Salar tili

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Salar tili
Milliy nomi: Salırça, سالارچا
Mamlakatlar: Flag of Xitoy Xalq Respublikasi Xitoy
Mintaqalar: Sinxay, Gansu
Rasmiylik holati: yoʻq
Soʻzlashuvchilar umumiy soni: 60 000
Tartiblovchi tashkilot: yoʻq
Oʻrni:
Holati:
Turkumlanishi
Turkum: Yevroosiyo tillari
Oltoy tillari
Turkiy tarmoq
Oʻgʻuz guruhi
Alifbosi: lotin, arab
Til kodlari
ISO 639-1 -
ISO 639-2 tut
ISO 639-3 slr
Shuningdek qarang: Loyiha:Tilshunoslik

Salar tili — Xitoyning Sinxay va Gansu provinsiyalarida istiqomat qiluvchi salar xalqining tili. XXR-dagi Sinxay provinsiyasining Syunxua-Salar avtonomiya uezida yashovchi turkiy xalqining tili. Salarlarning soni 90 mingdan ziyod, shularning 60 mingi salarcha[1], qolganlari xitoycha gaplashadi. Uzoq vaqt Xitoy, Tibet, Moʻgʻul tilli xalqlarning orasida yashaganlikdan, shu tillardan salar tili tarkibiga koʻplab kirib kelgan.

Salarlar hozirgi kunda yashayotgan eriga 14 asrlarda hozirgi O'zbekiston eridan koʻchib kelhan (salar afsona boʻyicha). Salar tili oʻgʻuz tillariga yaqin, biroq hozir boshqa tillarning (tibet, xitoy, v.h.) taʼsiriga uchragan.

Alifbosi[tahrir]

1969/70 yıllarda Lotin alifbosi kirib keldi.

А а B b C c Ç ç D d Е е F f G g
Ğ ğ H h I ı İ i J j K k L l M m
N n Ñ ñ O o Ö ö Р р Q q R r S s
Ş ş T t U u Ü ü V v X x Y y Z z

Manbalar[tahrir]