Yevropa Ittifoqi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oʻtish: foydalanish, Qidir
Yevropa ittifoqi
Yevropa bayrogʼi
YI bayrogʼi
Shior: “In varietate Concordia” (Kelishuv - harxillikda)
Madhiya: “An die Freude” (Quvonch qasidasi)
EU Globe No Borders.svg
Siyosiy markazlari Bryussel
Luksemburg
Strasburg
Aʼzo davlatlar YI aʼzolari roʼyhati
Официальные языки YI rasmiy tillari roʼyhati
Hukumat
 — Yevropa mahkamasi
 — Komissiya
 — Parlament
 — Vazirlar mahkamasi
 

Херман Ван Ромпёй
Жозе Мануэл Баррозу
Мартин Шульц
Хелле Торнинг-Шмитт
(Дания)
Asosi (Bitimlar)
 — Parij
 — Rim
 — Maastrixt
 — Lissabon

23 iyul 1952
1 yanvar 1958
1 noyabr 1993
1 dekabr 2009
Maydon
 — umumiy
7-я в мире
4 324 782 км²
Aholi
 — оценка (2010)
 — Zichlik
3-е в мире
501 064 211
115,9 чел/км²
YaIM (XQT)
 — jami
 — YaIM/kishi
1-й в мире (2009)
14,793 трлн $
29 729 $
YaIM (nominal)
 — jami
 — YaIM/kishi
1-й в мире (2009)
16,447 трлн $
33 052 $
Pul birligi YI pul birliglari roʼyhati
Vaqt mintaqasi
 — летнее время
 — с заморскими территориями
UTC от 0 до +2
UTC от +1 до +3
UTC от −4 до +4
Qisqartma .eu
Telefon kodlari YI telefon kodlari roʼyhati
Rasmiy sayt http://europa.eu/

Yevropa IttifoqiYevropaning 27 davlatidan iborat siyosiy va iqtisodiy birlashmadir. Uning tarixi 1957 yilga, 6 Yevropa davlatlari orasida imzolangan Rim bitimi va undan soʻng paydo boʻlgan Yevropa Iqtisodiy Hamkorligiga borib taqaladi. Yevropa Ittifoqi 1992 yilda imzolangan Maastrixt shartnomasiga binoan tuzilgan va 15 davlatni o'z ichiga olgan. 2005 yilda Ittifoqning birinchi yirik kengayishi yuz berdi. Unda Ittifoqga 10 ta yangi davlatlar qo'shildi. Ikki yildan so'ng ular soniga Bolgariya hamda Ruminiya davlatlari qo'shilib, hozirgi davrga qadar Yevropa Ittifoqi 27 davlatlardan iborat.

[tahrir] A`zo mamlakatlar

  • 1957-yil: Belgiya, Germaniya Federativ Respublikasi, Fransiya, Italiya, Lyuksemburg, Niderlandiya - 6 ta
  • 1973-yil: Daniya, Irlandiya, Buyuk Britaniya - 9 ta
  • 1981-yil: Gretsiya - 10 ta
  • 1986-yil: Portugaliya, Ispaniya - 12 ta
  • 1995-yil: Avstriya, Finlyandiya, Shvetsiya - 15 ta
  • 2004-yil: Kipr, Chexiya Respublikasi, Estoniya, Vengriya, Latviya, Litva, Malta, Polsha, Slovakiya, Sloveniya - 25 ta
  • 2007-yil: Bolgariya, Ruminiya - 27 ta.

Izoh: Yevropa mintaqasida joylashmagan quyidagi hududlar ham Yevropa Hamjamiyati hududi hisoblanadi: Asor orollari, Gvadelupa (Avliyo Martin va Sen-Bertelmi orollarining shimoliy qismi), Kanar orollari, Madeyra, Martinika, Melilya, Reyunyon, Seuta, Fransuz Gvianasi.

[tahrir] Solnoma

1946-yil 19-sentabr kuni Buyuk Britaniyaning sobiq tashqi ishlar vaziri Uinston Cherchill Syurix universitetida so`zlagan nutqida AQShga o`xshagan "Yevropa Qo`shma Shtatlari" tuzishni taklif etadi.

1949-yilda Yevropa Kengashi tashkil etiladi. Hozirga kelib, bu tashkilotning 46 ta a`zosi bor.

1957-yil: Yevropa ko`mir va po`lat birlashmasi (YKPB) ga a`zo mamlakatlar Yevropa iqtisodiy hamjaniyati yoki "Umumiy bozor"ga asos soluvchi Rim protokollari deb ataluvchi hujjatlarni imzoladilar. Bu hujjatlar 12 yil mobaynida bojxona to`siqlarini tugatish, umumiy soliqlarni o`rnatish va keyinchalik umuman yo`q qilish, ishchi kuchining erkin harakat qilishini ta`minlash, bir xil ijtimoiy kafolatlar o`rnatish va yagona ish haqi to`g`risida edi.

1959-yilda Yevropa Iqtisodiy Hamjamiyati a`zolari tomonidan Yevropa parlamenti tashkil etildi.

1967-yilda uchta Yevropa hamjamiyati - Yevropa ko`mir va po`lat birlashmasi, Yevropa iqtisodiy hamjamiyati va atom energiyasi bo`yicha Yevropa hamjamiyati Yevropa Hamjamiyati bo`lib birlashadi.

1968-yil: Yevropa Hamjamiyati mamlakatlari o`rtasida barcha bojxona soliqlari bartaraf etildi.

1979-yilda Yevropa parlamentiga ilk bora to`g`ridan-to`g`ri saylovlar bo`lib o`tdi.

1985-yili Grenlandiya o`z-o`zini mustaqil boshqarish huquqini qo`lga kiritdi va referendum natijasida Yevropa Ittifoqidan ajralib chiqdi.

1986-yilning fevralida Lyuksemburgda yagona Yevropa to`g`risidagi qonun (Single European Act) imzolandi. 1990-yil: Germaniya Demokratik Respublikasi GFR bilan birlashganligi bois uning hududi ham Ittifoq hududiga kirdi.

1991-yil: Yevropa Hamjamiyatining Maastrixt shahrida (Niderlandiya) yagona Yevropani yaratishni ko`zda tutuvchi Maastrixt bitimlarini imzoladilar. Bu bitimlarda uch guruh shartnomalar - yagona Yevropa valyutasini joriy etish, Yevropa siyosiy Ittifoqini shakllantirish va Yevropa komissiyasini tasdiqlash ko`zda tutildi.

1999-yil dekabr: Xelsinkida (Finlyandiya) 15 ta a`zo mamlakatlar rahbarlari inqirozli va tahlikali joylarda tinchlik va xavfsizlikni saqlash uchun o`z Yevropa qurolli kuchlarini yaratish haqida qaror qabul qildi.

2002-yil 1-yanvar: Yagona Yevropa pul birligi - yevro muomalaga kiritildi. Buyuk Britaniya va Daniyadan tashqari qolgan barcha a`zolar o`zlarining milliy valyutalaridan voz kechdilar.

[tahrir] Qiziqarli ma`lumotlar

  • Yevroittifoq hech qanday xalqaro tashkilot emas, u xalqaro ommaviy huquqning subyekti hisoblanmaydi, lekin xalqaro uchrashuvlarda ishtirok etish vakolatiga ega.
  • Yevropa Ittifoqi hududini G`arbiy Rim Imperiyasi, Franklar davlati, Muqaddas Rim Imperiyasi kabi qadimgi mamlakatlar hududi bilan solishtirish mumkin.
  • Norvegiya aholisi Yevroittifoqqa qo`shilish bo`yicha ikki marta o`tkazilgam referundumda (1972 va 1994-yillar) ham qarshi bo`lib ovoz berganlar.
  • Daniya mamlakati o`zining milliy valyutasini hamon ishlatadi. Maastrixt bitimini imzolash chog`ida Daniya hukumati bu borada Ittifoqni ogohlantirib qo`ygan edi.
  • 265 sahifaga jo bo`lgan 450 moddali va 60000 ta so`zli Yevropa Konstitutsiyasi Kaliforniya Respublikasi Konstitutsiyasidan so`ng ko`p so`zlilik bo`yicha ikkinchi o`rinda turadi.
  • Mamlakat Konstitutsiyasiga muvofiq Shveytsariya neytral mamlakat hisoblanadi va hech qanday bloklarga qo`shilmaydi. Shu bois u Yevropa Hamjamiyatiga a`zo emas.
  • Yevropa mintaqasiga kirmaydigan Marokash va Tunis mamlakatlari bir necha karra Yevroittifoqqa kirishga harakat qilganlar. Hatto 2005-yilda Portugaliya tomonining ko`magi bilan Kabo-Verde o`z arizasini qabul qilinishiga erishgan.
  • A`zolik masalasi hanuz hal qilinmagan mamlakatlar: Turkiya, Ukraina, Gruziya, Moldaviya.
  • Yevropa Ittuifoqi a`zosi emas: Islandiya, Shveytsariya, Andorra, Vatikan, Lixtenshteyn, Monako, San-Marino.
  • Daniya suvereniteti ostiga kiruvchi Grenlandiya va Farer orollari, Finlandiyaning Aland orollari muxtoriyati, Buyuk Britaniyaning Gibraltar, Men, Gernsi va Jersi hududlari ham Yevropa Ittifoqi hududiga kirmaydi.
  • Berlemon - Yevropa hamjamiyati timsoli.
  • 1960-yilda Bryusselning markazida Berlemon ayollar monastiriga tegishli yer sotib olinadi va bu yerda yetti yil davomida Yevropa hamjamiyatining yangi timsoli quriladi. Loyiha muallifi me`mor De Veste edi. Bu loyiha o`z davrining original va takrorlanmas loyihalaridan biri edi. Uni qurishda asbest moddasi mavjud qurilish materiallari ishlatiladi. 1991-yili Yevrokomissiya bu binoni tark etgach, u 14 yil davomida asbestdan tozalanadi va rekonstruksiya qilinadi. Yevrokomissiya bu yerga 2004-yilning oktabrida qaytadi. Bu inshootning umumiy maydoni 240 ming km.kv.dan ortiq bo`lib, 14 ta qavatdan iborat. U 3 ga hududni egallaydi. Bu yerda ofislardan tashqari majlislar zali, konferens-zallar, 760 kishiga mo`ljallangan restoran, 418 o`rinli kafe, telestudiya, kinozal, 1223 avtomobil uchun mo`ljallangan yerosti garajlari bor.



Shaxsiy uskunalar
Nomfazolar

Variantlar
Koʻrinishlar<!--Views-->
Amallar
O‘zbek viki / Ўзбек вики
ishtirok / иштирок
o‘zgarishlar / ўзгаришлар
asboblar (ʻ ʼ)
Boshqa tillarda