Alifbo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Dunyo alibolari:


Alifbo (arab A.sining boshlang‘ich ikki harfi — alif va bo nomidan olin-gan) — biror tilning yozuviga qabul qilingan va maʼlum anʼanaviy tartib berilgan yozuv belgilari (mas, arab A.si, lotin A.si) yoki bo‘g‘in belgilar (mas, hind A.si — devanagari) majmui. A. mil. av. 2000-y. oxirlarida qad. Uga-rit va finikiy yozuvi tovush tizimi-dan kelib chiqqan. Undan ilgari Misr iyerogliflari sanoq tizimi mavjud bo‘lgan, deb taxmin qilinadi. Turkiy xalqlarning run va turkiy (uyg‘ur) yozuv-lari bo‘lgan. Ammo, bu o‘ziga xos turkiy yozuvlar Axi haqida maʼlumot uchramay-di. Ularga oid harflar jadvali tovush belgilari haqidagi boshqa manbalarda-gi maʼlumotlar hamda shu yozuv yodgorli-klari asosida tuzilgan. Hoz. harfiy va baʼzan bo‘g‘in A.lari finikiy A. sidan, oromiy (arab, yahudiy), yunon (lotin va h.k.) va b. Alardan kelib chiqqan. Arab A.siga — barcha arab mamlakatlari, shuning-dek Eron, Afg‘oniston, Poki-ston, Sharqiy Turkiston — Shinjon, shuningdek 13—20-a. boshlarida turkiy xalqlar yozuv tizimida; lotin A.siga Amerika, Avstraliya qitʼasidagi barcha xalqlar, Yevropaning ko‘pchilik xalqlari, Osiyo va Afrikadagi baʼzi xalqlar (In-doneziya, Turkiya va b.) yozuv tizimida; Kirill A.siga — Yevropa, Osiyodagi baʼ-zi xalqlar yozuv tizimida; hind bo‘g‘in A.siga — Hindistondagi ko‘pgina elat-lar yozuv tizimida amal qilingan. Yana q. Arab yozuvi, Arman yozuvi, Gruzin yozu-vi, Koreys yozuvi, Turkiy(uyg‘ur) yozuvi, O‘rxun-yenisey yozuvi, Yunon yozuvi, Hind yozuvi, Lotin alifbosi.[1]


Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil