Yusuf Xos Hojib

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oʻzbek Adabiyoti

Milodiy VII asrgacha
VIII-XIII asrlar (Qadimgi)

XIV-XV asrlar (Temuriylar davri)
XVI-XIX asrlar (Mumtoz)

XIX-XX asrlar (Milliy uygʻonish)
1905-30 yillar (Jadid davri)
1930-80 yillar (Sovet davri)
1990 yillaridan keyin (Mustaqillik)

Oʻzbekiston Yozuvchilar Uyushmasi

Yusuf Xos Hojib (Bolasogʻuniy) Ilk turk dostonnavisi Bolasogʻunda tugʻilgan, qoraxoniylar saroyida xizmat qilgan. Hijriy 462 (m.1069-70)da yozib tugallangan «Qutadgʻu bilig» («Saodatga boshlovchi bilim») asari qoraxoniylar davlatining mustahkam qaror topishiga xizmat qilgan nizomnomadir. Uch nusxasi (Vena, Qohira va Namangan) mavjud. Nisbatan toʻligʻi Namangan nusxasi boʻlib, 1923 yili Fitrat tomonidan qoʻlga kiritilgan, u OʻR FA ShI da saqlanadi. 6329 baytdan iborat, masnaviy (yaʼni aruzning «mutaqoribi musammani mahzuf») vaznida yozilgan

Davlat va jamiyat qurilishi masalalari, komil inson va ilm-maʼrifat targʻiboti asardagi toʻrt ramziy qahramon Kuntugʻdi (adolat), Oytoʻldi (baxt), Oʻgdulmish (aql) va Oʻzgʻurmish (qanoat) timsollari orqali ifoda qilingan.

Jahon turkologiyasida asarga ilk turk didaktik dostoni sifatida yondashish mavjud (Iosif Fon Xammer, V. Radlov, A. Kononov, I. Stebleva). Martin Xartman, A.Vamberi, F.Koʻprulu, Zaki V.Toʻgʻon, Rashid Rahmati Arat v.b. tomonidan nashr va tarjima qilingan. Oʻzbekistonda asarning toʻla matni izoh va hozirgi tilga tarjimasi bilan nashr etilgan. Fitrat, Q.Karimov, Gʻ.Abdurahmonov, B.Toʻxliev v.b. olim tadqiq etgan.

Nashr qilingan manbalar [tahrir]

Qutadgʻu bilig (Nashrga tayyorl. Q. Karimov). -T.: 1971.
Qutadgʻu bilig (nasriy bayon muallifi B.Toʻxliev). — T.: 1990.

Ilmiy adabiyot [tahrir]

Fitrat. Qutadgʻu bilig. «Tanlangan asarlar». (nashrga tayyorl.H.Boltaboev). 2-jild. — T.: Maʼnaviyat, 2000.
Kononov A. Slovo o Yusufe iz Bolosoguna i ego poemi «Kutadgu bilig». Jurn."Sovetskaya tyurkologiya". 1970. № 4.
B.Toʻxliev. «Qutadgʻu bilig»ning poetikasi masalalari. — «Oʻlmas obidalar» toʻpl. — T.: 1989.
B.Toʻxliev. Bilim — ezgulik yoʻli. — T.: 1997.
Q. Karimov. Ilk badiiy doston. — T.: 1976.