Jeneva

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Shahar
Jeneva
frans. Genève
JetDo.jpg
Bayroq Gerb
Bayroq Gerb
Mamlakat Shveysariya
Kanton Jeneva
Koordinatalari 46°12′N 6°9′E / 46.200°N 6.150°E / 46.200; 6.150Koordinatalari: 46°12′N 6°9′E / 46.200°N 6.150°E / 46.200; 6.150
Rahbar Pyer Mode
Ilk eslatilishi m.av 58 yil
Maydoni 15,86 km²
Markazi balandligi 375 m
Aholisi 194 458 
Zichlik 12 040 kishi/km²
Aglomeratsiya 1 240 000 kishi
Vaqt mintaqasi UTC+1, yozda UTC+2
Pochta indeksi 1200
Avtomobil kodi GE
Rasmiy sayti http://www.ville-geneve.ch
(frans.) (olm.) (ingl.) (ital.)
Jeneva (Shveysariya)
Jeneva

Jeneva — Shveysariyaning jan.gʻarbidagi shahar. Jeneva kantonining maʼmuriy markazi. Jeneva koʻlining jan.-gʻarbiy sohilida, 372 m balandlikdagi xushmanzara yerda joylashgan. Koʻldan oqib chiqadigan Rona daryosi shahar oʻrtasidan oʻtgan. Iqlimi yumshoq, yillik yogʻin 1000 mm chamasida. Aholisi 172 ming kishi, shahar atrofi bilan 390 ming (1998).

J. (lot. Genava) dastlab Yuliy Sezar tomonidan mil. av. 1-a.da tilga olingan. Savdo yoʻllari chorrahasida joylashganidan shaharning iqtisodiy mavqei kuchayib bordi. 14—15-a.larda oʻzining yarmarkalari bilan mashhur edi. 16-a.dan Shveysariya tarkibidagi ittifoqdosh yer; Kalvin davrida (16-a.) reformatsiya markazi boʻlgan. 16— 17-a. larda J.da sanoat, jumladan soatsozlik rivojlandi. 1798—1814 y.larda Fransiya tarkibida boʻldi. 1815 y.dan Shveysariyaning 22-kantoni. J.— bir qancha xalqaro tashkilotlar, jumladan, Millatlar Ligasi (1919—39), Qizil Krest organlari, BMT turli boʻlimlarining doimiy qarorgohi. J.da xalqaro kongresslar, konferensiyalar, koʻrgazmalar va festivallar oʻtkazilib turiladi. Kurort shahar, chet el turizmining markazlaridan.

J.— transport yoʻllari tuguni, koʻl porti. Yirik aeroport bor. Mamlakatning muhim siyosiy, sanoat va savdo moliya markazlaridan. Zargarlik butomlari, aniq mexanika (soatlar, geodeziya asboblari, aniq apparatura va b.), stanok sozlik, elektron texnika, mashina sozligi, dvigatellar i.ch., farmatsevtika, parfyumeriya, toʻqimachilik, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Un-t va b. oliy oʻquv yurtlari, teatrlar, muzeylar bor. J.ning kad. qismi Ronaning soʻl sohilida joylashgan. Meʼmoriy yodgorliklardan Sen-Pyer sobori (12— 18-a.

lar), Sent-Mari-Madlen va Sen-Jermen (14-a.) cherkovlari (14—15-a.lar), ratusha (15-a.), Enar saroyi (1817—21), Uygʻonish davri va mumtoz qoʻshqlar (17—19-a.lar) saqlangan. Yangi shahar qismida Millatlar saroyi, Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti, Atom energiyasi boʻyicha xalqaro agentlik (MAGATE) binosi va b. zamonaviy inshootlar joylashgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil