqillikka erishgach, yirik shaharlarda saroy va jamoat binolari klassitsizm va italyan uygʻonish davri uslublarida tiklandi, gʻisht va toshdan 2—3 qavatli turar joylar kurila boshladi. Keyingi yillarda AQSH va Braziliya meʼmorlari ishtirokida jamoat majmualari, sanoat inshootlari va uy-joylar zamonaviy binokorlik materiallaridan qurildi.

P. hududida qad. zamonlarda yashagan indeys qabilalari ovchilik, baliq ovlash, dehqonchilik bilan shugʻullangan va guldor sopol idishlar yasash, badanga naqsh solish, kashtali kiyimlar tikish sanʼatini rivojlantirgan. Indeys kulbalarida yoshlarga naqshinkorlik va oʻymakorlik sirlari oʻrgatilgan.

19-a. oʻrtalarida rassomlik maktabi vujudga keldi, ilk mahalliy rassomlar (manzarachi S. Rios, portretchi A. Garsia) xalq hayotini va mamlakat tabiatini aks ettiruvchi asarlar yaratdilar. 20-a.

da rassom P. Alborno, haykaltarosh V. Polyarolo, fafik X. dela Erreriya va b. sanʼatkorlar ijodida mamlakat tarixi, manzaralari va xalq anʼanalari ifodalab berildi. AQSH va Yevropa sanʼati taʼsirida shaklbozlik, avangardizm oqimlari ham tarqaldi. Hunarmandchilikda badiiy toʻr toʻqish, choyshabga gul, kush, jonivorlar tasvirini tushirish, naqqoshlik, kulollik, suyak va yogʻoch oʻymakorligi, kumush va mis taqinchoqlar yasash sanʼati rivojlangan. Indeyslarning sopol idishlarni qolipaki naqshlash, qush patidan turli bezaklar ishlash sanʼati hamon saqlanib qolgan.


Musiqasi[tahrir]

Indeyslarning musiqa janrlari xilma-xil: marosim va meqnat qoʻshiklari, davra oʻyin aytishuvlari, tarixiy aytimlar va ishqiy la-parlar, taronalar va h.k. Fleyta (mim-bi), va hushtak turlari, suyak va yogʻoch trubalar, baraban, shaqildoq kabi chol-gʻular ommalashgan.. Paragvayliklar musiqasi butun Lotin Amerikasidagi kreol musiqasi bilan mushtarak boʻlishiga qaramay, milliy oʻziga xos tomonlari bor (qoʻshiq janrlari — kanson va guaraniya; cholgʻu asboblari — gitara va arfa). Professional musiqa 19-a.dan rivojlana boshladi. 20-a.da konsert faoliyati urf boʻldi. 19a. oxiri — 20-a. boshlarida dastlabki musika muassasalari, jamiyatlari, uyushmalari tashkil etildi. Kompozitorlar ora-sida R. Ximenes, E. Ximenes, X. A. Flopec, X. K, Moreno Gonsalesni koʻrsatish mumkin. Asunsonda musiqa bilim yurti, xususiy musiqa maktablari bor.


Teatri[tahrir]

Dastlabki teatr tomoshalari 16-a. oʻrtalarida koʻrsatildi. Mustamlaka davrida, asosan, diniy mazmundagi asarlar sahnalashtirildi. Milliy teatr sanʼati 19-a. oʻrtalaridan rivojlana boshladi. 1858 y. Asunsonda teatr binosi qurildi. 20-a.da poytaxtda "Granados", "Nasonal", "Independyente" teatrlari, A. Sunye rahbarligidagi P. drama va komediya truppasi ishladi. Shu davrda guarani teatri ham rivojlandi. X. Korrea bilan bir qatorda F. M. Barrios, R. Senturion Miranda, X. Pla kabi dramaturglarning asarlari, E. Baes, E. Reysofer kabi aktyorlarning ijrosi tomoshabinlarga manzur. [1]


Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil