Uygʻur tili

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Uygʻur tili
Milliy nomi: ئۇيغۇرچە, Uygʻurchә, Уйғурчә
Mamlakatlar: Xitoy Xalq Respublikasi XXR
Qozogʻiston Qozogʻiston
Oʻzbekiston Oʻzbekiston
Mintaqalar:
Rasmiylik holati: Uygʻuriston (Xitoyning Sinzyan-Uygʻur avtonom viloyati)
Soʻzlashuvchilar umumiy soni: ~10 million
Tartiblovchi tashkilot:
Oʻrni:
Holati:
Turkumlanishi
Turkum:
Oltoy
Alifbosi: arab, kiril, lotin
Til kodlari
ISO 639-1 ug
ISO 639-2 uig
ISO 639-3 uig
Shuningdek qarang: Loyiha:Tilshunoslik

Uygʻur tili, yangi uygʻur tili — turkiy tillardan biri. Asosan, XXRning SintszyanUygʻur muxtor rayoniaa, shuningdek, Uzbekistan, Qozogʻiston, Qirgʻiziston respublikalarida, Afgoniston, RF va b. mamlakatlarda tarqalgan. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 7,7 mln. (jumladan XXR da 7,5 mln.) kishidan ortiq. "Uygʻur", "U.t." atamalari 1921 y.da yagona etnolingvistik jamoa uchun SE. Maloye tomonidan taklif etilgan (avvalgi nomlari: Gʻarbiy Xitoy tatar tili, Xitoy musulmonlari tili, Gʻarbiy Xitoyning turkiy laxjalari, Sharqiy Turkiston tili va b.) U.t. kad. uygur tilining davomchisi hisoblanmaydi.

U.t. 3 lahjaga boʻlinadi: markaziy (ili, turfon, qashqar, koʻmul, urumchi, karashar, koʻchor, qoʻrlin oqsu, yorkand shevalaridan iborat) — hoz. adabiy U.t. ga asos boʻlgan; sharqiy (lobnor) va jan. (xoʻtan). Oʻrta Osiyo va Qozogʻistonda yashovchi uygʻurlarning 2 lahjasi boʻlib, ularning nomlanishida (iliyettisuv, qashqarfargʻona) uygʻurlarning Gʻarbiy Xitoydan Yettisuv va Fargʻonaga koʻchib oʻtganliklari aks etgan.

Boshqa turkiy tillardan farqli ravishda U.t.da unlilar va undoshlarning regressiv assimilyatsiyasi (bashbeshi (boshboshi), tagtaqqa] mavjud; singarmonizm izchil emas: unlilarning lab va tanglay garmoniyasi buzilish hollari uchraydi; unlilar reduksiyasi (sinilsiqlim), undoshlarning tushib qolishi (odekordek, kesenchukelsan,chu), baʼzan oʻzak va qoʻshimcha oʻrtasida tovush orttirilishi (su—suyi (suv —suvi), toxu — toxurim (tovuq — tovugʻim) kuzatiladi.

Uygʻurlar 8-a. gacha qad. uygʻur yozuvidan, IIa. gacha sugʻd alifbosiga asoslangan yozuvdan, 11-a.dan eʼtiboran arab grafikasi asosidagi yozuvdan foydalanadilar. Sobiq SSSR qududida yashagai uygʻurlar 1930 y. gacha arab, 1930—46 y.larda lotin grafikasi asosidagi yozuvdan; 1946 y.dan esa rus grafikasi asosidagi yozuvdan unga uygʻur fonemalarini ifodalovchi qoʻshimcha harflar qoʻshgan holda foydalanadilar. XXR dagi uygʻurlar hoz. gacha arab grafikasi asosidagi yozuvdan foydalanadilar (1960—65 y.larda lotin grafikasi asosidagi yozuv ishlab chiqilib, 1965—80 y.larda har ikkala alifbo parallel qoʻllangan, 1982 y.dan yana arab grafikasining oʻzi qolgan).

Uygʻur tili — oltoy tillari oilasining turkiy tillar turumidagi qarluq guruhiga kiruvchi tildir. Oʻzbek tiliga eng yaqin til. Uygʻur tili Xitoyda, Qozog'istonda Uygʻurlar koʻp istiqomat qiladigan joylariga qoʻllaniladi. Xitoydagi uygʻurlar arab alifbosi asosida, Qozogʻistondagilar esa krilitsada yozishadi.