Gagauz tili

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Gagauz tili
Milliy nomi Gagauz dili, Гагауз дили
Mamlakatlar  Moldova
 Ukraina
Rasmiylik holati  Gagauziya
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 489 000 (balkanlik gagauzlar bilan)[1][2]
Turkumlanishi
Turkum Yevroosiyo tillari
Til oilasi

Oltoy tillari

Turkiy tarmoq
Oʻgʻuz guruhi
Alifbosi lotin
Til kodlari
ISO 639-2 tut oltoy tillari uchun
ISO 639-3 gag

Gagauz tiligagauzlar tili. Turkiy tillarning jan.-gʻarbiy (oʻgʻuz) guruhiga mansub. Moldaviya va Ukrainaning janubiyda, Shimoly Kavkaz, Ruminiya, Shim.-Sharqiy Bolgariyada tarqalgan. Gagauz tilida gaplashuvchilarning umumiy soni 220 ming kishi (1990-yillar oʻrtalari). Bu til leksikasida bolgar, rus, moldavan kabi qoʻshni tillarning taʼsiri bor. Gagauz tili fonetikasi-dagi asosiy xususiyat — ikkilamchi choʻziq unlilar mavjud boʻlib, difton-glashuvning yuzaga kelishi va soʻz bo-shida yuqori va oʻrta koʻtarilishdagi unlilar oldidan undoshlarning "y" lashuvidir. Koʻpgina undoshlar old kator unlilar bilan yonma-yon kelganda yumshaydi; gapda soʻzlar erkin tartibda keladi. Yordamchi soʻzlar vositasida birikma hosil qilish rivojlangan. Gagauz tilining asosan chodirlungqumrat (markaziy) va vulkanesht (jan.) lahjalari bor. Gagauz tilining yozuvi 1957 yildan qabul qilingan, kirillrus grafikasiga asoslangan. Alifboga fonetik talabga kura "a", "b", "u" harflari qoʻshilgan.[3]

Gagauz tili — gagauzlarning tili. Turkiy tillarning Oʻgʻuz guruhiga kiradi. Asosan Moldovaning Gagauz Yeri avtonomiyasida keng tarqalgan. Gagauz tilida gaplashuvchilar soni 489 000 kishi. Gagauz tili turk tiliga yaqin. Moldovadagi 2004-yilgi sanoq boʻyicha gagauzlar 147,5 ming kishini tashkil qildi.

Alifbosi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kirill Alifbosi[tahrir | manbasini tahrirlash]

А а Ä ä Б б В в Г г Д д Е е Ё ё
Ж ж З з И и Й й К к Л л М м Н н
О о Ö ö П п Р р С с Т т У у Ӱ ӱ
Ф ф Х х Ц ц Ч ч Ш ш Щ щ Ъ ъ Ы ы
Ь ь Э э Ю ю Я я

Lotin Alifbosi[tahrir | manbasini tahrirlash]

А а Ä ä B b C c Ç ç D d Е е F f
G g H h I ı İ i J j K k L l M m
N n O o Ö ö Р р R r S s Ş ş T t
Ţ ţ U u Ü ü V v Y y Z z

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Ethnologue
  2. Ethnologue report for language code: bgx
  3. "Gagauz tili" OʻzME. G-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil