Turkman tili

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Turkman tili
Milliy nomi: Türkmençe, Türkmen dili, Түркменче, Түркмен дили, تورکمن ﺗﻴﻠی ,تورکمنچه
Mamlakatlar: Turkmaniston Turkmaniston
Flag of Eron Eron
Afgʻoniston Afgʻoniston
Flag of Iroq Iroq
Turkiya Turkiya
Rossiya Rossiya
Mintaqalar:
Rasmiylik holati: Turkmaniston Turkmaniston
Soʻzlashuvchilar umumiy soni: 6 563 000[1]
Tartiblovchi tashkilot:
Oʻrni:
Holati:
Turkumlanishi
Turkum: Yevroosiyo tillari
Oltoy tillari
Turkiy tarmoq
Oʻgʻuz guruhi
Alifbosi: lotin, kirill, arab
Til kodlari
ISO 639-1 tk
ISO 639-2 tuk
ISO 639-3 tuk
Shuningdek qarang: Loyiha:Tilshunoslik

Turkman tili — turkiy tillardan biri. Asosan, Turkmanistonda, shuningdek, Oʻzbekiston, Tojikiston, Qozogʻiston respublikalarining ayrim tumanlarida, RFning Stavropol oʻlkasida, Afgʻoniston, Turkiya, Eron, Iroq va b. mamlakatlarda tarqalgan. Turkmanistonning rasmiy tili. Utgan asr oxirlarida soʻzlashuvchilarning umumiy soni 4,8 mln. (jumladan, Turkmanistonda 2,5 mln.dan ortiq, Oʻzbekistonda 130 ming , Afgʻonistonda 400 ming , Eronda 300 mingga yaqin) kishidan iborat boʻlgan. Asosiy laxjalari: taka, yovmut, ersari, goʻklan, sariq, salir, chovdur va b. Stavropoldagi T.t. lahjasi truxmen tili deb ataladi.

T.t. gʻarbiy oʻgʻuz kabila (urugʻ) tillari negizida shakllangan, lekin rivojlanish jarayonida qipchoq guruhidagi turkiy tillarga xos xususiyatlarga ham ega boʻlgan. T.t.ning asosiy oʻziga xos belgilari: birlamchi (qad.) choʻziq unlilarning mavjudligi, tishlararo talaffuz qilinadigan s vaz undoshlarining (boshqa turkiy tillardagi odatiy s va 3 oʻrniga) mavjudligi, lab undoshlari garmoniyasining rivojlanganligi; kelasi zamon gumon feʼli inkor shaklining r tugallanmali variantining (boshqa turkiy tillar uchun umumiy boʻlgan maye shakli bilan birga) qoʻllanishi va b. Leksikasida arab, fors, rus tillaridan oʻzlashgan soʻzlar uchraydi.

Eski adabiy T.t., asosan, sheʼriyat tili hisoblangan. Hoz. adabiy T.t. esa 20-a. ning 20-y.laridan turkman lahjalarining taka lahjasi negizida birlashuvi natijasida shakllangan. 1928 y.gacha arab, 1929—40 y.larda lotin, 1940— 90-y.larda rus grafikasiga asoslangan yozuvdan foydalanilgan. 1991 y.dan yana lotin fafikasi asosidagi yozuv joriy etildi.

Turkman tili' (Lotin alifbosida: türkmen dili, Kriill alifbosida: Түркмен дили, ISO 639-1: tk, ISO 639-2: tuk) — Turkmanistonning milliy tili. Bu tilda Turkmanistonning oʻzida taxminan 3430000 kishi gapiradi. Turkman tilida gaplashadiganlarni quyidagi jadvaldan koʻrishingiz mumkin:

Jahonda turkman tilida gaplashadiganlar soni
Hudud Soni Axborotning yillari
Turkmaniston 3 430 000[1] 1995
Eron 2 000 000[1] 1997
Afg'oniston 500 000[1] 1995
O'zbekiston 152 137[1] 2000
Turkiya 920 1982[1]
Tojikiston taxminan 90 ming kishi
Qozog'iston taxminan 90 ming kishi
Rossiya taxminan 90 ming kishi

Klassifikatsiyasi va dialektlari[tahrir]

— turkman xalqining tili. turkman tilida gaplashuvchilarning umumiy soni 7 million atrofida (2001), ular Turkmaniston Respublikasidan boʻlak O'zbekiston, Eron, Iroq, Rossiya, v.h. davlarida istiqomat qilishadi. Turkiy tillari guruxining oʻgʻuz guruxiga mansub. Turkman tili rivojlanishida qipchoq tillarining taʼsiri boʻlgan. Turkman tili oʻgʻuzlarning gʻarbiy qabila tillari asosida shakllangan. Asosiy dialektlari teke, yomud, goklen, ersari, salir, sariq, chaudor, noxur, qaradashli, alili, surxi, xatap, mukri, eski, arabachi, cheches, bayat, sakr, kirach, chandir, xasar, emreli, duechi, murche, mexinli, v.h. kiridigan guruxlarning nomi bilan ataladi. Stavropol oʻlkasidagi turkman dialektini „truxmen“ deb atash milliy shakllangan. Qadimgi turkman adabiy tili asosan poeziya tili boʻldi. Hozirgi turkman adabiy tili tekin (teke) dialektining axal soʻzi asosida shakllangan. Turkman tilidagi 39 fonemaning 18-ta jarangli, 21-ta jarangsiz harflar. Qadimdan turkman tilida arab alifbosiga asoslangan harflarni foydalanib kelishgan. 1928 yili lotin alifbosini qabullagan, 1940 yili kirill alifbosiga almashtirgan. 1994 yili qaytadan lotin alifbosiga almashdi.
Turkman tili turkiy tillari guruxining oʻgʻuz tarmogʻiga, shuning ichidagi sharqiy oʻgʻuz tarmogʻiga kiradi. U boshqa oʻgʻuz tillari — ozarboyjon va turk tillariga ham oʻta yaqin va shu tillarda soʻzlashuvchilar bir-birining tillarini tushunadi.

Misollar[tahrir]

Onuň maşyny ýok.
Uning mashinasi yoʻq.
Öýde Amandan başga adam ýok.
Uyda Omondan boshqa kishi yoʻq.
Men bilemok. 'Men bilmayman.'
Men bilemokdym. 'Men bilmaydigan edim.'
Men bilmedim. 'Men bilmadim.'
Ol aç däl.
U och emas.
Kofe gyzgyn bolup biler.
Qaxva issiq boʻlishi mumkin.
Kofe gyzgyn däl bolup biler.
Qaxva issiq boʻlmashi mumkin.
Kofe gyzgyn dälmi?
Qaxva issiq emasmi?
Men ylgamok.
Men yugurmayman.
Men ylgamadym.
Men yugurmadim.
Men ylgajak däl.
Men yugurmoqchi emasman.

Manbalar[tahrir]

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 Ethnologue: Languages of the World, Sixteenth edition. Dallas, Tex.: SIL International. Online: Report for language code: tuk