Chernogoriya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Chernogoriya
Република Црна Гора
Republika Crna Gora
Chernogoriya davlat bayrogʻi   Chernogoriya davlat gerbi
Bayroq Gerb
Shior: Y'o`q
Madhiya: Oj, svijetla majska zoro
(O, bright dawn of May)
Chernogoriya Xaritasi
Poytaxt Podgoritsa
Rasmiy til(lar)
Hukumat Prezidentlik Respublika
 •  Prezident   Filip Vujanovich
 •  Bosh Vazir   Milo Đukanović
Mustaqillik  
 •  Ottomon Imperiyadan   13 iyul 1878
 •  Serbiya va Montenegro: Yugoslaviyadan   27 aprel 1992
 •  Serbiya va Montenegro birlashuvidan   3 iyun 2006
Maydon  
 • Butun 0 km² (0-)
 • Suv (%)
Aholi  
 • 2002 roʻyxat 0 (0- oʻrin)
 • Zichlik 0/km²
YaIM (XQT) 2005- yil roʻyxati
 • Butun AQSh$ mil. ({{{YaIM_o`rin}}}-)
 • Jon boshiga AQSh$
Pul birligi Yevro (EUR)
Vaqt Mintaqasi (UTC)
 • Yoz (DST)
Qisqartma {{{qisqartma}}}
Internet domen 0
Telefon prefiksi +976


Chernogoriya (Crna Gora), Chernogoriya Respublikasi (Republika Crna Gora) — Serbiya va Chernogoriya tarkibiga kiruvchi respublika. Mayd. 13,8 ming km2. Aholisi 635 ming kishi (1996). Poytaxti — Podgoritsa sh. Maʼmuriy jihatdan jamoalarga boʻlinadi. Aholisining kupi chernogorlar; serb va albanlar ham yashaydi. Aholining 69% xristian (pravoslav), 19% islom diniga eʼtiqod qiladi. Ch.ning oʻz konstitutsiyasi, parlamenti (skupshchina) va hukumati bor.


Tabiati[tahrir]

Ch. mamlakat jan.gʻarbida, Adriatika dengizi sohilida joylashgan. Hududining katta qismini Dinara togʻligi egallagan (eng baland joyi 2511 m, Durmitor togʻi); jan.gʻarbida Chernogoriya karstli platosi bor. Ikdimi moʻʼtadil, kontinental. Adriatika dengizi sohillarida oʻrta dengiz iqlimi. Yillik yogʻin oʻrtacha 1600—1800 mm, sohillarda 3000 mm gacha. Togʻ yon bagʻirlari igna bargli va aralash oʻrmonlar. Ch.da qoʻrgʻoshinrux rudalari, boksit, qoʻngʻir kumir konlari bor. Asosiy daryolari Moracha va uning irmogʻi Zeta.


Tarixi[tahrir]

Ch. xududiga qadimda illiriylar kelib joylashgan. Mil. av. 1a.da Rim tomonidan bosib olingan. Mil. 1a.da Ch. hududi (11a.gacha Duklya, keyinchalik Zeta, 15-a.dan Ch. deb atalgan) Rimning Dalmatsiya, 297 y.dan Prevalitana provinsiyasiga qoʻshib olingan. 7-a.da slavyanlar kelgan. 1479 y.dan mamlakat tekislik kismi turklar tasarrufida boʻldi. 1499 y.da Ch. hududi Usmonli turk imperiyasi tarkibiga qoʻshib olindi. Turklarga qarshi kurashgan mitropolit Danilo Petrovich Negosh (1697—1735 y.larda hukmronlik qilgan) Negoshlar sulolasi (1697— 1918)ga asos solgan. 1796 y. Ch. amalda mustaqillikka erishdi. Napoleon urushlari va serblarning mustaqillik uchun olib borgan kurashlarida (1804— 15) Ch. Rossiya va Serbiya tomonida boʻldi. 1852 yil Ch. merosiy knyazlik deb eʼlon qilindi. 1878 y. Berlin kongressi qaroriga binoan, Ch. toʻliq mustaqil davlat deb tan olindi. 1910 y.dan Ch. qirolligi deb ataddi. Ch. Bolqon urushlari (1912—13)da qatnashdi. 1jahon urushi (1914—18)da Antanta tomonida turib urushdi. 1918 y. 1 dek. da Serblar, xorvatlar va slovenlar qirolligi (1929 y.dan Yugoslaviya) tarkibiga kirdi. 1941 y. aprelda fashistlar Germaniyasining Yugoslaviyaga hujumidan soʻng , Ch. Italiya qoʻshinlari tomonidan bosib olindi. 1944 y. dek. da Yugoslaviya xalq ozodlik armiyasi tomonidan ozod etiddi. 1945 y. noyab. dan Ch. Yugoslaviya tarkibidagi olti respublikadan biri boʻldi. 1991 y. Yugoslaviya Sotsialistik Federativ Respublikasi parchalanib, undan Sloveniya, Xorvatiya, Bosniya va Gersegovina, Makedoniya chiqib ketgach, Serbiya bilan Ch. Yugoslaviya Ittifoq Respublikasini tuzdilar. 2003 y. 4 fevraldan bu davlat Serbiya va Chernogoriya deb atala boshladi.


Xoʻjaligi[tahrir]

Sanoati mineral xom ashyolarni qazib olish va unga ishlov berish, q.x. mahsulotlarini qayta ishlash bilan bogʻliq. Boksit, qoʻrgʻoshinrux rudalari, qoʻngʻir kumir, tuz kazib olinadi. Zeta daryosida GESlar qurilgan, yirik issiklik elektr styasi mavjud. Sanoatning asosiy tarmoqlari metallsozlik, kimyo, koʻnteri va poyabzal sanoati. Elektrotexnika (Setine), kema taʼmirlash (Kotor), yogʻochsozlik, toʻkimachilik hamda oziqovqat (jumladan, tamaki) mahsulotlari i.ch. korxonalari, goʻsht ktlari, baliqni qayta ishlash, sut zdlari bor.

Q.x.dagi yetykchi tarmoq — togʻyaylov chorvachiligi (asosan, qoʻychilik). Togʻ yaylovlari va dare vodiylarida makkajoʻxori, bugʻdoy, tamaki, sabzavot yetishtiriladi. Bogdorchilik va tokchilik rivojlangan. Adriatika dengizi sohili Ch.ning subtropik oʻsimliklar (sitrus mevalar, zaytun va b.) oʻstiriladigan muhim rni xisoblanadi. Sayyohlikdan katta daromad olinadi, dengiz sohilida kurort koʻp. Asosiy dengiz portlari — Bar va Kotor. Bar — Belgrad yoʻnalishida elektrlashtirilgan t.y. magistrali mavjud. Asosiy aeroporti Podgoritsada.

Maorifi, ilmiy va madaniymaʼrifiy muassasalari. Taʼlimning asosiy turi — 8 y.lik maktab. 2 y.lik umumiy oʻrta maktablar, maqsadli oʻrta taʼlim maktablari, 8 y.lik maktab negizida ishchi malakasini beruvchi qoʻshimcha maktablar mavjud. Podgoritsada universitet (1973), Nikshichda ped. akademiyasi, Kotorda oliy dengiz maktabi bor. Ch. fan va sanʼat akademiyasi (1976 y. tashkil etilgan), tarix, geol. va kimyoviy tadqiqotlar, gidrometeorologiya, dengiz biol.si intlari, seysmologiya styasi bor. Bir qancha kutubxona, jumladan, Setine sh.da Markaziy xalk, kutubxonasi ishlaydi. Yirik muzeylari: Qad. sanʼat, etn., tarix muzeyi, Negosh Petrovich muzeyi, Dengiz muzeyi.

Kundalik "Pobeda" ("Gʻalaba") gaz. serb tilida 1943 y.dan chiqadi. Podgoritsada radiostya va telemarkaz ishlaydi.


Adabiyoti[tahrir]

Chernogor adabiyoti qoʻshni xalklar adabiyoti, ayniqsa, serb adabiyoti bilan uzviy aloqada rivojlangan. Birinchi yirik bosma adabiy asar Ch.da hukmronlik qilgan Vasiliy Petrovich (1709— 66)ning "Chernogoriya toʻgʻrisida tarix" asari boʻlib, u 1754 y. Moskvada nashr etilgan. Yangi chernogor adabiyotining boshlanishi 18-a. oxiri — 19-a. 1yarmiga toʻgʻri keladi. Uning asoschisi shoir va davlat arbobi Pyotr II Petrovich Negoshdir (1813 — 51). Uning ijodi chernogor sheʼriyatida1918 y.gacha eng yuksak choʻqqi hisoblanadi. "Chernogoriyaning qisqacha tarixi" asari (1835 y. nashr etilgan) muallifi hukmron Pyotr (Petar) I Negosh sheʼriy asarlar ham yozgan. 1827— 31 y.lar Ch.da yashagan serb yozuvchisi va tarixchisi S. MilutanovichSarayliya "Chernogoriya tarixi" asari (1835)ni va 2 drama yozgan. 19-a. — 20-a. boshlaridagi nazmda S.M.Lyubishi va serb yozuvchisi S.Matovul xikoyalari ajralib turadi. S.Matovul bir necha yil Ch.da yashab chernogor xalqi turmushini aks ettiruvchi bir qancha hikoya va roman yozgan. Bu davrda yozuvchilardan L. Yovovich, S.Vuletich, M.Tomich, S.Shobaich samarali ijod kildilar. 30-y.larning boshlarida boshqa xalklar adabiyotidagi kabi Ch. adabiyotida ham "ijtimoiy realizm" okimi vujudga keddi va shu oqim yoʻnalishida sheʼriy asarlar yaratildi. Bular R.Zogovichning "Musht" (1936), "Olovli kaptarlar" (1937) toʻplamlari, "Kelgindilar" dostoni (1937); M.Banevichning "Oʻrmon" (1938), "Olovli tong" (1941) toʻplamlari; Ya.Jonovichning "Ikki dare" (1938) va M.Vukovichning "Yer" (1934) toʻplamlari. Shu yillarda D.Jurovich "Togʻliklar orasida" hikoyalar toʻplami (1936), "Duklya mamlakati" romani (1939), N.Lopichich "Dehqonlar" hikoyalar toʻplami (1939)ni yaratdilar va ularda chernogor xalkining real hayotini aks ettirdilar. 1950—70 y.lar adabiyotida M. Lalich alohida oʻrin tutadi. Uning "Toʻy" (1950), "Yomgʻirli bahor" (1953), "Uzilish" (1955), "Leley tom" (1962) romanlarida xalq ozodlik kurashi mavzui yorkin aks etgan. A.Asanovich, Ch. Vukovich kabi yozuvchilar ham shu mavzuda hikoya va romanlar yaratdilar. Bu davr sheʼriyati yutuklari R.Zogovich, D.Jonovich, M.Banevich, D.Kostich, R.Veshovich, M.Kral, S.Petrovich, Ye.Brkovich kabi shoirlar ijodi bilan bogʻliq. Dramaturgiya sohasida Ye.Brkovich,. V.Ivanovich, J. Komanin va b.ning pyesalari alohida oʻrin tutadi.


Meʼmorligi va tasviriy sanʼati[tahrir]

Ch. hududidan neolit davriga oid sopol idishlar topilgan. Illiriylarning mustahkamlangan qoʻrgʻon va nekropollari jez davri oxiri va temir davri boshlarida barpo etilgan. Oʻrta asrlarda Ch. meʼmorligi Italiya va Dalmatsiya, Serbiya va Vizantiya madaniyatlari taʼsirida rivojlandi. 11 a.da roman uslubidya cherkovlar qurildi. 12— 13-a.larda Avliyo Tripuna sobori (1166), avliyo Pavel cherkovi (1263— 66; ikkalasi Kotor sh.da), Morach monastiri cherkovi kabi inshootlar qurildi. 14—15-a.lardadengizbuyirnlaridagi binolarda roman uslubidagi shakllar bilan uygʻunlashgan gotika uslubi belgilari paydo boʻldi (Savch, Bar, Kotordagi cherkov va uylar). 17— 18-a.lar cherkov qurilishida barokko uslubi keng qoʻllanildi (Prchandagi cherkov). 19-a. oxirida shaharlarda soʻnggi klassitsizm ruhida hashamatli binolar (Setinedagi Danilov saroyi, 1894—95) va eklektik inshootlar (Kotordagi avliyo Nikola cherkovi, 1910) paydo boʻldi. 1960—70 y.lar meʼmorligi uchun milliy oʻziga xoslik, manzara bilan uygʻunlashtirib tasvirlash xarakterli ("Podgoritsa" mehmonxonasi, 60-y.lar, meʼmor S.Radevich; "Beko" univermagi, 1961, meʼmor B.Minch, ikkalasi ham Podgoritsada; Xersegnovidagi mehmonxonalar majmuasi, 1963, meʼmor D. Katarina, P. Milorad; Budva, Trstenodagi kurort majmualari va b.).

Neolit davrida geometrik shakl va nakshlar bilan bezatilgan keramika rivojlangan. 11 —11-a.dan mahobatli rangtasvir namunalari saqlangan (Ston yaqinidagi avliyo Mixail cherkovi freskalari). 13—14-a. tasviriy sanʼatida roman va gotika uslubi unsurlari qoʻshilib ketdi (Morachdagi monastir cherkovlari freskasi, 1252). 15— 16-a. rassomlar ijodida uygonish davri belgilari mavjud (Lavro Marinov va Vitsko Dobrochevichi). 17—18-a.larda mahalliy rassomlardan J. Mitrofanovich, A. Vuichich, T. Kokolya ajralib turadi. Vizantiya sanʼati anʼanalari miniatyurada saklanib qoldi. 19-a. 2yarmi — 20-a. boshlaridan Ch.ning oʻz tasviriy sanʼati shakllandi. Rassomlar milliy tarix mavzuidagi portret, kompozitsiyalar yaratdilar (P. Pochek, M. Gregovich, I. Shobaich). 20-a.

ning 20—30-y.larida rassomlar M. Milunovich, P. Lubarda, haykaltarosh R. Stiyovich samarali ijod qildilar. Ch.da monumental sanʼat hamda tematik, portret va peyzaj rangtasvir rivojlangan.


Musiqasi[tahrir]

Ch.da 19-a. oxirigacha faqat xalq musiqa madaniyati rivojlangan. Xalq epik, qaxramonlik, lirik, marosim qoʻshiklarini ijro etishning qad. anʼanalari saqlangan. Xalq musiqasining asosiy cholgʻusi qoʻbizsimon gusle. Oro raqsi keng tarqalgan. 19-a. oxirida musiqiy jamoa tashkilotlari va ijrochi jamoalar paydo boʻldi. Kompozitor Y. Ivanishevich, xormeyster A. Ivanovich dastlabki professional musiqachilaridandir. Birinchi musika maktabi 1924 y. Setineda tashkil etilgan. 2-jahon urushi (193945) dan keyin Setine (1947), Podgoritsa (1950, M. Milyanov nomida), Kotor (1950) va b. shaharlarda musiqa maktablari ochildi. Podgoritsada Radioning simfonik orkestri va aralash xori, "Oro" xalq ashula va rake ansambli bor. Havaskorlik xor jamiyatlari, Ch. kompozitor ijrochimusiqachilar jamiyati ishlaydi.


Teatri[tahrir]

Ch. professional teatri 19-a. — 20-a. 1yarmida rayem boʻlgan teatrlashtirilgan marosimlardan boshlanadi. Teatr madaniyatini rivojlantirishda Pyotr II Petrovich Negosh ijodi katta ahamiyatga ega boʻlgan. Uning "Togʻ toji" (1847) va "Soxta podsho Stepan Mali" dramatik asarlari Ch. oʻtmishiga bagʻishlab yozilgan (havaskor teatr toʻgaraklari tomonidan qoʻyilgan). 1953 y. Podgoritsada Ch. milliy teatri (drama va opera truppalari bilan) tashkil etilgan. Rej.lardan B. Erakovich, aktyorlardan V. Mandich, D. Tomas, B. Vukovich va b. mashhur.

Montenegro municipalities.png

Chernogoriya poytaxti - Podgoritsa shahri. BMT a'zosi