Argentina

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Argentina Respublikasi
República Argentina
ShiorEn Unión y Libertad
(Ispancha: In Union and Liberty)
Madhiya: Himno Nacional Argentino
(Argentine National Anthem)
Location of Argentina
Poytaxt Buenos Ayres
Rasmiy til(lar) Ispan tili
Hukumat Prezidentlik Respublika
• Prezident
Don Javier Gerardo Milei
Mustaqillik (Ispaniyadan)
• Sana
9-iyul 1816
Maydon
• Butun
2,766,890 km2 (8-oʻrin)
• Suv (%)
1.57
Aholi
• 2002-yilgi roʻyxat
39,537,943 (31-oʻrin)
• Zichlik 14/km2
YIM (XQT) 2005-yil roʻyxati
• Butun
AQSh$542,800 mil. (21-oʻrin)
• Jon boshiga
AQSh$13,729
Pul birligi Argentine Peso (ARS)
Vaqt mintaqasi UTC–3
• Yoz (DST)
UTC–3
Qisqartma AR
Telefon prefiksi 54
Internet domeni .ar

Argentina Respublikasi (Ispancha: República Argentina) — Janubiy Amerikadagi davlat. Qitʼaning janubi-sharqiy qismini, Olovli Yer o.ning sharqiy qismini va bir qancha orollarni egallaydi. Atlantika okeani sohilida joylashgan. Maʼmuriy jihatdan 22 viloyat (provinsiya), federal (poytaxt) okrugi va Olovli Yer hududiga boʻlinadi. Maydoni 2767 ming km². Aholisi 36,1 mln. 605kishi (1999). Poytaxti Buenos-Ayres shahri.

Davlat tuzumi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Argentina — federativ respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1994-yil 24-avgustda qabul qilingan. Davlat boshligʻi — prezident. Prezident va vise-prezident 4 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyat — Millim kongress (parlament). Kongress ikki palata: senat va deputatlar palatasidan iborat. Ijrochi hokimiyat prezident va hukumatdir.

Tabiati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Argentinaning sharqi keng tekisli-klardan va gʻarbi togʻlardan iborat. Mamlakatning butun shimoli-sharqini La-Plata pasttekisligi (Gran-Chako, Sharqiy Pampa tekisligi), janubi-sharqini Patagoniya yassi togligi egallaydi. Gʻarbdagi togʻ yon bagʻirlari balandlasha borib, And toglariga ulanib ketadi. Janubiy Amerikaning eng baland nuqtasi Akonkagua (6960 m) ham Argentina hududidadir. Foydali qazilmalari: neft, gaz, temir, poli-metallar, uran, mis, qalay, volfram va boshqa rudalar. Argentina tekislik qismining iqlimi — tropik va subtropik, janubida — moʻ’tadil. Eng issiq oy (yanvar)ning oʻrtacha harorati shimolida 28°, janubida 10°, iyulning oʻrtacha harorati shimolida 18° va janubida G. Togʻlarda iqlim moʻ’tadil sovuq. Yiliga Patagoniyada 100 — 300 mm, shimoli-sharqda 1400 — 1600 mm, Andning sharqiy yon bagʻirlarida 5000 mm gacha yogʻin yogʻadi. Asosiy daryolari: Parana, Paragvay, Urugʻvay, Rio-Sala-do, Rio-Kolorado, Chubut, Rio-Negro. Argentina koʻllarining aksariyati muzliklardan paydo boʻlgan (Naul-Uapi, Buenos-Ay-res, Vedma va boshqalar). Argentina hudu-dining salkam 20% doimiy koʻm-koʻk va bargi toʻkiluvchi oʻrmonlar bilan qoplangan. Gran-Chakodagi qizil tuproqda siyrak oʻrmon, Pampadagi unumdor qoratuproqda pichanzor dashtlar, Patagoniyada -yarim choʻl. Argentinaning milliy bogʻlari — Iguasu, Lanin, Na-uel-Uapi va boshqalar.

Aholisi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Argentinlar (mamlakat aholisining 90%) asosan yevropalik muhojirlardan shakllangan. Shuningdek italyanlar, yahudiylar, ukrainlar, ispanlar, katalonlar, polyaklar, nemislar, fransuzlar va boshqalarlar ham yashaydi. Tub joy aholisi — indeyslarning aksariyati yevropaliklarning mustamlakachilik harakatlari jarayonida qirilib ketgan. Ularning oz qismi (kechua, tupi-guaranlar va boshqalar) Argentinaning shimoli-gʻarbida va Paragvay bilan boʻlgan chegara yaqinida yashaydi. Rasmiy tili — ispan tili. Dindorlarning aksariyati katoliklar. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km²ga 9 kishidan koʻproq. Aholining 86% shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Buenos-Ayres, Kordova, Rosario, La-Plata.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qadim zamonlarda Argentina hududida koʻp sonli indeys qabilalari yashar, ularda jamoa-urugʻchilik munosabatlari xukmron edi. Shimoli-gʻarbda diagitlar, charrua va kerandilar eng rivojlangan indeys qabilalari boʻlgan; ular oʻtroq hayot kechirar, dehqonchilik, baliqchilik, ovchilik bilan shugʻullanar, rangli metallar eritishni, toʻqimachilikni bilar edi. Shimoli-sharqda va markazda guaranlar, tapeslar va boshqa yashar, janubda araukanlar va patagonlar koʻchib yurar edi. 16-asrning 1-yarmidahoz. Argentina hududi ispanlar tomonidan bosib olina boshladi. Ispanlar bu mamlakatni Rio-de-La-Plata (ispancha kumush) daryosi nomi bilan La-Plata deb atadilar. Mustamlakachilarga qarshi indeys qabilalari bir necha marta isyon koʻtardi (1580, 1630, 1657, 1710 — 11 yillar). 1776-yilda hozirgi Argentina hududi bu-tunlay Rio-de-La-Plata vitse-qirolligi tarkibiga qoʻshib olindi. Argentinada katta fe-odal yer egaligi vujudga keldi. Amerikadagi ispan mustamlakalarining 1810 — 26 yillardagi mustaqillik uchun urushi vaqtida kreollar (dastlabki ispan kelgindilarining avlodlari) M. Belg-rano va X. San-Martin rahbarligida 1810 — 16 yillarda ispan mustamlakachilariga qarshi qurolli kurash olib bor-dilar. Kurash boshlangan 25-may kuni argentin xalqining milliy bay-rami boʻlib qoldi. 1816-yilda viloyatlar va-killarining Tukuman shahridagi kongres-606si La-Plata Birlashgan viloyatlarini mustaqil deb eʼlon qildi. 1826-yilda Argentina Federativ Respublikasi tuzildi. 19-asr mobaynida vujudga kela boshlagan bur-juaziya manfaatlarini ifodalovchi uni-tariylar bilan yer egalari manfaatlarini himoya qiluvchi federatsiyachilar oʻrtasida kurash davom etdi. 19-asr 2-choragidan Argentinada Buyuk Britaniya iqgisodiy va siyo-siy mavqei mustahkamlandi, 1833-yilda u Folklend (Malvin) o.larini bosib oldi. 19-asr oxirlarida mamlakatga Amerika va Germaniya kapitali kirib keldi. Hukmron davlatlar Argentinani siyosiy va iqtisodiy jihatdan qaramlikka solib, uni goʻsht, don va boshqa xom ashyo yetkazib be-ruvchi mamlakatga aylantirdilar. 19 — 20-asrlar boʻsagʻasida Argentinada sanoat rivoj-landi. 19-asrning oxiridan Argentinada turli harbiy diktaturalar hukmronlik qildi. Ikkinchi jahon urushi yillarida Argentina betaraflik eʼlon qilgan boʻlsa ham, aslida fashistlarga koʻmaklashdi. 1945-yil martidagina Germaniya va Yaponiyaga qarshi urush eʼlon qildi. 1945-yildan Argentina- BMT aʼzosi. 1943-yilgi harbiy toʻntarish natijasida bir guruh ofitserlar hokimiyatni qoʻlga ol-dilar. Ularning rahbarlaridan biri ge-neral X. D. Perón (1946 — 55 va 1973 — 74 yillarda Argentina prezidenta) hukmron ajnabiy davlatlarning mavqeini zaiflashtirish hisobiga mamlakatdagi yuqori tabaqani mustahkamlash siyosatini yuritdi. 1976-yilda general Videla hukmronligi dav-rida zoʻravonlik va tartibsizliklarga qarshi qattiq choralar joriy etildi, iqtisodiyotni mustahkamlashga kiri-shildi. 1981-yilda Roberto Viola pre-zident etib saylandi, ammo harbiylar keyinroq uni agʻdarib tashladilar. Shu davrda (1982-yil) Folklend (Malvin) o.lari Buyuk Britaniyaga qarashliligini tan olmagan Argentina ularni egallashga urinib koʻrdi, lekin bu harakat muvaffaqiyatsiz chiqdi. 1983-yildagi yalpi saylov natija-sida Raúl Alfonsín prezident etib saylandi. 1999-yildan esa Fernando de la Rúa A. prezidenta. 1993-yil 9-sentabrda Oʻzbekiston Respublikasi bilan diploma-tiya munosabatlari oʻrnatgan.

Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fuqaro radikal ittifoqi, 1889-yilda taraqqiyparvar ziyolilar tomonidan tuzilgan; Birlik va taraqqiyot harakati, 1957-yilda Fuqaro radikal ittifoqi partiyasidan ajralib chiqqan guruh ne-gizida tuzilgan; Xalq sotsialistik partiyasi, 1982-yilda tuzilgan; Murosasozlik partiyasi, 1963-yilda Birlik va taraqqiyot harakati partiyasi boʻlinishi natijasida vujudga kelgan; Xustisialistik (adolat) partiyasi, 1947-yilda X. Peron tomonidan tuzilgan; Taraqqiyparvar demokratik partiya, 1909-yil tuzilgan. Argentinada Kommuni-stik partiya, Sotsial-demokratik partiya, Demokratik markaz ittifoqi, Xristian-demokratik partiya ham bor. Umummehnat konfederatsiyasi 1930-yilda tuzilgan.

Xoʻjaligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Argentina iqtisodiy jihatdan Lotin Amerikasida eng rivojlangan mamlakatlardan biri. Foydali qazilma konlari koʻp, malakali ishchi kuchiga ega. Argentina, sanoatning turli tarmoqlari rivojlangan. Ammo 80-yillar oxirida boshqaruvning samarasizligi oqibatida Argentina iqtisodiyoti barbod boʻlish arafasida edi. 1989-yilda saylangan yangi hukumat iqtisodiyotni isloh qilish dasturini amalga oshirdi, natijada Argentina yana barqaror rivojlana boshladi. 1991-yilda qabul qilingan konvertatsiya toʻgʻrisidagi qonunga binoan koʻpchilik davlat korxonalari xususiylashtirildi, iqtisodiyotga chet el investitsiyalari jalb etila bosh-ladi, byudjetga soliqlardan tushum yax-shilandi, ishchilarga kompensatsiya toʻlash tizimi yaratildi.

Sanoati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Argentina asosan, qishloq xoʻjaligi xom ashyosini qayta ishlashga ixtisoslashgan. Yetakchi tarmoq — oziq-ovqat (goʻsht, yogʻ, un, vi-nochilik, konserva, qand-shakar) sanoa-ti. Goʻsht yetishtirish va eksport qilish sohasida Argentina dunyoda oldingi oʻrinlardan birida turadi. Toʻqimachilik, charm-poyabzal tarmoqlari rivojlangan. Ogʻir industriyada mashinasozlik (traktor, qishloq xoʻjaligi mashinalari, avtomobillar, stanoklar, elektr texnika asbob-uskuna-607lari va boshqalar), neftni qayta ishlash, qora metallurgiyaning salmogʻi katta. Sement, sellyuloza-qogʻoz korxonalari bor. Neft, gaz, qoʻrgʻoshin, pyx, temir, uran, berilliy va volfram rudalari qazib olinadi. Yoqilgʻi-energetika balansining salkam 85% ni neft va gaz tashkil qiladi. AESlar qurilgan. Asosiy sano-at markazlari: Buenos-Ayres, Rosario, Kordova, La-Plata.

Qishloq xoʻjaligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Argentina chorvachilik mahsulotlarini, don va moyli ekinlar hosilini tovar sifatida tayyorlashga ixtisoslashgan. Yirik yer egaligi ri-vojlangan: 1 ming ga dan ortiq yerga ega boʻlgan xujaliklarga hamma yerlarning 75% qaraydi. Argentina ga yaroqli yerlarning faqat 20% ga ekin ekiladi. Argentinaning yetakchi tarmogʻi chorvachilik boʻlib, unda goʻsht yetishtiriladigan qoramolchilik va goʻsht-jun olinadigan qoʻychilik ustun turadi. Argentinada qoramollar — 51 mln., qoʻylar — 29 mln., choʻchqalar — 4,1 mln. boshni tashkil etadi. Dehqonchilikning yetakchi tarmogʻi — gʻallachilik. Bugʻdoy, makkajoʻxori, javdar, suli, arpa, texnika ekinlaridan — kungaboqar, zigʻir, paxta yetishtiriladi. Muhim yem-xashak ekini — beda. Bogʻdorchilik, tokchilik rivojlangan. Qimmatbaho daraxt navi, jumladan dubil ekstrakti olinadigan kebracho tayyorlanadi. Baliq ovlanadi.

Transporti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Argentina lar uzunligi — salkam 34,1 ming km, avtomobil yoʻllari — 211,4 ming km. Asosiy porti — Buenos-Ayres. Xalqaro aeroporti — Eseysa (Buenos-Ayres yaqinida).Chetga chiqariladigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining 80% goʻsht, don, yogʻ, xom teri, jun, hoʻl mevalarga toʻgʻri keladi. Chetdan mashinalar, transport vositalari, metall, yoqilgʻi, kimyoviy tovarlar keltiriladi. Asosiy savdo mijozlari: AQSH, Braziliya, Italiya, Germaniya va Yaponiya. Pul birligi — peso.

Tibbiy xizmati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Argentinada 133,8 ming oʻrinli kasalxonalar (1 ming aholiga 6 oʻrin) bor. 53,7 ming shifokor (450 aholiga 1 shifokor) tibbiy xizmat koʻrsatadi. Davlat sogʻliqni saqlash tizimi tibbiy yordamni sugʻurtalash va xususiy shifokorlar xizmati bilan birga qoʻshib olib boriladi. Shifokorlarni universitetlarning 9 tibbiyot fakulteti tayyorlaydi.

Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Argentinada 6 yoshdan 14 yosh-gacha boʻlgan bolalarning majburiy taʼlimi joriy etilgan. Davlat oʻquv yurtlari bilan birga xususiy maktablar ham bor. Boshlangich maktablarda 3471 ming, oʻrta oʻquv yurtlarida (umumiy taʼlim, hunar, ped. va boshqa maktablarda) 1125 ming oʻquvchi oʻqiydi. Buenos-Ayres, Kordova, La-Plata, Santa-Fe va boshqa shaharlarda universitetlar bor. Bir qancha tarmoq akademi-yalari, ilmiy tadqiqot institutlari va ilmiy jami-yatlar ilmiy tadqiqotlar olib boradi. Buenos-Ayresda Milliy kutubxona, universitet kutubxonasi va boshqa bor. Tabiiy fanlar, Antarktika, tarix, rassomlik va boshqa mu-zeylar mavjud.

Matbuoti, radioeshittirishi, telekoʻrsatuvi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Eng koʻp tarqalgan gaz.lar: „Rason“(„Aql-idrok“, 1905-yildan), „Prensa“(„Matbuot“, 1869-yildan), „Nason“(„Millat“, 1870-yildan), „Gaseta“ („Gazeta“, 1912-yildan). „Telenotisiosa amerikana“ hukumat agentligi 1945-yil tashkil etilgan. 52 xususiy radiostansiya alohida uyushmaga birlashgan. Telekoʻrsatuv 1951-yildan mavjud. 1959-yilda 22 xususiy telestansiyalar uyushmasi tuzilgan.

Adabiyoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Argentinada yashagan indeys qabilalarning ogʻzaki ijodi namunalari bizgacha yetib kelmagan. Biroq xalq sheʼ-riyati oʻziga xosligini saqlab qolgan. 16-asrdan 19-asr boshlarigacha adabiyot Ispaniya adabiyoti taʼsirida rivojlandi. 18-asr oxiri — 19-asr boshlarida M. de Lavarden, D. de Asuenaga va boshqalarlar ijodida maʼrifatparvarlik tamoyillari namoyon boʻldi. 1810 — 26 yillar Ispaniyaga qarshi urush va milliy-ozodlik harakati davrida adabiyotda vatanparvar klassisizm hukmronlik qildi. B. de Montea-gudo, V. Lo-pes-i-Planes (uning „Vatan-parvarlik marshi“, 1810, Argentina madhiyasi 608boʻlib qolgan), E. de Luka, X. Kruves Varela asarlari paydo boʻldi. Mamlakat mustaqilligi eʼlon qilingandan keyin yangi oqim vakili — faylasuf va milliy poeziya asoschisi E. Echeverria she-rlar, dramalar, dostonlar yezdi. Shoir, hikoyanavis, tarixchi olim va adabiyotshu-nos X. M. Guterres argentin romantik prozasining dastlabki namunalarini yaratdi. Publitsist va jamoat arbobi D. F. Sarmento oʻtkir maqolalar yozdi. 19-asr 2-yarmida „gaucho adabiyoti“ urf boʻldi, uning asosini pampa aholisining ogʻzaki ijodi tashkil qilar edi. 50 — 70-yillarda I. Askasubi asarlari (siyosiy va lirik qoʻshiqlar, „Santos Vega“ sheʼriy roma-ni, 1851), X. Marmol (dastlabki mil-liy roman „Amaliya“, 1855), X. Ernandes (uning „Martin Ferro“ qahramonlik dos-toni, 1 — 2-qismlari, 1872 — 79, milliy adabiyotning eng salmoqli asa-ridir) asarlari va boshqa dunyoga keldi. 19-asr oʻrtalarida xalq urf-odatlarini ifodalovchi adabiyot vujudga keldi. Bu oqim namoyandalari L. V. Lopes, E. Vilde, M. Kane va boshqadir. 20-asr 20-yillarida B. Linch, R. Guyraldeslarning ijtimoiy romanlari chiqdi. 20-asr 2-yarmida E. L. Kastro, A. Varel, R. Larra, X. Kortasar romanlari paydo boʻldi.

Tasviriy sanʼati va meʼmorligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Argentina tub joy aholisining mustamlakachilikdan avvalgi sanʼati (16-asr) matolarga solingan geometrik naqshlardan, jigʻalardan, guldor va jimjimador so-pol buyumlardan, tosh, yogʻoch va loydan yasalgan haykalchalardan iborat edi. Argentinada milliy rassomlik 19-asrda yuzaga kelib, 20-asr boshlarida taraqqiy etdi. Rassomlar ijodida milliy mavzu, xalq obrazi katta oʻrin egalladi. 19-asr oxirlarida tarkib topgan milliy haykaltaroshlik 20-asr oʻrtalarida badiiy yuksaklikka koʻtarildi. Argentinada mahalliy xalq — indeyslarning meʼmoriy anʼanalari kam saqlangan. 18-asrdan boshlab Argentina meʼmor-ligida barokko uslubi hukmronlik qildi. Bu uslubda qurilgan binolardan biri Kordovadagi Kompaniya ibodatxona-sidir. Ibodatxonaga ispan iyezuitlari asos solganlar (1646). Hozir ibodatxona Kordova universiteti majmuasiga kiradi. 18-asr oxiri va 19-asr boshlarida Argentinada mumtoz meʼmorlik uslubi tarqaldi. Avvalo, aniq va yaxlit (mas, Buenos-Ayresdagi ibodatxona peshayvoni, 1804), keyin-chalik 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida eklektik va hashamatli binolar (Buenos-Ayresdagi „Kolon“ teatri, 1908) qurildi. Bu davr turar joy binolari koʻpincha katta ayvonli boʻlgan. 20-asrdan hozirgi zamon meʼmorligi rivojlandi. Buenos-Ayresda va mamlakatning boshqa shaharlarida koʻp qavatli, yaxlit oyna va temir-betondan mehmonxona, bank kabi maʼmuriy binolar koʻplab qurilgan.

Musiqasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hozirgi zamon Argentina hududida yashagan indeys qabilalari hayoti va tur-mushida musiqa katta oʻrin olgan. And xalqlari — ayniqsa kechua va boshqarivojlangan va oʻziga xos musiqa madaniyatiga ega boʻlgan; ularning dilrabo yaravi qoʻshiqlari, uayno raqs ohanglari, cholgʻu asboblari (kena nayi va zarbli asboblari) hozirgacha saqlanib qolgan. Argentina milliy musiqa maktabi 19-asr oxirlarida tarkib topa boshladi. Buenos-Ayresdagi konservatoriya asoschisi, asosan yevropacha kuylar, orkestr va kamer asarlar muallifi A. Vilyame bu maktabning bunyod-korlaridan boʻldi. „Pampa“ operasining ijodkori A. Berutti A.ning yirik kompozitori boʻlgan. „Pampa“ asarida argentin xalq musiqasiga xos ohanglar yangragan. Buenos-Ayresda „Kolon“ ope-ra teatri, 2 konservatoriya, simfonik orkestr, Kordova va La-Platada konser-vatoriyalar bor.

Teatri[tahrir | manbasini tahrirlash]

Indeys qabilalarining raqslari va marosim taomillarida te-atr harakatlari elementlari boʻlgan. 16-asrda havaskorlar truppalari maydonga keldi. 1783-yil Buenos-Ayresda „Komediya uyi“ nomli birinchi teatr binosi qurildi. 19-asr boshlarida L. A. Morante, K. Enrikes, X. M. Sanches kabi mahalliy dramaturglarning pesalari shuhrat topdi. 19-asrning 80-yillarida 609bosh qahramoni chorvador, dehqon boʻlgan romantik melodrama janri yuzaga keddi. 19-asrda va 20-asr boshlarida „Viktoriya“, „Apolo“teatrlarida ijtimoiy isyon mavzuidagi pesalar qoʻyildi. 1920-yillarda Argentina teatri inqi-rozga uchradi. Ammo bir necha mustaqil I teatrlar vujudga kelib, teatr sanʼatini qayta tiklash va yaxshilashga kirishildi. Ularda milliy dramaturglardan O. Dragun, A. Kusani, K. Gorostisa, L. Barlettalarning asarlari qoʻyildi. 1935-yilda Buenos-Ayresda Milliy komediya teatri bilan Milliy te-atrshunoslik instituti tashkil topdi. 1943-yilda Davlat qoʻgʻirchoq teatri tuzildi. Musiqiy teatr 1825-yilda Buenos-Ayresda birinchi opera spektakli — „Sevi-lyalik sartarosh“ (J. Rossini asari)ni namoyish qildi. 1877-yilda F. Argreaves birinchi A. operasi „Oq mushuk“ni yaratdi. 1925-yildan milliy balet trup-pasi ish boshladi: „Kometalar“, „Panambi“ kabi milliy baletlar koʻrsatildi. Hozirgi vaqtda Buenos-Ayres Argentina teatr sanʼatining markazi boʻlib, bu yerda „El Pueb-lo“, „La Maskara“, „Fray Mocho“ kabi mustaqil teatrlar, Milliy komediya te-atri, „Odeon“ kabi tijorat teatrlari ishlamoqda.

Kinosi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Argentinada film yaratish 1897-yildan boshlandi. 1908-yilda italiyalik rejissor M. Galo „Dorregoning otilishi“degan birinchi filmni yaratdi, unda teatr aktyorlari ishtirok etishdi. Keyinchalik rejissor X. A. Ferreyra („Gaucho qoʻshigʻi“, 1930), L. Zaslavskiy („Qochish“, 1937) va boshqa bir necha film yaratdilar. U Petit de Murat („Gaucho urushi“), S. Pondel Rios („111-kilometr“), E. Amorim („Keksa doktor“) kabi kinossenariychilar barakali ijod qildilar. Keyingi yillarda ishqiy sarguzasht filmlar, kinokome-diyalar ishlandi, ayrim adabiy asarlar ekranlashtirildi. A. yirik kino ishlab chiqarish firmalari: „Arxentina sono films“, „Kontrakuadro“. Buenos-Ayresda Kino sanʼati va kino fani akademiyasi, Milliy kinematografiya instituti ishlab turibdi.[1]

Salta

Argentina (Argentina Respublikasi) poytaxti — Buenos Aires shahri. BMT aʼzosi

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil