Oʻzbek tili

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(O`zbek tilidan yoʻnaltirildi)
Oʻtish: foydalanish, Qidir
O‘zbek tili
Ўзбек, أۇزبېك
Mamlakatlar: Oʻzbekiston Oʻzbekiston
Qirgʻiziston Qirgʻiziston
Afgʻoniston Afgʻoniston
Qozogʻiston Qozogʻiston
Turkmaniston Turkmaniston
Tojikiston Tojikiston
Rossiya Rossiya
Xitoy Xalq Respublikasi XXR
Turkiya Turkiya
Soʻzlashuvchilar: 40 million(2012)[1]
Oʻrin: 46[1]
Til oilasi: Oltoy
Rasmiy holati
Rasmiy til boʻlgan davlatlar: Oʻzbekiston Oʻzbekiston
Alifbosi: lotin, kiril
Til Kodlari
ISO 639-1 uz
ISO 639-2 uzb
ISO 639-3 uzb,
uzn - Shimoliy,
uzs - Janubiy


Oʻzbek tili (yoki Oʻzbekcha) — Oltoy tillari oilasining turkiy tillar turkumiga kiruvchi tildir. Ushbu til Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq davlat tili hisoblanadi.

Davlat tili haqidagi Qonun 1989-yil 21-oktabrda qabul qilingan. 1995-yil 21-dekabrda takomillashtirildi.

O‘zbek adabiy tili tarixi quyidagi davrlarni o‘z ichiga oladi:

Miloddan oldingi davrlardan to X asrlargacha bo‘lgan davr. Bu davrdagi til fanda qadimgi turkiy til deb yuritiladi. Qadimgi xalq og‘zaki ijodi namunalari, O‘rxun-Enasoy yodgorliklari (VI—VII asrlar) shu tilda yaratilgan.

XIXIV asrlarda amalda bo‘lgan til eski turkiy til deb ataladi. Mahmud Qoshg‘ariyning «Devonu-lug‘atit-turk» («Turk tillari devoni»), Yusuf Xos Hojibning «Qutadg‘u bilig» («Saodatga yo‘llovchi bilim»), Ahmad Yugnakiyning «Hibatul haqoyiq» («Haqiqatlar armug‘oni»), Xorazmiyning «Muhabbatnoma», Rabg‘uziyning «Qissai Rabg‘uziy» asarlari shu tilda yaratilgan.

XV asrdan XIX asrning ikkinchi yarmigacha qo‘llangan til eski o‘zbek adabiy tili deb nomlangan. Atoyi, Sakkokiy, Sayfi Saroyi, Lutfiy, Alisher Navoiy, Bobur, Mashrab, Turdi, Maxmur, Gulxaniy, Muqimiy, Furqat, Zavqiy va boshqa ko‘plab ijodkorlarning asarlari shu tilda yaratilgan.

XIX asrning ikkinchi yarmidan hozirgi davrgacha ishlatib kelayotgan til hozirgi o‘zbek adabiy tili deb ataladi. «Turkiston viloyati gazeti» nashr qilina boshlagan vaqtdan (1870-yildan) eʼtiboran to hozirgi kungacha yaratilgan barcha asarlar hozirgi o‘zbek adabiy tilining namunalari hisoblanadi.

O‘zbek tili XI asrdan boshlab mustaqil til sifatida shakllana boshladi va XIII asrda eski o‘zbek adabiy tili shakllanib bo‘ldi.

Eski o‘zbek tilining rivoji buyuk Alisher Navoiyning nomi bilan bog‘liqdir. U eski o‘zbek tilining keng imkoniyatlaridan foydalangan holda ajoyib asarlar yaratibgina qolmasdan, bu tilni ilmiy jihatdan chuqur tadqiq qiluvchi «Muhokamat-ul-lug‘atayn» nomli yirik ilmiy asar ham yozdi va unda o‘zbek tilining boshqa tillardan hech kam emasligini ishonarli misollar bilan isbotlab berdi.[2]

Mundarija

[tahrir] Grammatikasi

[tahrir] Kelishiklar

O‘zbek tilida 6 ta kelishik bor.

Kelishiklar Kelishik ko‘rsatkichlari Kelishik savollari Misollar
1 Bosh kelishik - Kim? nima? qayer? Dono, kitob, Toshkent
2 Qaratqich kelishigi -ning Kimning? nimaning? qayerning? Dononing, kitobning, Toshkentning
3 Tushum kelishigi -ni Kimni? nimani? qayerni? Dononi, kitobni, Toshkentni
4 Chiqish kelishigi -dan Kimdan? nimadan? qayerdan? Donodan, kitobdan, Toshkentdan
5 Jo'nalish kelishigi -ga Kimga? nimaga? qayerga? Donoga, kitobga, Toshkentga
6 O'rin-payt kelishigi -da Kimda? nimada? qayerda? Donoda, kitobda, Toshkentda

[tahrir] Leksikasi

Hozirgi o‘zbek adabiy tilining lug‘at tarkibi asosan, 5 manba negizida tashkil topgan :

  1. umum turkiy so‘zlar.
  2. o‘zbekcha so‘zlar.
  3. fors-tojikcha so‘zlar.
  4. arabcha so‘zlar.
  5. ruscha so‘zlar.

Umumturkiy so‘zlar ko‘pchilik turkiy tillarda hozir ham ishlatiladigan barcha turkiy tillar uchun umumiy bo‘lgan ko‘pgina so‘zlar borki ular azaldan turkiy qabilalar tilida mavjud edi, ular hozir ham ishlatiladi. Masalan: kishi, ot, qo‘l, oyoq…

O‘zbekcha so‘zlar o‘zbek tili sharoitida, o‘zbek tili yoki boshqa til elemntlari yordamida ko‘pgina so‘zlar yaratilgan. Masalan: ishxona, so‘roq, ulfatchilik, bog‘dorchilik…

Fors-tojik tillaridan o‘zlashgan so‘zlar hozirgi o‘zbek tilida tubandagi kabi so‘zlar bor. Ular dasturxon, chiroq, parda, marvarid, marjon…

Arab tilidan o‘zlashgan so‘zlar. Arab so‘zlari o‘zbek tiliga VII—VIII asrlardan boshlab kiradi. Bu hol arablarning shu davrda O‘rta Osiyoni jabt etishlari bilan bog‘liq. Hozirgi o‘zbek tilida arab tilidan kirgan quyidagi kabi so‘zlar mavjud: kasb, mehnat, hayvon, ittifoq, millat… Arab so‘zlari birinchidan kitob, madrasa, din, davlat tuzimi orqali kirgan. Ikkinchidan Eroni tillar orqali kirgan. Uni masalan arab so‘zlariga tojikcha morfemalar qo‘shib yasalgan. Masalan: darxaqiqat, mansabdor, mulkdor, baquvvat… kabi so‘zlardan bilsa bo‘ladi.

Rus tilidan o‘zlashgan so‘zlar. O‘zbek milliy tilining shakillanishi va rivojlanishida rus millatining tili g‘oyat katta rol o‘ynaydi. Rus xalqi bilan o‘zbek xalqi orasidagi yaqin aloqa, ayniqsa ruslarning iqtisodiy va madaniy taʼsiri rus tilidan ruscha va yevropa tillariga oid so‘zlkarning o‘zbek tiliga kirishiga sabab boʻlgan. Rus tilidan o‘zlashgan so‘zlar: fabrika, gimnaziya, doktor, shapka…

[tahrir] Yozuvi

Alifbodagi o‘zaro farqlar (Алифбодаги ўзаро фарқлар)
Arabcha (Арабча) Lotincha (Лотинча) Kirillcha (Кириллча) Lotincha (Лотинча) Xalqaro Fonetik Alifbosi (Халқаро Фонетик Алифбоси)
—1929 1936—-1940 1940—-1992 1992—
ﺍ, ه Ə ə A a A a [a], [æ]
B b Б б B b [b]
D d Д д D d [d
E e Е е E e [ɛ]
F f Ф ф F f [f]
گ G g Г г G g [gʻ]
ﺡ,ﻩ H h Ҳ ҳ H h [h]
ی I i И и I i [ɪ]
ﺝ, ژ Ç ç, Ƶ ƶ Ж ж J j [ʤ]
K k K к K k [k']
L l Л л L l [l]
M m М м M m [m]
N n Н н N n [n]
A a O o O o [ɔ]
پ P p П п P p [p]
Q q Қ қ Q q [q]
R r Р р R r [r]
ﺙ,ﺱ,ﺹ S s С с S s [s]
ﺕ,ﻁ T t Т т T t [t]
U u У у U u [u]
V v В в V v [v], [w]
X x Х х X x [x]
ی J j Й й Y y [j]
ﺫ,ﺯ,ﺽ,ﻅ Z z З з Z z [z]
O o Ў ў O‘ o‘ [o]
Ƣ ƣ Ғ ғ G‘ g‘ [ɣ]
Ş ş Ш ш Sh sh [ʃ]
چ C c Ч ч Ch ch [ʧ]
ء, ع ' Ъ ʼ [ʔ]

[tahrir] Arab yozuvi

Oʻzbekistonda 1929-yilgacha arab yozuvidan foydalanilgan. 1920-yillarning oʻrtalaridan Oʻzbekistonda arab yozuviga keng hujum boshlandi. Arab yozuvi qoloqligimizning, savodsizligimizning, dindorligimizning sababchisi deb eʼlon qilindi. 19291930 oʻquv yilidan Oʻzbekiston lotin yozuviga oʻtdi va biz oʻzbek xalqining asrlar davomida yaratilib kelingan hamda chop etilgan ilmiy, badiiy va falsafiy adabiyotdan uzilib qoldik.

[tahrir] Yanalif

1929-yildan boshlab arab yozuvidan yangi lotin vozuviga (yanalif) o‘tilgan. U 1940-yilgacha ishlatilgan.

A a B b C c Ç ç D d E e Ə ə F f
G g Ƣ ƣ H h I i J j K k L l M m
N n N̡ n̡ O o Ө ө P p Q q R r S s
Ş ş T t U u V v X x Y y Z z Ƶ ƶ
'

[tahrir] Kiril yozuvi

1940-yilda Oʻzbekistonda kirill yozuviga oʻtildi. Buning natijasida 19291940-yillar oraligʻida chop etilgan ilmiy, badiiy, pedagogik, oʻquv adabiyotlardan uzilib qoldik.

А а Б б В в Г г Д д Е е Ё ё Ж ж
З з И и Й й К к Л л М м Н н О о
П п Р р С с Т т У у Ф ф Х х Ц ц
Ч ч Ш ш Ъ ъ Ь ь Э э Ю ю Я я Ў ў
Қ қ Ғ ғ Ҳ ҳ

1940-yildan 1991-yilgacha oʻrta hisob bilan oʻzbek tilida 50 ming nomda 50 million nusxada kitoblar chop etilganini (bunga shu yillari nashr etilgan jurnal, gazetalar kirmaydi) hisobga olsak, biz yana lotin yozuviga oʻtishda qanchadan-qancha adabiyotdan yiroqlashishimiz mumkinligi ayon boʻladi.

[tahrir] Lotin yozuviga koʻchish

Lekin, dunyoning eng rivojlangan mamlakatlari (ularni sanab oʻtirishning hojati yoʻq) lotin yozuvidan foydalanadilar. Shuning uchun ham hozirgi eng zamonaviy texnika, tabiiy fanlar yoki ijtimoiy tadqiqotlar haqidagi adabiyotlar shu yozuv asosida yoritiladi. BMT, UNESCO va boshqa xalqaro tashkilotlarning xabar qilishlaricha, yangi texnika, texnologiya va fanga tegishli adabiyotlarning 80 foizi lotin yozuvida chop etilar ekan.

A a B b D d E e F f G g H h I i
J j K k L l M m N n O o P p Q q
R r S s T t U u V v X x Y y Z z
Oʻ oʻ Gʻ gʻ Sh sh Ch ch ng ʼ

Demak, Oʻzbekistonni dunyoning rivojlangan mamlakatlari qatoriga qoʻshilishi uchun lotin yozuviga oʻtish maqsadga muvofiqdir. Oʻzbekistonda bu jarayon bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda va 2005-yilda tugallanishi koʻzda tutilgan.

[tahrir] Eslatmalar

[tahrir] Havolalar


Shaxsiy uskunalar
Nomfazolar

Variantlar
Koʻrinishlar<!--Views-->
Amallar
O‘zbek viki / Ўзбек вики
ishtirok / иштирок
o‘zgarishlar / ўзгаришлар
asboblar (ʻ ʼ)
Boshqa tillarda