Qipchoq tillari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qipchoq tillarining tarqalishi
Turk tillarining tarqalishi

Qipchoq tillari — kelib chiqishi yagona qipchoq tiliga borib taqaladigan групп turk tillari guruhlarining tillar soni (11 ta til) boʻyicha eng yirik tillardan biri hisoblanadi. Boshqa nomlari: shimoliy-gʻarbiy, tau-guruh va b. Quyidagi ostguruhlarni oʻz ichiga oladi:

Volga-qipchoq birligi hamma olimlar tomonidan tan olinmagan, oʻzgacha nuqtai-nazar mavjud, unga muvofiq tatar tili polovets qipchoq, boshqird tili esa noʻgʻoy-qipchoq hisoblanadi(E. R. Tenishev tahriridagi «Сравнительно-историческая грамматика тюркских языков. Региональные реконструкции» kitobida aynan ushbu nuqtai nazar ifodalangan).

Polovets-qipchoq ostguruhi bir qator izlanuvchilar tomonidan ikki ostguruhga boʻlinadi, birinchisiga qaraim tili va qirimtatar tili barcha etnolektlari bilan birga, ikkinchisiga esa qolganlari (qoʻmiq, qorachoy-bolqor va и yoʻq boʻlib ketgan arman-qipchoq va momoliq-qipchoq) kiradi[1][2].

Qipchoq tillari sifatida, shuningdek qirgʻiz-qipchoq tillari ham kiritiladi — janubiy oltoy, fargʻona-qipchoq va qirgʻiz. Anʼanaviy ravishda avvalambor noʻgʻoy tillari bilan birlashtiriladi, lekin bu glottoxronologiya jihatidan xato: qirgʻiz-qipchoq tili turi qolgan qipchoq arealining volga, polovets va noʻgʻoy areallariga boʻlinmasidan oldin shakllangan, noʻgʻoy tili turi, aksincha, qipchoq tillaridan eng soʻnggisi hisoblanadi.

Qadimgi qirgʻiz (yenisey-qirgʻiz) tili turkiy tillar sharq tarmogʻining xakas-oltoy guruhiga kirgan, qirgʻiz-qipchoq guruhini qadimgi qirgʻiz tili tarkibidan chiqaruvchi mutaxassislar shunday nuqtai-nazarga egaki, assimilyatsiya (oʻzlashtirish) jarayonida hozirgi qirgʻiz-qipchoq tillari qoʻshni qozoq tilidan birtalay xususiyatlarni (lugʻaviy va grammatik) egalladilar, bu narsa hozirgi tilshunoslarga bu tillarni qipchoq guruhiga kiritishlari uchun asos boʻladi.

Qipchoq tillari butun Rossiya boʻylab Boltiq va Qora dengizdan Kavkaz va Uralgacha va Sibirgacha, shuningdek Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekistonda tarqalgan. Qipchoq tillarida soʻzlovchilar soni yigirma milliondan oshadi.

Mundarija

ag > au ga oʻzgarishi [tahrir]

Qipchoq guruhining muhim farqli belgisi ag, agi, agu > au (tag > tau 'togʻ')ga oʻzgarishi, har ikkala tarkibiy qismning mumkin boʻlgan keyingi lab orqali hosil bo'ladigan xususiyatlari — tou, too, tuu hisoblanadi. Bu xususiyat qirgʻiz-qipchoq ostguruhida ko'proq davomiy amalga oshirilgan, lekin boshqa bir qator tillarida ham bu holat kuzatiladi, masalan, qorachoy-bolqor tilida.

Bunda ushbularni hisobga olish lozim:

a) qipchoq birikmalarida ag, shuningdek ay(i) yoki aa ga rivojlanishi mumkin (gʻarbiy qipchoq tilida baula- va bayla- 'bogʻla', qirgʻiz-qipchoq tilida ayil gʻarbiy qipchoq tilida aul 'ovul', qirgʻiz-qipchoq tilida saa- gʻarbiy qipchoq tilida sau- 'sogʻ(moq)') — qirgʻiz-qipchoq shakllari moʻgʻul tili taʼsiri bilan izohlanishi mumkin (ayil, saa-); b) polovets-qipchoq tillarida ag ning auga rivojlanishi davomiy emas: qaraim, qirimtatar dag 'togʻ'; в) ag ning auga rivojlanishi qipchoq guruhidan tashqarida uchraydi: ili-turkiy va lahjaviy shimoliy oltoy tilida tau.

Qipchoq tillari tovush almashinuvi [tahrir]

Tatar tili Qozoq tili Noʻgʻoy tili
А А А
У О О
О Ұ У
Ы Ы Ы
Ү Ө Оь
Ө Ү Уь
Е [Э] і И
И Е, Е maʼnosi: Э Е [Э], Э
В У В
К (qattiq) Қ К (qattiq)
Г (qattiq) Ғ Г (qattiq)
ң ң нъ
Ч Ш Ш
Ш С С
Еsoʻz boshida maʼnosi: Йе yoki Йы Жі yoki Жы Еsoʻz boshida maʼnosi: Йи yoki Йы


Shuningdek qarang [tahrir]

Eslatmalar [tahrir]

Adabiyotlar [tahrir]

  • E. R. Tenishev (tah.). Сравнительно-историческая грамматика тюркских языков. Региональные реконструкции. М., 2002.

Havolalar [tahrir]