Senegal

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Senegal (Senegal), Senegal Respublikasi (Republique du Senegal) — Gʻarbiy Afrikada joylashgan davlat. Mayd. 196,2 ming km2. Aholisi 10,6 mln. kishi (2002). Poytaxti — Dakar sh. Maʼmuriy jihatdan 10 viloyat (region)ra boʻlinadi.

Davlat tuzumi. S — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 2001 y. 7 yanv.

da maʼqullangan. Davlat boshligʻi — prezident (2000 y.dan Abdulay Vad), u umumiy toʻgʻri yashirin ovoz berish yoʻli bilan 5 y. muddatga saylanadi va yana bir marta qayta saylanishi mumkin. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Millat majlisi (parlament) va ijrochi hokimiyatni bosh vazir boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi.

Tabiati. S hududining aksariyat qismi Atlantika okeani sohiliga qarab pasayib boradigan pastbaland tekislikdan iborat. Shim.dagi sohil chizigʻi tekis, jan.da daryolarning estuariylari bilan biroz parchalangan. S. hududida temir ruda, fosforit, alyumofosfat, qalay, mis, ohaktosh, volfram, tantal, toshtuz, boksit, neft, niobiy, marmar konlari topilgan. Iklimi subekvatorial, shim.da quruq va jan.da nam iqlim. Oʻrtacha oylik tra yil davomida deyarli oʻzgarmaydi (yanv.da 23°, iyulda 28°). Yillik yogʻin shim.da 250—300 mm dan jan.

da 1500 mm gacha. Yirik daryolari — Senegal, Gambiya va Kazamans. Qizilqoʻngʻir tuproklar koʻproq uchraydi. Shim.da chala choʻl oʻsimliklari usadi, krlgan joylarda savannalar va siyrak oʻrmonlar bor. Hayvonot dunyosi: savannalarda kiyik, milliy bogʻlarda chiyaboʻri, sirtlon, qoplonlar yashaydi. Kemiruvchilar, qushlar, sudralib yuruvchilar va hasharot koʻp. Qirgʻoq boʻyi suvlari baliqqa boy. Tabiatni saklash maqsadida Juj, NiokoloKoba, DeltaSaluma va b. milliy bogʻlar tashkil etilgan.

Aholisining koʻpchilik qismini (87%) gʻarbiy atlantika tillari oilasiga kiruvchi volof, fulbe, serer, diola va b. xalqlar tashkil etadi; arablar, yevropaliklar (asosan, fransuzlar) ham yashaydi. Rasmiy til — fransuz tili. Shahar aholisi 42,3%. Aholining aksariyati musulmonlar. Katoliklar ham bor. Yirik shaharlari: Dakar, Kaolak, Tiyes.

Tarixi. S. hududida paleolit davrida manzilgoxlar paydo boʻlgan. Oʻrta asrlarda bu yerlar toʻla yoki qisman Gana, Mali, Songay davlatlari tarkibiga kirgan. 9—18-a.larda S hududida bir necha davlat paydo boʻlgan. 15-a.da bu yerga portugallar bostirib kirib, fil suyagi, aqoqiyo, oltin qumni tashib keta boshlagan, 16-a.

dan qul savdosini avj oldirgan. 17-a.

dan fransuzlarning kirib kelishi boshlangan. 1895 y. S hududi Fransuz Gʻarbiy Afrikasi tarkibiga kiritildi. 1-jahon urushidan keyin S.da dastlabki siyosiy tashkilotlar vujudga keldi. 1939— 45 y.lardagi 2-jahon urushi vaqtida S. hududi "Ozod Fransiya"ning tayanch bazalaridan biri, ittifoqchilarning muhim harbiydengiz bazasi boʻldi. Urushdan soʻng S.da milliy ozodlik harakati kuchaydi. 1958 y. referendum natijalariga koʻra, S. Fransiya hamjamiyati tarkibidagi oʻzini oʻzi boshqaruvchi respublikaga aylandi. 1959 y. yanv.da S va Fransiya Sudani Mali Federatsiyasiga birlashdi. 1960 y. 4 apr.dagi bitimga muvofiq, Federatsiyaga mustaqillik berildi. 20 avg .

da S. Federatsiyadan chikdi va mustaqil respublika deb eʼlon qilindi. S. 1960 y.dan BMTaʼzosi. Milliy bayrami — 4 apr. — Mustaqillik kuni (1960).

Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari. Sotsializm va birlik harakati partiyasi, 1981 y. asos solingan; Demokratik ittifoq — Mehnat partiyasini tuzish harakati partiyasi, 1974 y. tuzilgan; Milliy demokratik birlashma partiyasi, 1976 y. tashkil etilgan; Mustaqillik va mehnat partiyasi, 1957 y. asos solingan sobiq S. mustaqilligi afrikaliklar partiyasi yoʻlining davomchisi, taʼsis qurultoyi 1981 y. oʻtkazilgan; S. demokratik partiyasi, 1974 y. tuzilgan; S. sotsialistik partiyasi, 1948 y. asos solingan; Demokratik yangilanish partiyasi, 1997 y. tashkil etilgan. S. meqnatkashlari milliy konfederatsiyasi, 1969 y. tuzilgan.

Xujaligi. S. — iqtisodiy zaif agrar mamlakat. Yalpi mahsulotda q.x.ning ulushi 19%, sanoatning ulushi 17%, xizmat koʻrsatish sohasining ulushi 64%. S. eksporti qiymatining yarmiga yaqini q.x.ga toʻgʻri keladi, mehnatga layoqatli aholining 3/4 qismi shu sohada band. Yer yongʻoq yetishtirish va uni qayta ishlash muhim ahamiyatga ega (dunyoda yetakchi oʻrinlardan biri). Tariq, maniok, sholi, batat, makkajoʻxori, moyli palma, paxta ham yetishtiriladi. Mevachilik va sabzavotchilik bilan shugʻullaniladi. Qoramol, qoʻy, echki, uy parrandasi boqiladi. Baliq ovlanadi. Sanoatida fosforit (asosan, eksportga), osh tuzi, marmar qazib olinadi. Yiliga oʻrtacha 769 mln. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. I.ch. sanoati, asosan, yer yongʻoqni qayta ishlashga ixtisoslashgan. Bunday korxonalarning aksariyati Yashil Burun ya.o.da joylashgan. Yengil sanoat tarmoqlaridan toʻqimachilik va poyabzal (Dakarda) i.ch. rivojlangan. Sement, mebel, taxta tilish, metallsozlik, kimyo sanoati (fosforit asosida oʻgʻit i.ch.) va neftni qayta ishlash korxonalari bor. Hunarmandchilik qad. soha hisoblanadi. Temir yoʻllar uz. 0,9 ming km, avtomobil yoʻllari uz. 14,6 ming km. Senegal daryosida kema qatnaydi. Dengiz porti va xalqaro aeroporti — Dakar. Chetga yer yongʻoq moyi, kunjara, fosforit chiqaradi, chetdan oziq-ovqat, mashina va asbobuskuna, toʻqimachilik mahsulotlari, poyabzal, neft keltiradi. Asosan, Fransiya, Kamerun, Italiya bilan savdo kiladi. Pul birligi — afrika franki.

Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari. Taʼlim tizimi fransuzcha uslubda tashkil topgan. Birinchi boshlangʻich maktab 1816 y., birinchi kollej 1843 y. ochilgan. Mustaqillik eʼlon qilingan paytda aholining 95% savodsiz edi. 1963 y. 6 yoshdan 12 yoshgacha majburiy boshlangʻich taʼlim toʻgʻrisida qonun qabul qilindi. Boshlangʻich maktab 6 y.lik. Oʻrta maktabda oʻqish 7 yil: 4 y. toʻliqsiz oʻrta (kollej) va 3 y. toʻliqoʻrta (litsey). Hunartexnika taʼlimi boshlangʻich maktab negizidagi hunar maktabida (3 y.), texnika kollejida (4 y.), texnika litseyida (7 y.) amalga oshiriladi. Oliy taʼlim tizimida Dakar un-ti (1949), Gor mutatsiya un-ti faoliyat koʻrsatadi. Ularda oʻqish muddati 4 y.dan 6 y.gacha. lllyningdek, oliy kollejlar: Dakarda veterinariya tibbiyot maktabi, milliy maʼmuriy maktab, Tiyesda politexnika maktabi va b. bor. Kutubxonalari: Dakarda S. arxivi kutubxonasi bilan (1913), Qora Afrika fundamental in-tining kutubxonasi (1938), un-t kutubxonasi (1952), Tiyesda Politexnika maktabining kutubxonasi. Muzeylari: Dakarda Afrika sanʼati muzeyi (1936), Qora Afrika Fundamental in-ti muzeyi, Gorda Tarix muzeyi, Dengiz muzeyi (1959) va b.

Ilmiy muassasalarning kupi Dakar un-ti tarkibiga kiradi, ularning eng yirigi Qora Afrika Fundamental inti. Bundan tashqari, Milliy arxiv (1913), Milliy sanʼat in-ti (1972), Fantexnika tadqiqotlari byurosi, Q.x. instituti (1974, 10 ilmiy markaz va lab.lari bilan birga), Paster in-ti (1896), Afrika mintaqaviy texnologiya markazi (1977), Afrika iqtisodiyotni rivojlantirish va rejalash muammolari in-ti (1963), Tropik oʻrmonni oʻrganish markazi (1966), ilmiy jamiyatlar va b. bor.

Matbuoti, radioeshittirishi va telakoʻrsatuvi. Eng muhim gaz. va jur.

lari: "Soley" ("Quyosh", kundalik umummilliy gaz., 1970 y.dan), "Jurnal ofisyel de la Repyublik dyu Senegal" ("Senegal Respublikasining rasmiy gazetasi", hukumatga qarashli haftalik rasmiy xabarnoma, 1856 y.dan), "Sopi" (haftalik gaz.), "Daan doole" ("Mehnatkash", oylik gaz., 1982 y.dan), "Karfur" ("Chorraha", 2—3 oyda bir marta chiqadigan gaz., 1984 y.dan), "Politisyen" ("Siyosatchi", oylik hajviy gaz., 1977 y.dan), "Yunite Afriken" ("Afrika birligi", oylik gaz., 1974 y.dan), "Afrika" (oylik jur., 1962 y.dan), "Gestu" ("Tadqiqot", 2 oyda bir marta chikadigan nazariy jur.), "Taksau" ("Qoʻzgʻol", oylik jur., 1977 y.dan), "Etiopik" (oylik ijtimoiy-siyosiy va adabiy jur., 1975 y.dan). S. axborot agentligi — SAA — hukumat axborot agentligi; S. radioeshittirish va telekoʻrsatuv boshqarmasi — xukumat mahkamasi, 1972 y. tuzilgan.

Adabiyoti fransuz va mahalliy tillarda. S.da baxshigriotlar ijro etadigan qad. ogʻzaki sheʼriy anʼana mavjud. Mustaqillik eʼlon qilingandan keyin mahalliy milliy tillarda yozuv paydo boʻla boshladi. Bakari Dialloning oʻz hayoti asosida yozgan "KuchSahovat" qissasi (1926, birinchi adabiy asar hisoblanadi)dan soʻng Usmon Sose Diopning "Karim" (1935), "Parij saroblari" (1937) romanlari bosilib chiqdi. 2-jahon urushidan soʻng adabiyotning rivoji jadallashdi. L. Sengorning chuqur milliy sheʼriyati xalqni ozodlik kurashiga ruhlantirdi. 50—60y.larda Abdulay Saji, Shayx Hamidu Kan, U. Semben romanlari dunyo yuzini koʻrdi. U. Semben "Vatanim mening , oʻktam xalqim mening", "Harmattan — issiq shamol" romanlarini milliy ozodlik kurashi mavzuiga bagʻishladi. Yosh avlodga mansub shoirlardan Malik Fall va Ibrohim Sourang , dramaturglardan Lamin Diakxate, Amadu Sisse Dia, Mamadu Traore Diop va Sheyk Ndaolar ijtimoiy muammolarga, xalqning qahramonona oʻtmishiga koʻp eʼtibor berdilar.

Meʼmorligi va tasviriy sanʼati. Oʻrta asrlar madaniyat yodgorliklaridan unchalik baland boʻlmagan doirasimon daxmalar, toʻgʻri burchakli va doira kesimli megalitmengirlar (12—14-a.lar, Tambakunda yaqinida), zoʻr mahorat bilan ishlangan zargarlik buyumlari: kumush va tilla marjonlar, turli zebziynatlar, sopol va mis idishlar saqlanib qolgan. Aholining turar joylari shoxshabbadan toʻrtburchak shaklda ishlangan tomi toʻrt nishabli chaylalar boʻlib, sirti va ichi loy bilan suvaladi (garbiy tumanlarda), aylanma shakldagi kulbalar tomi konus tarzida oʻtoʻlan bilan yopiladi, toʻgʻri burchakli bostirma kulbalar ham uchraydi (sharqiy tumanlarda). Peshayvon bilan oʻralgan choʻziq doirasimon turar joylar jan. tumanlarga xosdir. Ularning old tomoni qizil va koʻk rangda jonivorlar va zamonaviy texnika — samolyot hamda paroxod rasmlari bilan bezatiladi. S.ga islom dini kirib kelishi tufayli machitlar kurila boshladi. Ular orasida Tubadagi taqasimon ravokdi machit diqqatga sazavordir. U hovlisining atrofi peshayvonlar va toʻrt tarafi 8 qirrali minoralardan iborat qilib, Shim. Afrikaning oʻrta asrlar meʼmorligi uslubida qurilgan. 20-a.da shaharlarda (asosan, Dakarda) zamonaviy turar joylar, f-ka, meqmonxona, maʼmuriy binolar qurishga kirishildi. Koʻp qavatli uylar oftob toʻsqich qurilmalar bilan tropik iqlimga moslab fransuz funksionalizmi ruhida qurildi. 1960 y.dan keyin 1 — 2 qavatli beton uylardan iborat ishchi shaharchalari barpo etish avj oldi. Mamlakatda anʼanaviy badiiy xunarmandchilik (yogʻochdan roʻzgʻor anjomlari va mebel, sopoldan turli idish va bezak buyumlari, novdadan savat, sumka, belbogʻlar, timsoh va ilon terisidan buyumlar yasash), badiiy toʻquvchilik urf boʻlgan. Ular "Dakar rassomlik maktabi" uslubida ziynatlanadi.

Musiqasi. S. musiqasi qadimdan Gvineya, Mali, SyerraLeone va b. mamlakat xalqlari musiqasi bilan birga rivojlanib kelgan. 12-a.dan arab, 15— 16-a.

lardan yevropaliklar musiqasi taʼsiri sezila boshlagan. S. xalqining cholgʻu asboblari: yumaloq qovoq pustidan yasalgan barabanlar, kum soat shaklidagi 2 membranali baraban, shaqildoq, tartarak, qoʻngiroq; turli ksilofon, balafon, fleytalar ham keng tarqalgan. Mehnat, sevgi qoʻshiqlari, bolalarga atalgan ashulalar, ajdodlar ruhini ulugʻlovchi tarixiy ertak qoʻshiqlari, raqsga moslab aytiladigan marosim qoʻshiklari mavjud. Aksariyat bir ovozlilik, faqat jan. xalqlarida koʻp ovozlilik S. musiqasiga xos xususiyatdir. Anʼanaviy musiqaning asosiy ijrochilari griotlardir. 20-a.

ning 60y.laridan musiqa sanʼati muammolari bilan shugʻullanuvchi oʻquv va ilmiy muassasalar paydo boʻla boshladi. Radioeshittirish (1926 y.dan) va telekoʻrsatuv (1964 y.dan) musiqiy eshittirishlarga katga eʼtibor beradi. Dakarda turli sanʼat festivallari oʻtkazib turiladi.

Teatrining rivojlanishida xalq baxshilari — griotlar koʻp ijodiy mehnat qildilar. Dastlabki teatrlar maktablarda tashkil etildi. 1933 y. Dakardagi Uilyam Ponti nomidagi maktab teatrida Afrika hayotidan hikoya qiluvchi spektakllar fransuz tilida sahnalashtirildi. Mamlakat mustaqillikka erishgach, S. teatri rivojlanib, Afrika mamlakatlari orasida yetakchi boʻlib qoldi. 1961 y. Milliy balet ansambli tashkil etildi, uning dasturida raqs, pantomima, musiqali drama va vokal sahnalar bor. 1965 y. Dakarda milliy teatr binosi qurildi. Havaskorlik teatri rivoj topdi. 1969 y. Havaskorlik teatri federatsiyasiga aylantirildi.

Kinosi. 20-a.ning 50y.larida Fransiyada taʼlim olayotgan afrikalik talabalar hayotini tasvirlovchi "Senadagi Afrika" (1955, rej.lar P. Vyeyra, M.Sarr) filmi S. kinematografiyasi boshlanishiga turtki boʻldi. S. mustaqilligi eʼlon qilingach, "Millatning tugʻilishi" (1961) va "Lamb" (1963, rej. P. Vyeyra), "Tubadagi katta ibodatxona" (1961, rej. B. Sengor) va b. hujjatli filmlar yaratildi, ularda xalqning mustaqillik va milliy madaniy anʼanalar uchun kurashi aks ettirildi. Yozuvchi va rej. U. Sembenning "Aravachali kishi" (1963) filmi xalqaro jamoatchilikning eʼtiborini qozondi. "...lik qoratanli" (1966), "Mandat" (1968), "Sedda" (1977) va b. filmlarida rej. eski va yangi mustamlakachilikka karshi kurash jarayonida milliy ongning oʻsishi muammolarini koʻtarib chiqdi. Keyingi yillarda "Ayol" (rej. M. Traore), "Bezori" (rej. J. Mambeti), "Karim", "Baks" (rej. M. Tiam), "Sertifikat" (rej. T.Av), "Getitey" (rej. S.Nyay) badiiy filmlari yaratildi. SENEKA (Seneca) Lutsiy Anney (taxm. mil. av. 4, Kordova, Ispaniya — mil. 65, Rim) — Rim faylasufi, yozuvchi, davlat arbobi. Rim imperatori Neronning tarbiyachisi va maslahatchisi; unga s u i q a s d qilishda ayblangan va oʻzini oʻldirgan. S. stoitsizmning yirik vakillaridan biri. U tabiat va inson mohiyati hakida keng bilimga ega boʻlgan, adabiy uslubni juda yaxshi egallagan. S.ning falsafiy qarashlari ziddiyatli. U falsafani hayotda axloqiydiniy qoʻllanma deb bilgan. "Lutsiliyga xatlar" falsafiy asari, "Himmat haqida", "Rahmshafqat haqida", "Ruhiy xotirjamlik haqida" va b. risolalarida tarkidunyo qilish, oʻlim va taqsirni nazarpisand qilmaslik, ehtiroslardan xoli boʻlish, kishilarning axloqiy tengligi masalalari yoritilgan.[1]

Coat of arms of Senegal.svg
Flag of Senegal.svg

Senegal Davlati

LocationWesternAfrica.png


Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil