Bolgariya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bolgariya Respublikasi
България
Bolgariya davlat bayrogʻi   Bolgariya davlat gerbi
Bayroq Gerb
Shior: Съединението прави силата
Madhiya: Mila Rodino
(Dear native land)
Bolgariya Xaritasi
Poytaxt Sofiya
Rasmiy til(lar) Bolgar
Hukumat Parlamentlik Respublika
 •  Prezident   Rosen Plevneliev
 •  Bosh Vazir   Boyko Borisov
Mustaqillik  
 •  Ottomon Imperiyadan   3 mart 1878
 •  Ottomon Imperiyadan   22 sentabr 1908
Maydon  
 • Butun 110,910 km² (104-)
 • Suv (%)
Aholi  
 • 2002 roʻyxat 7,450,349 (94- oʻrin)
 • Zichlik 67/km²
YaIM (XQT) 2005- yil roʻyxati
 • Butun AQSh$67,290 mil. (67-)
 • Jon boshiga AQSh$9,032
Pul birligi Bulgarian Lev (BGN)
Vaqt Mintaqasi (UTC)
 • Yoz (DST)
Qisqartma BU
Internet domen .bg
Telefon prefiksi +359

Bolgariya (bolg. България), rasman Bolgariya Respublikasi (bolg. Република България) — Yevropaning janubiy, Bolqon yarim orolining sharqiy qismidagi davlat. Sharqda Qora dengiz bilan oʻralgan. Maydoni 111 ming km². Aholisi 8,3 mln. kishi (1997). Poytaxti — Sofiya shahri. Maʼmuriy jihatdan 9 viloyatga, ular jamoalarga boʻlinadi. Sofiya shahri viloyatga tenglashtirilgan.

Davlat tuzumi[tahrir]

Bolgariya — parlamentli respublika. 1946 yildan 1990 yil 15-noyabrgacha Bolgariya Xalq Respublikasi deb atalgan. Amaldagi konstitutsiyasi 1991 yil 12-iyulda kuchga kirgan. Davlat boshligi — prezident (2012 yildan Rosen Plevneliyev). Uni mamlakat aholisi toʻgʻri va yashirin ovoz berish yoʻli bilan 5 yil muddatga saylaydi. Qonun chiqaruvchi hokimiyat — 240 deputatdan iborat Xalq majlisi (doimiy ishlaydigan organ). Yangi konstitutsiyani qabul qilish, Bolgariya hududini oʻzgartirish masalasi yoki davlat tuzilishi va mamlakat boshqaruvi shakliga oʻzgartirish kiritish masalalarini hal etish uchun 400 vakildan iborat Buyuk xalq majlisi saylanadi. U oʻziga havola qilingan masalalar yuzasidan uzilkesil qaror qabul qilganidan soʻng vakolati toʻxtatiladi. Vazirlar Kengashi (hukumat) ijroiya hokimiyat organi hisoblanadi.

Tabiati[tahrir]

B. relyefida togʻ va qirlar ustunlik qiladi (mamlakat hududining 70%ga yaqini). Mamlakat oʻrtasidan (gʻarbdan sharqqa) Bolqon togʻlari (mahalliy nomi StaraPlanina) kesib oʻtgan. B. shim.da Dunay sertepa tekisligi bor; sharqda bu tekislik Dobruja platosiga tutashgan. SrednaGora va Rodop togʻlari oraligʻida Maritsa daryosi boʻylab mamlakatdagi eng unumdor Yuqori Frakiya (yoki Maritsa) pasttekisligi joylashgan. Qora dengiz sohili aksari pasttekislik. Jan. va jan.gʻarbida RilaRodop togʻlari bor. Rila togʻlarida Musala choʻqqisi (2925 m) Bolqon ya.o.dagi eng baland choʻqqidir. Eng muhim qazilma boyliklari: koʻmir (Sharqiy Maritsa, Pernik, BobovDol havzalari), temir (Kremikovsi koni), qoʻrgʻoshinrux (Rodop), mis (Medet) rudalari, tosh tuz (Mirovo), neft, maʼdanli suvlar va qurilish materiallari. B.ning koʻp qismida iqlim moʻʼtadil kontinental. Jan.da Oʻrta dengiz iqlimining taʼsiri bor. Togʻlarda balandlik iqlim mintaqalari mavjud. Tekislik va sertepa joylarda iyulning oʻrtacha t-rasi 23—25°, yanv. niki — 2° dan 2,5° gacha, toglarda —10,8° gacha. Yogʻinni gʻarbiy va shim. gʻarbiy shamollar keltiradi. Yillik yogʻin tekisliklarda 450—600 mm, togʻlarda 850—1300 mm. Yogʻinning koʻp qismi yozning birinchi yarmida yogʻadi. Qurgʻoqchilik boʻlib turadi. B. daryolarining hammasi togʻlardan oqib tushadi. Yoz oxirida juda sayozlanib qoladi. Eng katta daryolari: Dunay (kema qatnaydi), Iskir, Maritsa, Mesta va Struma. Daryolardan sugʻorishda va elektr hosil qilishda foydalaniladi. Daryolarga koʻplab suv omborlari qurilgan. B. da koʻllar kam, borlari ham kichik koʻllar, asosan, Rila va Pirin togʻlarida. 500 dan koʻproq maʼdanli buloq bor. Dunay tekisligida aksari kora va boʻz oʻrmon tuproq, Bolqon togʻlaridan jan.da qoʻngʻir va qoramtir, togʻlarda qoʻngʻir oʻrmon va togʻ oʻtloq tuproqlari, daryo qayirlarida unumdor allyuvial tuproklar bor. Tabiiy oʻsimliklar faqat togʻlarda saqlanib qolgan. B. hududining 1/3 qismi oʻrmon, shundan 75% i keng bargli daraxtlar (dub, grab va qoraqayin), 24,7% i qaragʻay oʻrmonlari. 1700—2000 m dan balandda subalp va alp oʻtloklari bor. Tekisliklarning koʻp qismi ekinzor. Hayvonot dunyosi xilmaxil. Oʻrmonlarda — asl bugʻu, ohu, elik va togʻ echkisi, yovvoyi choʻchqa; togʻlarda — sassiqkoʻzan, boʻrsiq, latcha, boʻri, tulki, olmaxon; oʻrmonsiz shim. hududlarida yumronqoziq, olaxurjun va b. hayvon turlari bor. Qushlar va turli xil sudralib yuruvchilar koʻp. Qora dengizdan — pelamida, skumbriya, kambala, Dunaydan — sevryuga, sazan kabi baliqlar ovlanadi. Millim ‘ bogʻlari: Vitasha, Zlatni Pyasitsi, Ropotamo, Steneto va b.

Aholisi[tahrir]

Asosiy aholisi bolgarlar, shuningdek turklar, loʻlilar, armanlar, ruslar, makedonlar va b. millatlar ham yashaydi. Aholining 67,93% shaharlarda istiqomat qiladi. Davlat tili — bolgar tili. Aholining aksariyati — pravoslavlar; musulmon sunniylar ham bor. Eng yirik shaharlari: Sofiya, Plovdiv, Varna, Ruse, Burgas, StaraZagora.

Tarixi[tahrir]

B.ning eng qad. aholisi frakiy qabilalaridir. Mil. 1-a.da B.ni Rim imperiyasi bosib oldi; u qulaganidan soʻng B. Vizantiya tarkibiga kirdi. 7-a. boshlarida Bolqonga slavyanlar bostirib kirib, keyinchalik bu yerda dastlabki davlat — Yetti slavyan qabilasi deb nomlangan ilk feodal davlatini tashkil etishdi. 7-a.ning ikkinchi yarmida B. hududiga xon Asparux (Isperix) boshchiligidagi protobolgarlar — qad. bulgʻorlar (koʻchmanchi turkiy elat) bostirib kirdi. Ular slavyanlar bilan birga poytaxti Pliska sh. boʻlgan Birinchi bulgʻor podsholigi (681—1018) ni tuzdilar. 9-a. oxiriga kelib protobolgarlar slavyanlar bilan qoʻshilib ketdi, slavyanlar tili davlat tili boʻlib qoldi, bolgar deb nomlangan slavyan xalqi vujudga keldi. 1185—87 y.larda akauka Petr va Asen boshchilik qilgan yirik xalq qoʻzgʻolonlari natijasida poytaxti Tirnovo sh. boʻlgan Ikkinchi bulgʻor podsholigi (1187—1396) tuzildi. 1396 y. B. ni turklar bosib oldi. Mahalliy boylarning bedodligi, ogʻir milliy zulm bolgar xalqining ozodlik kurashini kuchaytirdi. Mamlakatda gayduklar (xalq qasoskorlari) harakati keng quloch yoydi. 1876 y.gi eng kuchli apr. qoʻzgʻoloni shafqatsizlik bilan bostirildi. 1877—78 y.lardagi Rossiya Turkiya urushi natijasida rus askarlari yordamida B. turklardan ozod qilindi. Ammo mamlakat Turkiyaga qaram boʻlib qolaverdi. 1908 y. dan mustaqil podsholik tashkil topdi. B. 1912—13 y. lardagi Bolqon urushlarida qatnashdi. 1-jahon urushida (1915 y.dan) Olmoniya tomonida harakat qildi. 1919 y.gi Nyoyi sulh shartnomasiga binoan kattagina hududidan, xususan Egey dengizi sohillaridan mahrum boʻddi. 1923 y. iyun toʻntarishidan keyin hokimiyatni qoʻlga olgan hukumat Sent. qoʻzgʻolonini shafqatsiz bostirdi. 1941 y. martda B. Berlin paktiga jalb qilindi, Olmoniya qoʻshinlari B. xududiga kiritildi. Mamlakat iqtisodiyoti butunlay gitlerchilar manfaatlariga boʻysundirildi. Bolgar xalqi oʻz ozodligi va mustaqilligi uchun kurashni kuchaytirdi. 1942 y.da tuzilgan Vatan fronti fashizmga qarshi boʻlgan barcha kuchlarni birlashtirdi. 1943 y.da B. xalq ozodlik armiyasi tuzildi. 1944 y.da ZUkraina fronti qoʻshinlari B. chegaralariga kirgan paytda B. hukumati "toʻla betarafligi" ni eʼlon qiddi. 1944 y. 9 sent. ga oʻtar kechasi Sofiyada monarxiyaning fashist hukumatiga qarshi qurolli qoʻzgʻolon koʻtarildi. Reaksion hukumat agʻdarib tashlandi va Vatan frontining Xalq hukumati tuzildi. B.ning davlat tuzumi toʻgʻrisidagi referendum qatnashchilari (92,7%) xalq respublikasi tarafdori ekanini bildirdi. 1946 y. 15 sentda B. Xalq Respublikasi eʼlon qilindi. 1990 y. Xalq majlisiga koʻp partiyali asosda oʻtkazilgan saylovda B. sotsialistik partiyasi gʻalaba qozondi, dek.da koalitsiyey hukumat tuzildi. 1997 y. apr. dagi parlament saylovida Demokratik kuchlar ittifoqi harakatlari va tashkilotlari koalitsiyasi gʻalaba qildi (bu ittifoq 1989 y.da tuzilgan edi). B. — 1955 y.dan BMT aʼzosi. OʻzR bilan diplomatiya munosabatlarini 1992 y. 5 sent.da oʻrnatgan. Milliy bayrami — 3 mart — B.ning Turkiya zulmidan ozod boʻlgan kuni (1878).

Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari va jamoat tashkilotlari[tahrir]

B.da 80 ga yaqin partiya va siyosiy harakat ish olib boradi. Asosiylari: B. sotsialdemokratik partiyasi, 1891 y.da asos solingan, 1948 y.da faoliyatini toʻxtatgan,1989 y.dan qayta faoliyat koʻrsata boshladi; B. sotsialistik partiyasi, 1990 y. apr. da tashkil etilgan; B. biznesbloki, 1991Y. 22yanv.da roʻyxatdan oʻtkazilgan; B. dehqonchilik xalq ittifoqi, 1899 y.da asos solingan; Huqukdar va ozodlik uchun harakat, B. musulmon aholisini birlashtiruvchi ijtimoiy-siyosiy tashkilot, 1990 y. yanv.da asos solingan; Xalq ittifoqi, siyosiy birlashma, 1994 y.da asos solingan. B. dehqonchilik xalq ittifoqi bilan Demokratik partiyani oʻz ichiga oladi; Demokratik kuchlar ittifoqi, 1989 y. dek.da tashkil etilgan. B. mustaqil sindikatlari konfederatsiyasi, 1990 y.da tuzilgan; "Podkrepa" mehnat konfederatsiyasi, 1990 i. tashkil etilgan; "Birlik" mustaqil kasaba uyushmasi, 1990 y.da asos solingan.

Xoʻjaligi[tahrir]

B. — industrialagrar mamlakat. Yalpi mahsulotda sanoatning ulushi 36%, q.x.ning ulushi 12%, xizmat koʻrsatish sohasi ulushi 52% ni tashkil etadi.

Sanoatida mamlakatdagi mehnatga qobiliyatli aholining 41% band. Mashinasozlik, elektron va elektr texnika, metallsozlik, qurilish materiallari i.ch., qora va rangli metallurgiya, kimyo va neft kimyosi, yogʻochsozlik, oziq-ovqat tarmoqlari rivojlangan. Yiliga oʻrtacha 35,6 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. B. ning yoqilgʻienergetika zaxiralari cheklangan, qazib olinayotgan koʻmirning sifati past. Pleven va Shabla atroflarida ozroq neft, Vratsa yaqinida gaz konlari bor. Elektr energiyaning aksariyatini issiqlik elektr stansiyalari beradi. Kozloduy sh. yaqinida atom elektr stansiyasi qurilgan. B.ning metallurgiya sanoati mamlakatning rangli metallar (qoʻrgʻoshin, pyx va mis) ga boʻlgan ehtiyojini toʻlatoʻkis, prokat va qora metallga boʻlgan ehtiyojining koʻp qismini qondiradi. Mashinasozlikda, asosan, koʻtarma transport vositalari (elektr karlar va motokarlar, liftlar), metall qirqish stanoklari, ogʻir va energetika uskunalari, q. x. mashinalari, oziq-ovqat sanoati uchun uskunalar, transport vositalari va b. ishlab chiqariladi. Asosiy mashinasozlik markazlari: Sofiya, Ruse, Varna, Burgas, Gabrovo, Lovech, Plovdiv, Shumen. Sement sanoati Devnya, Pleven va Vratsadagi z-dlardan iborat. RilaRodop togʻlaridagi igna bargli daraxtlar, Bolqon togʻlaridagi buk oʻrmon yogʻochlari asosida yogʻochsozlik, jumladan, mebelsozlik tarmogʻi barpo etilgan. Toʻqimachilik sanoatida ip gazlama toʻqish, yengil sanoatda tikuvchilik, poyabzal i.ch. yetakchi oʻrinda. Oziq-ovqat sanoatida chetga chiqarishga moʻljallangan mahsulotlar — tamaki, konserva, vino va konyak i.ch. rivojlangan.

Qishloq xoʻjaligidamamlakatdagi mehnatga qobiliyatli aholining 18% band. B.da gʻalla, sabzavot, poliz ekinlari, kartoshka, yemxashak, texnika ekinlaridan tamaki, paxta (jan.da), kungaboqar, qand lavlagi yetishtiriladi. Qadimdan ekib kelinayotgan efir moyli ekinlar (atirgul, yalpiz, lavanda) asosan Karlovo va Qozonliq soylari boʻyida ekiladi. B.da bogʻdorchilik va tokchilik rivojlangan. Pomidor va chuchuk qalampir koʻp yetishtiriladi. Chorvachilikda qoramol, qoʻy, ot, eshak, xachir, choʻchqa, parranda boqiladi, baliq ovlanadi. Asosiy baliq ovlash porti — Burgas.

Transporti[tahrir]

Ichki yoʻllarda yuk va yoʻlovchi tashishda t.y. (yuklarning 17% tashiladi) va avtomobil transporti (yuklarning 70% tashiladi) ning ahamiyati katta. T.y.larning uz. 6,6 ming km (62% elektrlashtirilgan) va avtomobil yoʻllarning uz. salkam 37 ming km (33,8 ming km qattiq qoplamali). B. hududidan Gʻarbiy Yevropani Yaqin Sharq mamlakatlari bilan bogʻlovchi xalqaro t.y. va avtomobil magistrallari oʻtgan. Dengiz transporti asosan tashqi savdoga xizmat qiladi. Asosiy dengiz portlari: Varna va Burgas. Dunayda kemalar qatnaydi (portlar — Ruse, Svishtov, Lom). "Balkan" va "JesAyr" firmalari samolyotlari xalqaro va ichki yoʻnalishda yoʻlovchilar tashiydi.

Tashqi iqtisodiy aloqalari[tahrir]

B. dunyoning yuzdan ortiq mamlakati bilan savdo-sotiq aloqalarini yoʻlga qoʻygan. Chetga koʻtarmatransport mashinauskunalari (elektr karlar, elektr telferlar), kemalar, tovar vagonlari, avtomatlashtirish vositalari, elektron va elektr texnika mahsulotlari, stanoklar, mebel, moʻyna sanoati mahsulotlari, q.x. xom ashyosini qayta ishlash asosidagi oziq-ovqat mahsulotlari (konserva, tamaki, sigareta, sharbat, vino, efir moyi), sabzavot va hoʻl mevalar chiqaradi; chetdan asosan mashinalar, asbobuskunalar, transport vositalari, qora metall, neft, kumir, sellyuloza, yengil sanoat mahsulotlari keltiradi. Mamlakatga chet el sayyoxdigi anchagina foyda keltiradi (1 yilda 1 mln. dan ortiq kishi kelib ketadi). Pul birligi — lev.

Tibbiy xizmati[tahrir]

B. da 70 mingga yaqin oʻrinli kasalxonalar bor. 25 mingga yaqin shifokor ishlaydi. Shifokorlarni Sofiya, Plovdiv, Varnadagi tibbiyot intlari tayyorlaydi. Boroves, Varna, Drujba, Zlatni Pyasitsi, Nesebir, SlinchevBryag iqlimiy kurortlari, Kyustendil, Hisara maʼdanli suv va Tuzla, Pomoriye balchiq bilan davolash kurortlari mashhur.

Xalq taʼlimi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari[tahrir]

B.da 7 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun majburiy bepul taʼlim joriy etilgan. Politexnika va hunartexnika maktablari, bilim yurtlari va texnikumlar bor. Yirik oliy oʻquv yurtlari Sofiya, Plovdiv, VelikoTirnovo untlaridir. Ilmiy markazlari: Bolgariya Fanlar akademiyasi, Q.x. fanlari akademiyasi, Tibbiyot akademiyasi. Sofiyada Xalq kutubxonasi, unt hamda FA kutubxonalari va b. ommaviy kutubxonalar, Milliy badiiy galereya, etn., harbiy tarix (Pleven sh.da) muzeylari va b. bor.

Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi[tahrir]

B. dagi asosiy gaz.lar: "Demokratsiya" ("Demokratiya", Demokratik kuchlar ittifoqining kundalik gaz., 1990 y. dan), "Duma" ("Soʻz", B. sotsialistik partiyasining kundalik gaz., "Rabotnichesko delo" gaz. oʻrniga 1990 y.dan), "Zemedelsko zname" ("Dehqonlar bayrogʻi", kundalik gaz., B. dehqonchilik xalq ittifoqining nashri, 1902 y. dan), "Svoboden narod" ("Ozod xalq", haftalik gaz., B. sotsialdemokratik partiyasining organi, 1990 y.dan), "Trud" ("Mehnat", B. mustaqil sindikatlari konfederatsiyasining organi, 1923 y.dan). Bolgariya telegraf agentligi — BTA, SofiyaPress matbuot agentligi (1967 y.da tashkil etilgan) mavjud. 1929 y.dan radioeshittirishlar, 1959 y. noyab.dan telekoʻrsatuvlar berib boriladi.

Adabiyoti[tahrir]

B. adabiyoti — slavyan adabiyotlarining eng qad.si boʻlib, u 9-a. ning 2-yarmida Kirill va Mefodiy tomonidan slavyan yozuvining joriy etilishi natijasida yuzaga keldi. 9—10-a. lardagi yozuvchilar — Kliment Oxridskiy, Konstantin Preslavskiy, Chernorizes Xrabr va b. ijodi diniynasihat ruhida boʻlgan. Qad. bolgar madaniyati Kiyev Rusi davrida sharqiy slavyanlarning maʼnaviy turmushiga taʼsir oʻtkazdi, ularning adabiyoti vujudga kelishiga koʻmaklashdi. B.ning Vizantiya hukmronligi (1018—1187) ostida boʻlishi milliy adabiyot rivojlanishiga toʻsqinlik qildi. Ikkinchi bulgʻor podsholigi (1187—1396) davrida u yana ravnaq topdi. 14—15-a.lardagi taniqli yozuvchilar — Feodosii Tirnovskiy, Yevfimiy Tirnovskiy, Grigoriy Samblak. 18-a. 2-yarmida boshlangan B. milliy uygʻonishi adabiyotning rivojlanishiga zamin yaratdi. Bu davr ruhi Paisiy Xilendarskiy, Sofroniy Vrachanskiy asarlarida aks etdi. 19-a.da D. Popskiy, K. Ognyanovich, P. Protich va b. ijod etdilar. Tarjima asarlari taʼsirida sentimental poeziya paydo boʻldi. Milliy ozodlik harakatining kuchayishi (19-a.ning 50—70-y.lari) poeziya, proza va dramaturgiyaning rivojiga turtki boʻldi. Realistik asarlarning paydo boʻlishi L. Karavelov, P. R. Slaveykov, X. Botev nomi bilan bogʻliq. I. Vazovning "Zulm ostida" romani, "Unutilganlar epopeyasi" lirik turkumi, P. P. Slaveykovning "Konli qoʻshiq" dostoni shu davrning eng baquvvat asarlaridir. 19-a.ning 90-y.larida tanqidiy realizm yetakchi oqimga aylandi. Ijtimoiy ziddiyatlar, dehqonlarning norozilik kayfiyatlari haqqoniy tasvirlandi (T. Vlaykov, X. Maksimov, Yelin Pelin, A. Strashimirov). I. Vazovning "Darbadarlik qoʻshiqlari" sheʼrlar toʻplami, P. Yavorovning "Ekinzorda", "Doʻl" dostonlarida haqqoniyat uchun kurash gʻoyasi aks etdi. Karshilik koʻrsatish harakati davrida (1941—44) N. Vapsarov, S. Spasov, X. Kirpachev kabi yozuvchilar ham qalam, ham qurol bilan kurashib, yuksak gʻoya yoʻlida halok boʻddilar. 2-jahon urushidan keyin S. Dichevning "Ozodlik uchun", D. Talevning "Temir chiroq", "Prespan qoʻngʻiroqlari", S. Daskalovning "Yoʻl", D. Angelovning "Hayot va oʻlim evaziga" romanlarida tarixiy oʻtmish yangi davr ruhi asosida talqin etildi. A. Gulyashka, P. Vejinov, K. Kalchev, D. Dimov, G. Karaslavov, E. Stanev kabi adiblarning roman va qissalarida kishilarning yangicha insoniy munosabatlari uz aksini topdi. Shoirlardan Ye. Bagryana, D. Gabe, M. Isayev, V. Andreyev, B. Dimitrova ijodiyoti bolgar poeziyasida salmoqli oʻrin egallaydi. Insoniylik, axloq masalalari O. Vasilev, K. Zidarov, G. Genov dramatik asarlarining asosini tashkil etadi.

Meʼmorligi[tahrir]

Mil. av. 4-a.da Kozonlik yaqinida frakiylar yaratgan Sevtopolis sh. qoldiqlari saqlangan; rimliklar hukmronligi davridan mil. 1— 2-a.lardagi Ratsiariya, Eskus va b. shaharlarning harobalari qolgan. Jan.da — Chobandera, Belovo, Hisar va b. shaharlarda 4—9-a.lar meʼmoriy yodgorliklari, ibodatxona (bazilika tipidagi) lar bor. Bulardan eng mashhuri hoz. Sofiyadagi muqaddas Sofiya ibodatxonasidir. B. qadimiy meʼmorligi ikki davrga — 1podsholik (681 — 1018), 2-podsholik (1187—1396) davriga boʻlinadi. 1podsholik davri (poytaxti Pliska) da oʻz zamonasining kuchqudratini aks ettiruvchi hashamatli binolar va ibodatxonalar qurilgan, ularda marmar toshlardan va bezaklardan foydalanilgan. 2podsholik davri (poytaxti Tirnovo) da B. meʼmorligi yuqori bosqichga koʻtarildi. Tirnovodagi "Qirq jafokash" (1230), Mesembriy (Nesebir) dagi "Aliturgita", "Ioanna", "Pantokratora" (13—14-a.lar) va Stanimak (Asenovgrad, 13-a.), Boyan sh.laridagi ibodatxonalar, Tirnovo qalʼa devori va "Baba Vida" (14-a.) qalʼasi diqqatga sazovordir. B.da turklar hukmronligi davrida xalq meʼmorligi kuchaydi. B. turklar asoratidan qutulgach (1878), yangi xildagi turar joy, sanoat va maishiy binolar bunyod boʻla boshladi: Sofiyadagi "Sinodal palatasi" va "Mineralli hammom" (1880, meʼmor I. Monchilov). Brones sh.da "Bistritsa" — shoh saroyi (meʼmor I. Koychev), Sofiyada "Aleksandr Nevskiy" ibodatxonasi (meʼmor A. N. Pomeransev) va b. qurilgan. 1934 y.da Sofiya, Varna, Plovdiv va b. shaharlarning loyihalari ishlab chiqildi. 2-jahon urushidan keyin shaharlar va aholi yashaydigan manzilgohlar qayta qurildi, sanatoriy, dam olish uylari, turar joy binolari, z-d, fka va b. binolar qurilishi avj oldi.

Tasviriy sanʼati[tahrir]

B. hududida antik davrga mansub frakiylar qabr toshlari, qad. maqbaralarda noyob devoriy rasmlar (Qozonliqyaqinida, mil. av. 4— 3-a.lar) va b. yodgorliklar, oʻrta asrlardan ajoyib haykallar, mozaika va naqshli keramika buyumlari saqlangan. 12—14-a.larda rassomlik (Tirnovo maktabi yetakchilik qilgan), kitob miniatyurasi taraqqiy etgan. Turklar hukmronligi davrida xalq ijodi (oʻymakorlik, keramika, kashtachilik) koʻproqrivojlandi. B. milliy badiiy realistik maktabi 19-a. oʻrtalaridan paydo boʻldi (Zahariy Zograf, S. Dospevskiy, X. Sokev, N. Pavlovichlar portret, tarixiy va vatanparvarlik ruhida kartinalar yaratdilar). 1878 y. qoʻzgʻolonidan keyin I. Mirkvichka, Ya. Veshin, I. Angelov, A. Mitov va b. rassomlar xalq hayotini haqqoniy ifodaladilar. 20-a.ning birinchi choragida manzarachi rassom (A. Mixov, N. Petrov), siyosiy karikaturachi (A. Bojinov), haykaltarosh (A. Nikolayev, I. Lazarov)lar ijod qildilar. 20—30-y.larda demokratik anʼanalarni rassomlardan X. Stanchev, S. Venev, haykaltarosh I. Funev, suratkash I. Beshkov va b. davom ettirdi, keyingi vaqtlarda xalq hayotidagi yangi oʻzgarishlarni rassomlarning keksa avlodi (S. Venev, D. Gujenov, V. DimitrovMaystor, M. Markov, B. Mitov, A. Mixov, A. Nikolov, I. Petrov, D. Uzunov, I. Funev va b.) va yoshlar oʻz polotnolarida tasvirladilar. Xalq amaliy sanʼati: keramika, kashtachilik va b. ham rivojlanmoqda.

Teatri[tahrir]

B. teatr sanʼati tarixi xalq oʻyini va tomoshalaridan boshlanadi. 19-a.da milliy ozodlik harakatining avj olishi bilan B. milliy teatri ham tashkil topa boshladi. 1856 y. da birinchi teatr tomoshalari koʻrsatildi. 1866 y.da Brail sh.da (Ruminiya) dramaturg va rej. D. Voynikov rahbarligida bolgar truppasi tashkil qilindi.

1883 y. Plovdivda birinchi professional teatr truppasi ish boshladi. 1886 y.da bu yerda "Plovdiv havaskorlik truppasi" tashkil topdi. 1888 y. bu truppa Sofiyaga koʻchib oʻtib, "Bolgar xalq asosiy truppasi" deb ataldi. 1891 y. dramatik va opera truppalari tuzildi. 1892 y. da tuzilgan "Kulgi va koʻz yoshlari" truppasi 1904 y.da xalq teatriga aylantirildi. Keyinchalik "Zarya", R. Popovaning dramatik teatri, Yangi xalq teatri, "Zamonaviy teatr", "Erkin teatr", shuningdek Varna, Ruse, Qozonlikdagi teatrlar vujudga keldi. Bolgar teatri taraqqiyotida V. Kirkov, S. Ognyanov, S. Bichvarov, A. Bulevskaya kabi sanʼatkorlarning faoliyati katta rol oʻynadi. B. teatrlari repertuaridan milliy dramaturglar I. Vazov, O. Vasilev, K. Zidarov kabilarning , shuningdek jahon klassik va hoz. zamon chet el dramaturglarining asarlari oʻrin olgan. F. Filipov, K. Mirskiy, R. Delcheva, O. Kircheva, S. Gesov, I. Kondov, M. Popova, V. Trandafilov, 3. Yordanova, G. Stamatov kabi rej. va aktyorlar B. teatr sanʼatining yirik arboblaridir.

Musiqasi[tahrir]

Eng qad. xalq qoʻshiqlari marosim, mehnat, qahramonlik, lirik qoʻshiklardan iborat. Xalq odatlarini ifodalovchi xoro, ruchenitsa raqslari boʻlgan. Musiqa folklorida birikki ovozli qoʻshiqlar koʻproq, uchtoʻrt ovozli qoʻshiqlar kamroq uchraydi. Xalq qoʻshiq va raqslarining vazni Yaqin Sharq musiqasi taʼsirida boyigan. Asosiy milliy cholgʻu asboblari — gadulka, gayda, kaval va tambura. Oʻrta asrlarda xalq kuylari va cherkov musiqasi keng tarqalgan, milliy sozanda, bastakorlar yetishib chiqqan. Turkiya asoratidan qutulgach, B. ning professional musiqa taraqqiyoti uchun qulay sharoit tugʻildi. Xalq qiroatxonalari huzurida xor jamoalari tuzildi. 19-a. oxiri va 20-a. boshlarida Ye. Manolov, D. Xristov, G. Atanasov kabi dastlabki professional kompozitorlar yetishdi. 1904 y.da Sofiyada musiqa maktabi (1921 y. dan Davlat musiqa akademiyasi, 1954 i. dan B. davlat konservatoriyasi) ochildi, 1908 y.da opera teatri (1921 y.dan Sofiya xalq operasi) tashkil etildi. 20-a. boshlarida A. Bukoreshchliyev, D. Xristov, P. Pipkov, Al. Morfov, A. Kristev kabi kompozitor va musiqa folklorchilari asosan xor musiqasi sohasida ishladilar. G. Atanasov "Gergana", "Sveta" kabi dastlabki B. operalarini yaratdi. P. Vladigerov simfonik musiqani boshlab berdi. P. Staynov bilan V. Stoyanovlar simfonik va xor musiqasining yirik ustalaridir. Oʻzbekistonda B. sanʼat ustalari koʻp marta konsert bergan.

Kinosi[tahrir]

B. da 1910 y. dan boshlab milliy operatorlar suratga olgan voqeiy va hujjatli lentalar chiqarilgan. Birinchi bolgar badiiy filmi "Savlatli bulgʻor" (rej. V. Gendov) 1915 y. chiqdi. B. da birinchi ovozli film "Qulning isyoni" (rej. V. Gendov) 1933 y.da namoyish etildi. 2-jahon urushidan keyin B. da milliy kinosanʼat rivojida yangi pogona boshlandi. D. Dakovskiy, B. Sharaliyev, A. Yanchev, A. Marinovich, 3. Jandov kabi rej. lar, P. Vejinov, A. Vagenshteyn, X. Ganev kabi ssenariychilar yetishdi. 50-yillarda "Trevoga" (rej. 3. Jandov), "Vatan osmonida tong" (rej. A. Marinovich va S. Sirgajiyev), "Notinch yoʻl" (rej. D. Dakovskiy) filmlari ekranga chikdi. "Shipka qaxramonlari" (1955), "Tarix sabogi" (1957) filmlari yaratildi. Keyingi yillarda chiqqan "Kambagʻal koʻcha" (rej. X. Piskov), "Biz unda yosh edik" (rej. B. Jelyazkova), "Asir qushlar" (rej. D. Mundrov), "Shaftoli ugrisi" (rej. V. Radev), "Inspektor va tun" (rej. R. Vilchaiov), "Muhabbat" (rej. L. Staykov) kabi filmlarda yangi, hayotiy mavzularni koʻtarish, mazmundorlik, taʼsirchanlikning yangi vositalarini izlash seziddi. B. da har yili 200 ga yaqin hujjatli, ilmiyommabop, multfilm va 10—20 badiiy film ishlab chiqariladi. Kino aktyorlardan N. Kokanova, G. GeorgiyevGes, S. Danailov, D. Tonchevalar mashhur.

Oʻzbekiston — Bolgariya munosabatlari[tahrir]

Ikki davlat oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar uchun huquqiy asos yaratish, savdoiktisodiy hamkorlikni rivojlantirish, qoʻshma korxonalar barpo etish sohasida bir muncha ishlar qilinmoqda. B. savdoiqtisodiy delegatsiyasining 1994 y. iyunida Oʻzbekistonga tashrifi natijasida iqtisodiyot va savdo-sotiqning bir qancha sohalarida hamkorlik qilish haqidagi bayonnomalar imzolandi. 1997 y. noyab.da B. tashqi ishlar vaziri boshchiligidagi ishbilarmonlar delegatsiyasi Oʻzbekistonda boʻldi. Shu yil 12 noyab.da Toshkentda B. tadbirkorlari vakillari ishtirokida O'zbekiston ishbilarmonlari uchun biznesseminar oʻtkazildi. Unda ikkala mamlakat oʻrtasidagi anʼanaviy aloqalarni yangi mazmun bilan boyitish va iqtisodiy hamkorlik sohasidagi barcha imkoniyatlardan unumli foydalanish haqida kelishib olindi. Bolgariyalik mehmonlarning "Oʻzbeksavdo", "Oʻzbekengilsanoat" uyushmalarida, "Oʻzbekneftgaz" korporatsiyasi (1998 y. dek.dan xolding kompaniya), Toshkent sh. hokimligi, Sogʻliqni saklash vazirligi va "Uzfarmsanoat" konsernida oʻtkazgan muzokaralari samarali yakunlandi.

Oʻzbekiston Respublikasi bilan B. oʻrtasidagi tashqi savdo aylanmasi 1995 y. da 19,2 mln. AQSH dollarini tashkil etdi va 1994 y. koʻrsatkichidan deyarli 2 baravar oshdi. B. O'zbekistondan paxta tolasi, kalava ip, rangli metallar, noorganik kime mahsulotlari, mexanika asbobuskunalari sotib olmoqda va transport xizmatidan foydalanmoqda. Oʻzbekiston esa B.dan dori-darmon, plastmassa va undan yasalgan buyumlar, qandshakar, efir moylari, qandolat mahsulotlari, pardozandoz buyumlari, alkogolli va alkogolsiz ichimliklar, tamaki va h. k. keltiradi.

1997 y. yanv. sent. oylarida oʻzaro tovar aylanmasi 8089,6 ming AQSH dollarini tashkil etdi va Oʻzbekistonning eksporti importidan 825,2 ming dollar ortiq boʻldi.

Alohida tashkilotlar oʻrtasidagi hamkorlik quyidagicha: "Uzfarmsanoat" konserni B. ning farmatsevtika mahsuloti ishlab chiqaruvchi katta birlashmasi "Farmaxim" bilan qoʻshma korxona barpo etishga kirishdi. Jumladan, bronxolitin preparatini i.ch. korxonasini tashkil etish shartnomasiga binoan B. tomoni 200 ming AQSH dollari qiymatiga ega boʻlgan asbobuskuna va materiallar yetkazib beradi. Bu korxona yiliga 1 mln. flakon preparat ishlab chiqaradigan boʻladi. "Oʻzeltexsanoat" uyushmasining "Foton" aksiyadorlik jamiyati "Karat" nazoratkassa apparatlari uchun butlovchi qismlar yetkazib berish haqida "Sofiya" firmasi bilan shartnoma tuzdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki B.ning "Bulbank", "Ferst investment Bank LTd" banklari bilan vakillik munosabatlari urnatdi. "Toshkent aviatsiya i.ch. birlashmasi" aksiyadorlik jamiyati 1990—91 y. larda B.ga 3 ta Il76 TD samolyotini yubordi.

1997 y. dek.da UzR Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi roʻyxatidan oʻtgan B. sarmoyasi ishtirokidagi 15 ta qushma korxona bulgan. Ular orasida telefon apparatlari ishlab chiqaruvchi "Sitora", elektrkardiograflar yigʻuvchi va ularning ehtiyot qismlarini almashtiruvchi "Kontakt", tikuvchilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi "Sikander", tish pastasi va b. ruzgor kimyosi mahsulotlari ishlab chiqaruvchi "Albo", hisoblash texnikasini taʼmirlovchi va ularga xizmat koʻrsatuvchi "Bulteks", bolalar taomi va qandolat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi "Rossi S. A." va b. korxonalar bor. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi yuz foiz B. sarmoyasidagi "Bulgar Tradiud Co" tashqi savdo korxonasini ruyxatdan utkazgan. Bundan tashqari mazkur vazirlik huzurida B. ning 2 ta firmasi: "Veko Limited" (akkumulyator i. ch., yuk tashish va sayyohlik faoliyati), "U. B. T. Ko" (t.y. transporti uchun asbobuskuna va materiallar yetkazib berish, yuk tashish va ekspeditorlik faoliyati) vakolatxonalari rasmiylashtirilgan. [1]

Tarixi[tahrir]

Asosiy maqola: Bolgariya tarixi.
60px-Bulgaria
Birinchi Bolgar Imperiyasi
Ikkinchi Bolgar Imperiyasi
Usmon Bolgariyasi
Mustaqil Bolgariya
Kommunistik Bolgariya
Demokratik Bolgariya

7-chi asrning oxirlarida Asparuh Xon tomonidan boshqarilgan Bolgarlar qabilasi Bolqonga ko'chishadi va u yerda mahalliy Slavyanlar bilan birlashib ketib, MA 681 y.da dastlabki bolgar davlatini tuzishadi. Bu slavyan millatining tarixdagi birinchi davlatidir. 9-10-chi asrlarda Bolgar imperiyasi Yevropada juda katta kuchga ega bo'ladi va Bolqon yarimorolida hukmronlik qilish uchun Vizantiya Imperiyasiga qarshi urushlar olib boradi. Lekin 969 y.da Bolgar Imperiyasi Kiev Rusi tomonidan katta talofat ko'radi va 1018 y.da Basil II boshchiligidagi Vizantiya Imperiyasi tomonidan butunlay mahv etiladi.

Boshqaruv Organi[tahrir]

Bolgariya Prezidenti (Georgi Parvanov 22 yanvar 2002) to'g'ridan to'g'ri 5 yillik muddatga saylanib, bir marotaba qayta saylanish huquqiga ega. Prezident davlat boshqaruvchisi va harbiy kuchlarning oliy qo'mondoni vazifalarini o'taydi. Ayni vaqtda, prezident Milliy Xavfsizlik organining Maslahat Qo'mitasi rayisi bo'lib, garchi qonun qabul qila olmasada, qonun loyihasini [for further debates] qaytarishi mumkin. Lekin parlament ko'pchilikning ovozi bilan prezidentning vetosini rad etishi mumkin.

Vazirlar Kengashi Bosh Vazir (Sergey Stanishev 2005 y. 17 avgustdan beri) tomonidan boshqariladi. U Bosqaruv Organining oliy a'zosi bo'lib, hozirda 20-ta vazirdan iborat. Bosh Vazir parlamentning ko'chilik ovozi bilan tayinlanadi va Prezident tarafidan o'z mahkamasini tuzish uchun mandat beriladi.

Hozirdagi koalitsiya Bolgar Sotsialist Partiyasi (BSP), Simeon II Milliy Xarakati (SMX) va (asosan mamlakatda kamchilikni tashkil etgan Turklarni ifodalovchi) Huquqlar va Ozodlik uchun Xarakatdan tashkil topgan.

Hokimiyat[tahrir]

Bolgariya yakka palatali parlamentga ega. Umum-Milliy Yig'ilishi yoki Narodno Sabranie, 240 deputatlardan iborat bo'lib, ular xalq tomonidan 4 yillik muddatga saylaniladi. Ovozlar 28-ta administrativ bo'limlarning har biridagi nomzodlarning partiyalari yoki koalitsiyalariga beriladi. Partiya yoki koalitsiya parlamentga kirish uchun eng kamida ovozlarning 4% to'plashi zarur.Parlament qonunlarning kuchga kirishi, byudjetni tasdiqlash, prezident saylovlariga tayyorgarlik ko'rish, bosh vazir va boshqa vazirlarning tanlovi va ularning ishdan bo'shatilishi, urush e'lon qilish, qo'shinlarning Bolgariya hududidan tashqariga chiqishi va xalqaro bitim va shartnomalarni tasdiqlash kabi vazifalarni bajaradi.

Hududiy va mahalliy hokimiyat[tahrir]

Bolgariya Respublikasining hududi provinsiya va munitsipalitelarga bo'lingan. Provinsiyalarning soni 28-ta bo'lib, har biri hokimiyat tomonidan tayinlanadigan provinsiya hokimi bilan boshqariladi. Shu bilan birga, mamlakatda 263-ta munitsipalitet mavjud.

Provinsiyalar[tahrir]

Asosiy maqola: Bolgariya provinsiyalari.
Bolgariya Provinsiyalari

1987 y. 9-ta provinsiyaga bo'linganidan so'ng, 1999 y.dan boshlab, Bolgariya 28-ta provinsiyadan iborat (oblasti, birlikda - oblast). Mamlakat poytaxti alohida provinsiya xisoblanib, har bir provinsiya o'z poytaxti nomi bilan ataladi:

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil