UNESCO
UNESCO (United Nations Educational, Scientific and Cultural Organization — Birlashgan Millatlar Taʼlim, Bilim va Madaniyat Tashkiloti), Birlashgan Millatlar Tashkilotining mahsus tashkilotlaridan biri boʻlib, ikkinchi dunyo urushidan soʼng, 1946-yil tashkil qilingan.
Bu tashkilotning qurulishiga, 1945-yil Noyabr oyida Londonda 44 davlatning vakillari qatnashgan holda qaror qilingan. Tashkilotning markazi Parijda. Uch organdan — Umumiy yigʻilish, Boshqaruv, Kotiblikdan iborat boʻlgan UNESCO tashkilotining asl maqsadi, taʼlim, bilim va madaniyatni, unga aʼzo boʻlgan har bir davlatdagi Milliy komissiyalar orqali amalga oshirish.
Mundarija |
Umumiy Majlis [tahrir]
Tashkilotga aʼzo davlatlarning vakillaridan tashkil topgan Umumiy Majlis, 1946-1953 yillar orasida har yil oʻtkazilgan boʻlib, 1954-yildan eʼtiboran iki yilda bir marotaba oʻtkazilmoqda. Tashkilotning tashkil qilinishidan bugungacha jami 26 Umumiy Majlis boʻlib oʻtgan.
Majlis, Tashkilotning eng muhim organi boʻlib, boshqaruv aʼzolarini va Bosh Direktorni tanlab, UNESCOning ishlash rejalarini qabul qiladi va byudjetni aniqlaydi.
Boshqaruv [tahrir]
Umumiy Boshqaruv Haqida [tahrir]
UNESCO Boshqaruvining, Umumiy Majlisga qoʻshilgan va hukumatlarning nomzod boʻlgan vakillari, 58 azodan tashkil topadi.
UNESCO Boshqaruv aʼzolarining saylovi, 4 yilda 1 marotaba oʻtkaziladi.
UNESCOning Oʻzbekistondagi Boshqaruv aʼzolari [tahrir]
- Bosh Prezident: prof. Rustam Qosimov
- Prezident oʻrinbosari: Dr. Vladimir Norov
- Bosh Kotib: Alisher Ikramov
- Bosh Kotib oʻrinbosari: Saidafzal Mallakhanov
Kotiblik [tahrir]
UNESCO umumiy majlisda olti yil uchun saylangan bosh prezidentning qoʻl ostida ishlayotgan UNESCO Kotibligi taʼlim, bilim, madaniyat va aloqa boʻlimlariga ayrilgan. Kotiblikning bosh vazifasi, UNESCOning ikki yillik rejalarini amalga oshirishdan iborat.
Hozirda UNESCOga aʼzo davlatlarning soni 191dan iborat.