Ikkinchi jahon urushi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oʻtish: foydalanish, Qidir
Ikkinchi jahon urushi
World War II montage image
Tepadan soat mili boʻylab: Ittifoq qoʻshinlari "D Kuni" Normandiyada tushirilmoqdalar, Qizil armiya askarlari Reyxstag ustida Gʻalaba bayrogʻini koʻtarmoqdalar, Osventsim konsentratsion lagerining darvozasi, Stalingrad jangdan soʻng, Xirosima va Nagasakining atom bombardirovkalari, 1936-yil Nurnbergdagi fashistlar marshi.
Sana 1 sentabr 19392 sentabr 1945
Joy Yevropa, Sharqiy va Janubi-Sharqiy Osiyo, Shimoliy, Shimoli-sharqiy va Gʻarbiy Afrika, Yaqin Sharq, Atlantika, Hind va Tinch okeanlari, Oʻrta Yer boʻyi.
Sabab Koʻpchilik davlatlarning siyosati; Versal-Vashington tizimining oqibatlari.
Natija Ittifoqchilar gʻalabasi. BMTning tashkil topishi. SSSR kuchli davlatga aylanadi. Dunyo turli xil ijtimoiy-siyosiy tizimli ikki lager - sotsialistik va kapitalistik lagerlarga boʻlinib ketadi. Sovuq urush boshlanadi.
Raqiblar
Aksilhitler ittifoqi:

Flag of the Soviet Union.svg SSSR
US flag 48 stars.svg AQSh
Flag of the United Kingdom.svg Buyuk Britaniya
Flag of France.svg Fransiya
Flag of the Republic of China.svg Xitoy
Flag of Poland.svg Polsha
Flag of Australia.svg Avstraliya
Flag of Canada 1921.svg Kanada
Naval Ensign of the Kingdom of Yugoslavia.svg Yugoslaviya
Flag of New Zealand.svg Yangi Zelandiya
va boshqalar

Hitler ittifoqi:

Flag of the NSDAP (1920–1945).svg Olmoniya
Flag of Italy (1861-1946).svg Italiya
Flag of Japan.svg Yaponiya
Flag of Hungary 1940.svg Vengriya
Flag of Finland.svg Finlandiya
Flag of Romania.png Ruminiya
Flag of Bulgaria.svg Bolgariya
Flag of Slovakia (1939-1945).png Slovakiya
Flag of Independent State of Croatia.svg Xorvatiya
Flag of Thailand.svg Tailand
va boshqalar

Qoʻmondonlar
Flag of the Soviet Union.svg Iosif Vissarionovich Stalin

US flag 48 stars.svg Franklin Delano Roosevelt
Flag of the United Kingdom.svg Winston Churchill
Flag of France.svg Charles de Gaulle
Flag of the Republic of China.svg Chan Kayshi
Flag of Poland.svg Edward Rydz-Śmigły
Flag of Australia.svg John Curtin
Flag of Canada 1921.svg William Lion McCensy King
Naval Ensign of the Kingdom of Yugoslavia.svg Pyotr II Kargeorgiyevich
Flag of New Zealand.svg Michael Joseph Savage

Flag of the NSDAP (1920–1945).svg Adolf Hitler


Flag of Italy (1861-1946).svg Benito Mussolini
Flag of Japan.svg imperator Syova
Flag of Hungary 1940.svg Horthy Miklós
Flag of Finland.svg Risto Heikki
Flag of Romania.png Ion Antonescu
Flag of Bulgaria.svg Boris III
Flag of Slovakia (1939-1945).png Jozef Tiso
Flag of Independent State of Croatia.svg Anton Pavelich
Flag of Thailand.svg Ananda Maxidol

Harbiy yoʻqotishlar
Harbiylar:
17 mln.dan kam boʻlmagan yoʻqotishlar [1] [2] [3] [4] [5]
Fuqaro shaxslar:
33 mln[manba kerak]
Umumiy halok boʻlganlar soni:
50 mln[manba kerak]
Harbiylar:
8 mln[manba kerak]
Fuqaro shaxslar:
4 mln[manba kerak]
Umumiy halok boʻlganlar soni:
12 mln[manba kerak]

Ikkinchi jahon urushi (19391945) — buyuk mamlakatlar — Angliya, Fransiya, Sovet Ittifoqi, Olmoniya, Italiya, Yaponiya va boshqa davlatlar oʻrtasida Birinchi jahon urushidan soʻng, 1919 — 1922 yillari taʼsir doirasini kengaytirish va chegaralarni qayta koʻrib chiqish maqsadida kelib chiqqan qurolli ziddiyatlar (urushlar) majmuasi. Keyinchalik bu dunyodagi ikki harbiy-siyosiy ittifoqlarning ziddiyatiga aylanadi va insoniyat tarixidagi eng yirik urush boʻladi. Ikkinchi jahon urushida dunyo aholisining 80% dan ortigʻi yashagan 61 ta davlat qatnashdi (ulardan 37 tasi harbiy harakatlarda ishtirok etdi). Harbiy harakatlar 40 ta davlat hududlarini qamradi. Har xil baholarga koʻra 50 dan 70 mlngacha kishi vafot etgan.

Mundarija

[tahrir] Qatnashchilar

Asosiy maqola: Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari.

Ikkinchi jahon urushida 61 ta davlat qatnashgan (47 tasi aksihitler ittifoqining tarafida va 14 tasi Oʻq mamlakatlari tarafida). Ulardan ayrimlari faol harbiy harakatlarni olib borishardi, boshqalari oʻz ittifoqdoshlariga oziq-ovqat yetkazib berardi, koʻpchilik esa urushda faqat nominal holda ishtirok ishtirok etardilar.

Aksihitler ittifoqiga quyidagilar kirardilar: SSSR (1941-yildan), AQSh (1941-yil, 7-dekabrdan), Buyuk Britaniya, Fransiya, Xitoy, Polsha, Avstraliya, Kanada, Yugoslaviya, Niderlandlar, Norvegiya, Yangi Zelandiya, Janubiy Afrika Ittifoqi, Chexoslovakiya, Belgiya, Yunoniston, Efiopiya, Daniya, Braziliya, Meksika, Moʻgʻuliston, Luksemburg, Nepal, Panama, Argentina, Chili, Kuba, Peru, Gvatemala, Kolumbiya, Kosta Rika, Dominika Respublikasi, Albaniya, Gonduras, Salvador, Gaiti, Paragvay, Ekvador, San Marino, Turkiya, Urugvay, Venesuela, Livan, Saudiya Arabistoni, Nikaragua, Liberiya, Boliviya. Urush davrida ularga fashist blokidan chiqqan bir necha davlat qoʻshildi: Eron (1941-yildan), Iroq (1943-yildan), Italiya (1943-yildan), Ruminiya (1944-yildan), Bolgariya (1944-yildan), Vengriya (1945-yili), Finlandiya (1945-yili).

Boshqa tarafdan urushda Oʻq davlatlari: Olmoniya, Italiya (1943-yilgacha), Yaponiya, Finlandiya (1944-yilgacha), Bolgariya (1944-yilgacha), Ruminiya (1944-yilgacha), Vengriya (1945-yilgacha), Slovakiya, Tailand (Siam), Iroq (1941-yilgacha), Iroq (1941-yilgacha), Manchjou-Go, Xorvatiya, Serbiya. Bosib olingan mamlakatlar hududida fashist ittifoqiga qoʻshilgan marionetkaviy davlatlar yaratilar edi: Vishi Fransiyasi, Salo respublikasi, Albaniya, Chernogoriya, Ichki Moʻgʻuliston, Birma, Fillipinlar, Vyetnam, Kambodja, Laos. Shuningdek, Olmoniya va Yaponiya tarafida qarshilik koʻrsatayotgan tarafning fuqarolaridan yaratilgan koʻpgina kollaboratsion qoʻshinlar jang qilardi: ROA, RONA, SSning xorijiy diviziyalari (rus, ukrain, eston, latish, dat, belgiyalik, fransuz, alban), "Ozod Hindiston". Shuningdek, Oʻq davlatlari qurolli kuchlari tarkibida rasman neytral qolayotgan davlatlarning ixtiyoriy kuchlari bor edi: Ispaniya (Havorang diviziya), Shvetsiya va Portugaliya.

[tahrir] Hududlar

Barcha harbiy harakatlarni 5ta harbiy harakatlar teatriga boʻlish mumkin.

[tahrir] Urushning birinchi davri (sentabr 1939 — iyun 1941)

[tahrir] Polshaga bostirib kirilishi

Asosiy maqola: Vermaxtning Polsha kampaniyasi (1939).
Polsha uchun janglar davomida polyak harbiylari. 1939-yil, sentabr
Glayvitsdagi radiostansiya
Bromberg vayronasi

1939-yil, 23-may kuni Hitler kabinetida yuqori lavozimli ofitserlar ishtirokida majlis bo'lib o'tadi. Bunda Polsha muammosi G'arb bilan ziddiyatga aylanishi mumkinligi qayd etiladi. Olmoniya tashqi siyosatining birinchi vazifasi sifatida Sharqqa qarab o'z hukmronlik doirasini yoyish, oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlanishni kafolatlash va Sharq tomonidan tahdidni bartaraf etish qo'yiladi. Polsha qulay vaziyat tug'ilishi bilan bosib olinishi shart bo'ladi.

31-avgust kuni Olmoniya matbuoti "… payshanba kuni soat tahminan 20 larda Glayvitsdagi radiostansiya binosi polyaklar bilan bosib olindi." deya xabar beradi.
1-sentabr soat 4:45 da Dansigga do'stlik tashrifi bilan buyurgan "Shlezvig-Golshteyn" nemis o'quv kemasi Vesterplyattdagi Polsha harbiy tuzilmalariga qarata o'q ochadi. Ikki jahon urushi boshlanadi. [6]

1-sentabr kuni harbiylar formasini kiygan Hitler Reyxstagda nutq so'zladi. Polshaga bo'lgan bosqinni oqlash uchun Hitler Glayvitsdagi mojaroni sabab qiladi. Bunda u Polshaga ittifoqdosh bo'lgan Angliya va Fransiyaga bilan to'qnashuvga uchramaslik uchun iloji boricha "urush" atamasini ishlatmaslikka urinadi. U chiqargan buyruqda faqatgina Polsha zo'ravonligiga nisbatan ko'rilgan "faol himoya" haqida yozilgan edi.
Shu kunning o'zida Angliya va Fransiya urush e'lon qilish tahdidi ostida nemis qo'shinlarining Polsha hududidan zudlik bilan chiqarilishini talab qiladilar. Fashist Mussolini polyak muammosini tinchlik bilan hal etish uchun konferensiya chaqirishni taklif qiladi. Lekin Hitler buni rad etadi.[7].

1-sentabr kuni Sovet Ittifoqida umumbashar harbiy chaqiriq e'lon qilindi. Bunda chaqiriq yoshi 21 dan 19 yoshgacha, ayrim turkumlar uchun esa 18 yoshgacha tushiriladi. Ushbu qonun chiqarilishi bilan kuchga kiradi. Qisqa muddat ichida armiyaning son jihatdan tarkibi 5 million kishiga yetadi, bu umumiy aholi sonining 3% ini tashkil etadi.

1939-yil 1-sentabrda Olmoniya qurolli kuchlari Polshaga bostirib kiradilar. Jangda Olmoniya tarafida yana Slovakiya qo'shinlari ham ishtirok etadi.

3-sentabr soat 9 da Angliya, soat 12:20 da esa Fransiya hamda Avstraliya va Yangi Zelandiya Olmoniyaga qarshi urush e'lon qiladilar. Bir necha kun ichida ular qatoriga Kanada, Nyufaundlend, Janubiy Afrika Ittifoqi va Nepal qo'shiladi. Ikkinchi jahon urushi shu tariqa boshlanadi.


3-sentabr kuni Versal shartnomasiga ko'ra Polsha tarkibiga o'tgan Sharqiy Prussiya shahri Brombergda ushbu urush tarixidagi millat ko'rsatkichi bo'yicha eng dastlabki ommaviy qirg'in boshlanadi. Aholining 3/4 qismi nemislardan iborat bo'lgan shaharda 1100 kishi polyaklar tomonidan qirg'in qilinadi. Bu mojaro ushbu oy ichida davom etgan vayronagalarchiliklardan eng so'nggisi edi. [8]

Nemis qo'shinlarining hujumi reja asosida borayotgan edi. Polsha kuchlari nemis tanklari va luftvaffesiga nisbatan juda kuchsiz edi.

5-sentabr kuni AQSh va Yaponiya Yevropa urushida o'zining betaraf ekanligini e'lon qiladilar. [9]

G'arbiy frontda ittifoqdosh ingliz-fransuz qo'shinlari hech qanday faol harakat olib bormaydilar (G'alati urush maqolasini qarang). Dengizda esa urush jadal tus oladi: 3-sentabrni o'zidayoq nemis U-30 suvosti kemasi hech qanday ogohlantirishlarsiz ingliz yo'lovchi layneri "Ateniya"ga hujum qiladi.

Polshada janglarning birinchi haftasida nemis qo'shinlari bir necha joydan polyaklar frontini kesib o'tib, Mazoviyaning bir qismini, g'arbiy Prussiyani, Yuqori-Silez sanoat tumanini hamda g'arbiy Galitsiyani egallaydilar. 9-sentabrga kelib nemislar butun front bo'ylab Polsha qarshiligini yengadilar va Varshavaga yetadilar.

10-sentabrda polyak bosh qo'mondoni Edward Rydz-Śmigły janubi-sharqiy Polsha tomon ortga chekinish haqida qaror beradi, ammo uning qo'shinlarining asosiy qismi Visla ortiga o'tishga ulgurmay, harbiy o'ramaga tushadi. Sentabr o'rtalariga kelib, g'arbdan madad olmagani sababli, Polsha qurolli kuchlari yagona birlik sifatida mavjudligini to'xtatadilar; faqatgina joylardagi qashi kuch markazlari saqlanib qoladi.

16-sentabrda Polshaning SSSRdagi elchisiga Polyak davlati endi mavjud emasligi sababli, Sovet Ittifoqi G'arbiy Ukraina va G'arbiy Belorussiya aholisini himoyasi ostiga olishi kerakligi haqida aytiladi. 17-sentabrda Hitler bilan kelishtirib olingan rejaga asosan ertalab soat 6 da sovet qo'shinlari ikki harbiy guruh tarkibida davlat chegarasini kesib o'tadilar. Vilno, Grodno va Belostokka hujum qilayotgan belorus frontini general Kovalyov boshqaradi. Ukraina frontini esa Lemberg (Lvov)ga bostirib kirayotgan marshal Timoshenko boshqarar edi. O'sha kunning kechasi Polsha hukumati va bosh qo'mondonlik Ruminiyaga ko'chib o'tadi.

Sovet hukumati: "Polshaning sharqiy tumanlarida yashovchi ukrain va belorus xalqini nemis agressiyasidan himoya qilish uchun qo'shinlar yuborishi", — haqida e'lon qiladi. 19-sentabr kuni Qizil Armiya Vilnoni, 20-sentabrda Grodno va Lvovni egallaydi, 23-sentabrda Bug daryosiga yetib boradi.

SSSRning bostirib kirishidan oldin, Guderianning 19-tank korpusi (Olmoniya) Sharqiy Prussiya tarafidan kelib, Brestni ishg'ol qiladi. General Plisovskiy boshchiligidagi polyak qurolli kuchlari yana bir necha kun davomida Brest qal'asini himoya qiladilar. 17-sentabrga o'tar kechasi uning himoyachilari kelishilgan ravishda fortlarni tark etib, Bug daryosi ortiga o'tadilar.

28-sentabr kuni nemislar Varshavani, 30-sentabrda Modlinni, 2-oktabrda Xelni egallaydilar. 6-oktabr kuni Polsha armiyasining so'nggi kuchlari kapitulyatsiya qiladi. Avvalgi Polsha hududida nemis va sovet qurolli kuchlari o'rtasida chegara chizig'i aniqlaniladi.

G'arbiy Polsha yerlarining bir qismi Uchinchi reyx tarkibiga o'tadi. Bu yerlar "olmonlashtirish"ga uchrashi kerak bo'ladi. Polyaklar va yahudiylar Polshaning markaziy tumanlariga surgun qilinadilar. Qolgan hududlarda general-gubernatorlik tashkil etilib, u yerda polyak xalqiga nisbatan ommaviy qirg'inlar o'tkaziladi. Gettoga yig'ilgan yahudiylar og'ir holatga tushadi.

SSSRga o'tgan hududlar Ukraina SSRi, Belorussiya SSRi va Litva tarkibiga kiritiladi. Bu yerda sovet hukumati o'rnatilib, sotsialistik o'zgartirishlar amalga oshiriladi (sanoatning milliylashtirilishi, jamoaviy dehqonchilik), sobiq "hukmron sinfi" — burjuaziya vakillari, pomeshchiklar, badavlat dehqonlar, ayrim ziyolilar surgun qilinib, repressiyalarga uchraydi.

1939-yil 6-oktabrda Hitler kelishmovchiliklarni barataraf etish maqsadida barcha yirik mamlakatlar ishtirokida tinchlik konferensiyasini o'tkazish taklifi bilan chiqadi. Fransiya va Buyuk Britaniya nemislar zudlik bilan o'z askarlarini Polsha va Chexiyadan chiqarib, mustaqilligini qaytarishsagina bu konferensiyada ishtirok etish uchun rozilik berishi haqida aytadilar. Olmoniya bu talablarni rad qiladi va oqibatda tinchlik konferensiyasi amalga oshmaydi. Nemis qo'mondonchiligi G'arbga qarab yurishga tayyorlana boshlaydi.

[tahrir] Atlantika uchun kurash

Asosiy maqola: Atlantika uchun kurash (1939—1945).
La-Plata ko'rfazida cho'kayotgan "Admiral Graf Spee" linkori yonmoqda.

Tinchlik konferensiyasida qatnashishdan bosh tortgan Buyuk Britaniya va Fransiya 1939-yil sentabridan to 1940-yilning apreligacha passiv urushni qo'llab, hech qanday hujum harakatlarini amalga oshirmaydilar. Faol janglar faqatgina dengizda bo'lib o'tadi. Urushgacha bo'lgan paytda nemis qo'mondonligi Atlantika okeaniga 2 ta zirhli katta harbiy kema va 18 ta suvosti kemalarini yuboradi. Urush boshlanganidan so'ng ushbu kemalar Buyuk Britaniya va unga ittifoqdosh bo'lgan davlatlarning savdo kemalariga hujum qila boshlaydilar. 1939-yilning sentabridan dekabrgacha bo'lgan davr ichida Buyuk Britaniya nemis suvosti kemalarining zarbalari natijasida 114 ta kemadan, 1940-yili esa 471 ta kemadan ayriladi, nemislarning esa 1939-yildagi yo'qotishlari atigi 9 suvosti kemasini tashkil etadi. Buyuk Britaniyaning dengizdagi aloqalariga bo'lgan zarbalar 1941-yilning yoziga kelib britan savdo flotining 1/3 qismini yo'qotilishiga olib keladi va mamlakat iqtisodiyoti uchun jiddy xavf tug'diradi.

[tahrir] Sovet-fin urushi

Asosiy maqola: Sovet-fin urushi (1939—1940).
SSSR egallagan hududlar

1938-1939-yillardagi sovet-fin muzokaralari davomida SSSR Kareliya bo'yinining bir qismiga ikki baravar hajmli hududni berishni hamda bir qancha orollar va Xanko (Gangut) yarimorolini harbiy baza sifatida ijaraga berishni taklif qiladi. Finlandiya o'z hududini boy berishni va harbiy majburiyatlar olishni istamay, savdo-sotiq bo'yicha kelishuvni imzolash va Aland orollarining remilitarizatsiyasi taklifini beradi.

Buyuk Britaniya, Fransiya va AQSH davlatlarining bosimi tufayli ushbu muzokaralar to'xtaydi va 1939-yilning 30-noyabrida SSSR Finlandiyaga bostirib kiradi. 1939-yil 14-dekabrda SSSR urush boshlagani sababli Millatlar ligasidan chetlashtiriladi. SSSRni Millatlar ligasi safidan chetlashtirish davomida Ligaga kirgan 52 davlatdan 12 tasi ushbu konferensiyaga o'z vakillarini umuman yubormaydilar, 11 tasi esa SSSR chetlashtirilishiga qarshi chiqadilar. Aytib o'tilgan 11 ta davlat ichida — Shvetsiya, Norvegiya va Daniya davlatlari ham bo'lgan.

Dekabrdan to fevral oyigacha sovet qo'shinlari Mannerheim chizig'ini yorib o'tishga harakat qiladilar, lekin muvaffaqiyatga erisha olmaydilar. Mannerheim chizig'ida Finlandiya piyoda askarlarining 15 diviziyasiga qarshi sovet mergan askarlarining 15 diviziyasi to'qnashadilar.

Buyuk Britaniya va Fransiya Skandinaviya yarimoroliga desant tushirishga qaror qiladilar. Bu qaror bilan ular shvedlarning temir ruda konini Olmoniya egallashiga yo'l qo'ymaslikni hamda Finlandiya himoyasi uchun askarlar yuborish yo'lini ko'zlaydilar. Ammo, Shvetsiya va Norvegiya betaraflikni saqlab qolish maqsadida o'z hududida ingliz va fransuz askarlarini qabul qilishga rozi bo'lmaydilar. 1940-yilning 16-fevralida Britaniya esminetslari Norvegiyaning suvdagi hududlarida "Altmark" nomli nemis kemasiga hujum qiladilar. 1-mart kuni Skandinaviya davlatlarining betarafligida manfaatdor bo'lgan Hitler Daniya va Norvegiyani bosib olish (Weserübung operatsiyasi) haqidagi ko'rsatmani imzolaydi.

1940-yil mart oyining boshida sovet qo'shinlari Mannerheim chizig'ini yorishga muvaffaq bo'lib, Viborg shahrini egallaydilar. 1940-yil 13-martda Moskvada Finlandiya va SSSR o'rtasida tinchlik haqidagi kelishuv imzolanadi. Bu kelishuvga muvofiq SSSRning barcha talablari qondiriladi: Kareliya bo'yinidagi chegara shimoli-g'arbiy tomon 150 km ga suriladi va Fin bo'g'ozidagi bir nechta orollar SSSR tasarrufiga o'tadi. Finlandiya Ikkinchi jahon urushida o'z betarafligini saqlaydi. [10]

Urushning tugatilishiga qaramay ingliz-fransuz qo'mondonligi Norvegiyada harbiy operatsiya rejasini ishlab chiqishda davom etadi, ammo nemislar ulardan ilgarilab ketadilar.

Sovet-fin urushi mobaynida finlar tarafidan Molotov aralashmasi kashf etiladi.


[tahrir] Yevropa blitskrigi

Asosiy maqola: Fransuz kampaniyasi.
Norvegiya qirg'og'i yaqinida dengizdagi jang. 10-aprel 1940

1940-yil 9-aprelda Olmoniya Daniya va Norvegiyaga bostirib kiradi.

Nemislar dengiz va havodagi kuchlari vositasida Daniyaning eng muhim shaharlarini hech qanday qarshiliklarsiz egallaydilar va bir necha soat davomida butun dat aviatsiyasini yo'q qiladilar. Tinch aholini bombardimon qilish tahdidi ostida Daniya qiroli Christian X taslim bo'ladi va armiyasini ortga suradi.

Norvegiyada nemislar 9-10-aprel kunlari Oslo, Tronxeym, Bergen, Narvik kabi eng asosiy portlarini egallaydilar. 14-aprelda ingliz-fransuz desanti Narvik shahri ostida, 16-aprelda Namsusda, 17-aprelda Ondalsnesda tushiriladi. 19-aprelda ittifoqdoshlar armiyasi Tronxeym tomon yuradi, ammo muvaffaqqiyatsizlikka uchrab, may oyining boshlarida markaziy Norvegiyadan ortga chekinishga majbur bo'ladilar. Iyun boshlaridagi Narvik uchun qator janglardan so'ng ular shimoldan ham chekinadilar. 1940-yilning 10-iyunida Norvegiya armiyasining so'nggi kuchlari taslim bo'ladi. Endi mamlakat nemis okkupatsion boshchiligi (reyxskomissariat) qo'li ostiga o'tadi; bu vaqtda Daniya nemis protektorchiligi etib e'lon qilinib, qisman mustaqilligini saqlab qoladi.

Olmoniya bilan bir payt o'zida Daniyaga britan va amerika qo'shinlari hujum qiladi va uning dengizorti hududlari — Farer orollari, Islandiya, Grenlandiyani bosib oladilar.

Nemislarning bombardimonidan so'ng Rotterdam markazi.

1940-yilning 10-mayida Olmoniya 135 ta diviziya kuchi bilan Belgiya, Niderlandlar va Luksemburgga bostirib kiradi. ittifoqdosh armiyalarning 1-guruhi Belgiya hududi tomon yo'l oladi, ammo gollandlarga yordam berishga ulgurmaydi, chunki nemislarning "B" guruh armiyalari janubiy Gollandiyaga keskin tashlanadi va 12-mayning o'zida Rotterdamni egallaydi. 15-mayda Niderlandlar o'z kapitulyatsiyasi haqida e'lon qiladi.

10-may kuni nemis desantchilari Belgiyada Alberta kanali ustidagi ko'priklarni egallaydilar, bu nemis tank kuchlariga Belgiya tekisligi tomon o'tishga imkon beradi. 17-mayda Brussel taslim bo'ladi.

Ammo, eng katta zarbani "A" guruh armiyalari beradi. Guderianning uchta tank diviziyasi 10-mayda Luksemburgni egallab, janubiy Ardenlarni kesib o'tadi va 14-may kuni Maas daryosidan o'tadilar. Shu paytning o'zida Hermann Hothning tankli korpusi shimoliy Ardenlardan o'tadi va 13-mayda Maas daryosiga yetib keladi. Nemis tanklar armadasi g'arbga qarab yo'l oladi. Fransuzlarning kechikkan hujumi ularga qarshi chiqa olmaydi. 16-mayda Guderianning qo'shinlari Uazaga yetib boradi; 20-mayda ular Pa-de-Kale sohiliga chiqadilar va ittifoqdosh armiyalar tomon shimolga buriladilar. 28 ta ingliz-fransuz-belgiyalik diviziya nemislarning qurshovi ostida qoladi.

Dunkerk sohilida britan askari nemis samolyotlariga qarata o'q uzmoqda.

21-23-mayda fransuz qo'mondonligining Arras yonida kontrzarba berish urinishi muvaffaqiyatli bo'lishi mumkin edi, ammo Guderian butun bir tank batalyoni hayoti evaziga bu harakatni to'xtata oladi. 22-may kuni Guderian ittifoqdoshlarning Bulonga, 23-mayda Kalega qaytish yo'lini berkitadi va Dunkerkdan 10 km uzoqlikda bo'lgan Gravlinga chiqadi, ammo 24-may kuni u Hitlerning shaxsiy buyrug'iga ko'ra ikki kunga o'z yurishini to'xtatadi. Ushbu to'xtam ittifoqdoshlarga Dunkerk himoyasini kuchaytirishga va o'z kuchlarini dengiz orqali evakuatsiya qilish bo'yicha "Dinamo" operatsiyasini boshlashga imkon beradi. 26-mayda nemis qo'shinlari G'arbiy Flandriyadagi Belgiya frontini yoradilar va 28-may kuni Belgiya ittifoqdoshlarning talablariga qaramay kapitulyatsiyaga uchrashga majbur bo'ladi. O'sha kuniyoq Lill tumanida nemislar katta fransuz guruhini o'rab oladilar va 31-mayda bu guruh taslim bo'ladi. Fransuz qo'shinlarining bir qismi (114 ming kishi) va inglizlarning deyarli butun armiyasi (224 ming kishi) Dunkerk orqali britan kemalarida olib chiqiladi. Nemislar ingliz va fransuzlar ortga qaytishda tashlab ketgan artilleriya, bronetexnika, transport vositalarini egallaydilar. Dunkerkdan so'ng Buyuk Britaniya armiyasini saqlab qolganiga qaramay, deyarli qurolsiz bo'lib qoladi.

5-iyunda nemis qo'shinlar LanAbvil hududida bosim o'tkaza boshlaydilar. Fransuz qo'mondonligining himoyadagi harakatlari zoye ketadi. Fransuzlar ketma-ket janglarda mag'lub bo'ladilar. Fransuz himoya chizig'i parchalanib ketadi va qo'mondonlik o'z qo'shinlarini janubga qarata tezda olib ketadi.

10-iyunda Italiya Buyuk Britaniya va Fransiyaga qarshi urush e'lon qiladi. Italyan qo'shinlari Fransiyaning janubiy tumanlariga bostirib kiradi, ammo uzoqroqqa surila olmaydi. O'sha kuniyoq Fransiya hokimiyati Parijdan evakuatsiya qilinadi. 11-iyunda nemislar Shato-Tyerri oldida Marna daryosidan o'tadilar. 14-iyunda hech qanday kurashsiz Parijga kiradilar, ikki kundan so'ng esa Rona vodiysiga chiqadilar. 16-iyunda marshal Pétain Fransiyaning yangi hokimiyatini tashkil qilib, 17-iyunda Olmoniyaga sulh tuzish iltimosi bilan chiqadi. 18-iyunda Londonga qochgan fransuz generali Charles de Gaulle fransuzlarni kurashda davom etishlariga chaqiradi. 21-iyunda nemislar endilikda hech qanday qarshilikka uchramay, NantTur hududidagi Luaraga yetadilar, o'sha kuniyoq ularning tanklari Lionni egallaydi.

22-iyunda 1918-yili Olmoniya o'z kapitulyatsiyasi haqida e'lon qilgan xuddi o'sha vagonda fransuz-nemis sulhi tuziladi. Bunga ko'ra Fransiya o'z hududining asosiy qismini okkupatsiyasiga, yerdagi armiyasining demobilizatsiyasiga hamda harbiy-dengiz floti va aviatsiyasining internirlanishiga rozi bo'ladi. Mamlakatning erkin qismida 10-iyulda bo'lib o'tgan davlat to'ntarilishi natijasida Pétainning avtoritar tartibi (Vichy tartibi) o'rnatiladi. Bu rejim Olmoniya bilan yaqin hamkorlik qilishga qaratilgan edi (kollaboratsionizm). Fransiyaning harbiy jihatdan zaifligiga qaramay, bu mamlakatning mag'lubiyati kutilmagan edi va hech qanday ratsional tushunchalarga to'gri kelmagan.

Vichy qo'shinlarining bosh qo'mondoni François Darlan butun fransuz flotining Fransuz Shimoliy Afrikasining sohillari yoniga olib ketilishi haqida buyruq beradi. Fransuz floti Olmoniya va Italiya nazorati ostiga o'tishidan hayiqib, britan harbiy-dengiz kuchlari va aviatsiyasi 1940-yilning 3-iyulida Mers-el-Kebirda fransuz kemalariga qarata zarba berishadi. Iyulning oxirlariga kelib britaniyaliklar butun fransuz flotini yo'q qiladilar yoki neytrallaydilar.

[tahrir] Pribaltika, Bessarabiya va Shimoliy Bukovinaning SSSRga qo'shilishi

Asosiy maqola: Bessarabiya va Shimoliy Bukovinaning SSSRga qo'shilishi.
Sovet qo'shinlari Rigaga kirmoqda. 1940-yil, 17-iyun

1939-yilning kuzida Estoniya, Latviya va Litva SSSR bilan majburan qabul qildirilgan o'zaro yordam haqidagi kelishuvlarni imzolashadi. Bu kelishuvlarga ko'ra, yuqorida sanab o'tildan davlatlar hududida sovet harbiy bazalari joylashtiriladi.

17 июня 1940 года СССР предъявляет прибалтийским государствам ультиматум, требуя отставки недружественных СССР правительств, формирования вместо них т. н. народных правительств из просоветски настроенных политиков, роспуска парламентов, проведения внеочередных выборов и согласия на ввод дополнительного контингента советских войск. В сложившейся обстановке прибалтийские правительства были вынуждены принять эти требования.

После ввода на территорию Прибалтики дополнительных частей Красной Армии, в середине июля 1940 года в Эстонии, Латвии и Литве, в условиях значительного советского военного присутствия, проводятся безальтернативные выборы в верховные органы власти. Как свидетельствуют современные исследователи, эти выборы сопровождались многочисленными нарушениями.[11] Параллельно проводятся массовые аресты прибалтийских политиков органами НКВД. 21 июля 1940 года вновь избранные парламенты, в составе которых оказалось просоветски настроенное большинство[11], направляют Верховному Совету СССР прошения о вступлении в Советский Союз. 3 августа образована Литовская ССР, 5 августа — Латвийская ССР, 6 августа — Эстонская ССР.

27 июня 1940 года правительство СССР направляет румынскому правительству две ультимативные ноты, требуя возврата Бессарабии (присоединённой в 1812 году к Российской империи после победы над Турцией в Русско-турецкой войне 1806—1812 годов; в 1918 году, воспользовавшись слабостью Советской России, Румыния ввела войска на территорию Бессарабии, а затем включила её в свой состав) и передачи СССР Северной Буковины (никогда не входившей в состав Российской империи, но населённой преимущественно украинцами) в качестве «возмещения того громадного ущерба, который был нанесен Советскому Союзу и населению Бессарабии 22-летним господством Румынии в Бессарабии». Румыния, не рассчитывая на поддержку со стороны других государств в случае войны с СССР, вынуждена согласиться на удовлетворение этих требований. 28 июня Румыния выводит свои войска и администрацию из Бессарабии и Северной Буковины, после чего туда вводятся советские войска. 2 августа на территории Бессарабии образована Молдавская ССР. Северная Буковина организационно включена в состав Украинской ССР.

[tahrir] Shuningdek qarang

[tahrir] Manbalar

  1. http://www.soldat.ru/doc/casualties/book/chapter5_13_08.html
  2. http://www.soldat.ru/doc/casualties/book/chapter5_08.html
  3. http://www.soldat.ru/doc/casualties/book/chapter5_06.html
  4. http://ru.wikipedia.org/wiki/Польская_кампания#_ref-obobsch_1
  5. http://fr.wikipedia.org/wiki/Bataille_de_France
  6. II.Weltkrieg /Dokumentation Das III.Reich. Gütersloch :Mohndruck Graphische Betriebe GmbH,. 1989 ISBN 3-88199-536-6
  7. Christian Zentner/ CHRONICK ZWEITER WELTKRIEG / Otus Verlag AG, St.Gallen, S. 20-22, 2007 ISBN 978-3-907200-56-8
  8. Reinhard Pözorny(Hg)Deutsches National-Lexicon- DSZ-Verlag ISBN 3-925924-09-4
  9. Chronik des Zweiten Weltkrieg. MOHN Media. Mohndruck GmbH. Gütersloch.2004, ISBN 3-577-14367-3
  10. [1]Finlandiya va SSSR o'rtasida tinchlik haqidagi kelishuv, III band, Moskva, 12-mart 1940
  11. 11.0 11.1 Семиряга М. И. Тайны сталинской дипломатии 1939—1941 — М.: Высшая школа., 1992.



Shaxsiy uskunalar
Nomfazolar

Variantlar
Koʻrinishlar<!--Views-->
Amallar
O‘zbek viki / Ўзбек вики
ishtirok / иштирок
o‘zgarishlar / ўзгаришлар
asboblar (ʻ ʼ)
Boshqa tillarda